“O‘ZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASINI “ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL IQTISODIYOT” YILIDA AMALGA OSHIRISHGA OID DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA
1. “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib quyidagilar belgilansin:
mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish;
aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash;
o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va keyingi avlodga yetkazish hamda biologik xilma-xillikni saqlash;
“yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish;
respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni keng qo‘llash orqali iqtisodiyotda “uglerod izi”ni kamaytirish;
ekologik barqarorlikka yo‘naltirilgan hududlar va tarmoqlararo muvofiqlashtiruvni ta’minlash.
Belgilansinki, ustuvor yondashuvlar resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni ko‘zda tutuvchi iqtisodiy rivojlanish modeliga o‘tish orqali 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishini kamida 6 foiz va uning hajmini 200 milliard AQSH dollariga yetkazish, inflyatsiyani 5 foiz, budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz darajasida saqlash, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish maqsadlariga erishishga asos bo‘ladi.
2. 2025-yilda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish borasida:
Parij bitimining talablaridan kelib chiqib, O‘zbekistonning uglerod neytralligiga erishishining uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqilishi;
iqlim o‘zgarishiga moslashish, “yashil texnologiya”lar transfertini inobatga olgan holda global miqyosda mamlakatimizning kelgusi 5 yilda issiqxona gazlarini qisqartirish bo‘yicha Milliy miqyosda belgilangan hissasi (NDC) e’lon qilinishi;
metan emissiyasini qisqartirish majburiyati doirasida tabiiy gaz, chiqindilar va chorvachilik sohalarida metan emissiyasining bazaviy holati aniqlanishi;
umumiy quvvati 4,5 GVt bo‘lgan yirik quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirish, quvvati 785 megavatt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish, quvvati 225 megavatt bo‘lgan gidroelektr stansiyalarini barpo etish orqali jami qayta tiklanuvi energiya manbalari ulushi elektr energiyasi ishlab chiqarishda 26 foizga va jami generatsiya quvvatlari tarkibidagi ulushi 40 foizga yetkazilishi;
yangi quriladigan bino-inshootlar va uy-joylar energiya samaradorligidan kelib chiqib, “Yashil bino” sertifikati joriy etilishi ta’minlansin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib tegishincha Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
3. Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
2025-yilda quyosh panellari va geliokollektorlarni tuman va shaharlar kesimida o‘rnatish dasturini;
2025-2026-yillarda respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalarini qurish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. “Tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va ishlab chiqarish xarajatlarini 15 — 20 foizgacha qisqartirish maqsadida 2025-yil yakuniga qadar:
yirik strategik korxonalar tomonidan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari asosida korporativ dasturlar ishlab chiqilib, kamida 5 ta yirik sanoat korxonasida ESG milliy hisoboti yo‘lga qo‘yilishi va jamoatchilikka oshkor etish amaliyoti joriy etilishi;
“O‘zbekneftgaz” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan ESG reytingi olinishi;
Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etilishi ta’minlansin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib tegishincha Bosh vazir o‘rinbosarlari J. Qo‘chqorov, J. Xodjayev va ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
5. 2025-yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida:
aholi uchun barpo etilayotgan piyodalar va alohida velosiped yo‘laklari bo‘yida daraxtlar va o‘simliklarni ekish orqali “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratilishi, sohil va daryo bo‘ylarida 80 ta infratuzilma obyekti va 110 kilometrdan ortiq sog‘lomlashtirish yo‘laklari qurilishi;
yomg‘ir va oqova suvlardan samarali foydalanish, mahallalardagi daraxtlarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar orqali sug‘orish tizimini joriy etish natijasida yashillik darajasi oshirilishi;
“Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 200 million tup daraxt hamda butalar ekilishi, “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”da quyosh panellari yordamida quvvatlanuvchi yoritgichlardan foydalanilishi;
Orol dengizi tubida 100 ming gektar “yashil maydon” barpo etilishi va Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlar 2,1 million gektarga yetkazilishi;
o‘rmon bilan qoplangan maydonlar 4,1 million gektarga yetkazilishi va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar 14,5 foizgacha kengaytirilishi hamda ularning ekoturizm, ko‘chatchilik va dorivorchilik yo‘nalishlaridagi foydalanilmayotgan zaxiralari aniqlanib, ularning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilishi va aholining daromadlari oshirilishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining tanlangan hududlarida sho‘r va suvsizlikka chidamli o‘simliklar (galofit) bog‘lari tashkil etilishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida davlat “in-vitro” laboratoriyalari tashkil etilishi, shuningdek, xususiy “in-vitro” laboratoriyalarini barpo etishga tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni ajratish uchun xalqaro moliya institutlaridan kamida 30 million AQSH dollari miqdorida mablag‘lar jalb etilishi;
jamoatchilik, ekofaollar va biznes vakillarining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash akseleratsiya tizimi joriy etilishi ta’minlansin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ullar etib tegishincha Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov, qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abduraxmonov, iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari I. Norqulov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
6. 2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida:
a) aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirish orqali mamlakatimizda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilsin va aholi orasida targ‘ib qilish ishlari tashkil etilsin. Bunda uning asosiy tamoyillari etib quyidagilar belgilansin:
aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, xususan, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom ovqatlanish, kunlik yurish va yugurishni targ‘ib qilish;
“yashil transportda”, shu jumladan, velosipedda harakatlanishni rag‘batlantirish;
plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish;
oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olish;
suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish;
chiqindilarni turlariga qarab saralashni yo‘lga qo‘yish;
b) tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida quyidagilarni nazarda tutuvchi transformatsiya bosqichma-bosqich amalga oshirilsin:
oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari va mahalla tibbiyot punktlarida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning samarali tizimini joriy etish;
ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar faoliyatini markaziy shifoxonalarning maslahat diagnostika poliklinikasi sifatida yo‘lga qo‘yish;
markazlashgan laboratoriyalar tashkil etish, shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, shuningdek, davlat tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish;
tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, samaradorlikka erishgan xodimlarning oylik maoshlariga qo‘shimcha ustamani joriy etish;
viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarini zarur o‘rin-joylarni (koyka) yaratgan holda boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etish;
v) inson salohiyatini yuksaltirish, ta’lim uchun qulay muhit yaratish ishlarini tashkil etish maqsadida 2025/2026 o‘quv yilidan:
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi kabi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilansin;
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida “sirkulyar iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga biriktiriladigan “yashil texnikumlar” faoliyati yo‘lga qo‘yilsin;
tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlaridagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va o‘quv dasturlari kiritilsin;
oliy ta’limda grant o‘rinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkazilsin;
“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi ta’lim dasturlari asosida ta’lim olish uchun stipendiya tanloviga 20 tagacha kvota ajratib borilsin;
respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta’lim maktabi faoliyati tashkil etilsin;
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etilsin;
g) 2025-yil 1-martga qadar to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning inson salomatligiga foydasini targ‘ib qilishni kuchaytirish dasturi ishlab chiqilsin;
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ullar etib tegishincha sog‘liqni saqlash vaziri A. Xudayarov, sport vaziri A. Ikramov, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidov, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov, qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abduraxmonov belgilansin.
7. Quyidagilar:
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov, E. Adilov) 2025-yil 1-iyulga qadar tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini bosqichma-bosqich davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini aniq mexanizmlarni nazarda tutgan holda joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin;
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov, E. Adilov) bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini “elektron retsept” tizimi asosida tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) 2025-yil 1-iyunga qadar “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirsin:
ekologik tamoyillarni o‘zining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish;
oilaning barcha voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili ochiq tanlov orqali 14 ta elektromobil berish;
aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini o‘tkazish va g‘olib bo‘lgan mahallalar jamg‘armasiga mahalla aholisining takliflarini o‘rgangan holda mahallaning ichki infratuzilmasini yanada yaxshilash tadbirlarini moliyalashtirishga, xususan yo‘llarni ta’mirlash, energotejamkor yoritish uskunalarini o‘rnatish, bolalar maydonchasini qurish, “yashil bog‘” yaratish va o‘rindiqlar o‘rnatish, chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish, chiqindi qutilari va konteynerlarini o‘rnatishga 500 million so‘m ajratish.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ullar etib tegishincha ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov, raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
9. Aholi, ayniqsa yosh avlod vakillari tomonidan sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2025-yil 1-maydan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshirilsin va aholi orasida keng targ‘ib qilish ishlari tashkil etilsin:
a) barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida:
qo‘l yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash;
sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holatini yaxshilash, yangi qurilayotgan muassasalarda ularni binoning ichki qismida joylashtirish;
yil davomida birinchi navbatda qo‘l yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutish;
b) barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena xonalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash majburiyatini kiritish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) birinchi darajali mablag‘ taqsimlovchilarning asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra 2025-yil davomida budjet tashkilotlarida mazkur banddagi tadbirlar uchun zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimcha mablag‘lar ajratsin.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (B. Yusupaliyev) bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan muassasalarda sanitariya-gigiyena holatini saqlash uchun vositalar ajratish bo‘yicha normativlarni qayta ko‘rib chiqsin va ularning amalda bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro ekspertlarini jalb etgan holda respublikaning barcha ijtimoiy soha muassasalarida, shu jumladan, umumiy ovqatlanish nuqtalari va viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yidagi sanitariya-gigiyena nuqtalarida sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash bo‘yicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimini kuchaytirish va bu borada sanitariya qoidalarini ishlab chiqib, me’yorlarni yuqori standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida:
2025-yil 1-iyulga qadar Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining laboratoriyalarini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni aniqlash uchun zarur jihozlar bilan ta’minlash choralari ko‘rilsin;
2025-yil 1-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi ta’minlansin va ularga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilsin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib sog‘liqni saqlash vaziri A. Xudayarov belgilansin.
12. 2025-yilda tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida:
1 ming kilometr kanallarni beton qoplamaga o‘tkazib, suv tejovchi texnologiyalar qamrovini 1,6 million gektarga yetkazish hisobiga yiliga qo‘shimcha 2,5 milliard metr kub suvni tejashga erishilishi;
nasos stansiyalarida eskirgan nasos va elektr dvigatellarni zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirish, suv resurslari hisobini takomillashtirish orqali nasos stansiyalarining elektr energiya iste’moli 300 mln kVtgacha kamaytirilishi;
irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali 390 ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining suv ta’minoti yaxshilanishi;
sarflanayotgan suvning hisobi va hisoboti to‘liq yuritilishini ta’minlash maqsadida magistral kanallar va muhim suv obyektlarida suvning yagona onlayn hisobini yuritish tizimi joriy etilishi;
1,8 ming kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 77 ta ichimlik va oqova suv inshootlari qurilishi hamda rekonstruksiya qilinishi;
ichimlik suv tizimida ma’nan eskirgan 746 ta nasos uskunalari energiya tejamkorlariga almashtirilishi, hududlarda 65,2 megavatt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilishi, suv inshootlari va magistral suv tarmoqlariga 955 ta zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi;
barcha ichimlik suv ta’minoti korxonalarida sifat monitoringini yuritish va ma’lumotlarni boshqarish markazlari yaratilishi;
daryolar, ko‘llar va kanallarga turli ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi ustidan nazorat kuchaytirilishi ta’minlansin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ullar etib tegishincha suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh. Xidoyatov, energetika vaziri J. Mirzamaxmudov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
13. Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, O‘zbekiston ekologik partiyasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi taklifini inobatga olgan holda:
a) 2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlansin:
asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari;
samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;
qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;
xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari;
b) 2025-yil yakuniga qadar quyidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlashga barcha kuch va resurslar safarbar etilsin:
aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI — 80 rusumli avtomobil yoqilg‘isidan foydalanish va sotishni cheklash;
respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni to‘liq taqiqlash, bundan avariyaviy yoqilg‘i sifatida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari mustasno;
v) 2025-yil 1-noyabrga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan plastik chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha quyidagi xalqaro tan olingan mexanizmlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilsin:
plastik chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus joylar va uskunalarni o‘rnatish orqali yig‘ib olish va utilizatsiya qilish yoki utilizatsiya yig‘imini to‘lash;
plastik qadoqlar yoki plastik qadoqlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchilarga nisbatan “taralarni qaytarish”, fuqarolarga chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus uskunalarga topshirilgan har bir plastik idish uchun to‘lov qilish imkoniyatini yaratish kabi majburiyatlar joriy qilish.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan va energiya sarfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardagi mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilgan holda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan bosqichma-bosqich ko‘chirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va shaharsozlik faoliyatining ekologiyaga salbiy ta’sirini ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilgan holda jilovlash maqsadida:
2025-yil 1-avgustdan boshlab texnik jihatdan tartibga solish hujjatlari bo‘lgan ekologik me’yorlar va qoidalarni qabul qilish tartibi o‘rnatilsin;
2025-yil 1-oktabrdan boshlab energetika, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari va kimyo sanoatida ekologik normativlarni individual belgilash usuli o‘rniga tarmoq usulini qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar tomonidan o‘z faoliyatida Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kengashning barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish standartlarini joriy etish (ISSB) amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda uch oy muddatda atmosfera, yer, yerosti va suv ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan ekologik me’yor va qoidalarni ishlab chiqish bo‘yicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bosh vazir o‘rinbosarlari J. Qo‘chqorov, J. Xodjayev atrof-muhitni asrash tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan, cho‘llanishga qarshi kurashish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, suv resurslaridan oqilona foydalanish sohalarida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Ekologiya jamg‘armasiga xalqaro moliya institutlari va budjet mablag‘lari hisobidan 25 milliard so‘m miqdordagi mablag‘lar o‘tkazib berilishini ta’minlasin.
15. Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, ekologiya sohasi ilmiy hamjamiyati takliflarini inobatga olgan holda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish va yashil hududlarni asrash maqsadida:
2025-yil 1-iyuldan boshlab ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi;
2025-yil 1-avgustdan boshlab pishgan g‘isht ishlab chiqarishdan muqobil texnologiyalardan keng foydalanishga o‘tish maqsadida devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi;
2026-yil 1-yanvardan boshlab pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2025-yil uchun belgilangan stavkaga nisbatan 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llanadi hamda 2027-yildan bosqichma-bosqich qo‘shimcha ravishda oshiriladi;
2027-yil 1-yanvardan boshlab yer resurslarini muhofaza qilish va tuproqning unumdor qatlami yo‘qolib ketishining oldini olish maqsadida qishloq xo‘jaligiga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlarida tuproq karyerlari faoliyati taqiqlanadi;
ko‘p qavatli turar joylarni loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlardan sug‘orishda foydalanish tizimlarini tashkil etish majburiy etib belgilanadi.
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) ikki oy muddatda energiya samarador materiallarni mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish va ulardan keng foydalanish bo‘yicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. O‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va ularni keyingi avlodga yetkazish borasida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash uchun tasdiqlangan kvotalar hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalarni elektron auksion orqali berish tartibi joriy etilsin. Bunda:
kvotalar Fanlar akademiyasi tomonidan har yili aniqlanadigan o‘simlik zaxirasi asosida shakllantiriladi;
kvota va ruxsatnomalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanib, auksionga chiqariladi.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
18. Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifalarga mansub korxonalarning ekologik ishlab chiqarishga o‘tishdagi harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida 2025-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
a) birinchi bosqichda — atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalarini o‘rnatgan korxonalarga:
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechish;
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika budjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish;
b) ikkinchi bosqichda — monitoring stansiyalarini o‘rnatgan korxona kelgusi bir yil davomida chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini o‘rnatganda, tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika budjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish belgilansin.
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan beriladigan xulosa asosida taqdim etiladi;
v) 2025-yil 1-noyabrga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan xo‘jalik faoliyatini yurituvchi korxona va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ikki oy muddatda respublikada atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, xususan, sanoat korxonalari va issiqxonalarda chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini bosqichma-bosqich o‘rnatish bo‘yicha dasturni tasdiqlasin va uning ijro etilishini qat’iy nazoratga olsin.
19. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlarini “yashil tadbirkor” sifatida e’tirof etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi platforma ishga tushirilsin:
a) quyidagi yo‘nalishlarda belgilangan ko‘rsatkichlarni bajargan tadbirkorlik subyektlariga “yashil tadbirkor” maqomini berish:
ko‘kalamzorlashtirish, jumladan, korxonani “yashil belbog‘” bilan o‘rash, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, tomchilatish, yomg‘irlatish va konteynerli (qopli) sug‘orish tizimini joriy qilish;
energiya tejamkorligini ta’minlash, jumladan, energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni joriy qilish;
korxonaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, jumladan, ekologik huquqbuzarlik sodir etmaslik, atmosferaga tashlamalarni onlayn monitoring qilish tizimini joriy etish;
ishlab chiqarishga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish (“7R”) tamoyilini tatbiq etish;
b) “yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash:
“Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik berish;
muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etish;
xalqaro bozorlarga chiqish uchun qo‘llab-quvvatlash;
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi doirasida qo‘shimcha ball berish.
20. Aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida 2025-yil 1-apreldan boshlab chiqindilar utilizatsiyasi hisobiga hamda shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etilsin. Bunda:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqindi va biogaz utilizatsiyasi orqali ishlab chiqariladigan hamda tashkilotlarning o‘z hududlarida o‘rnatgan shamol va quyosh elektr qurilmalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi uchun;
aholining quyoshdan olingan va foydalanishda o‘z ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar belgilanadi.
21. Iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish va iqlim o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish bo‘yicha:
a) 2025-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasida “yashil moliyalashtirish” tizimini shakllantirish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqilsin;
b) 2025-yildan boshlab quyidagi manbalar hisobidan yashil va kam uglerodli rivojlanish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga imtiyozli kredit va grant mablag‘larini jalb etish choralari ko‘rilsin:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan — bosqichma-bosqich 200 million yevrogacha;
Jahon bankidan — energetika sektorida metan emissiyasini kamaytirish uchun 10 million AQSH dollari;
Global yashil o‘sish instituti orqali Koreya xalqaro hamkorlik agentligi texnik ko‘magi doirasida — O‘zbekiston-Koreya o‘rtasida “yashil hamkorlik”ni kuchaytirish uchun 6,5 million AQSH dollari;
Jahon bankining “iCRAFT” loyihasi doirasida — 500 ming tonna qisqartirilgan issiqxona gazlarini sotish hisobiga 7,5 million AQSH dollari;
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatidan — sanoatni yashillashtirish va azot kislotasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlarini qisqartirish uchun 20 million yevro;
v) 2025-yil sentabrga qadar “yashil iqtisodiyot” loyihalarini amalga oshirishda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan milliy “yashil iqtisodiyot” loyihalarini baholash tartibi tatbiq etilsin;
g) 2025-yil noyabrga qadar qiymati 10 million AQSH dollaridan yuqori bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi loyihalarni “Source” xalqaro platformasiga kiritish orqali loyihalarning “yashil komponent”lari va barqaror rivojlanish maqsadlariga mosligini baholash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
d) Yevropa Ittifoqining texnik ko‘magida Buxoro, Namangan, Nukus, Urganch shaharlari va G‘uzor tumanida kam uglerodli rivojlanish bo‘yicha harakatlar rejalari ishlab chiqilishi hamda 10 ta ijtimoiy obyektning energiya samaradorligi oshirilishi ta’minlansin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov belgilansin.
22. Belgilansinki, 2025-yilda ekologik barqarorlikni ta’minlovchi hududlar va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni ta’minlash borasida:
2025-yildan boshlab shakllantiriladigan investitsiya dasturlari, tarmoq, sohalar va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarning 15 foizida, 2027-yildan boshlab — 30 foizida, 2030-yildan boshlab — 55 foizida “yashil komponentlar” bo‘lishi lozim;
davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan uglerod neytralligiga erishish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, atrof-muhitni asrash, yashillik darajasini oshirish va “yashil loyihalar”ni amalga oshirishga qaratilgan “yashillik dasturlari” Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
har yili davlat organlari va ijtimoiy obyektlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va “yashil texnologiya”larni joriy qilish bo‘yicha ekologik reytingi yuritib boriladi.
23. Hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilish, hududiy davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishgan holda ekologiya va “yashil rivojlanish” masalalari bo‘yicha konsultantlar xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari hisobidan jalb qilinsin;
2025-yil 1-sentabrdan boshlab tuman (shahar) darajasida ekologik pasportlar va ekologik master rejalar hamda hududlarning ekologik reytingini ishlab chiqish va keng jamoatchilikka taqdim etish amaliyoti joriy etilsin.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov jalb qilinadigan konsultantlarning faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’ul etib belgilansin.
24. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev):
bir hafta muddatda tuman va shaharlar kesimida 2025-yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxt ko‘chatlarini hamda xonadonlar va ichki ko‘chalarga gul va qalamchalarni ekish dasturlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
2025-yil bahor-kuz mavsumlarida respublikadagi barcha mahallalarning ichki ko‘chalari va aholi xonadonlarida 32 million tup mevali va manzarali daraxtlar, buta ko‘chatlarini hamda rayhon, gultoji, atirgul va boshqa gullar, shuningdek, qalamchalarni ekish va parvarishlab borishni;
“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida 2025-yilning 10-fevraldan 10-martga qadar har bir xonadon, ko‘cha va qabristonlarda obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etishni;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Navro‘z bayramiga qadar mahallalar o‘rtasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi, homiylik va xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin;
b) Bosh prokuratura (Sh. To‘xtaboyev) O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev) bilan birgalikda joylarga chiqqan holda mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin.
25. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat va tuman (shahar) hokimlarini lavozimga tasdiqlashda va lavozimdan ozod etishda quyidagi ekologik ko‘rsatkichlarni belgilash bo‘yicha ekologik audit o‘tkazib borilsin:
hududning yashillik va o‘rmonlar bilan qoplanganlik darajasi hamda o‘rmonlar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni;
hududdagi daraxtlar soni;
shaharlar va yirik sanoat korxonalarining yashil belbog‘lar bilan o‘ralganlik darajasi;
suv havzalari va daryo o‘zanlaridagi qum va shag‘allar holati;
atmosferaga tashlamalar miqdori va havo ifloslanishining darajasi;
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifalarga mansub korxonalarning atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalari, chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini o‘rnatganlik holati;
aholiga chiqindilar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning qamrovi, chiqindi yig‘ish shoxobchalari va konteynerlari bilan ta’minlanish holati va xizmat ko‘rsatish sifati darajasi.
26. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) bir oy muddatda davlat ekologiya nazorati va tekshiruvni amalga oshirish tartibini takomillashtirish, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, uning xodimlarini maxsus texnika va transport vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
27. Davlat budjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanishda parlament nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Hukumatning Davlat budjetiga doir barcha hisobotlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Hisob palatasining tashqi audit xulosasi bilan birgalikda kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
28. Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov, iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari I. Norqulov turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tog‘li hududlar, suv omborlari va suv havzalari hamda daryo bo‘ylarida “apart-otel”, “kapsula” uylar va shu kabi joylashtirish vositalaridan iborat turizm majmualarini tashkil etishga 500 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qilish choralarini ko‘rsin.
29. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va aholini doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash maqsadida:
2025-yil 1-martga qadar tajriba-sinov tariqasida tanlab olingan yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini buzmagan holda, 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda, ijarachilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim bo‘yicha auksion savdolari orqali ajratilsin;
tuproq agrokimyoviy tahlillarini o‘tkazish maqsadida 10 ta portativ-mobil laboratoriyani xarid qilish ta’minlansin;
organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlari 10 ming gektarga yetkazilsin.
Mazkur bandning ijrosini ta’minlashga mas’ul etib qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abduraxmonov belgilansin.
30. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) Adliya vazirligi (A. Tashkulov) bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrdan boshlab davlat xizmatlari ko‘rsatilishida qog‘oz shaklidagi hujjatlar aylanmasining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilishini ta’minlasin.
31. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) doirasida quyidagilar 1 — 21-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
2025-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi;
2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati;
2025-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar;
2025-yilda atrof-muhitni asrash yo‘nalishida vazirlik va idoralar tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi;
2025-yilda atrof-muhitni asrash bo‘yicha xalqaro hamkorlik yo‘nalishida chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
O‘zbekiston Respublikasida “Yashil turizm” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi;
2025-yilda hududlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarini joriy etish rejasi;
2025-yilda bahor-kuz mavsumlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxtlarni ekish bo‘yicha reja;
2025-yilda bahor mavsumida mahallalarda xonadonlar va ichki ko‘chalarga gul hamda qalamchalarni ekish bo‘yicha reja.
32. Bosh prokuratura (Sh. Aminov) kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish rejasining ijrosini ta’minlash, shuningdek, quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatilishida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirib borsin.
33. Belgilab qo‘yilsinki:
Davlat dasturini so‘zsiz, sifatli va to‘liq amalga oshirish barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasi hisoblanadi;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari Davlat dasturida har chorak kesimida tegishli yo‘nalish va hudud bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish, nazarda tutilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish va zarur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vaqtida va puxta ishlab chiqish uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
34. Quyidagilar:
Adliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda Davlat dasturi doirasida yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalari bajarilishini, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishini va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tizimli monitoring qilib borsin;
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati Davlat dasturining amalga oshirilishini, shu jumladan, joylarga chiqib, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tanqidiy o‘rganib borsin va natijalari bo‘yicha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakatining mazkur band ijrosi bo‘yicha faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashib borsin.
35. Vazirlar Mahkamasi:
bir hafta muddatda mazkur Farmon va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilsin;
har oy yakuni bo‘yicha Davlat dasturi ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
har chorak yakuni bo‘yicha Davlat dasturida yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini Vazirlar Mahkamasining Rayosati yig‘ilishida muhokama qilib borsin;
har yarim yilda Davlat dasturi ijrosi yuzasidan hisobotlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritib borsin.
36. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Davlat dasturini amalga oshirish natijalari, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishdagi yutuqlarni aks ettiradigan tahliliy materiallarning ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning borishi hamda natijalari to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.
37. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Farmon ijrosini muntazam ravishda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izohlar:
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izoh. Choraklar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga asosiy mas’ul tashkilot rahbarining asoslantirilgan taklifi asosida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar (belgilangan yillik maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida) kiritilishi mumkin.
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izohlar:
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi;
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izoh. Choraklar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga asosiy mas’ul tashkilot rahbarining asoslantirilgan taklifi asosida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar (belgilangan yillik maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida) kiritilishi mumkin.
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga o‘zgartirishlar “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan kiritilishi mumkin.
Izohlar:
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga o‘zgartirishlar “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan kiritilishi mumkin.
Izoh. Choraklar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga asosiy mas’ul tashkilot rahbarining asoslantirilgan taklifi asosida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar (belgilangan yillik maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida) kiritilishi mumkin.
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izohlar:
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izoh. Choraklar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga asosiy mas’ul tashkilot rahbarining asoslantirilgan taklifi asosida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar (belgilangan yillik maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida) kiritilishi mumkin.
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izohlar:
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga o‘zgartirishlar “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan kiritilishi mumkin.
Izoh. Choraklar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga asosiy mas’ul tashkilot rahbarining asoslantirilgan taklifi asosida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar (belgilangan yillik maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida) kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida va Oliy Majlis palatalarining majlislarida belgilangan vazifalarning ijrosini og‘ishmay tashkil etish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida hadli konvensiyasining Kioto protokoli va Parij bitimi doirasida mamlakatning global hamjamiyat oldida olgan majburiyatlarini bajarishda tarmoq va sohalarning uyg‘un “yashil transformatsiya”sini amalga oshirish, ularning raqobatbardoshligi va resurs tejamkorligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish hamda aholining yashash sifatini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishning yangi “yashil rivojlanish” modeliga o‘tish maqsadida:1. “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib quyidagilar belgilansin:
mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish;
aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash;
o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va keyingi avlodga yetkazish hamda biologik xilma-xillikni saqlash;
“yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish;
respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni keng qo‘llash orqali iqtisodiyotda “uglerod izi”ni kamaytirish;
ekologik barqarorlikka yo‘naltirilgan hududlar va tarmoqlararo muvofiqlashtiruvni ta’minlash.
Belgilansinki, ustuvor yondashuvlar resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni ko‘zda tutuvchi iqtisodiy rivojlanish modeliga o‘tish orqali 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishini kamida 6 foiz va uning hajmini 200 milliard AQSH dollariga yetkazish, inflyatsiyani 5 foiz, budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz darajasida saqlash, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish maqsadlariga erishishga asos bo‘ladi.
2. 2025-yilda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish borasida:
Parij bitimining talablaridan kelib chiqib, O‘zbekistonning uglerod neytralligiga erishishining uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqilishi;
iqlim o‘zgarishiga moslashish, “yashil texnologiya”lar transfertini inobatga olgan holda global miqyosda mamlakatimizning kelgusi 5 yilda issiqxona gazlarini qisqartirish bo‘yicha Milliy miqyosda belgilangan hissasi (NDC) e’lon qilinishi;
metan emissiyasini qisqartirish majburiyati doirasida tabiiy gaz, chiqindilar va chorvachilik sohalarida metan emissiyasining bazaviy holati aniqlanishi;
umumiy quvvati 4,5 GVt bo‘lgan yirik quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirish, quvvati 785 megavatt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish, quvvati 225 megavatt bo‘lgan gidroelektr stansiyalarini barpo etish orqali jami qayta tiklanuvi energiya manbalari ulushi elektr energiyasi ishlab chiqarishda 26 foizga va jami generatsiya quvvatlari tarkibidagi ulushi 40 foizga yetkazilishi;
yangi quriladigan bino-inshootlar va uy-joylar energiya samaradorligidan kelib chiqib, “Yashil bino” sertifikati joriy etilishi ta’minlansin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib tegishincha Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
3. Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
2025-yilda quyosh panellari va geliokollektorlarni tuman va shaharlar kesimida o‘rnatish dasturini;
2025-2026-yillarda respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalarini qurish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. “Tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va ishlab chiqarish xarajatlarini 15 — 20 foizgacha qisqartirish maqsadida 2025-yil yakuniga qadar:
yirik strategik korxonalar tomonidan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari asosida korporativ dasturlar ishlab chiqilib, kamida 5 ta yirik sanoat korxonasida ESG milliy hisoboti yo‘lga qo‘yilishi va jamoatchilikka oshkor etish amaliyoti joriy etilishi;
“O‘zbekneftgaz” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan ESG reytingi olinishi;
Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etilishi ta’minlansin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib tegishincha Bosh vazir o‘rinbosarlari J. Qo‘chqorov, J. Xodjayev va ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
5. 2025-yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida:
aholi uchun barpo etilayotgan piyodalar va alohida velosiped yo‘laklari bo‘yida daraxtlar va o‘simliklarni ekish orqali “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratilishi, sohil va daryo bo‘ylarida 80 ta infratuzilma obyekti va 110 kilometrdan ortiq sog‘lomlashtirish yo‘laklari qurilishi;
yomg‘ir va oqova suvlardan samarali foydalanish, mahallalardagi daraxtlarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar orqali sug‘orish tizimini joriy etish natijasida yashillik darajasi oshirilishi;
“Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 200 million tup daraxt hamda butalar ekilishi, “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”da quyosh panellari yordamida quvvatlanuvchi yoritgichlardan foydalanilishi;
Orol dengizi tubida 100 ming gektar “yashil maydon” barpo etilishi va Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlar 2,1 million gektarga yetkazilishi;
o‘rmon bilan qoplangan maydonlar 4,1 million gektarga yetkazilishi va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar 14,5 foizgacha kengaytirilishi hamda ularning ekoturizm, ko‘chatchilik va dorivorchilik yo‘nalishlaridagi foydalanilmayotgan zaxiralari aniqlanib, ularning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilishi va aholining daromadlari oshirilishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining tanlangan hududlarida sho‘r va suvsizlikka chidamli o‘simliklar (galofit) bog‘lari tashkil etilishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida davlat “in-vitro” laboratoriyalari tashkil etilishi, shuningdek, xususiy “in-vitro” laboratoriyalarini barpo etishga tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni ajratish uchun xalqaro moliya institutlaridan kamida 30 million AQSH dollari miqdorida mablag‘lar jalb etilishi;
jamoatchilik, ekofaollar va biznes vakillarining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash akseleratsiya tizimi joriy etilishi ta’minlansin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ullar etib tegishincha Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov, qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abduraxmonov, iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari I. Norqulov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
6. 2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida:
a) aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirish orqali mamlakatimizda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilsin va aholi orasida targ‘ib qilish ishlari tashkil etilsin. Bunda uning asosiy tamoyillari etib quyidagilar belgilansin:
aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, xususan, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom ovqatlanish, kunlik yurish va yugurishni targ‘ib qilish;
“yashil transportda”, shu jumladan, velosipedda harakatlanishni rag‘batlantirish;
plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish;
oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olish;
suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish;
chiqindilarni turlariga qarab saralashni yo‘lga qo‘yish;
b) tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida quyidagilarni nazarda tutuvchi transformatsiya bosqichma-bosqich amalga oshirilsin:
oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari va mahalla tibbiyot punktlarida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning samarali tizimini joriy etish;
ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar faoliyatini markaziy shifoxonalarning maslahat diagnostika poliklinikasi sifatida yo‘lga qo‘yish;
markazlashgan laboratoriyalar tashkil etish, shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, shuningdek, davlat tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish;
tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, samaradorlikka erishgan xodimlarning oylik maoshlariga qo‘shimcha ustamani joriy etish;
viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarini zarur o‘rin-joylarni (koyka) yaratgan holda boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etish;
v) inson salohiyatini yuksaltirish, ta’lim uchun qulay muhit yaratish ishlarini tashkil etish maqsadida 2025/2026 o‘quv yilidan:
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi kabi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilansin;
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida “sirkulyar iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga biriktiriladigan “yashil texnikumlar” faoliyati yo‘lga qo‘yilsin;
tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlaridagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va o‘quv dasturlari kiritilsin;
oliy ta’limda grant o‘rinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkazilsin;
“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi ta’lim dasturlari asosida ta’lim olish uchun stipendiya tanloviga 20 tagacha kvota ajratib borilsin;
respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta’lim maktabi faoliyati tashkil etilsin;
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etilsin;
g) 2025-yil 1-martga qadar to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning inson salomatligiga foydasini targ‘ib qilishni kuchaytirish dasturi ishlab chiqilsin;
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ullar etib tegishincha sog‘liqni saqlash vaziri A. Xudayarov, sport vaziri A. Ikramov, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidov, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov, qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abduraxmonov belgilansin.
7. Quyidagilar:
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov, E. Adilov) 2025-yil 1-iyulga qadar tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini bosqichma-bosqich davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini aniq mexanizmlarni nazarda tutgan holda joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin;
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov, E. Adilov) bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini “elektron retsept” tizimi asosida tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) 2025-yil 1-iyunga qadar “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirsin:
ekologik tamoyillarni o‘zining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish;
oilaning barcha voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili ochiq tanlov orqali 14 ta elektromobil berish;
aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini o‘tkazish va g‘olib bo‘lgan mahallalar jamg‘armasiga mahalla aholisining takliflarini o‘rgangan holda mahallaning ichki infratuzilmasini yanada yaxshilash tadbirlarini moliyalashtirishga, xususan yo‘llarni ta’mirlash, energotejamkor yoritish uskunalarini o‘rnatish, bolalar maydonchasini qurish, “yashil bog‘” yaratish va o‘rindiqlar o‘rnatish, chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish, chiqindi qutilari va konteynerlarini o‘rnatishga 500 million so‘m ajratish.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ullar etib tegishincha ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov, raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
9. Aholi, ayniqsa yosh avlod vakillari tomonidan sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2025-yil 1-maydan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshirilsin va aholi orasida keng targ‘ib qilish ishlari tashkil etilsin:
a) barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida:
qo‘l yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash;
sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holatini yaxshilash, yangi qurilayotgan muassasalarda ularni binoning ichki qismida joylashtirish;
yil davomida birinchi navbatda qo‘l yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutish;
b) barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena xonalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash majburiyatini kiritish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) birinchi darajali mablag‘ taqsimlovchilarning asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra 2025-yil davomida budjet tashkilotlarida mazkur banddagi tadbirlar uchun zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimcha mablag‘lar ajratsin.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (B. Yusupaliyev) bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan muassasalarda sanitariya-gigiyena holatini saqlash uchun vositalar ajratish bo‘yicha normativlarni qayta ko‘rib chiqsin va ularning amalda bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro ekspertlarini jalb etgan holda respublikaning barcha ijtimoiy soha muassasalarida, shu jumladan, umumiy ovqatlanish nuqtalari va viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yidagi sanitariya-gigiyena nuqtalarida sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash bo‘yicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimini kuchaytirish va bu borada sanitariya qoidalarini ishlab chiqib, me’yorlarni yuqori standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida:
2025-yil 1-iyulga qadar Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining laboratoriyalarini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni aniqlash uchun zarur jihozlar bilan ta’minlash choralari ko‘rilsin;
2025-yil 1-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi ta’minlansin va ularga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilsin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib sog‘liqni saqlash vaziri A. Xudayarov belgilansin.
12. 2025-yilda tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida:
1 ming kilometr kanallarni beton qoplamaga o‘tkazib, suv tejovchi texnologiyalar qamrovini 1,6 million gektarga yetkazish hisobiga yiliga qo‘shimcha 2,5 milliard metr kub suvni tejashga erishilishi;
nasos stansiyalarida eskirgan nasos va elektr dvigatellarni zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirish, suv resurslari hisobini takomillashtirish orqali nasos stansiyalarining elektr energiya iste’moli 300 mln kVtgacha kamaytirilishi;
irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali 390 ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining suv ta’minoti yaxshilanishi;
sarflanayotgan suvning hisobi va hisoboti to‘liq yuritilishini ta’minlash maqsadida magistral kanallar va muhim suv obyektlarida suvning yagona onlayn hisobini yuritish tizimi joriy etilishi;
1,8 ming kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 77 ta ichimlik va oqova suv inshootlari qurilishi hamda rekonstruksiya qilinishi;
ichimlik suv tizimida ma’nan eskirgan 746 ta nasos uskunalari energiya tejamkorlariga almashtirilishi, hududlarda 65,2 megavatt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilishi, suv inshootlari va magistral suv tarmoqlariga 955 ta zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi;
barcha ichimlik suv ta’minoti korxonalarida sifat monitoringini yuritish va ma’lumotlarni boshqarish markazlari yaratilishi;
daryolar, ko‘llar va kanallarga turli ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi ustidan nazorat kuchaytirilishi ta’minlansin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ullar etib tegishincha suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh. Xidoyatov, energetika vaziri J. Mirzamaxmudov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
13. Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, O‘zbekiston ekologik partiyasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi taklifini inobatga olgan holda:
a) 2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlansin:
asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari;
samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;
qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;
xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari;
b) 2025-yil yakuniga qadar quyidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlashga barcha kuch va resurslar safarbar etilsin:
aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI — 80 rusumli avtomobil yoqilg‘isidan foydalanish va sotishni cheklash;
respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni to‘liq taqiqlash, bundan avariyaviy yoqilg‘i sifatida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari mustasno;
v) 2025-yil 1-noyabrga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan plastik chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha quyidagi xalqaro tan olingan mexanizmlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilsin:
plastik chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus joylar va uskunalarni o‘rnatish orqali yig‘ib olish va utilizatsiya qilish yoki utilizatsiya yig‘imini to‘lash;
plastik qadoqlar yoki plastik qadoqlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchilarga nisbatan “taralarni qaytarish”, fuqarolarga chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus uskunalarga topshirilgan har bir plastik idish uchun to‘lov qilish imkoniyatini yaratish kabi majburiyatlar joriy qilish.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan va energiya sarfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardagi mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilgan holda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan bosqichma-bosqich ko‘chirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va shaharsozlik faoliyatining ekologiyaga salbiy ta’sirini ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilgan holda jilovlash maqsadida:
2025-yil 1-avgustdan boshlab texnik jihatdan tartibga solish hujjatlari bo‘lgan ekologik me’yorlar va qoidalarni qabul qilish tartibi o‘rnatilsin;
2025-yil 1-oktabrdan boshlab energetika, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari va kimyo sanoatida ekologik normativlarni individual belgilash usuli o‘rniga tarmoq usulini qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar tomonidan o‘z faoliyatida Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kengashning barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish standartlarini joriy etish (ISSB) amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda uch oy muddatda atmosfera, yer, yerosti va suv ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan ekologik me’yor va qoidalarni ishlab chiqish bo‘yicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bosh vazir o‘rinbosarlari J. Qo‘chqorov, J. Xodjayev atrof-muhitni asrash tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan, cho‘llanishga qarshi kurashish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, suv resurslaridan oqilona foydalanish sohalarida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Ekologiya jamg‘armasiga xalqaro moliya institutlari va budjet mablag‘lari hisobidan 25 milliard so‘m miqdordagi mablag‘lar o‘tkazib berilishini ta’minlasin.
15. Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, ekologiya sohasi ilmiy hamjamiyati takliflarini inobatga olgan holda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish va yashil hududlarni asrash maqsadida:
2025-yil 1-iyuldan boshlab ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi;
2025-yil 1-avgustdan boshlab pishgan g‘isht ishlab chiqarishdan muqobil texnologiyalardan keng foydalanishga o‘tish maqsadida devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi;
2026-yil 1-yanvardan boshlab pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2025-yil uchun belgilangan stavkaga nisbatan 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llanadi hamda 2027-yildan bosqichma-bosqich qo‘shimcha ravishda oshiriladi;
2027-yil 1-yanvardan boshlab yer resurslarini muhofaza qilish va tuproqning unumdor qatlami yo‘qolib ketishining oldini olish maqsadida qishloq xo‘jaligiga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlarida tuproq karyerlari faoliyati taqiqlanadi;
ko‘p qavatli turar joylarni loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlardan sug‘orishda foydalanish tizimlarini tashkil etish majburiy etib belgilanadi.
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) ikki oy muddatda energiya samarador materiallarni mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish va ulardan keng foydalanish bo‘yicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. O‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va ularni keyingi avlodga yetkazish borasida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash uchun tasdiqlangan kvotalar hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalarni elektron auksion orqali berish tartibi joriy etilsin. Bunda:
kvotalar Fanlar akademiyasi tomonidan har yili aniqlanadigan o‘simlik zaxirasi asosida shakllantiriladi;
kvota va ruxsatnomalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanib, auksionga chiqariladi.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
18. Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifalarga mansub korxonalarning ekologik ishlab chiqarishga o‘tishdagi harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida 2025-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
a) birinchi bosqichda — atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalarini o‘rnatgan korxonalarga:
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechish;
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika budjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish;
b) ikkinchi bosqichda — monitoring stansiyalarini o‘rnatgan korxona kelgusi bir yil davomida chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini o‘rnatganda, tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika budjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish belgilansin.
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan beriladigan xulosa asosida taqdim etiladi;
v) 2025-yil 1-noyabrga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan xo‘jalik faoliyatini yurituvchi korxona va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ikki oy muddatda respublikada atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, xususan, sanoat korxonalari va issiqxonalarda chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini bosqichma-bosqich o‘rnatish bo‘yicha dasturni tasdiqlasin va uning ijro etilishini qat’iy nazoratga olsin.
19. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlarini “yashil tadbirkor” sifatida e’tirof etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi platforma ishga tushirilsin:
a) quyidagi yo‘nalishlarda belgilangan ko‘rsatkichlarni bajargan tadbirkorlik subyektlariga “yashil tadbirkor” maqomini berish:
ko‘kalamzorlashtirish, jumladan, korxonani “yashil belbog‘” bilan o‘rash, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, tomchilatish, yomg‘irlatish va konteynerli (qopli) sug‘orish tizimini joriy qilish;
energiya tejamkorligini ta’minlash, jumladan, energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni joriy qilish;
korxonaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, jumladan, ekologik huquqbuzarlik sodir etmaslik, atmosferaga tashlamalarni onlayn monitoring qilish tizimini joriy etish;
ishlab chiqarishga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish (“7R”) tamoyilini tatbiq etish;
b) “yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash:
“Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik berish;
muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etish;
xalqaro bozorlarga chiqish uchun qo‘llab-quvvatlash;
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi doirasida qo‘shimcha ball berish.
20. Aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida 2025-yil 1-apreldan boshlab chiqindilar utilizatsiyasi hisobiga hamda shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etilsin. Bunda:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqindi va biogaz utilizatsiyasi orqali ishlab chiqariladigan hamda tashkilotlarning o‘z hududlarida o‘rnatgan shamol va quyosh elektr qurilmalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi uchun;
aholining quyoshdan olingan va foydalanishda o‘z ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar belgilanadi.
21. Iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish va iqlim o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish bo‘yicha:
a) 2025-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasida “yashil moliyalashtirish” tizimini shakllantirish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqilsin;
b) 2025-yildan boshlab quyidagi manbalar hisobidan yashil va kam uglerodli rivojlanish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga imtiyozli kredit va grant mablag‘larini jalb etish choralari ko‘rilsin:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan — bosqichma-bosqich 200 million yevrogacha;
Jahon bankidan — energetika sektorida metan emissiyasini kamaytirish uchun 10 million AQSH dollari;
Global yashil o‘sish instituti orqali Koreya xalqaro hamkorlik agentligi texnik ko‘magi doirasida — O‘zbekiston-Koreya o‘rtasida “yashil hamkorlik”ni kuchaytirish uchun 6,5 million AQSH dollari;
Jahon bankining “iCRAFT” loyihasi doirasida — 500 ming tonna qisqartirilgan issiqxona gazlarini sotish hisobiga 7,5 million AQSH dollari;
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatidan — sanoatni yashillashtirish va azot kislotasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlarini qisqartirish uchun 20 million yevro;
v) 2025-yil sentabrga qadar “yashil iqtisodiyot” loyihalarini amalga oshirishda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan milliy “yashil iqtisodiyot” loyihalarini baholash tartibi tatbiq etilsin;
g) 2025-yil noyabrga qadar qiymati 10 million AQSH dollaridan yuqori bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi loyihalarni “Source” xalqaro platformasiga kiritish orqali loyihalarning “yashil komponent”lari va barqaror rivojlanish maqsadlariga mosligini baholash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
d) Yevropa Ittifoqining texnik ko‘magida Buxoro, Namangan, Nukus, Urganch shaharlari va G‘uzor tumanida kam uglerodli rivojlanish bo‘yicha harakatlar rejalari ishlab chiqilishi hamda 10 ta ijtimoiy obyektning energiya samaradorligi oshirilishi ta’minlansin.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov belgilansin.
22. Belgilansinki, 2025-yilda ekologik barqarorlikni ta’minlovchi hududlar va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni ta’minlash borasida:
2025-yildan boshlab shakllantiriladigan investitsiya dasturlari, tarmoq, sohalar va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarning 15 foizida, 2027-yildan boshlab — 30 foizida, 2030-yildan boshlab — 55 foizida “yashil komponentlar” bo‘lishi lozim;
davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan uglerod neytralligiga erishish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, atrof-muhitni asrash, yashillik darajasini oshirish va “yashil loyihalar”ni amalga oshirishga qaratilgan “yashillik dasturlari” Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
har yili davlat organlari va ijtimoiy obyektlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va “yashil texnologiya”larni joriy qilish bo‘yicha ekologik reytingi yuritib boriladi.
23. Hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilish, hududiy davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishgan holda ekologiya va “yashil rivojlanish” masalalari bo‘yicha konsultantlar xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari hisobidan jalb qilinsin;
2025-yil 1-sentabrdan boshlab tuman (shahar) darajasida ekologik pasportlar va ekologik master rejalar hamda hududlarning ekologik reytingini ishlab chiqish va keng jamoatchilikka taqdim etish amaliyoti joriy etilsin.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov jalb qilinadigan konsultantlarning faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’ul etib belgilansin.
24. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev):
bir hafta muddatda tuman va shaharlar kesimida 2025-yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxt ko‘chatlarini hamda xonadonlar va ichki ko‘chalarga gul va qalamchalarni ekish dasturlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
2025-yil bahor-kuz mavsumlarida respublikadagi barcha mahallalarning ichki ko‘chalari va aholi xonadonlarida 32 million tup mevali va manzarali daraxtlar, buta ko‘chatlarini hamda rayhon, gultoji, atirgul va boshqa gullar, shuningdek, qalamchalarni ekish va parvarishlab borishni;
“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida 2025-yilning 10-fevraldan 10-martga qadar har bir xonadon, ko‘cha va qabristonlarda obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etishni;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Navro‘z bayramiga qadar mahallalar o‘rtasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi, homiylik va xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin;
b) Bosh prokuratura (Sh. To‘xtaboyev) O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev) bilan birgalikda joylarga chiqqan holda mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin.
25. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat va tuman (shahar) hokimlarini lavozimga tasdiqlashda va lavozimdan ozod etishda quyidagi ekologik ko‘rsatkichlarni belgilash bo‘yicha ekologik audit o‘tkazib borilsin:
hududning yashillik va o‘rmonlar bilan qoplanganlik darajasi hamda o‘rmonlar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni;
hududdagi daraxtlar soni;
shaharlar va yirik sanoat korxonalarining yashil belbog‘lar bilan o‘ralganlik darajasi;
suv havzalari va daryo o‘zanlaridagi qum va shag‘allar holati;
atmosferaga tashlamalar miqdori va havo ifloslanishining darajasi;
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifalarga mansub korxonalarning atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalari, chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini o‘rnatganlik holati;
aholiga chiqindilar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning qamrovi, chiqindi yig‘ish shoxobchalari va konteynerlari bilan ta’minlanish holati va xizmat ko‘rsatish sifati darajasi.
26. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) bir oy muddatda davlat ekologiya nazorati va tekshiruvni amalga oshirish tartibini takomillashtirish, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, uning xodimlarini maxsus texnika va transport vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
27. Davlat budjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanishda parlament nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Hukumatning Davlat budjetiga doir barcha hisobotlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Hisob palatasining tashqi audit xulosasi bilan birgalikda kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
28. Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov, iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari I. Norqulov turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tog‘li hududlar, suv omborlari va suv havzalari hamda daryo bo‘ylarida “apart-otel”, “kapsula” uylar va shu kabi joylashtirish vositalaridan iborat turizm majmualarini tashkil etishga 500 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qilish choralarini ko‘rsin.
29. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va aholini doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash maqsadida:
2025-yil 1-martga qadar tajriba-sinov tariqasida tanlab olingan yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini buzmagan holda, 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda, ijarachilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim bo‘yicha auksion savdolari orqali ajratilsin;
tuproq agrokimyoviy tahlillarini o‘tkazish maqsadida 10 ta portativ-mobil laboratoriyani xarid qilish ta’minlansin;
organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlari 10 ming gektarga yetkazilsin.
Mazkur bandning ijrosini ta’minlashga mas’ul etib qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abduraxmonov belgilansin.
30. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) Adliya vazirligi (A. Tashkulov) bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrdan boshlab davlat xizmatlari ko‘rsatilishida qog‘oz shaklidagi hujjatlar aylanmasining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilishini ta’minlasin.
31. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) doirasida quyidagilar 1 — 21-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
2025-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi;
2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati;
2025-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar;
2025-yilda atrof-muhitni asrash yo‘nalishida vazirlik va idoralar tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi;
2025-yilda atrof-muhitni asrash bo‘yicha xalqaro hamkorlik yo‘nalishida chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
O‘zbekiston Respublikasida “Yashil turizm” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi;
2025-yilda hududlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarini joriy etish rejasi;
2025-yilda bahor-kuz mavsumlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxtlarni ekish bo‘yicha reja;
2025-yilda bahor mavsumida mahallalarda xonadonlar va ichki ko‘chalarga gul hamda qalamchalarni ekish bo‘yicha reja.
32. Bosh prokuratura (Sh. Aminov) kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish rejasining ijrosini ta’minlash, shuningdek, quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatilishida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirib borsin.
33. Belgilab qo‘yilsinki:
Davlat dasturini so‘zsiz, sifatli va to‘liq amalga oshirish barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasi hisoblanadi;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari Davlat dasturida har chorak kesimida tegishli yo‘nalish va hudud bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish, nazarda tutilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish va zarur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vaqtida va puxta ishlab chiqish uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
34. Quyidagilar:
Adliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda Davlat dasturi doirasida yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalari bajarilishini, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishini va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tizimli monitoring qilib borsin;
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati Davlat dasturining amalga oshirilishini, shu jumladan, joylarga chiqib, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tanqidiy o‘rganib borsin va natijalari bo‘yicha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakatining mazkur band ijrosi bo‘yicha faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashib borsin.
35. Vazirlar Mahkamasi:
bir hafta muddatda mazkur Farmon va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilsin;
har oy yakuni bo‘yicha Davlat dasturi ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
har chorak yakuni bo‘yicha Davlat dasturida yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini Vazirlar Mahkamasining Rayosati yig‘ilishida muhokama qilib borsin;
har yarim yilda Davlat dasturi ijrosi yuzasidan hisobotlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritib borsin.
36. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Davlat dasturini amalga oshirish natijalari, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishdagi yutuqlarni aks ettiradigan tahliliy materiallarning ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning borishi hamda natijalari to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.
37. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Farmon ijrosini muntazam ravishda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-yanvar,
PF-16-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
1-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan
AMALIY TADBIRLAR REJASI
| T/r | Vazifalar | Amaliy chora-tadbirlar | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Hamijrochilar |
| HAR BIR INSONGA O‘Z SALOHIYATINI RO‘YOBGA CHIQARISH UCHUN MUNOSIB SHAROITLAR YARATISH | |||||
| 1-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | |||||
| 1. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan olis va chekka hududlarda maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini tashkil etish. | 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan olis va chekka hududlardagi mahallalar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil aprel | Xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Shakllantirilgan ro‘yxatdagi mahallalarda maktabgacha ta’limning muqobil shakli bo‘lgan mobil guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Bunda mobil guruhlar uchun maxsus jihozlangan avtobuslar ajratish hamda joylarda o‘yin maydonchalarini tashkil etish. | 2025-yil may | ||||
| 2-maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | |||||
| 2. | Uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish. | Uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun ta’limning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha elektron va video darsliklar yaratish hamda ularga mustaqil shug‘ullanishlari uchun qulay muhit va sharoitlar yaratish. Jumladan: o‘quvchilarga mobil qurilmalar orqali foydalanish uchun maxsus moslashtirilgan platformani yaratish; elektron va video darsliklarni turli yoshdagi o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish; o‘quvchilarga pedagogik yordam ko‘rsatish imkoni mavjud bo‘lgan “onlayn mentorlik” tizimini joriy etish. | 2025-yil davomida | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 3. | “Raqamli kutubxona” tizimining samaradorligini oshirish. | “Raqamli kutubxona” tizimining kitoblarga buyurtma berish modulini joriy etish. | 2025-yil iyul | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari |
| 4. | Umumta’lim maktablarini zamonaviy o‘quv va sport anjomlari bilan ta’minlash. | 1. Umumta’lim maktablarini tabiiy fanlar laboratoriya jihozlari,sport jihozlari va milliy musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash. | 2025-yil aprel | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari |
| 2. Tasdiqlangan dasturga asosan tabiiy fanlar laboratoriya jihozlari,sport jihozlari va milliy musiqa cholg‘u asboblarini belgilangan tartibda xarid qilish. | 2025-yil noyabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Yu. Risyukova) | |||||
| 5. | Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish. | 1. Ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish. | 2025-yil sentabr | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) |
| 2. Bulling, suitsid, voyaga yetmaganlar jinoyatini oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha pedagog kadrlar uchun interaktiv usullarni o‘zida mujassam etuvchi maxsus kurs va dasturlar ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | ||||
| 3. O‘qituvchilarning kasbiy so‘nishining oldini olish, stresslarga bardoshlilik darajasini oshiruvchi simulyator va keyslar yaratish. | Doimiy | ||||
| 3-maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | |||||
| 6. | Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar sonini oshirish. | 1. 2024/2025 o‘quv yili yakunida 1 500 ta umumta’lim maktablarida joriy etilgan bilimni baholashning yangi tartibi samaradorligini tahlil qilish. | 2025-yil iyun | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Tahlillar natijasida mazkur tartibni yanada takomillashtirish hamda 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar sonini 3 000 taga yetkazish. | 2025-yil sentabr | ||||
| 7. | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirish. | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 65 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblarini yaratish va amaliyotga joriy etish. | 2025-yil avgust | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Yu. Risyukova) |
| 8. | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga 500 nafar xorijiy mutaxassislarni jalb etish. | 1. Rekruting tashkilotlari hamda vazirlikning rasmiy ijtimoiy sahifalari orqali xorijiy mutaxassislar uchun e’lonlar berish. 2. Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqish, saralash va suhbatlar tashkil etish. | 2025-yil avgust | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari |
| 4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Yu. Risyukova) | |||||
| 9. | Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi-trenerlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. | 1. Maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida katta tajribaga ega davlatlarning tajribasini o‘rganish. | 2025-yil may | Hisob-kitoblarga asosan homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Eng yaxshi maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishi tizimiga ega davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil sentabr | ||||
| 3. Har yili 20 nafar maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi-trenerlarini xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun yuborish. | 2025-yil noyabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | |||||
| 10. | O‘zbek tili o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama olish imkoniyatini yaratish. | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili (davlat tili) fani bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi o‘zbek tili va adabiyoti sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash. | 2025-yil 1-fevral | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 5-maqsad: Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | |||||
| 11. | Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari qamrovini kengaytirish. | Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 700 taga yetkazish choralarini ko‘rish. | 2025-yil sentabr | Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) |
| 6-maqsad: Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) | |||||
| 12. | Kasbiy ta’lim muassasalarida malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushini oshirish. | 1. Majburiy va ixtiyoriy ravishda attestatsiyaga jalb etiladigan pedagoglarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “pedagog.edu.uz” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlarni ta’minlash. 2. Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga tegishli malaka toifalarini berish. | 2025-yil noyabr | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 13. | Xalqaro ta’lim dasturlari asosida 14 ta texnikumda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. | 1. Xalqaro ta’lim dasturlari joriy etiladigan texnikumlar hamda kasb va mutaxassisliklarni belgilash. | 2025-yil mart | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Xalqaro ta’lim dasturini tarjima qilish va texnikumlarga yetkazish. | 2025-yil may | ||||
| 3. Texnikum o‘qituvchilarining malakasini oshirish. | 2025-yil iyul | ||||
| 4. Xalqaro ta’lim dasturlariga o‘quvchilarni qabul qilish va ta’lim jarayonini tashkil etish. | 2025-yil sentabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) | |||||
| 14. | Mahalliy va xorijiy mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda har bir hududda texnikumlarda “dual ta’lim” dasturini joriy qilish. | Bunda: o‘quv jarayoniga xorijiy hamkorlarni jalb qilib, o‘qishning muayyan davrini chet el mamlakatlaridagita’limtashkilotlari va salohiyatli ish beruvchilarda tashkil etish; o‘qishning O‘zbekistondagi davrida o‘quvchilarni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida kasb va xorijiy tillargaintensiv ravishda o‘rgatish hamda ular tegishli sertifikatlarni olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish; dasturni muvaffaqiyatli bitirgan kadrlarning xorijiy va mahalliy mehnat bozorlarida yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarigajoylashtirilishiga ko‘maklashish nazarda tutiladi. | 2025/2026 o‘quv yilidan | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari |
| 7-Maqsad: Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) | |||||
| 15. | Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi darajasini oshirish. | Oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan mehnat bozorining oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan talabini o‘rganish. Mazkur ehtiyojlarga muvofiq moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilar tarkibi va o‘quv-metodik ta’minotdan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘z qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni shakllantirish. Oliy ta’lim tashkilotlarining qabul parametrlariga takliflarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarining qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritish. | 2025-yil oktabr | Davlat budjeti mablag‘lari va oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari | Tasarrufida oliy ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar, oliy ta’lim tashkilotlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 16. | Top-500 talikka kirgan xorijiy universitetlar bilan 12 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. | 1. Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining top-500 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish. | 2025-yil sentabr | - | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Ekspertiza natijasiga ko‘ra ijobiy xulosaga ega qo‘shma ta’lim dasturlari qabul kvotalarini kelishib berish. | 2025-yil noyabr | ||||
| 17. | Respublikadagi kamida 1 ta oliy ta’lim muassasasini nufuzli xalqaro reytinglarning birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish. | 1. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish. | 2025-yil may | Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Xalqaro reyting tashkilotlari ekspertlari ishtirokida respublikamiz oliygohlaridagi reyting uchun mas’ul xodimlarga seminar-trening tashkil qilish. | 2025-yil iyul | ||||
| 3. Oliy ta’lim tashkilotlarining nufuzli reyting tashkilotlari tomonidan tashkil qilinadigan xalqaro tadbirlarda ishtirokini ta’minlash. | 2025-yil dekabr | ||||
| 8-maqsad: Oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) | |||||
| 18. | Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni yotoqxona bilan qamrab olish darajasini yaxshilash. | Davlat-xususiy sheriklik loyihalari, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan yaratiladigan qo‘shimcha yotoq o‘rinlari sonini 8 000 taga yetkazish. | 2025-yil dekabr | Davlat budjetidan mazkur maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar, tadbirkorlar mablag‘lari, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlar bilan boyitish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev) | |||||
| 19. | Matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, biologik xilma-xillik, muhandislik kabi yo‘nalishlarda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish. | 1. Matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, biologik xilma-xillik,muhandislik kabi yo‘nalishlarda fundamental tadqiqotlar bo‘yicha e’lon qilinadigan tanlov mavzularini ishlab chiqish. | 2025-yil avgust | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Ishlab chiqilgan tanlov mavzularini ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilish. | 2025-yil sentabr | ||||
| 3. Tanlovga kelib tushgan loyiha talabnomalarini ekspertiza natijalariga ko‘ra saralab olish va ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 20. | Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, ma’naviyat, madaniyat va san’at kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlarida fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish. | 1. Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, ma’naviyat, madaniyat va san’at kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilinadigan tanlov mavzularini ishlab chiqish. | 2025-yil avgust | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar, dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Ishlab chiqilgan tanlov mavzularini ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilish. | 2025-yil sentabr | ||||
| 3. Kelib tushgan loyiha talabnomalarini ekspertiza natijalariga ko‘ra saralab olish va ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritish. | 2025-yil noyabr | ||||
| 10-maqsad: Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) | |||||
| 21. | Ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar sonini 28 taga yetkazish. | 1. Ilmiy hajmdor mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil may | Oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari | - |
| 2. Hajmdor mahsulotlarning tijorat imkoniyatlarini o‘rganish. | 2025-yil iyul | ||||
| 3. Yangi (spin-off) korxonalarini tashkil etish. | 2025-yil noyabr | ||||
| 11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev) | |||||
| 22. | Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalarini oshirish. | 1. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar ehtiyojlari asosida Davlat budjeti hisobidan stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura uchun qabul kvotalariga talabnomalarni qabul qilish. | 2025-yil iyun | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlaridan kelib tushgan talabnomalarni umumlashtirib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish. | 2025-yil iyul | ||||
| 3. Davlat budjeti hisobidan doktorantura uchun qabul kvotalarini ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida tasdiqlash. | 2025-yil noyabr | ||||
| 12-maqsad: Barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev) | |||||
| 23. | Respublika hududlarida akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkil etish. | 1. Respublika hududlarida tashkil etilgan Yoshlar texnoparklarida akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkil etish. | 2025-yil aprel | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Yoshlar texnoparklari tashkil etilgan viloyatlar hokimliklari |
| 2. Tashkil etilgan akseleratsiya va inkubatsiya dasturlariga 120 ta startap loyihalarni jalb etish va loyiha tashabbuskorlarini o‘qitish. | 2025-yil iyun | ||||
| 3. Dasturlarni muvaffaqiyatli yakunlangan loyiha tashabbuskorlarining startap loyihalarini Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etiladigan startap loyihalar tanlovlariga yo‘naltirish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 13-maqsad: Aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | |||||
| 24. | Aholi o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish. | 1. Profilaktik ko‘riklar jadvalini tasdiqlash. 2. 18 — 40 yoshli 12,7 mln nafar aholini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish. 3. 7,1 mln nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida profilaktik ko‘riklarni o‘tkazish. 4. Kasallik aniqlangan fuqarolarni individual sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish. | 2025-yil fevraldan boshlab tarmoq rejasi asosida | Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 25. | Boshqariluvchi yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida profilaktik emlash tadbirlarini izchil amalga oshirish. | 5,6 mln nafar bolani 13 turdagi vaksina bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash. | 2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida | Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |||||
| 26. | Ishlab chiqarishda va shaharsozlik faoliyatida aholi salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi xomashyolardan foydalanishni kamaytirish. | Ishlab chiqarishda va shaharsozlik faoliyatida asbest kabi tarkibida zaharli aralashmalar va zaharli kimyoviy moddalar bo‘lgan mahsulotlardan foydalanishni bosqichma-bosqich cheklash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil mart | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
| 14-maqsad: Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | |||||
| 27. | Diabet kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olish. | “D” nazoratda turadigan surunkali diabet kasalligi bor bemorlarni ambulator va statsionar sharoitda davolash. | 2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi | - |
| 28. | Yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olish. | “D” nazoratda turadigan surunkali yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni ambulator va statsionar sharoitda to‘liq davolash. | 2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi | - |
| 15-maqsad: Bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | |||||
| 29. | Irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalarni davolash ishlarini tashkillashtirish. | Irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalarni dori vositalari, tibbiy buyumlar va shifobaxsh ozuqalar bilan to‘liq ta’minlash. | 2025-yil fevraldan boshlab yil davomida | Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida | Vazirlar Mahkamasi (Z. Maxkamova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 30. | Bolalar orasida irsiy kasalliklarni aniqlash uchun ommaviy va selektiv skrining o‘tkazish. | 1. 850 ming nafar chaqaloqlarni tug‘ma gipoterioz, fenilketonuriya kasalliklarini aniqlash bo‘yicha neonatal skriningdan o‘tkazish. 2. 6 ta lizosomal (Goshe, Pompe, Fabri, Krabbe, A va V turdagi Nimmana-Pika kasalliklari hamda I tipi) kasalliklarga ko‘rsatma asosida xavf guruhiga kiruvchi chaqaloq va bolalarda har yili selektiv skrining o‘tkazish. | 2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida | Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida | |
| 16-maqsad: Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | |||||
| 31. | Bolalar orasida ommaviy va selektiv skrining o‘tkazish. | 1. 3 — 18 yoshli 5 mln nafar bolalarni onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha ommaviy va selektiv skriningdan o‘tkazish. 2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni eshitish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha audioskriningdan o‘tkazish. | 2025-yil fevraldan boshlab tarmoq rejasiga muvofiq doimiy | Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida | - |
| 17-maqsad: Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | |||||
| 30. | Xavf guruhiga mansub bo‘lgan aholini onkologik kasalliklar bo‘yicha skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish. | 1. Markaziy poliklinikalarda Onkonazorat xonasi uchun ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda alohida akusher-ginekolog shifokori shtatini ajratish. | 2025-yil fevral | Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Ayollarni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimini yaratish va elektron bazasini (ro‘yxatni) shakllantirish. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
| 3. Yiliga 700 ming nafar ayolni bachadon bo‘yni saratoni va 1,5 mln nafar ayolni ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha maqsadli skriningdan o‘tkazish. | Doimiy | ||||
| 18-maqsad: Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | |||||
| 33. | Aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish. | Aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish choralarini ko‘rish. Bunda: 1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda aniq reja-grafik asosida mahallalarda to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish. | 2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida | Mablag‘ talab etilmaydi | O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 19-maqsad: Sog‘lom va faol keksalikni ta’minlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev) | |||||
| 34. | Katta yoshdagi aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha individual va ommaviy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. | 1. Keksa yoshdagi aholining kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish, jismoniy faolligi va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot materiallarini tarqatish va ommaviy axborot vositalarida yoritish. | 2025-yil fevral-mart | “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
| 2. Katta yoshdagi aholi orasida skandinavcha yurish va ularga mos boshqa sport turlarini joriy qilish, “Keksalik gashti” shiori ostida yengil sport musobaqalarini o‘tkazib borish. | 2025-yil aprel — noyabr | ||||
| 20-maqsad: Aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | |||||
| 35. | Aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibotni kuchaytirish. | Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalarini mahallalarda targ‘ib qilish. | 2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (B. Yusupaliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| 21-maqsad: Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | |||||
| 36. | Raqamli texnologiyalar joriy etilgan tibbiyot muassasalari ulushini oshirish. | Barcha turdagi statsionar va ambulator tibbiyot muassasalarida onlayn qabulga yozilish, tibbiy xizmatlar uchun mobil ilovalar orqali elektron to‘lov tizimini joriy qilish. | 2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida | Tibbiyot muassasalariga ajratilgan mablag‘lar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) | |||||
| 37. | Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda nodavlat sektor tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, parvarishlash xizmatlarini bozor talablari asosida yo‘lga qo‘yish. | Parvarishlash xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda: o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish hamda uyda yotoq tartibidagi shaxslarga tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish; xizmatlar samaradorligini baholash mezonlarini belgilash; xizmatlarni tashkil etishda minimal standart talablarini shakllantirish; institutsional muassasalar xizmatlarining alternativ shakllarini mahalla darajasida tashkil qilish; davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda tadbirkorlik subyektlarining ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 23-maqsad: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) | |||||
| 38. | Nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim sifatini oshirish. | 1. Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ko‘p funksiyali korreksion maktab tashkil etish. 2. Nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar o‘quv rejalarini takomillashtirish va individual yondashuvni kengaytirish maqsadida o‘quv-rejalarni tasdiqlab, o‘quvchilarni ixtisoslashtirish (fan, kasb-hunar, IT, san’at yoki sportga yo‘naltirish). 3. “Biznes — maxsus maktab” hamkorlik modelini yo‘lga qo‘yish orqali nogironligi bo‘lgan bolalarni mehnat bozoriga maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | Ijrochilarga ajratilgan budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida | Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (D. Adilov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) |
| 24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) | |||||
| 39. | Bolalarga korreksion-pedagogika va ko‘p tarmoqli reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qamrovini kengaytirish. | 1. Andijon viloyatida: “Andijon viloyati hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi” davlat muassasasini tashkil etish; | 2025-yil mart | Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hamda ijrochilar mablag‘lari | Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmonov), Samarqand viloyati hokimligi (A. Boboyev), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
| “Andijon viloyati hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi” davlat muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish. 2. Samarqand viloyatida: | 2025-yil may | ||||
| nogironligi bo‘lgan bolalar uchun reabilitatsiya markaziga ega “Imkon” ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining bino-inshootlarini barpo etish loyiha hujjatlarini ishlab chiqish; | 2025-yil fevral | ||||
| qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishni boshlash; | 2025-yil aprel | ||||
| zarur moddiy-texnik jihozlash ishlarini amalga oshirish; | 2025-yil noyabr | ||||
| bino-inshootlarni foydalanishga topshirish. | 2025-yil noyabr | ||||
| 40. | Nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida “Imkoniyatlar olimpiadasi”ni o‘tkazish. | 1. Olimpiadani o‘tkazish tartibini hamda kasblar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan budjet mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (U. Sharifxodjayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) |
| 2. “Imkoniyatlar olimpiadasi”ni yuqori saviyada o‘tkazish. | 2025/2026 o‘quv yilida | ||||
| 25-maqsad: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova) | |||||
| 41. | Xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2025-yilda: 139 396 nafar xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish; 220 980 nafar xotin-qizlarga ishga joylashishga ko‘maklashish; 134 400 nafar xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish choralarini ko‘rish. | 1. Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish grafigini ishlab chiqish. | 2025-yil fevral | Ijrochilar mablag‘lari | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2. Ishsiz va daromad topish istagidagi xotin-qizlarni o‘quvlarga jalb qilish. | Tasdiqlangan grafik asosida | ||||
| 3. Ishlash istagidagi xotin-qizlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarini tashkil etish. | Har chorakda | ||||
| 42. | Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning namunaviy tartibini ishlab chiqish. 2. Yaqin qarindoshlar va erta nikohlarning oldini olish mavzulariga qaratilgan targ‘ibot materiallarini tayyorlash va ularni ommaviy axborot vositalarida keng tarqatish. | 2025-yil mart | Ijrochilar mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev) |
| 3. O‘tkaziladigan tadbirlarga jalb etiladiganlarning tarkibini (o‘smir yoshidagi qizlari bor, qizlarni yaqin qarindoshlarga va erta turmushga berishga moyilligi bor fuqarolar) belgilash. 4. Aniqlangan tarkibdagi oilalar bilan manzilli targ‘ibot-tushuntirish ishlarini tashkil etish. | 2025-yil aprel — dekabr | ||||
| 43. | Ta’lim muassasalarida, mahallalarda, mehnat jamoalarida “Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasini amalga oshirish. | 1. “Mas’uliyatli ota-onalik” mezonlari bo‘yicha trening dasturi va trenerlar uchun o‘quv-metodik qo‘llanma ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Ijrochilar mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Mavzuga aloqador ma’ruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari, videoroliklar, buklet va flayerlar tayyorlash. | 2025-yil may | ||||
| 3. “Mas’uliyatli ota-onalik” veb-sayti va mobil ilovasini yaratish. | 2025-yil avgust | ||||
| 44. | Xotin-qizlar tomonidan yaratilgan ixtiro va innovatsion mahsulotlarni xalqaro darajalarga olib chiqish, ayollar tadbirkorligini va elektron tijoratni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida “Innawomenweek-2025” ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlarning innovatsion haftaligini o‘tkazish. | 1. Haftalik o‘tkazish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat tashkiliy qo‘mita tarkibini shakllantirish. | 2025-yil avgust | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va ijrochilar mablag‘lari | Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabboyev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
| 2. Haftalik doirasida o‘tkaziladigan “XXI asr ilm-fani va biznesda ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi xalqaro forum, “Ixtirochi ayollar-2025” ko‘rgazmasi, o‘quv seminar va tadbirlarda ishtirok etadigan chet ellik va milliy olima, ixtirochi, doktorant, tadqiqotchi va tadbirkor xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil sentabr | ||||
| 3. Haftalik doirasida xotin-qizlarini ixtirochilik va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilishga yo‘naltirilgan seminar va tadbirlarni tashkil qilish uchun dastur va ssenariylarni ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | ||||
| 4. “innawomenweek — 2025” — haftaligini hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish. | 2025-yil oktabr reja asosida | ||||
| 45. | Xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi qiziqishlarini oshirish, “Bir million dasturchi” loyihasiga jalb etish, IT park rezidentlari bo‘lishi uchun imkoniyatlar yaratish. | 1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi iqtidori va qiziqishi bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi xotin-qizlarini aniqlash va ro‘yxatini shakllantirish. 2. 15 ming nafar iqtidori va qiziqishi bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi xotin-qizlarni axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi o‘quv kurslariga jalb etish. | 2025-yil aprel | Ijrochilar mablag‘lari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 46. | Biznesini kengaytirish istagidagi xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash. | 1. Biznesini kengaytirish istagidagi xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini o‘rganib chiqish. | 2025-yil aprel | Tijorat banklari kredit mablag‘lari | Markaziy bank (T. Ishmetov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 10 nafardan lider, yirik tadbirkor xotin-qizlar imkoniyatlarini o‘rganish va tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash. | 2025-yil davomida | ||||
| 3. Lider, yirik tadbirkor xotin-qizlar loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kredit mablag‘larini ajratishga ko‘maklashish. | 2025-yil davomida | ||||
| 47. | Xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonlik xotin-qizlarga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha xorijiy sayyor qabullarni tashkil etish. | 1. Sayyor qabullar o‘tkazish grafigini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Ijrochilarning mablag‘lari | Migratsiya agentligi (B. Musayev), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), MTRK (A. Djurabayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Vatandoshlar” jamoat fondi |
| 2. Mas’ul idora va tashkilotlar bilan birga xorijiy davlatlarda sayyor qabullar tashkil etish. | 2025-yil davomida | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) | |||||
| 48. | Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan umummilliy harakatni tashkil etish va huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish. | 1. Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish maqsadida “Tazyiqdan holi jamiyat sari” shiori ostida umummilliy harakat dasturi loyihasini ishlab chiqish: harakat dasturi loyihasini o‘rnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish; harakat dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Hukumatga kiritish. | 2025-yil iyun | - | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 2. Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish tizimini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda: himoya orderi talablarini bajarmaslik yoki bir yil davomida ikkinchi marta sodir etilganida, mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan himoya orderining muddatini jabrlanuvchining arizasisiz uzaytirish va javobgarlik choralarini kuchaytirish; tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan va murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar (ayollar, bolalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar) bilan ishlovchi barcha tashkilotlar axborot tizimlarini integratsiya qilish masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil avgust | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlisi Senati (T. Narbayeva) | |||||
| 49. | Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 1. Dastur ishlab chiqish uchun mas’ul tashkilotlar vakillardan iborat ishchi guruh tuzish va Senat Kengashi tomonidan dasturni tasdiqlash. 2. Ishchi guruh tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlari yuqori qayd etilgan hududlardagi tegishli davlat organlarining faoliyatini tanqidiy o‘rganish, o‘rganish yakuni bo‘yicha tegishli davlat organlari birinchi rahbarlarining axborotini Senat majlislarida eshitish. 3. O‘rganish yakunlari bo‘yicha bolalarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlarini oldini olish va bu borada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Oliy Majlis Bolalar ombudsmani (S. Rahmonova), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) | |
| 26-maqsad: Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — “Nuroniy” jamg‘armasi (S. Turdiyev) | |||||
| 50. | Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash. | 1. Nuroniylar uchun respublika bo‘ylab diqqatga sazovor joylar, xususan, tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning so‘lim go‘shalariga sayohatlar tashkil etish. 2. Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning sog‘liklarini tiklash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda xo‘jalik subyektlari tizimidagi sanatoriylarda dam olishlarini tashkil etish. | 2025-yil yakuniga qadar | O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi (K. Rafikov) |
| 27-maqsad: Mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) | |||||
| 51. | Eng og‘ir ahvoldagi 1024 ta mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash dasturini amalga oshirish. | 1. Tanlab olingan mahallalarda tuman (shahar) hokimligi, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan mahallalarda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan uch tomonlama shartnoma tuzish. 2. Mahallalarning infratuzilmasi holatini (elektr energiyasi, suv, gaz, sug‘orish tizimi, internet, ichki yo‘llar va boshqa) yaxshilash. | 2025-yil davomida | Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Markaziy bank (T. Ishmetov), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) | |||||
| 52. | Aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ishsizlarni doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirishga ko‘maklashish. | Bandlikka ko‘maklashish borasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va natijadorligini oshirish orqali 430 ming nafar aholini bo‘sh (vakant) va yangi ish o‘rinlariga joylashtirish choralarini ko‘rish. | 2025-yil davomida | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 29-maqsad: Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) | |||||
| 53. | Band bo‘lmagan shaxslar va kambag‘al oilalarning ishsiz a’zolarini, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish. | 1. Kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lmagan 220 ming nafar ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish. 2. O‘qishni tamomlaganlarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish. | 2025-yil davomida | Kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan davlat mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
| 54. | Kasbiy ko‘nikmalar markazlarining o‘qituvchilarini xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish. | 1. Malaka oshiradigan o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirish. 2. 150 nafar kasbiy ko‘nikmalar markazi o‘qituvchilarini xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish. | 2025-yil davomida | Xalqaro moliya jamg‘armalari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 55. | Kasb-hunarga o‘qitish jarayonlarida xususiy sektor ulushini oshirish. | 1. Talab yuqori bo‘lgan kasb va xorijiy tillar ro‘yxati hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xususiy o‘quv markazlarining reyestrini shakllantirish. 2. Kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor va “usta-shogird” maktablari ulushini oshirish choralarini ko‘rish. | 2025-yil davomida | Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan barcha davlat mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
| 30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) | |||||
| 56. | Yoshlarni chet tillariga o‘qitish tizimini takomillashtirish. | 1. Chet tillarini ommalashtirishga ko‘maklashuvchi “Ibrat farzandlari” loyihasini rivojlantirish va uning doirasida “Ibrat academy” mobil ilovasini takomillashtirish, xorijiy tillar marafonini o‘tkazish. 2. Chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish. 3. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan 7 ming nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish. | 2025-yil fevraldan boshlab yil davomida | Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), “Ibrat farzandlari” NNT (kelishuv asosida) |
| 57. | Yoshlar, ayniqsa kam ta’minlangan oilalar farzandlarini zamonaviy kasblarga o‘qitishni rivojlantirish. | 1. Yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha 8 ming nafargacha yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish. 2. Kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish orqali ularning bandligini ta’minlash, yuqori daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish. | 2025-yil fevraldan boshlab yil davomida | Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), “O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi” NNT (kelishuv asosida) |
| 31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) | |||||
| 58. | Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish. | “Zakovat”, “Munozara” kabi intellektual o‘yinlarga yoshlarni ko‘proq jalb etish, xalqaro va respublika fan olimpiadalari (tanlovlar, turnirlar, boshqalar)da yoshlarning ishtirok etishiga ko‘maklashish. | 2025-yil fevraldan boshlab yil davomida | Ijrochilar mablag‘lari | “Zakovat” NNT (kelishuv asosida), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) |
| Ijro uchun asosiy mas’ullar — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) | |||||
| 59. | Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o‘yinlar hamda chet tillarini o‘rganishga jalb etish orqali yoshlarning iqtidorini rivojlantirish. | 1. Intellektual o‘yinlarni rivojlantirish maqsadida barcha ta’lim muassasalarida shaxmat to‘garaklarini joriy etish. | 2025-yil aprel | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
| 2. Yoshlarning chet tillariga qiziqishlarini oshirish hamda o‘rgatish maqsadida joylarda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv markazlarini ochish hamda malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish. | 2025-yil fevraldan boshlab yil davomida | ||||
| 32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) | |||||
| 60. | Tuman (shahar) hokimliklari, sektor rahbarlari mahallalarda istiqomat qilayotgan va xorijdagi yoshlar bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda ularning muammolarini hal etish choralarini ko‘rish. | 1. Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvlari bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Rahbar va yoshlar uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish. 3. Uchrashuvda bildirilgan muammo va takliflarni hal etish choralarini ko‘rish. | 2025-yil fevraldan boshlab yil davomida | Ijrochilar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 61. | Yoshlarning bandligini ta’minlash. | 1. Hududlarda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Yoshlar bandligini ta’minlash dasturlari asosida ularga subsidiya, kredit, yer ajratish hamda bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish orqali bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish. | 2025-yil mart oyi yakuniga qadar | ||||
| 33-maqsad: Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) | |||||
| 62. | “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash. | 1. “Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi doirasida xorijiy nufuzli ta’lim platformalarida onlayn o‘quv kurslarda tahsil olish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil may | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Platforma imkoniyatlari va undan samarali foydalanish bo‘yicha hududlardagi ta’lim tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. 3. Loyiha doirasida 15 ming nafar yoshlarni onlayn o‘quv kurslarda ta’lim olishlarini ta’minlash. 4. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar va ishtirokchilarni munosib rag‘batlantirib borish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 34-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | |||||
| 63. | O‘quvchilar o‘rtasida gimnastika bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” sport musobaqasini o‘tkazish. | 1. Musobaqaning tuman (shahar) bosqichini o‘tkazish. | 2025-yil oktabr | Homiylik, xayriya va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan | Sport vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (G. Muminova) |
| 2. Musobaqaning viloyat bosqichini o‘tkazish. | 2025-yil noyabr | ||||
| 3. Musobaqaning respublika (final) bosqichini o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirish. | 2025-yil dekabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sport vazirligi (A. Ikramov) | |||||
| 64. | Sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida ommaviy sport musobaqalarida aholi qamrovini kengaytirish. | 1. Ommaviy sport musobaqalari qamrovini 12 million nafarga yetkazish. Bunda: mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi, xususan yoshlarga tarqatiladigan ommaviy sportni keng targ‘ib qiluvchi buklet namunalarini ishlab chiqish va tarqatish; “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni rivojlantirish; ommaviy sport musobaqalarini mahalla yoshlari, maktab, kasbiy va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, davlat tashkilotlari xodimlari hamda 30 yoshdan katta aholi o‘rtasida tashkil qilish. | 2025-yil aprel — dekabr | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hamda ijrochilar mablag‘lari | Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Aholining 11 ta yosh toifalari bo‘yicha barcha hududlarda har yili jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o‘tkazish. | 2025-yil davomida | ||||
| 35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shug‘ullanuvchi yoshlar ulushini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sport vazirligi (A. Ikramov) | |||||
| 65. | Davlat sport-ta’lim muassasalarida muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar sonini oshirish. | Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar sonini 600 ming nafarga yetkazish. Bunda: ommaviy sport musobaqalarida natija ko‘rsatgan iqtidorli yoshlarni sport maktablariga seleksiya qilish; sport turlari bo‘yicha seksiyalar sonini oshirish; sport-ta’lim muassasalarida shug‘ullanuvchilar qamrovini oshirish maqsadida joylardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda seleksiya va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish; sport-ta’lim muassasalarida sportchi-o‘quvchilarning mashg‘ulotlardagi davomati “Face ID” tizimi orqali yuritilishini to‘liq yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil dekabr | - | Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) |
| 66. | Mavjud sport maktablarida aholi soni va ixtisoslashuviga ko‘ra olimpiya sport turlari bo‘yicha sport seksiyalarini tashkil etish. | Mavjud sport maktablarida aholi soni va ixtisoslashuviga ko‘ra olimpiya sport turlari bo‘yicha sport seksiyalarini 480 taga yetkazish. Bunda: oliy ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyat va sport ta’limi yo‘nalishida ta’lim olayotgan 3-4 kurs talabalari hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida sportchilarni munosib tayyorlagan umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari bazasini shakllantirish; sport guruhlarini trener lavozimiga ishga qabul qilingan talabalar va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga biriktirish. | 2025-yil davomida | - | Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
| 36-maqsad: Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sport vazirligi (A. Ikramov) | |||||
| 67. | Sport razryadi va unvoniga ega sportchilar sonini oshirish. | Razryadli va unvonli sportchilar sonini 15 ming nafarga yetkazish. Bunda sport unvonlari va sport razryadlarini berish bo‘yicha davlat xizmatini proaktiv shaklga o‘tkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2025-yil dekabr | Sport vazirligi mablag‘lari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sport vazirligi (A. Ikramov) | |||||
| 68. | 2026-yilda Aichi perfekturasining Nagoya shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XX yozgi Osiyo va VParaosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilari tayyorgarligini tashkil etish. | Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun terma jamoa tarkibini shakllantirish. | 2025-yil mart | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hamda ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Umarov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiyalari (uyushmalar) |
| Uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish. | 2025-yil davomida | ||||
| O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha moliyaviy va tashkiliy masalalarni hal qilish. | 2025-yil oktabr | ||||
| 69. | 2028-yilda Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilari tayyorgarligini tashkil etish. | Musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha respublika va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish. Yozgi Olimpiya o‘yinlari oldi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish. | 2025-yil davomida | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hamda ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Umarov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) |
| 38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (O. Xasanov) va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev) | |||||
| 70. | O‘zbekistondagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholining terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi immunitetini shakllantirish, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan shaxslar bilan tizimli ishlar olib borish. | “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, dinlararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, terrorizm va ekstremizm g‘oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni tashkil etish va aholi, xususan yoshlar o‘rtasida, terrorizm, ekstremizm va diniy aqidaparastlikka qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Hisob-kitoblarga ko‘ra (budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar) | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 71. | Jamiyatning strategik g‘oya va maqsadlariga mos milliy qadriyatlarni keng ommalashtirish hamda rivojlantirishda ijtimoiy injeneriya vositalaridan foydalanish. | 1. Jamiyatning strategik maqsadlari va umummilliy qadriyatlarini ifodalovchi ramzlar va milliy brendlar turkumini yaratish. 2. Yangi milliy ruhiyatni shakllantirish va jamiyat birdamligini ta’minlash maqsadida volontyorlik harakatlarini tashkil qilish. 3. O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixining muhim bosqichlari to‘g‘risida mediamahsulotlar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablag‘lari | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 72. | Aholining zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasini amalga oshirish. | 1. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Loyiha doirasida respublikaning barcha hududlarida keng aholi vakillari uchun o‘quvlar va treninglar tashkil etish. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablag‘lari | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 39-maqsad: O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) | |||||
| 73. | Iste’dodli yosh ijodkorlarning an’anaviy “Zomin seminari”ni yuqori saviyada o‘tkazish va ularning birinchi kitoblarini ko‘p ming nusxalarda nashr qilish. | 1. Seminarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2. Seminarning hududiy bosqichlarini tashkil etish va iqtidorli yosh ijodkorlarni saralab olish. 3. Seminarning respublika bosqichini o‘tkazish. 4. Seminar ishtirokchilarining birinchi kitoblarini ko‘p ming nusxalarda nashr qilish va taqdimotlarini o‘tkazish. | 2025-yil aprel — dekabr | Ijrochilar mablag‘lari | Jizzax viloyati hokimligi (U. Mustafoyev), ATB Xalq banki (Sh. Atabayev) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) | |||||
| 74. | Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda kitob o‘quvchi yoshlarning ishtirokini kengaytirish. | “Raqamli kutubxona” foydalanuvchilari uchun onlayn kitob muhokama klublarini tashkil etish choralarini ko‘rish. | 2025-yil iyun | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk san’atini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) | |||||
| 75. | Zamonaviy teatr va sirk san’atini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish. | 1. Davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektakllarda tomoshabinlar sonini 3,8 mln nafarga yetkazish. 2. Davlat teatrlarida namoyish etiladigan spektakllar sonini 7400 taga yetkazish. 3. Joylarda o‘tkaziladigan sirk tomoshalari sonini 480 taga yetkazish. 4. Teatrlarda sahna asarlarini yaratishda ijodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, dramaturgiya va rejissorlikni yanada rivojlantirish hamda teatr tanqidchiligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil fevraldan boshlab yil yakuniga qadar | Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 41-maqsad: O‘zbek milliy san’atini targ‘ib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish. | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) | |||||
| 76. | Nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targ‘ib qilish, jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish. | 1. Yozib olinadigan va keng targ‘ib qilinadigan 20 ta nomoddiy madaniy meros namunalari ro‘yxatini tasdiqlash. | 2025-yil mart | Respublika budjeti mablag‘lari | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya |
| 2. Tasdiqlangan nomoddiy madaniy meros namunalari ro‘yxati asosida audiovizual asarlar yaratishga davlat buyurtmasi berish. | 2025-yil aprel | ||||
| 3. Audiovizual asarlarni internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish. | 2025-yil iyun — noyabr | ||||
| 77. | Jamiyatda o‘zaro hurmat muhitini shakllantirish, ayniqsa, yoshlarda odob-axloq me’yorlariga amal qilish, milliy qadriyatlarni e’zozlash, jamoat joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish ko‘nikmasini shakllantirish. | 1. Mavzuga oid spektakllar, kino asarlari, targ‘ibot roliklarini yaratish hamda ularni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etish. Bunda: yoshlarda jamiyatda o‘zini tutish, muomala madaniyati, qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish; “Mahallam tozaligi — yurtim obodligi” g‘oyasi asosida tozalik madaniyati har bir insonning shaxsiy mas’uliyati ekanligini jamoatchilik ongiga singdirish; “Xonadonim, Vatanim obodligi, ekologiya va atrof-muhit musaffoligi — sog‘lom kelajagimiz garovi” mavzusida spektakl, kino va targ‘ibot roliklarini yaratishga alohida e’tibor qaratish. 2. Yaratilgan spektakl, kino va targ‘ibot roliklarini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, zamonaviy reklama moslamalari va jamoat transportlarida keng targ‘ib qilish. 3. Respublikadagi yirik korxona, tashkilot, zavod va fabrikalarda taniqli san’atkorlar ishtirokida “Mahallam tozaligi — yurtim obodligi” mavzusida madaniy tadbirlar uyushtirish. 4. Barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida tozalikka rioya qilish madaniyatini shakllantirish, ularning atrof-muhitga munosabatini yaxshilash va bu boradagi ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga bag‘ishlangan tarbiyaviy-ma’rifiy tadbirlar, seminar va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish. | 2025-yil davomida | Ijrochilarga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), AOKA (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Savdo sanoat palatasi (D. Vaxobov) |
| 42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va ommalashtirish bilan bog‘liq faoliyatni yanada takomillashtirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov) | |||||
| 78. | Arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va muzeylashtirish. | 1. 75 ta arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. 2. 3 ta arxeologiya yodgorliklarini konservatsiya qilish va muzeylashtirish choralarini ko‘rish. | 2025-yil dekabr | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umrzakov), Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov) |
| 79. | Madaniy meros obyektlarida restavratsiya va ta’mirlash-tiklash, muzey ashyolari va kolleksiyalarini elektron identifikatsiya qilish, davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga tashrif buyuradigan sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda muzeylarning rahbar va xodimlari malakasini oshirish choralarini ko‘rish. | 1. Respublikadagi 57 ta madaniy meros obyektlarida restavratsiya va ta’mirlash-tiklash yuzasidan zarur choralarni amalga oshirish. | 2025-yil dekabr | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Turizm qo‘mitasi (U. Shodiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Davlat muzeylaridagi elektron identifikatsiya qilinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari sonini 600 ming donaga oshirish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 3. Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar sonini 6 mln nafarga yetkazish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 4. Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining 100 nafarining malakasini oshirish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul —Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) | |||||
| 80. | Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, yoshlar ongida milliy urf-odatlar va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish. | 1. Yoshlar o‘rtasida xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san’atini targ‘ib etish bo‘yicha iste’dodli yoshlar ishtirokida folklor-etnografik jamoalari tashkil etish. 2. Folklor-etnografik jamoalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yoshlar uchun mos bo‘lgan repertuarlar tayyorlash. 3. Mamlakatimizda tashkil etiladigan tadbirlarda folklor-etnografik jamoalar ishtirokini ta’minlash. | 2025-yil sentabr | Ijrochilar mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) |
| 44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ullar — Kinematografiya agentligi (Sh. Rizayev) | |||||
| 81. | Milliy kinematografiyani keng targ‘ib qilish hamda dunyodagi eng ommabop internet platformalariga milliy filmlarni joylashtirish. | 1. Nufuzli va reytingi baland xalqaro onlayn platformalarning talablariga mos ravishda davlat buyurtmasi asosida kamida 6 ta film ishlab chiqarish yoki mavjud filmlarni ana shu talablarga moslashtirish. 2. Onlayn platforma ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borish va filmlarni joylashtirish choralarini ko‘rish hamda uning keng targ‘ibotini amalga oshirish. 3. 2025-yil davomida jahonning eng nufuzli 7 ta xalqaro kinobozor va kinofestivallarida ishtirok etish. 4. Harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi filmlar ishlab chiqarish va ularning keng targ‘ibotlarini tashkil qilish. | 2025-yil davomida | Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), O‘zMMA (Sh. Qudratxo‘ja) |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
2-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
RO‘YXATI
| T/r | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar | Ijro muddati | Hamijrochilar |
| HAR BIR INSONGA O‘Z SALOHIYATINI RO‘YOBGA CHIQARISH UCHUN MUNOSIB SHAROITLAR YARATISH | ||||
| 8-maqsad: Oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) | ||||
| 1. | Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini oshirish, ularning faoliyatiga o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | Loyihada moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining vakolatlari quyidagilar kabi masalalar hisobidan kengaytirilib, kuzatuv (boshqaruv) kengashlaridan oliy ta’lim tashkilotlarining kengashlariga o‘tkazish nazarda tutiladi: oliygoh boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) belgilash; daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash; oliygohning innovatsion va boshqa jamg‘armalar mablag‘larini sarflash tartibi va yo‘nalishlarini belgilash; oliygohda mehnatga haq to‘lash miqdori va samaradorlik mezonlariga asoslangan rag‘batlantirish tartibini tasdiqlash; oliygohning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini joriy qilish. | 2025-yil avgust | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev) | ||||
| 2. | Ilmiy laboratoriyalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarga bo‘lgan talabni tizimlashtirish va tartibga solish; asbob-uskunalarning zarur sarflash materiallari hamda butlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish; ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari yagona elektron platformasidan foydalanish tartibi; tashkilotlardagi zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalarni ishlatadigan malakali xodimlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov) |
| 3. | Yosh olimlarni xorijiy stajirovkalarga yuborish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: yosh olimlarni yetakchi xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish, o‘tkazish, saralash va moliyalashtirishni yangi mexanizmlari; maqsadli tanlovlar tizimini takomillashtirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘rish va yosh olimlarni stajirovkaga guruh shaklida yuborishni tashkil etish masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov) | ||||
| 4. | Fanlar akademiyasini rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: ilm-fanning raqobatbardoshligini oshirish, Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot faoliyati barqaror rivojlanishini ta’minlash, xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasi ishlarini jadallashtirish maqsadida mamlakatimizning dolzarb ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish. Bunda: “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ko‘rsatkichlariga erishishda Fanlar akademiyasi salohiyatidan foydalangan holda ilmiy tadqiqotlar hissasini oshirish; Fanlar akademiyasining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini jadallashtirish; Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarida ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish kabi dolzarb masalalar nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 25-maqsad: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova) | ||||
| 5. | O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha mo‘ljallangan “Oila farovonligi” milliy dasturi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Dastur loyihasini tayyorlashda quyidagi masalalarni nazarda tutish: oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish; oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash; oilaviy munosabatlar psixologiyasi, reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shu orqali oilalarning imkoniyatlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan “Mas’uliyatli ota-onalik” g‘oyalarini ilgari surish. | 2025-yil oktabr | Adliya vazirligi, (A. Tashkulov) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (O. Xasanov), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), |
| 6. | Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish: xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini tashkil etish uchun mahallalar hududidan 300 kvadrat metrgacha bo‘sh yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi asosida yoki bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini operativ boshqaruv huquqi bilan viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmalariga ajratish; markazlar faoliyatini qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar hisobidan hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yoki tashabbuskor tadbirkorlarning bo‘sh binolarida tashkil etish; markazlarni tadbirkorlik subyektlari binolarida ochishga rozilik berish. Bunda markazlarni o‘z binosida tashkil etish istagi bo‘lgan tadbirkorlarga mazkur markazlarda oila va xotin-qizlar bo‘limlari tavsiyasi asosida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishga ruxsat berish, shuningdek, ularga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan grantlar ajratish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil avgust | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kadastr agentligi (F. Po‘latov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) | ||||
| 8. | Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari talablaridan kelib chiqqan holda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tartiblarini belgilash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish. Bunda: mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasi tushunchasini joriy qilish; mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasiga rioya etish yuzasidan ish beruvchilar va xodimlarning majburiyati va huquqlarini belgilash; korxonalar va tashkilotlar mehnat gigiyenasi xizmatlarini tashkil qilish; mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tartib-taomillariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish borasida vakolatlar belgilash. | 2025-yil iyul | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 29-maqsad: Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) | ||||
| 9. | Kasbga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Kasbga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi shartlarning biri bajarilganda qoplab berilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: o‘qishni bitirgan shaxs belgilangan tartibda kasbiy malaka darajasini tasdiqlovchi malaka pasportini olganda; o‘qishni bitirgan shaxs bir oy muddat ichida doimiy ishga joylashganda va ushbu holat “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy apparat kompleksida tasdiqlanganda; o‘qishni bitirgan shaxs bir oy muddat ichida tadbirkorlik faoliyatini boshlaganda yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganda; xorijiy til bo‘yicha o‘qishni yakunlagan shaxs sertifikat olganligi tasdiqlanganda; kasb va xorijiy tillar bo‘yicha egallagan kvalifikatsiyasi (bilimi)ni tasdiqlovchi xalqaro yoki xorijiy ish beruvchilar tomonidan tan olinadigan sertifikat (hujjat) olganligi tasdiqlanganda qoplab berish. | 2025-yil avgust | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk san’atini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) | ||||
| 10. | Nodavlat teatr va teatr-studiyalarga davlat buyurtmasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | Loyihada nodavlat teatr va teatr-studiyalarga davlat buyurtmalarini berish tartibi, uning talablari, baholash mezonlari va moliyalashtirish mexanizmi nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
3-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan
MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR
| T/r | Maqsadli ko‘rsatkich | O‘lchov birligi | 2025-yil | I chorak | II chorak | III chorak | IV chorak | Mas’ullar |
| 1.1. Ta’lim tizimi islohotlari | ||||||||
| 1-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash | ||||||||
| 1. | Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi. | foiz | 78 | - | - | 77 | 78 | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
| 2. | 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasi. | foiz | 98 | - | - | - | 98 | |
| 3. | Yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni. | ta | 1000 | 250 | 250 | 250 | 250 | |
| 4. | Toza ichimlik suv va sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlangan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ulushi. | foiz | 83 | - | - | 82 | 83 | “O‘zsuvta’minot” AJ, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
| 2-maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish | ||||||||
| 5. | Umumiy o‘rta ta’lim tizimida yaratiladigan yangi o‘quvchi o‘rinlari soni. | mingta | 110 | 24 | 28 | 28 | 30 | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
| 6. | Toza ichimlik suv va sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ulushi. | foiz | 91 | 85 | 88 | 90 | 91 | “O‘zsuvta’minot” AJ, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
| 3-maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish | ||||||||
| 7. | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun yaratiladigan yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari soni. | nomda | 65 | 15 | 15 | 20 | 15 | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
| 8. | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga jalb etiladigan xorijiy til egalari — mutaxassislar soni. | nafar | 500 | 110 | 130 | 130 | 130 | |
| 4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish | ||||||||
| 9. | Xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborilgan pedagog xodimlar soni. | nafar | 100 | - | 47 | - | 53 | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
| 10. | Uzluksiz malakasi oshirilgan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari xodimlar soni. | ming nafar | 100 | 30 | 30 | 10 | 30 | |
| 11. | O‘quvchilar uchun bepul maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yilgan olis va chekka hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari soni. | dona | 100 | - | - | 100 | - | Samarqand va Jizzax viloyati hokimliklari, Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 5-maqsad: Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish | ||||||||
| 12. | Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni. | dona | 100 | 21 | 26 | 26 | 27 | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
| 6-maqsad: Professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish | ||||||||
| 13. | Kasbiy ta’lim muassasalarida malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushi. | foiz | 35 | 25 | 28 | 30 | 35 | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
| 7-maqsad: Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish | ||||||||
| 14. | Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi. | foiz | 44 | - | - | - | 44 | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
| 15. | Oliy ta’lim muassasalarini dunyoning eng nufuzli top-1000 oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritish. | dona | 1 | - | - | - | 1 | |
| 16. | Oliy ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | dona | 30 | - | - | 10 | 20 | |
| 17. | Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish. | ta | 38 | 6 | 10 | 10 | 12 | Adliya vazirligi |
| 8-maqsad: Oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash | ||||||||
| 18. | Oliy ta’lim muassasalarida yangio‘quv binolarini qurish hisobiga yaratiladigan qo‘shimcha talabao‘rinlari soni. | mingta | 6,8 | - | - | 3 | 3,8 | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
| 19. | Talabalar turarjoylarini qurish hisobiga yaratiladigan qo‘shimcha o‘rinlar soni. | mingta | 8 | - | - | 4 | 4 | |
| 9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlar bilan boyitish | ||||||||
| 20. | Matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, biologik xilma-xillik, muhandislik kabi yo‘nalishlarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan fundamental tadqiqotlar soni. | dona | 15 | - | - | 11 | 15 | Innovatsion rivojlanish agentligi |
| 21. | Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, ma’naviyat, madaniyat va san’at kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan fundamental tadqiqotlar soni. | dona | 25 | 9 | 15 | 20 | 25 | |
| 22. | Ilmiy dasturlar doirasida bajariladigan fundamental tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladigan yetakchi xorijiy ilmiy maktablar soni. | dona | 4 | - | 2 | 2 | - | |
| 10-maqsad: Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish | ||||||||
| 23. | Ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar sonini oshirib borish. | dona | 28 | 23 | 24 | 26 | 28 | Innovatsion rivojlanish agentligi |
| 11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash | ||||||||
| 24. | Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari soni. | dona | 5250 | - | - | - | 5250 | Innovatsion rivojlanish agentligi |
| 25. | Xorijiy ilmiy tashkilot va universitetlarga ilmiy stajirovkaga yuborilgan tadqiqotchilarning umumiy sonida 35 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ulushini oshirib borish. | foiz | 80 | - | - | 75 | 80 | |
| 12-maqsad: Barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash | ||||||||
| 26. | Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan yangi ishlanmalar sonini oshirib borish. | dona | 300 | - | 110 | 110 | 80 | Innovatsion rivojlanish agentligi |
| 27. | Xususiy sektor tomonidan ilm-fan va innovatsiyalarga investitsiyalar hajmi. | mln so‘m | 6 000 | - | 2000 | 2000 | 2000 | |
| 28. | Innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan yangi ish o‘rinlari sonini oshirib borish. | dona | 16 800 | 14 000 | 15 000 | 15 900 | 16 800 | Innovatsion rivojlanish agentligi |
| 29. | Yaratilgan yangi ishlanmalar va texnologiyalar sonini oshirib borish. | dona | 250 | 225 | 230 | 240 | 250 | Innovatsion rivojlanish agentligi |
| 1.2. Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar | ||||||||
| 13-maqsad: Aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish | ||||||||
| 30. | Tug‘ilishdan kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi. | yosh | 74,8 | - | - | - | 74,8 | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 31. | Onkologiya kasalliklar bo‘yicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta o‘lim ulushini kamaytirish. | foiz | 8,4 | - | - | - | 8,4 | |
| 32. | Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta o‘limni kamaytirish. | foiz | 55 | - | - | - | 55 | |
| 33. | Diabet kasalligi bo‘yicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta o‘limni kamaytirish. | foiz | 4,8 | - | - | - | 4,8 | |
| 34. | Nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta o‘limni kamaytirish. | foiz | 2,9 | - | - | - | 2,9 | |
| 35. | Sil kasalligi bilan kasallanish darajasi. | 100 ming aholiga nisbatan | 32,7 | 9 | 16,6 | 27,1 | 32,7 | |
| 14-maqsad: Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish | ||||||||
| 36. | Diabet kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olish. | foiz | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 37. | Yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olish. | foiz | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | |
| 15-maqsad: Bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish | ||||||||
| 38. | Bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarni qisqartirish. | ta | 30 | - | - | - | 30 | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 39. | Irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalarni dori vositalari, tibbiy buyumlar va shifobaxsh ozuqalar bilan to‘liq ta’minlash. | foiz | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | |
| 16-maqsad: Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash | ||||||||
| 40. | Onalar o‘limini kamaytirish. | promille | 12,5 | 12,9 | 12,8 | 12,7 | 12,5 | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 41. | Go‘daklar o‘limini kamaytirish. | promille | 7,5 | 7,9 | 7,8 | 7,9 | 7,5 | |
| 42. | Besh yoshgacha bolalar orasidagi o‘limni kamaytirish. | promille | 10 | 10,6 | 10,4 | 10,2 | 10 | |
| 43. | Tug‘uruq o‘rinlari sonini oshirish. | dona | 1051 | 150 | 280 | 310 | 311 | |
| 17-maqsad: Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish | ||||||||
| 44. | Xavfli o‘sma kasalliklaridan 1 yilgacha o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish. | foiz | 13,6 | 14,5 | 14,2 | 14 | 13,6 | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 18-maqsad: Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish | ||||||||
| 45. | Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini oshirish. | foiz | 58 | 14,5 | 29 | 45 | 58 | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 19-maqsad: Sog‘lom va faol keksalikni ta’minlash | ||||||||
| 46. | 55 va undan katta yoshdagi aholini har yili profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish. | foiz | 100 | 25 | 25 | 25 | 25 | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 20-maqsad: Aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish | ||||||||
| 47. | Anemiya bilan kasallanishni kamaytirish. | 100 ming aholiga nisbatan | 3393,3 | 892,4 | 2115,6 | 2896,8 | 3393,3 | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 48. | Yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasallanishni kamaytirish. | 100 ming aholiga nisbatan | 459,8 | - | - | - | 459,8 | |
| 21-maqsad: Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish | ||||||||
| 49. | Raqamli texnologiyalar joriy etilgan tibbiyot muassasalari ulushini oshirish. | foiz | 75 | 72 | 73 | 74 | 75 | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 1.3. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar | ||||||||
| 22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish | ||||||||
| 50. | Mahalla darajasida manzilli professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatadigan ijtimoiy xodimlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | nafar | 9 445 | 1800 | 2300 | 2672 | 2673 | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
| 23-maqsad: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim hamda ular uchun qulay va maqbul muhit yaratish | ||||||||
| 51. | Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslarni sifatli va zamonaviy protez-ortopediya buyumlari (son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari) bilan ta’minlash. | foiz | 30 | 5 | 7 | 8 | 10 | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
| 52. | Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimida yengillik yaratish maqsadida sirtdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar va uning asoratlari ro‘yxatini kengaytirish. | foiz | 25 | 4 | 5 | 5 | 6 | |
| 24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish | ||||||||
| 53. | Oilada hamda muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanayotgan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonining jami va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar umumiy sonidagi ulushi. | foiz | 99,5 | 20 | 25 | 25 | 29,5 | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
| 25-maqsad. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash | ||||||||
| 54. | Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash (xotin-qizlarni kasb-hunarga, tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonlikka o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish, ishga joylashishga ko‘maklashish). | mingta | 635,3 | 155,3 | 160 | 160 | 160 | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
| 55. | Xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi qiziqishlarini oshirish, “Bir million dasturchi” loyihasiga jalb etish, IT-park rezidentlari bo‘lishi uchun imkoniyatlar yaratish. | mingta | 15 | - | - | - | 15 | |
| 56. | Nizoli oilalarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish. | mingta | 19 | 4 | 5 | 5 | 5 | |
| 26-maqsad: Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash | ||||||||
| 57. | Nuroniylar uchun respublika bo‘ylab diqqatga sazovor joylar, xususan tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning so‘lim go‘shalariga sayohatlar tashkil etish. | million nafar | 77.4 | 15 | 18 | 25 | 19,4 | “Nuroniy” jamg‘armasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
| 27-maqsad: Mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirish | ||||||||
| 58. | Kambag‘allik darajasini kamaytirish. | foiz | 6 | - | - | - | 6 | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| 28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish | ||||||||
| 59. | Mehnatga layoqatli aholini, shu jumladan yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning barqaror va samarali bandligini ta’minlash orqali ishsizlik darajasini tushirish. | foiz | 7,7 | 7,5 | 7,7 | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
| 60. | Aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ishsiz aholini ishga joylashtirishga ko‘maklashish. | ming nafar | 430 | 40 | 130 | 130 | 130 | |
| 29-maqsad: Har bir fuqaroni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish | ||||||||
| 61. | Ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish. | ming nafar | 220 | 40 | 60 | 60 | 60 | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| 62. | Xalqaro standartlar asosida kasbga o‘qitish markazlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish. | nafar | 150 | 30 | 40 | 40 | 40 | |
| 63. | Kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor va “usta-shogird” maktablari ulushini oshirish. | foiz | 22 | 22 | ||||
| 1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar | ||||||||
| 30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish | ||||||||
| 64. | Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish. | ming nafar | 8 | 1 | 2,5 | 2,5 | 2 | Yoshlar ishlari agentligi |
| 65. | Xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish. | ming nafar | 7 | 1 | 2 | 2 | 2 | |
| 31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish | ||||||||
| 66. | Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o‘yinlar hamda chet tillarini o‘rganishga jalb etish orqali yoshlarning iqtidorini rivojlantirish. | ming nafar | 850 | 150 | 300 | 200 | 200 | Yoshlar ishlari agentligi |
| 67. | Iste’dodli yoshlarni xorijning eng nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuborish. | nafar | 500 | - | - | - | 500 | “El-yurt umidi” jamg‘armasi |
| 32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish | ||||||||
| 68. | Yoshlarning bandligini ta’minlash. | ming nafar | 320 | 50 | 90 | 90 | 90 | Yoshlar ishlari agentligi |
| 69. | Yoshlarning ishsizlik darajasini kamaytirish. | foiz | 13,2 | - | - | - | 13,2 | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
| 33-maqsad: Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish | ||||||||
| 70. | “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash. | ming nafar | 15 | 3 | 7 | 10 | 15 | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
| 34-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish | ||||||||
| 71. | Sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida, ommaviy sport musobaqalarida aholi qamrovi. | million nafar | 12 | 1 | 4 | 3 | 2 | Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 72. | Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilingan aholi ulushi. | foiz | 30 | 5 | 15 | 25 | 30 | |
| 73. | Mahallalarda sport maydonchalarini barpo etish. | ta | 378 | - | - | 140 | 238 | |
| 35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shug‘ullanuvchi yoshlar ulushini oshirish | ||||||||
| 74. | Davlat sport-ta’lim muassasalarida muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar soni. | ming nafar | 600 | 100 | 200 | 200 | 100 | Sport vazirligi |
| 75. | Mavjud sport maktablarida aholi soni va ixtisoslashuviga ko‘ra olimpiya sport turlari bo‘yicha sport seksiyalarini ko‘paytirish. | ta | 480 | 120 | 120 | 120 | 120 | |
| 36-maqsad: Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||||||
| 76. | Razryadli va unvonli sportchilar soni. | ming nafar | 15 | 2 | 4 | 5 | 4 | Sport vazirligi |
| 37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish | ||||||||
| 77. | Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash. | dona | 160 | 25 | 45 | 45 | 45 | Sport vazirligi |
| 1.5. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha islohotlar | ||||||||
| 38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash | ||||||||
| 78. | Ma’rifat targ‘ibotchilari sonini oshirish. | nafar | 200 | 20 | 60 | 60 | 60 | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi |
| 79. | Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodim va mutaxassislar malakasini oshirish. | nafar | 1000 | 100 | 300 | 300 | 300 | |
| 80. | Targ‘ibot media mahsulotlari ishlab chiqish. | dona | 300 | 60 | 80 | 80 | 80 | |
| 39-maqsad: O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish | ||||||||
| 81. | “O‘zbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan ko‘p jildlik kitoblar majmuasini chop etish. | nusxa | nusxa | 57 500 | 11 500 | 13 800 | 13 800 | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
| 40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk san’atini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish | ||||||||
| 82. | Davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektakllarga tomoshabinlarni jalb etish. | million nafar | 3,8 | 0,8 | 1 | 1 | 1 | Madaniyat vazirligi |
| 83. | Davlat teatrlarida namoyish etiladigan spektakllar soni. | dona | 7400 | 1400 | 2000 | 2000 | 2000 | |
| 84. | Joylarda o‘tkaziladigan sirk tomoshalarining soni. | ta | 480 | 90 | 130 | 130 | 130 | |
| 41-maqsad: O‘zbek milliy san’atini jahon sahnalarida keng targ‘ib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish | ||||||||
| 85. | Davlat konsert-tomosha muassasalari tomonidan namoyish etiladigan madaniy tadbirlar va festivallarga tomoshabinlarni jalb etish. | million nafar | 10,5 | 1,5 | 3 | 3 | 3 | Madaniyat vazirligi |
| 86. | Madaniyat va san’at tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, xususan ilmiy darajali va unvonli kadrlar sonini ko‘paytirish. | nafar | 12 | 2 | 2 | 4 | 4 | |
| 42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va ommalashtirish bilan bog‘liq faoliyatni yanada takomillashtirish | ||||||||
| 87. | Davlat muzeylari binolarida ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish. | dona | 8 | - | - | 4 | 4 | Madaniy meros agentligi |
| 88. | Davlat muzeylaridagi elektron identifikatsiya qilinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari sonini oshirish. | ming dona | 600 | 150 | 150 | 150 | 150 | |
| 89. | Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish. | million nafar | 6 | 1 | 2 | 2 | 1 | |
| 90. | Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining malakasini oshirish. | nafar | 100 | 10 | 30 | 30 | 30 | |
| 91. | Arxeologiya obyektlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. | dona | 75 | 8 | 20 | 20 | 27 | |
| 92. | Arxeologiya yodgorliklarida konservatsiya va muzeylashtirish ishlarini amalga oshirish. | dona | 3 | 3 | ||||
| 93. | Madaniy meros obyektlarida restavratsiya va ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish choralarini ko‘rish. | dona | 57 | 12 | 15 | 15 | 15 | |
| 43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirish. | ||||||||
| 94. | Badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | to‘plam | 100 | 10 | 30 | 30 | 30 | Madaniyat vazirligi |
| 95. | Madaniyat va san’at muassasalarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish. | dona | 16 | 4 | 4 | 4 | 4 | |
| 96. | Nukus shahri, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida ijodkorlarning doimiy ko‘rgazmalarini tashkil qilish. | ta | 250 | 30 | 70 | 80 | 70 | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi |
| 44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish | ||||||||
| 97. | Jahonning eng nufuzli xalqaro kinobozor va kinofestivallarida ishtirok etish. | dona | 7 | 1 | 2 | 2 | 2 | Kinematografiya agentligi |
| 98. | Dunyodagi eng ommabop internet platformalariga milliy filmlarni joylashtirish soni. | dona | 6 | 1 | 2 | 1 | 2 | |
| 99. | Milliy qahramonlar haqida multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarish. | dona | 10 | 2 | 3 | 2 | 3 | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
4-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan
AMALIY TADBIRLAR REJASI
| T/r | Vazifa | Amaliy chora-tadbirlar | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Hamijrochilar |
| II. BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASH | |||||
| 45-maqsad: 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |||||
| Mamlakat iqtisodiyotini yangi sifat bosqichiga olib chiqish uchun iqtisodiy o‘sishni kamida 6 foiz darajada ta’minlash. | 1. Sanoatni 6,1 foizga, bozor xizmatlarini 14,5 foizga, qishloq xo‘jaligini 4,1 foizga va qurilish ishlarini 14,2 foizga, asosiy kapitalga o‘zlashtiriladigan investitsiyalar hajmini 9,7 foizga, tovar va xizmatlar eksportini kamida 15 foizga o‘sishini ta’minlash. | 2025-yil davomida | - | Markaziy bank (T. Ishmetov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 2.Yillik inflyatsiya darajasining 7-8 foizdan, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining YAIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligini ta’minlash choralarini ko‘rish. | 2025-yil davomida | ||||
| 3.Har bir tarmoq, soha va hududlar kesimida 2025-yilning choraklik maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlarini va ularga erishish rejasini ishlab chiqish. | 2025-yil fevral | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) | |||||
| Eksport salohiyatini o‘rganib, tadbirkorlar bilan “korxonabay” ishlarni tashkil qilish va mahalliy mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytirish. | 1. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar o‘rtasida ularning eksportga chiqarish imkoniyatini o‘rganish. 2. Ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlarga xalqaro bozorlardagi talabni o‘rganish va tahlil qilish. 3. Xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar o‘tkazish orqali mahsulotlarining eksport ko‘lamini kengaytirish. | 2025-yil davomida | - | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) | |
| “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash. | To‘qimachilik, elektrotexnika, charm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish uchun nufuzli xorijiy brendlar bilan muzokaralar o‘tkazish va ularni O‘zbekistonga olib kirish choralarini ko‘rish. | 2025-yil davomida | - | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |
| 46-maqsad: Fiskal barqarorlikni ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Hisob palatasi (M. Abdullayev) | |||||
| Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini oshirish. | 1. Vazirlik va idoralarning budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlariga erishilganligini tashqi auditdan o‘tkazish. 2. Parlament va hukumat hamkorligida budjet mablag‘laridan samarali foydalanish ustidan qat’iy parlament nazoratini o‘rnatish. Bunda davlat qarzi hajmini qonunchilikda belgilangan me’yorda saqlashni ta’minlash. | 2025-yil davomida | - | Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |||||
| Ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun kompensatsiya to‘lov (yig‘im)ini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Bunda uglerod izi yuqori bo‘lgan sanoat mahsulotlari (sement, ko‘mir, siqilgan gaz va boshq.) uchun “Karbon yig‘imi” tizimini joriy etish va ulardan kelib tushadigan mablag‘larni hududlarda ekologiya muammolarini hal etishga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlashni nazarda tutish. | 2025-yil sentabr | - | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) | |||||
| Investorlarni jalb qilgan holda yirik korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish. | Import qilinayotgan sanoat mahsulotlarini tahlil qilish, mahalliylashtirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish. Bunda: import hajmi yuqori bo‘lgan sanoat mahsulotlarini tahlil qilish va ularni mahalliylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash; import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda investorlarni jalb qilish choralarini ko‘rish; sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish maqsadida yirik korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil davomida | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) | |
| 48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) | |||||
| Hududlar salohiyatidan kelib chiqib, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish uchun yangi investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish. | 1. Hududlardagi loyiha ofislari tomonidan hududlarning ixtisosligidan kelib chiqib, loyihalar ro‘yxatini shakllantirish va biznes rejalarni ishlab chiqish. 2. Yangi loyiha takliflarini xorijiy va mahalliy investorlarga taqdim qilish. 3. Yangi loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash. | 2025-yil davomida | Mablag‘ talab etilmaydi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |||||
| Yirik korxonalar tomonidan ESG hisobotlarini yuritish amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda jamoatchilikka oshkor etish. | 1. Yirik strategik korxonalarda ESG tamoyillarini joriy etish bo‘yicha har bir korxona (bank)da tayyorgarlik darajasini o‘rganish (diagnostika o‘tkazish). | 2025-yil avgust | Korxonalarning mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | “UzAssets” AJ, Yashil iqtisodiyot markazi, strategik korxonalar va tijorat banklari | |
| 2. Diagnostika natijalariga ko‘ra korporativ ESG dasturlarini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | ||||
| 3. Tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lgan 5 ta yirik korxonalarda ESG hisobotini tayyorlash. | 2025-yil dekabr | ||||
| Kimyo sanoati korxonalarining issiqxona gazlari ajratmalarini xatlovdan o‘tkazish va uglerodni tartibga solish mexanizmlari ta’sirini baholash. | 1. Mahalliy kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 2 ta korxonaning issiqxona gazlari ajratmalarini tajriba-sinov tariqasida xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil may | - | “O‘zkimyosanoat” AJ, Yashil iqtisodiyot markazi, O‘zgidromet agentligi (Sh. Xabibullayev) | |
| 2. Xatlov natijasidan kelib chiqib, xalqaro talablarga tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil oktabr | ||||
| Milliy shaffoflik tizimi doirasida issiqxona gazlarini mustaqil tekshirish tashkiloti (validatsiya va verifikatsiya kompaniyasi) faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | Issiqxona gazlari ajratmalarini tekshirish tashkilotini (validatsiya va verifikatsiya kompaniyasi) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazish. | 2025-yil dekabr | - | Yashil iqtisodiyot markazi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) | |
| “Yashil energiya” sertifikatlarining emissiya hajmini 400 mingga yetkazish. | Korxona va banklarda “uglerod izi”ni qisqartirish bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali ishlab chiqarilgan har bir 1000 kVT/s elektr energiyasi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan davlat ishtirokidagi korxona va banklarga “yashil energiya” sertifikatlarining emissiya hajmini 400 mingtaga yetkazish. | Yil yakuniga qadar | Korxona va banklarning mablag‘lari | Yashil iqtisodiyot markazi, “UzAssets” AJ | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) | |||||
| “Muruntov” konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasining navbatdagi bosqichlarini amalga oshirish. | 1. Investitsiya loyihasini (V navbat 1-bosqich) amalga oshirish doirasida asbob-uskunalarni qurilish maydonchasiga yetkazish, o‘rnatish va qurilish-montaj ishlarini yakuniga yetkazish. | 2025-yil noyabr | Xorijiy banklarning kredit mablag‘lari, xalqaro obligatsiyalar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “NKMK” AJ (Q. Sanakulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) | |
| 2. “Muruntov” konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasining V navbat 1-bosqichini foydalanishga topshirish. | 2025-yil dekabr | ||||
| “O‘zmetkombinat” AJda yiliga 1 mln tonna issiq holda prokatlangan list o‘ramlar ishlab chiqarish quvvatiga ega Quyuv prokatlash majmuasini foydalanishga topshirish. | 1. Majmuaning qurilish ishlarini yakunlash. | 2025-yil aprel | Texnik-iqtisodiy asosga muvofiq (xorijiy bank kredit mablag‘lari) | “O‘zmetkombinat” AJ | |
| 2. Majmuaning texnologik uskunalarining montaj ishlarini yakunlash hamda sovuq va issiq holda sinovlardan o‘tkazish. | 2025-yil may-iyun | ||||
| 3. Quyuv prokatlash majmuasini foydalanishga topshirish. | 2025-yil iyun | ||||
| “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” (I navbat 1-bosqich) investitsiya loyihasi doirasida 60 mln tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-Mis boyitish fabrikasini to‘liq ishga tushirish. | 1. 65 mln tonna ma’danni tashish quvvatiga ega siklli oqim texnologiyasi qurilishi doirasida qurilish-montaj ishlarini to‘liq yakunlash. | 2025-yil may | TIAga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ mablag‘lari va xorijiy bank kreditlari) | “Olmaliq KMK” AJ | |
| 2. 3-mis boyitish fabrikasi uchun asosiy texnologik uskunalarni qurilish maydonchasiga yetkazish, o‘rnatish va montaj qilish ishlarini yakuniga yetkazish. | 2025-yil iyun | ||||
| 3. 60 mln tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-mis boyitish fabrikasining birinchi liniyasini foydalanishga topshirish. | 2025-yil iyul | ||||
| O‘zbekistonda qora metallurgiya sanoatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. | Qora metallurgiya sanoatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: metallurgiya korxonalarini qora metall xomashyosi bilan barqaror ta’minlashni; qora metall prokati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga oshirishni; import qilinadigan butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni mahalliylashtirishni; energetika, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va qurilish sohalari uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni nazarda tutish. | 2025-yil may | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) | |
| Iqtisodiyotning drayver tarmoqlari uchun mineral xomashyo bazasi zaxiralarini ko‘paytirish. | Geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish hamda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan 2026 — 2030-yillarga mo‘ljallangan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr | - | Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
| Hududlarda mavjud mineral xomashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida istiqbolli maydonlarda qimmatbaho, rangli va noyob metallar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish. | Tadbirkorlik subyektlariga qimmatbaho, rangli, noyob metallar hamda noruda kon va uchastkalarini (jami 390 ta) shaffof mexanizmlar asosida onlayn auksion orqali taklif etish. | 2025-yil davomida | Xorijiy va mahalliy investitsiyalar | Kadastr agentligi (F. Pulatov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | |
| 49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) | |||||
| Yirik va salohiyatli xorijiy investorlarni O‘zbekistonga keng jalb etish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytirish. | To‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil davomida | - | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |
| 2025-yilda 42 mlrd dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. | 1. Loyihalarni amalga oshirish holati va investitsiyalarni o‘zlashtirish rejasini bajarish bo‘yicha oylik monitoring olib borish. | 2025-yil davomida | - | Tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
| 2. Loyihalarni amalga oshirishning barcha jarayonlarida vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va hududlar rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish. | 2025-yil davomida | ||||
| 3. Loyihalar doirasida aniqlangan muammolarni hal qilib borish va reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash. | 2025-yil davomida | ||||
| Istiqbolli loyihalarga salohiyatli investorlarni jalb etish. | 1. Istiqbolli loyihalar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil mart | - | Manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari | |
| 2. Tashabbuskorlar bilan birgalikda loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash. | 2025-yil aprel | ||||
| 3. Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlari bilan taqdimot o‘tkazish. | 2025-yil may | ||||
| 4. Istiqbolli loyihalar bo‘yicha salohiyatli xorijiy investorlar bilan kelishuvlarga erishish va ularni amalga oshirish bosqichlarini nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash. | 2025-yil iyun | ||||
| Investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratish, investitsiya loyihalarini ishga tushirish bilan bog‘liq jarayonlarni soddalashtirish. | Bunda: bandlik, birja, kadastr, yer munosabatlari, auksion, soliq, litsenziyalash va boshqa davlat xizmatlari bilan bog‘liq elektron platformalar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining investitsiya portaliga integratsiya qilinishini ta’minlash; investorlarga mazkur portal orqali investitsiya loyihalarini ishga tushirish va amalga oshirish bilan bog‘liq barcha davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil iyun | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov) | |||||
| Mehnat davomida xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash kafolatlarini kuchaytirish. | 1. Ish beruvchining sug‘urta majburiyatiga rioya etishini kuzatish va nazorat qilishga imkon beruvchi axborot tizimini yaratish. 2. Axborot tizimi orqali ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash holatini tahlil qilish orqali sug‘urta shartnomasi tuzmagan ish beruvchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish amaliyotini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutish. | 2025-yil noyabr | - | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (D. Li), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) | |||||
| Vazirlik va idoralarning mavjud axborot tizimlarida xizmatlar ko‘rsatish (biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, infratuzilmaga ulanish, maxsus huquqiy rejimda ishtirok etish uchun ariza berish va boshqalar) orqali “yagona investitsiya platformasi”ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish. | 1. Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligining so‘ralgan axborot tizimlari va xizmatlarini “invest.gov.uz” platformasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish. | 2025-yil fevral | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
| 2. Integratsiyalashgan tizimlarga ega bo‘lgan platformadagi barcha xatolar va kechikishlarni tekshirish va bartaraf etish. | 2025-yil may | ||||
| 3. Yakuniy sinov va dasturiy ta’minotni ishga tushirish. | 2025-yil iyul | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — “O‘zkimyosanoat” AJ (O. Temirov) | |||||
| “Navoiyazot” AJ tomonidan texnologik klasterlar uchun 300 MVt foto elektr stansiyasini tashkil etish loyihasini ishga tushirish. | 1. Loyiha doirasida quyosh panellarini yetkazib kelish va o‘rnatishni boshlash. | 2025-yil may-iyun | Xorijiy investitsiyalar | Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) | |
| 2. Obyektni foydalanishga topshirish va tarmoqqa ulash. | 2025-yil dekabr | ||||
| “Acwa Power UKS Green N2” MCHJ QK tomonidan 52 MVt shamol elektr stansiyasi va yiliga 3000 tonna “yashil” vodorod” ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini ishga tushirish. | 1. Loyihaning 1-bosqichi doirasida “yashil” vodorod” loyihasini ishga tushirish. | 2025-yil iyul | Xorijiy investitsiyalar | Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Buxoro viloyat hokimligi (B. Zaripov) | |
| 2. Loyihaning 2-bosqichi doirasida shamol turbinalarini yetkazib kelish va o‘rnatish. | 2025-yil iyul | ||||
| 3. Shamol turbinalarini ishga tushirish orqali loyihani to‘liq foydalanishga topshirish. | 2025-yil oktabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |||||
| Moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va xalqaro investorlar bazasini kengaytirish. | 1. Bozor sharoitidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha taklif kiritish. 2. Xalqaro tajribani o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasida muqobil moliya instrumentlarini joriy qilish yuzasidan taklif kiritish. 3. Davlat g‘aznachilik obligatsiyalari bozorini rivojlantirish choralarini ko‘rish. Bunda: yillik chiqariladigan jami davlat qimmatli qog‘ozlarining kamida 30 foizi o‘rta va uzoq muddatli obligatsiyalarni tashkil etishini ta’minlash; davlat g‘aznachilik obligatsiyalari likvidligini oshirish hamda majburiyatlarni boshqarish amaliyotini qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish; xalqaro investorlarni ichki moliya bozoriga jalb qilish choralarini ko‘rish. | 2025-yil dekabr | - | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Markaziy bank (B. Hamrayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) | |
| 50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Markaziy bank (T. Ishmetov) | |||||
| Barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashda ichki jamg‘armalar va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. | 1. Aholining moliyaviy savodxonligini va bank xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida Moliyaviy ommaboplikni oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. Aholining banklardagi depozitlari hajmini 11 mlrd dollarga va banklardagi jami muddatli depozitlarni 10 mlrd dollarga yetishini ta’minlash. 3. Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga jami 300 trln so‘mlik kredit resurslari yo‘naltirilishini, shu jumladan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga 120 trln so‘mlik kreditlar ajratilishini ta’minlash. | 2025-yil davomida | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) | |||||
| Issiqlik stansiyalaridagi eski va energiya samaradorligi past qurilmalarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish (konservatsiya qilish). | 1. Issiqlik elektr stansiyalaridagi ma’nan va jismonan eskirgan qurilmalarni foydalanishdan chiqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2025-yil mart | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ | |
| 2. Angren IESda ma’nan va jismonan eskirgan 3-son qozon va 1, 2-son turbina agregatlarini foydalanishdan chiqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2025-yil may | ||||
| Toshkent shahridagi 4 ta tumanda “kogeneratsiya” qurilmalarini ishga tushirish loyihasini amalga oshirish. | 1. Loyihani amalga oshirish uchun o‘rganish ishlarini olib borish. | 2025-yil mart | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) Toshkent shahri hokimligi | |
| 2. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha investorlar bilan muzokaralar o‘tkazish. | 2025-yil aprel | ||||
| 3. Loyihani amalga oshirish uchun Investorlar bilan tegishli bitimlarni imzolash. | 2025-yil may | ||||
| 4. Loyihani amalga oshirish uchun Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyul | ||||
| 5. Qurilish ishlarini boshlash va foydalanishga topshirish. | 2025-yil avgust — dekabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari | |||||
| Davlat ijtimoiy soha obyektlarida “yashil energiya” manbalaridan foydalanishni kengaytirish. | 1. “Boyovut tumani tajribasi” o‘rganish asosida maktabgacha va maktab ta’limi hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida “yashil energiya” manbalarini joriy qilish bo‘yicha hududiy rejalarni belgilash. | 2025-yil fevral | Hisob-kitoblarga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
| 2. Mazkur rejalar asosida har bir hududga grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
| 52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) | |||||
| Respublika bo‘yicha yangi generatsiya quvvatlarini ishga tushirish. | Umumiy quvvati 4,5 GVt bo‘lgan yirik quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirish, quvvati 785 megavatt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish, quvvati 225 megavatt bo‘lgan gidroelektr stansiyalarini barpo etish va 1782 megavatt energiya saqlash tizimini ishga tushirish. | 2025-yil noyabr-dekabr | To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ | |
| 53-maqsad:O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Transport vazirligi (I. Maxkamov) | |||||
| Milliy transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash. | Mamlakatning global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini jadallashtirish. Bunda: respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 14,6 mln tonnaga yetkazish; yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 10 foizga oshirish; elektrlashgan temir yo‘llari ulushini 51 foizga yetkazish; aviaqatnovlar sonini 15 foizga oshirishni nazarda tutish. | 2025-yil davomida | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ mablag‘lari | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ | |
| Respublika temir yo‘l vagonlar parkini yangilash va modernizatsiya qilish. | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi yuk vagonlar parkini yangilash maqsadida 1200 ta yangi yuk vagonini ishlab chiqarish. | 2025-yil davomida | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ | |
| Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish. | 1. Hududlarda jamoat transportining 50 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘ini tashkil etish. | 2025-yil davomida | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
| 2. Hududlarda jamoat transportida elektron to‘lovlar jozibadorligini oshirish va elektron to‘lovlar ulushini o‘rtacha 30 foizga yetkazish. | |||||
| 3. Hududlarda jamoat transporti uchun yangi zamonaviy jami 700 ta avtobus xarid qilish. | |||||
| 4. Hududlarda 743 ta oraliq bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtirish. | |||||
| 5. Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya qilish. | |||||
| 6. Avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish maqsadida hududlarda jamoat transporti uchun alohida avtobus yo‘laklarini 150 kmga etkazish. | |||||
| 7. Jamoat transportining yo‘nalishini aholi o‘rtasida elektron tanlov asosida ovoz yig‘ish orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | |||||
| 8. Jamoat transporti tizimini tartibga solish, aholining vaqtini tejash maqsadida hozirda viloyat markazlarida mavjud avtobuslar qatnovini tuman markazlarida ham joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |||
| Toshkent shahri jamoat transporti tizimini rivojlantirish. | 1. Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlaridagi mavjud bekatlarning ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil fevral | Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari, “ATTO” AJ mablag‘lari | Toshkent shahri hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ, “Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori” AJ, “Toshkent metropoliteni” DUK | |
| 2. Toshkent shahri avtobus yo‘nalishlarining bekatlarida naqd pullarni qabul qiluvchi bir martalik elektron chipta sotib olish imkonini beruvchi, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish asosida ishlovchi avtomatlashtirilgan infokiosklar bilan jihozlash. | 2025-yil fevral | ||||
| 3. Brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan yo‘nalishlardagi barcha avtobuslarni “QR chipta”larni qabul qiluvchi “QR reader” qurilmalari bilan jihozlash. | 2025-yil fevral | ||||
| 4. Bekatlarga naqd pullarni qabul qiluvchi bir martalik elektron chipta sotib olish imkonini beruvchi, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish asosida ishlovchi avtomatlashtirilgan infokiosklar o‘rnatilganligi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish. | 2025-yil davomida | ||||
| Xalqaro va viloyatlararo yo‘nalishlarda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda turistik yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarining ulushini oshirish maqsadida yangi yo‘nalishlar ochish. | 1. Xalqaro avtobus yo‘nalishlari sonini 36 tadan 40 taga yetkazish. 2. Masofasi 400 kmdan oshiq bo‘lgan viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yangi 10 ta yo‘nalishda katta hajmli avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil davomida | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| Avtomobil transporti sohasini raqamlashtirish. | 1. Qirg‘iziston, Tojikiston, davlatlari bilan avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlashda “E-Permit” axborot tizimini joriy etish. | 2025-yil oktabr | Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari | Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Transport nazorati inspeksiyasi | |
| 2. Respublikada yuk tashuvlari va logistika xizmatlarini raqamlashtirish orqali ta’minot zanjiri ishtirokchilari uchun mavjud “E-logistika” axborot tizimining mobil ilovasini ishga tushirish. | 2025 yil noyabr | ||||
| Aholi va sayyohlarga qulayliklarni yanada oshirish maqsadida temir yo‘l chiptalarini onlayn elektron tizim orqali sotish jarayonini 85 foizga yetkazish. | 1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida temir yo‘l chiptalarini mobil ilova va elektron to‘lov tizimlari orqali sotishni rivojlantirib, onlayn elektron tizim orqali sotish hajmini 85 foizga yetkazish choralarini ko‘rish. 2. Temir yo‘l chiptalarini sotish shaffofligini ta’minlab borish. | 2025-yil davomida | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ | |
| Ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish. | 1. Respublikaning barcha tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari (208 ta) tarkibida ichki yo‘llarni saqlash uchastkalarini tashkil etish, ularni, shu jumladan yuqori malakali yo‘l xo‘jaligi mutaxassislari bilan to‘ldirib, munosib ish sharoitlarini yaratish. | 2025-yil fevral | Mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| 2. Obodonlashtirish boshqarmalariga ichki yo‘llarni saqlash uchun zarur bo‘ladigan 493 ta texnika (443 mlrd so‘m) xarid qilish. 3. Har bir tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida tashkil etiladigan uchastkalarga qo‘shimcha shtat birliklari ajratish. 4. 2025-yildan boshlab har bir tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalariga ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash uchun 4 mlrd so‘mdan jami 832 mlrd so‘m mablag‘ ajratish. | 2025-yil davomida | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (J. Tursunov) | |||||
| Avtomobil yo‘llarida transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatini ta’minlash. | 1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yo‘l belgilarini o‘rnatish. 2. Avtomobil yo‘llarida 80 tadan ortiq svetofor obyektlarini o‘rnatish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. 3. Aholi punktlarida piyodalar harakatlanishi uchun 350kmdan ortiq piyodalar yo‘laklarini barpo etish. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablag‘lari | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
| Respublikadagi ko‘prik infratuzilmasini yaxshilash. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 80ta ko‘prik inshootlari holatini yaxshilash bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish. | 2025-yil davomida | Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| Mahalliy va ichki yo‘llarni sement-beton qoplama asosida qurish va saqlash tizimini joriy etish. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 180 km mahalliy va ichki yo‘llarni sement-beton qoplama bilan yangidan qurish. | 2025-yil davomida | Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
| Yo‘l xo‘jaligi sohasida xususiy sektor faoliyatini rivojlantirish. | 1. Avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatish va sohaga xususiy sektorni jalb qilish. Bunda 2025-yilda 40 ta o‘lchov-nazorat shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarni elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga biriktirish choralarini ko‘rish. 2. Autsorsing asosida 260 kilometr yo‘llarni ekspluatatsiya qilish ishlariga xususiy sektorni jalb qilish. | 2025-yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | ||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — “O‘zavtosanoat” AJ (U. Rozukulov) | |||||
| Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan jamoat transporti ehtiyojlari uchun transport vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. | Respublikamizda elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganib, mahalliy tadbirkorlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish hisobiga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihalarini boshlash. | 2025-yil dekabr | Xorijiy investitsiyalar va tadbirkorlar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklari | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) | |||||
| Yo‘llarni qurish va ta’mirlashda sifatni ta’minlash va yo‘llarni svetoforlar bilan jihozlash borasida parlament nazoratini kuchaytirish. | 1. Hududlarda mahalliy yo‘llarning ahvolini Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamda mahalliy Kengashlar bilan birgalikda joylarga chiqqan holda o‘rganish. 2. Yo‘l qurilish sohasida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlarining axborotini Senat Kengashida eshitish. | 2025-yil fevral-mart oylari | - | Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (J. Tursunov), mahalliy hokimliklar | |
| 54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) | |||||
| Bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish. | 1. Yuqori avlodli va xorijiy davlatlardan olib kelingan urug‘larni ekish. 2. Intensiv texnologiyalardan (tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalardan samarali foydalanish va boshqa) foydalangan holda ekinlar parvarishini yo‘lga qo‘yish. 3. Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida tizimli tashkil qilish. | Doimiy | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), mahalliy hokimliklar | |
| Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish. | 1. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni yanada kengaytirish. 2. Jami 500 ming gektar suv tejovchi texnologiyalar, shundan 232 ming gektar tomchilatib, diskret sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, 268 ming gektar maydonlarda lazerli tekislash ishlarini amalga oshirish hisobiga 2 — 2,5 mlrd kub metr suvni iqtisod qilish. | 2025-yil oktabr | - | Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | |
| Chorvachilikda yillik o‘sish sur’atini kamida 3,8 foizga yetkazish. | Chorvachilikda o‘sish sur’atini o‘rtacha 3,8 foizga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Bunda: | 2025-yil may | - | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov), “Parrandasanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
| qoramollar bosh sonini 14,6 mln boshga, qo‘y-echkilar bosh sonini 25,3 mln boshga, parrandalar bosh sonini 116,1 mln boshga, go‘sht ishlab chiqarishni 3,0 mln tonnaga (tirik vaznda), sutni 12,7 mln tonnaga yetkazish va 9,5 mlrd dona tuxum ishlab chiqarish; chorvachilik subyektlari tomonidan chetdan 20 mingdan ziyod naslli qoramol va 80 ming boshga yaqin nasldor qo‘y-echkilarni olib kelish; aholi xonadonlari va fermerlardagi 2,5 mln bosh sigir va tanalar sun’iy urug‘lantirilishini tashkil etish; 150 ta chorvachilik subyektini naslchilik toifasiga o‘tkazish orqali naslchilik xo‘jaliklari sonini 1800 taga yetkazishni nazarda tutish. | 2025-yil davomida | ||||
| Ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,2 barobarga, eksport hajmini 1,5 barobarga oshirish. | 1. Yangi tutzorlar barpo qilish uchun belgilangan yer maydonlarini ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtirish hamda ajratilishini ta’minlash. 2. 3,7 trln so‘mlik ipak mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish. 3. Ipak mahsulotlarining eksportini 87 mln dollarga yetkazish. | 2025-yil davomida | - | Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi (I. Ergashev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
| Shaffof mexanizmlarni joriy etish orqali raqamli texnologiyalar yordamida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga qulaylik yaratish. | Sohada ishlab chiqilgan 10 dan ortiq axborot tizimlarini takomillashtirib borish, xizmatlar ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ma’lumot almashish uchun qulay muhit yaratish. | 2025-yil davomida | Budjetdan tashqari mablag‘lar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) | |
| Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish. | Yil yakuni bilan umumiy quvvati 44 ming tonna bo‘lgan agrologistika markazlarini qurish loyihalarini amalga oshirish, bunda: | 2025-yil mart | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari | |
| 1. 51 ta meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanda meva-sabzavotlarni saqlash bo‘yicha loyihalarni shakllantirish. | 2025-yil avgust | ||||
| 2. Loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish va moliyaviy manbalarini aniqlash. | Tarmoq jadvaliga asosan | ||||
| 3. Loyihalarni ishga tushirish choralarini ko‘rish. | Tarmoq jadvaliga asosan | ||||
| Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urug‘lik ta’minotini 50 foizga yetkazish. | Urug‘chilik sohasida xususiy sektor jalb qilinishi, elita urug‘chilik xo‘jaliklari xususiylashtirilishi hisobiga mahalliy sabzavot, poliz va kartoshka urug‘chiligida birlamchi urug‘lik materiallari ko‘paytirilishini amalga oshirish. Bunda ommaviy savdolar orqali sotiladigan 39 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan sabzavot, poliz va kartoshka urug‘larining yuqori avlodli urug‘liklari yetishtirilishini ta’minlash. | 2025-yil davomida | - | Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti | |
| 55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) | |||||
| Drayver sohalarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish. | 1. Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulot va xizmatlarni eksport qilishdagi muammolarni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2. Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari drayver sohalarining biznes-missiyasini tashkil etish hamda yirik tashkilot va kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazib O‘zbekistondan mahalliy sanoat mahsulotlari eksportini amalga oshirish choralarini ko‘rish. | 2025-yil davomida | Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari | Savdo sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) | |
| Akselerator dasturlari orqali tadbirkorlarni eksport faoliyatiga keng jalb etish hamda eksport geografiyasi va tovarlar nomenklaturasini kengaytirish. | Yevropa, Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga eksportni jadallashtirish maqsadida alohida “100 mahsulot akselerator” dasturini ishga tushirish. Bunda dastur doirasida nufuzli xalqaro konsalting kompaniyalari jalb qilinib, eksportbop milliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib kirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
| Xorijdagi yirik kompaniyalar bilan mahalliy korxonalar o‘rtasida bevosita hamkorlik o‘rnatishga ko‘maklashish. | Xorijdagi savdo sohasida yuqori tajribaga ega ilg‘or xorijiy mutaxassislarni “Milliy savdo agentlari” sifatida jalb etish va ular tomonidan: istiqbolli bozorlardagi salohiyatli kompaniyalar bilan savdo missiyalari, “B2B” uchrashuvlar tashkil etish; mahalliy korxonalarda xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirish; istiqbolli bozorlardagi kompaniyalar va mahalliy korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport shartnomalarini imzolashga ko‘maklashish. | 2025-yil may | Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ | |
| Xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish samaradorligini oshirish maqsadida “Made in Uzbekistan” dasturi konsepsiyasini takomillashtirish. | 1. “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish konsepsiyasini takomillashtirgan holda mazkur dasturni tashkil etishda sohada uzoq muddatli tajribaga ega malakali xususiy kompaniyani ochiq tanlov asosida jalb qilish. | 2025-yil aprel | Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |
| 2. Ko‘rgazmada namoyish etiladigan mahsulotlar tarkibini qayta ko‘rib chiqqan holda o‘zbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari suradigan mahsulot turlarini ko‘paytirish. | 2025-yil aprel | ||||
| 3. Mahsulotlarni ko‘rgazma stendlarida zamonaviy va jozibador shaklda joylashtirish maqsadida “merchandayzerlar” jalb etish. | 2025-yil may | ||||
| 4. Mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarda imijini oshirish, mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumotlarni salohiyatli xaridorlarga to‘liq yetkazish maqsadida “brendbuk”lar yaratish. | 2025-yil iyun | ||||
| 5. Jalb qilinadigan xususiy kompaniya xizmati uchun zarur mablag‘larni to‘lab berish. | 2025-yil iyul | ||||
| Eksport qilinayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish hamda xorijiy xaridorlarning shikoyatlari bilan ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish. | 1. Eksport shartnomalarini bajarishni takomillashtirishga doir Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | Mablag‘ talab etilmaydi | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) | |
| 2. Eksport shartnomasini bajarmayotgan korxonalar bo‘yicha shikoyatlarni yo‘llash tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Data Matriks” usulidagi “QR” kodlash tizimini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil mart | ||||
| 3. Eksport shartnomasiga zid ravishda mahsulotni kelishilgan nav, sifat va muddatlarda surunkali ravishda yetkazib bermagan korxonalarni “Nohalol eksportchilar reyestri”ga kiritish amaliyotini joriy qilish. | 2025-yil aprel | ||||
| 4.“Nohalol eksportchilar reyestri”ga kirgan korxonalarni eksport qilishda “qizil yo‘lak” orqali chuqurlashtirilgan bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil aprel | ||||
| Soha va tarmoqlar bo‘yicha amaldagi 3 074 ta standartning Jahon savdo tashkiloti talablariga mosligini ko‘rib chiqish. | 1. Vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari taklifiga asosan ko‘rib chiqiladigan amaldagi standartlar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Ro‘yxatga muvofiq JST talablari asosida tahlillarni o‘tkazish. 3. Tahlil natijalari asosida standartlarni Jahon savdo tashkiloti talablariga mosligi to‘g‘risida xulosa tayyorlash. 4. Xulosa natijalari asosida Standartlashtirish dasturini shakllantirish. | 2025-yil davomida | - | Manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) | |||||
| Yangi xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish. | 1. Tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari taklifiga muvofiq 1 700ta xalqaro (mintaqaviy) standartni xarid qilish. | 2025-yil iyun | O‘zbekiston standartlar institutining hisob-kitoblariga asosan | - | |
| 2. Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish uchun O‘zbekiston standartlar institutiga zarur mablag‘larni ajratish. | Buyurtmaga asosan | ||||
| 3. Xalqaro (mintaqaviy) standartlarni o‘rnatilgan tartibda qabul qilish. 4. ISO, Global GAP, FDA, Halal, Organic kabi xalqaro standartlarni 1 334 ta korxonada joriy etilishini tashkil etish. | 2025-yil davomida | ||||
| Respublikada xalqaro darajada tan olingan, sinovlar ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiluvchi hamda xorijiy davlatlar amaliyotida ijobiy samara bergan akkreditatsiya xizmatlarini joriy etish. | 1. Milliy akkreditatsiya tizimida ko‘rsatilayotgan va xalqaro darajada tan olingan akkreditatsiya xizmatlar turini oshirish va 14 taga yetkazish. 2. Xalqaro tajribaga asoslangan va ILAC talablaridan kelib chiqib, malakani tekshirish provayderlarini ISO/IEC 17043, tibbiy-tashxis laboratoriyalarini ISO 15189, inspeksiya organlarini ISO/IEC 17020 xalqaro standartlar bo‘yicha akkreditatsiya qilish xizmatlarini joriy etish. | 2025-yil davomida | O‘zbekiston standartlar institutining hisob-kitoblariga asosan | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Sinov laboratoriyalar bazasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiyalarni keng jalb qilish. | 1. Quyosh panellar, sovitkich va muzlatkichlar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari ag‘darish burchagi sinovini amalga oshiruvchi zamonaviy sinov laboratoriyalari mavjud rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 2. Mazkur laboratoriyalarni respublikada tashkil etish uchun talab etiladigan uskunalar ro‘yxatini shakllantirish. 3.Quyosh panellar, sovitkichva muzlatkichlar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari ag‘darish burchagi sinovini amalga oshiruvchi zamonaviy sinov laboratoriyalarini tashkil etish. | 2025-yil davomida | Xorijiy investorlar | “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zavtosanoat” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Milliy etalonlar bazasini kengaytirish va ularning umumiy sonini 51 taga yetkazish. | 1. Yangi milliy etalonlar yuzasidan texnik topshiriqlarni ishlab chiqish. 2. 9 ta etalonlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilish. | 2025-yil davomida | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) | |
| 56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (A. Qayumov) | |||||
| Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “Iste’molchi murojaati” elektron tizimini joriy etish. | Mazkur “Iste’molchi murojaati” elektron tizimi orqali barcha iste’molchilarning murojaatlarini qabul qilish va barcha bosqichlarda monitoring qilib borishni yo‘lga qo‘yish. Iste’molchilarning murojaatlarini tizim orqali onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlik subyektiga yo‘naltirish va xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan masala hal etilishiga erishish. Shuningdek, tizimda onlayn ravishda korxonalarning murojaatlarni hal etish bo‘yicha reytingini shakllantirib borish. 1. 2025-yil sentabr oyida texnik yo‘riqnoma ishlab chiqilib, ekspertizadan o‘tkazish. 2. 2025-yil noyabr oyida test rejimida ishga tushirish. 3. 2025-yil dekabr oyida to‘liq ishga tushirish. Natijada iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga davlat organlarining aralashuvi kamayishiga erishish. | 2025-yil dekabr | Ijrochilar mablag‘lari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi (U. Muxammadiyev), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (A. Toshqulov), O‘zbekiston texnik tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (I. Kutbiddinov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Biznes-ombudsman (D. Kasimov) | |
| 57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) | |||||
| Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral va temir yo‘llarda mobil internet qamrovini kengaytirish. | Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral va temir yo‘llarning mobil internet bilan qamrov darajasini 95 foizgacha yetkazish. | 2025-yil dekabr | Hisob-kitoblarga ko‘ra | - | |
| Raqamli texnologiyalar sohasida eksport qiluvchi korxonalar soni hamda IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar hajmini oshirish. | 1. IT park eksport qiluvchi rezidentlari sonini 250 taga oshirish, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalarni 50 taga ko‘paytirish. 2. IT park rezidentlari sonini 3 000 taga hamda IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar hajmini 20 trln so‘mga yetkazish. 3. IT park rezidentlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi turli xil cheklovlarni kamaytirish va olib tashlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| Raqamli texnologiyalar sohasidagi startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va sohada yaratilgan ish o‘rinlari sonini oshirish. | “Raqamli startaplar” dasturi doirasida xorijiy tajriba asosida 4 ta akseleratsiya dasturlarini tashkillashtirish va ularda 50 ta startap-loyihalar ishtirokini ta’minlash. | 2025-yil aprel | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
| 58-maqsad: O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev) | |||||
| Tabiiy mahsulotlardan foydalangan holda o‘ziga xos suvenirlarni ishlab chiqaruvchi hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy an’analarni saqlash va moddiy merosni targ‘ibot qilish. | 1. Hunarmandlarga xom ashyoni arzon va tez yetkazib berish mexanizmlarini yaratish. | 2025-yil mart | - | Hunarmand uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
| 2. Yangi mahsulot (suvenir) turlarini yaratish uchun kreativ yondashuvlarni rag‘batlantirish, ayniqsa zamon bilan hamnafas yosh hunarmandlar uchun qulay ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish. | 2025-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | Hunarmand uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | ||
| 3. Mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etish orqali hunarmandlar mahsulotlarini keng auditoriyaga yetkazish. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablag‘lari | Hunarmand uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | ||
| 4. Hunarmandlar uchun zamonaviy texnologiyalar, mahalliy va xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlikda naqd pulsiz-onlayn to‘lov mexanizmlarini kengaytirish. | 2025-yil aprel | Ijrochilar mablag‘lari | Hunarmand uyushmasi | ||
| Turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va yangi turizm yo‘nalishlarini kengaytirish va xorijiy sayyohlarning respublikada o‘rtacha qolish muddatini 10 — 12 kunga yetkazish. | Mamlakatning boy tabiati, ko‘plab milliy bog‘lari va yovvoyi hayvonot olamiga sayohatchilarni jalb qilish. Bunda: milliy bog‘lar va tabiiy qo‘riqxonalarni safari turlari uchun moslashtirish, ularning infratuzilmasini yaxshilash; Qoraqum va Qizilqum cho‘llari hududida sayyohlar uchun ko‘ngilochar maskanlarni tashkil etish choralarini ko‘rish; Safari va kemping maskanlari hududlariga olib boruvchi yo‘llar va infratuzilmani yaxshilash; Safari hududlarida ekologik me’yorlarga mos mehmonxona, yotoq joylari va kempinglarni tashkil qilish, bu orqali turistlarga qulay va tabiatga zararsiz turizmni amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| Turistlarga qulaylik yaratish maqsadida sohani raqamlashtirish. | Sayyohlarga mehmonxonalarni band qilish, avia va temir yo‘l chiptalarini sotib olish, taksi xizmatlaridan foydalanish, madaniy tadbir yoki obyektlarga chiptalar xarid qilish imkoniyatini beruvchi Milliy turizm yagona platformasini yaratish. | 2025-yil sentabr | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Madaniy meros agentligi | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Transport vazirligi (I. Maxkamov) | |||||
| Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jamoat transporti hamda transport infratuzilmalarida to‘siqsiz harakatlanish uchun sharoitlar yaratish. | 1. Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi 4600 ta avtobus bekatlari, 14 ta avtovokzal va 156 ta avtostansiyalarda, 37 ta temir yo‘l vokzallarida, Toshkent shahri hamda viloyat markazlarida harakatlanadigan barcha avtobuslarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz harakatlanish uchun sharoitlar yaratish. 2. Piyodalar yo‘llarida nogironlar uchun teng sharoitlar yaratish, svetoforlarda nogironlar uchun maxsus tovush chiqaruvchi qurilmalar o‘rnatish. | 2025-yil davomida | Tashabbuskorlar hamda xo‘jalik birlashmalari mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ | |
| 59-maqsad: Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov) | |||||
| Aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalarda savdo, maishiy, sayilgoh va ko‘ngilochar xizmatlarini rivojlantirish. | 1. Hududlarda savdo, maishiy, sayilgoh va ko‘ngilochar xizmatlarini rivojlantirish uchun har yili bir mingta bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish. Bunda: infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum hududlarda bo‘sh yer maydonlarini aniqlash; aniqlangan yer maydonlarini belgilangan tartibda auksionga chiqarish; auksionga chiqarilgan yer maydonlarini ular to‘g‘risida hokim yordamchilari tomonidan, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini jadallashtirish orqali sotish choralarini ko‘rish. | 2025-yil dekabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| Ijro uchun asosiy mas’ullar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |||||
| 2. Ko‘chalarda “Street food” festivallarini tashkil etish orqali oziq-ovqat xizmatlarini rivojlantirish. | 2025-yil davomida | Hisob-kitoblarga ko‘ra | - | ||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) | |||||
| Shahar va tumanlar me’moriy qiyofasini yaxshilash, mavjud binolarning tashqi fasad qismini ta’mirlash, ko‘ngilochar va tadbirkorlik binolarini qurish maqsadida shahar va tumanlar markaziy ko‘chalarining loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqish. | Shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalarini tanlab olish hamda loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. Bunda: maxsus litsenziyaga ega mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb qilish; hududlarning iqlim sharoiti hamda ushbu hududda yashovchi aholining asosiy kasb turini inobatga olish. | 2025-yil mart | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (J. Tursunov), Turizm qo‘mitasi (U. Shodiyev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) | |
| Xalqaro va davlat ahamiyatidagi magistral yo‘li bo‘yi hududlarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini ko‘paytirish, logistika markazlarini tashkil etish. | 1. Xalqaro ahamiyatga ega A-380 va M-37 yo‘li bo‘yida hududidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydonlarini tanlash. 2. Tanlangan yer maydonlarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish bo‘yicha loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish hamda auksion (e-auksion, k-savdo) savdolariga chiqarish. 3. Amalga oshiriladigan loyihalar doirasida zaruriy kredit mablag‘larini tijorat banklari tomonidan ajratilishiga ko‘maklashish. 4. Loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish hamda doimiy monitoring qilib borish. | 2025-yil davomida | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (J. Tursunov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abdurahmonov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — | |||||
| Savdo, maishiy, sayilgoh va ko‘ngilochar xizmatlarini rivojlantirish. | 1. Tanlab olingan ko‘chalarda xatlov o‘tkazib, bo‘sh yer maydonlarini aniqlash. 2. Aniqlangan bo‘sh yer maydonlarini lotlarga ajratib auksion (e-auksion, k-savdo) savdolariga chiqarish. 3. Shaharsozlik loyihalari asosida zaruriy infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalarda 221 ta savdo, maishiy, sayilgoh va ko‘ngilochar xizmatlarini tashkil etish. | 2025-yil davomida | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kadastr agentligi (F. Pulatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov) | |
| “Yangi O‘zbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida savdo va servis obyektlarini tashkil etish. | 1. “Yangi O‘zbekiston” massivlari hududlaridagi hamda xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydonlarini tanlash. 2. Tanlangan yer maydonlarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish maqsadida bo‘sh yer maydonlarini auksion (e-auksion, k-savdo) savdolariga chiqarish. 3. Amalga oshiriladigan loyihalar doirasida zarur kredit mablag‘larini tijorat banklari tomonidan ajratilishiga ko‘maklashish. 4. Loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish hamda doimiy monitoring qilib borish. | 2025-yil davomida | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Transport vazirligi (I. Mahkamov), Kadastr agentligi (F. Po‘latov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev, J. Qo‘chqorov) | |||||
| Hududlararo sanoat kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish. | Hududlar kesimida har yili Hududlararo kooperatsiya va hamkorlik forumini tashkil etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Bunda: forum respublika hududidagi sanoat korxonalari, yetkazib beruvchi tashkilotlar va keng tadbirkorlik doirasi vakillari, moliya, bank, logistika va boshqa biznes xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etish; forum natijalari bo‘yicha hududlararo yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, sanoat va boshqa sohalarda yangi loyihalarni boshlash uchun sharoitlar yaratish, shuningdek, sohada mavjud muammolarni o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha takliflarni Hukumatga kiritish. | 2025-yil yakuniga qadar | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| 60-maqsad: Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) | |||||
| 135 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurish va “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 55 taga yetkazish. | 1. 2025-yil uchun uy-joy qurilishi va ipoteka dasturini ishlab chiqishda yangidan barpo etiladigan “Yangi O‘zbekiston” va boshqa massivlarni shaharlar hamda ularga tutash hududlarda joylashtirish. 2. “Yangi O‘zbekiston” massivlari va uy-joyga talab yuqori bo‘lgan hududlarda 135 ming (shundan 15 mingtasi yangi Toshkent) xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshirishni tashkil etish. | 2025-yil davomida | Tijorat banklarining kreditlari, Davlat budjeti mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Markaziy bank (T. Ishmetov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |||||
| Mirishkor, G‘ijduvon, Romitan, Chimboy va Amudaryo tumanlarining kompleks iqtisodiy rivojlanish master-rejalarini tajriba-sinov tariqasida “yashil” tamoyillar asosida ishlab chiqish. | 1. Tanlangan tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, aholi, tadbirkorlar va mahalliy hokimlik vakillari bilan uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazish. | 2025-yil mart | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari | |
| 2. Hududlarni rivojlantirish yo‘nalishlarining “yashil tamoyillari”dan kelib chiqqan holda belgilash va “yashil” pilot loyihalarni shakllantirish. | 2025-yil iyun | ||||
| 3. Tanlangan tumanlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish master-rejalarini “yashil tamoyillar” va “yashil” pilot loyihalarni hisobga olgan holda ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | ||||
| “Zarbdor tajribasi” asosida 1156 ta, “drayver” loyihalarni amalga oshirish. | 1. Tanlab olingan “drayver” loyihalarni zarur infratuzilma (elektr, suv ta’minoti, yo‘lni, irrigatsiya, kanalizatsiya, drenaj tizimlarini ta’mirlash, hududni obodonlashtirish va hokazo) bilan ta’minlash. 2. Infratuzilma bilan ta’minlangan hududlardagi bo‘sh yer maydonlarni lotlarga ajratib auksion savdolariga chiqarish. 3. Auksion savdolarida sotib olingan yoki tadbirkorning o‘zining yer maydonida sanoat, savdo va servis hamda qishloq xo‘jaligida (soy bo‘yi, sohil bo‘yi, 24/7 ko‘cha, bog‘lar, sayilgohlar, yangi yerlarni o‘zlashtirish va hokazo) loyihalarni amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Budjet mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari, aholi va tadbirkorlarning mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Markaziy bank (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 2025-yil davomida Respublikada 15 ta tuman (shahar)ni jadal kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda qo‘shimcha 15 ta hududlar bo‘yicha takliflar kiritish. | 1. Tuman markazini aholi yashashi va dam olishi uchun qulay shaharga aylantirish. 2. Zamonaviy yoshlar hududini tashkil qilish. 3. Yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish. 4. Infratuzilmani rivojlantirish, “yashil tamoyillar”ni joriy qilish. | 2025-yil davomida | Budjet mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Markaziy bank (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Kadastr agentligi (F. Pulatov) | |||||
| Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish. | 1. “Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish” investitsion loyihasining texnik topshirig‘ini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) | |
| 2. Texnik-iqtisodiy asoslanuvini tegishli vazirlik va idoralardan bilan kelishish. | 2025-yil iyun | ||||
| 3. “Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish” investitsion loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish. | 2025-yil avgust | ||||
| 61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) | |||||
| Hududlarda issiqlik ta’minoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish. | Zarafshon shahridagi 1967-yilda qurilgan markaziy qozonxonani davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish choralarini ko‘rish. | 2025-yil noyabr | Davlat-xususiy sheriklik asosida | Navoiy viloyati hokimligi, “O‘zsuvta’minot” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzakov) | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
5-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
RO‘YXATI| T/r | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutiladigan chora-tadbirlar | Ijro muddati | Hamijrochilar |
| II. BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASH | ||||
| 46-maqsad: Fiskal barqarorlikni ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | ||||
| 1. | Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish Konsepsiyasi loyihasi. | Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti hamda mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha konsepsiya loyihasi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil avgust | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) | ||||
| 2. | Moliyaviy hisob tizimiga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini keng joriy qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: moliyaviy hisob tizimiga xalqaro standart va jahon talablarini yanada keng joriy qilish; buxgalteriya hisobi milliy standartlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga uyg‘unlashtirish choralarini ko‘rish masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil aprel | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | ||||
| 3. | Qo‘shilgan qiymat zanjiri va mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha dastur loyihasi. | Har bir tarmoq kesimida 2025-yilda qo‘shilgan qiymat zanjiri va mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha dastur loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Ushbu dasturda: tarmoq korxonalarida xarajatlarni optimallashtirish hisobiga kamaytirish hamda “tejamkor ishlab chiqarish” tizimini joriy etish; kadrlar salohiyatini rivojlantirish va malakasini oshirish; ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik yangilash, quvvatlarni modernizatsiyalash hamda sohada avtomatlashtirishni kuchaytirish; standartlashtirish va sifat menejmentlarini kuchaytirish; samarali va amaliy yechimlarga ega ilmiy ishlanmalarga(R&D) mablag‘larni yo‘naltirishni rag‘batlantirish; mavjud quvvatlarni kengaytirish va investitsiya dasturlari doirasida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan yangi quvvatlarni ishga tushirish; mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish; mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish kabi mexanizmlarni nazarda tutish. | 2025-yil mart | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov) |
| 48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | ||||
| 4. | Respublika sanoatida hududiysanoat ulushini 45 foizga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | 1. Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Loyihada: hududlarda sanoat korxonalari bilan manzilli ishlash, sanoatning joriy holatini tahlil qilib borish; hududlarda energiya tejamkor texnologiyalar asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‘batlantirish; “sanoat tumanlari”ni yanada rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar bo‘yicha ishlab chiqilgan mikrodasturni tasdiqlashni nazarda tutish. | 2025-yil mart | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) |
| 2. Hududlarda “Respublika — viloyat — tuman” tamoyili asosida vertikal tizim orqali sanoat korxonalari faoliyatini sog‘lomlashtirish va to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlashni nazarda tutish. | 2025-yil davomida | |||
| 49-maqsad. Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) | ||||
| 5. | “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi (yangi tahrirda). | Loyihada: MIZning amaldagi ishtirokchilarining investitsiya shartnomalari doirasidagi o‘z huquq va majburiyatlarini saqlab qolish; MIZ ishtirokchilari uchun teng investitsiyalarni himoya qilish kafolatlarini taqdim etish; sud nizolarini ko‘rib chiqishda xalqaro Arbitrajga ruxsat berish. | 2025-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Markaziy bank (T. Ishmetov) |
| 51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (U. Abidxodjayev) | ||||
| 6. | O‘zbekistonni kam uglerodli rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasi. | “O‘zbekiston Respublikasini 2055-yilgacha kam uglerodli rivojlantirish va uglerod neytralligiga erishish strategiyasini tasdiqlash” bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) |
| 7. | Xalqaro uglerod bozorida ishtirok etishni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi. | Loyihada 2024-yilda Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Iqlim o‘zgarishi Konvensiyasining Konferensiyasi (SOR-29) doirasida uglerod savdosining (Paris Agreement, Article 6) xalqaro tartibi qabul qilinganligini inobatga olgan holda xalqaro uglerod savdosida ishtirok etishning milliy tartibotlarini nazarda tutish. | 2025-yil noyabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) |
| 8. | Xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. | Loyiha bilan xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlanishini nazarda tutish. | 2025-yil noyabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) |
| 9. | Mahalliy korxonalarda ESG tamoyillarini joriy etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | Loyiha bilan mahalliy korxonalarda ESG tamoyillarini joriy etishni nazarda tutish. | 2025-yil noyabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) |
| 10. | O‘zbekiston Respublikasida yashil moliyalashtirish (Climate Finance) tizimini takomillashtirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi. | Loyiha bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida yashil moliyalashtirish (Climate Finance) tizimini takomillashtirish bo‘yicha milliy dasturning ishlab chiqish va tasdiqlanishi nazarda tutish. | 2025-yil noyabr | Manfaatdor vazirlik va idoralar, Markaziy bank (T. Ishmetov), “O‘zmilliybank” AJ |
| 52-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — “Hududgazta’minot” AJ (M. Xodjayev) | ||||
| 11. | Aholi va tadbirkorlik subyektlariga tabiiy va suyultirilgan gazni yetkazib berish tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlashga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: sohani uzoq muddatli rivojlantirish, investitsiyalar va xususiy sektorni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish; sohani tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish; zamonaviy, tezkor va qulay gaz yetkazib berish uskunalarini joriy qilish, yo‘qotishlarni kamaytirish va tizimni to‘liq raqamlashtirish; muqobil energiya manbalaridan foydalanish, iste’mol madaniyati va tejamkorlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutish. | 2025-yil iyun | Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 53-maqsad: O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Transport vazirligi (I. Maxkamov) | ||||
| 12. | “Jamoat transportini rivojlantirish strategiyasi”ni tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: jamoat transporti tizimining barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish hamda jamoat transportining yangi yo‘nalishlari tarmog‘ini joriy etish orqali tubdan takomillashtirish; zamonaviy transport-o‘tish bog‘lamalari, avtoturargohlar, oraliq avtobus bekatlarini tashkil etish hamda jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish uchun avtomobil yo‘llari va chorrahalarini qayta loyihalashtirish; jamoat transporti harakat tarkibini zamonaviy, ekologiyaga zarari nisbatan kam bo‘lgan elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar bilan yangilash orqali yo‘nalishlarni optimallashtirish hamda transport xizmatlari sifatini oshirish; avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini takomillashtirish, tashuvchilarni moliyalashtirish va tarif siyosatini takomillashtirish orqali davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish; raqamli texnologiyalarni va innovatsion yondashuvlarni keng qo‘llagan holda transport vositalari harakatini boshqarishning intellektual tizimlarini joriy etish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash; avtoturargohlar, oraliq avtobus bekatlari, jamoat transporti hamda avtomobil yo‘llari va chorrahalarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun moslashtirish; “yashil” transportni, xususan velosiped va boshqa motorsiz transport turlarini rivojlantirishni nazarda tutish. | 2025-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 13. | Toshkent shahrida samarali transport boshqaruvi tizimini tashkil etish va tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha sifat jihatdan yangi tizimni yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: Toshkent shahrining transport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi; Toshkent shahrida yo‘l harakatini ilmiy yondashuv hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish bo‘yicha zamonaviy texnik yechimlarni ishlab chiqish orqali transport oqimini samarali boshqarish va tirbandlikni oldini olishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish; jamoat transporti harakatini tashkil etish va tartibga solish, uning jozibadorligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish; Toshkent shahrida tirbandliklarning oldini olish va yo‘l harakatini samarali tashkil etish yuzasidan tashkiliy choralar ko‘rishga hamda qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish; Toshkent shahri ko‘chalarida yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish, jumladan yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini o‘rnatish, almashtirish, saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ushbu ishlarga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish; yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan axborot-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining profilaktikasiga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutish. | 2025-yil mart | Toshkent shahri hokimligi, Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) | ||||
| 14. | O‘zbekiston Respublikasida agroturizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: agroturizmni rivojlantirish, raqobatbardoshlik va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish; milliy agroturizm mahsulotini faol va har tomonlama targ‘ib qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutish. | 2025-yil dekabr | Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev) |
| 15. | Respublika hududlarida kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining qo‘llanilishini tartibga solish hamda nazorat qilish sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini olib kirish, ulgurji va chakana savdo qilish bosqichlarida litsenziya uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega yoki ega emasligini tekshirish tartib va tamoyillari; kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llashga chiqarilgan partiyalarining sifat darajasi, shuningdek, bevosita ularning qo‘llanilishida qoida va me’yorlarga amal qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish tartibi; ro‘yxatdan o‘tgan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining sifati, qadog‘i, markirovkasi, reklamasi, internet savdosi va ma’lumotlari, shuningdek, nazorat va sinov uchun namunalar olishga doir jarayonlar ustidan hamda qo‘llanilishidagi nazorat mexanizmlarini nazarda tutish. | 2025-yil dekabr | O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduhakimov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
| 55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) | ||||
| 16. | Xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida dastur qabul qilish; gastronomik, turistik, tibbiy, ta’lim, developerlik (qurilish-montaj) yo‘nalishlarini tashqi bozorga olib chiqishda ko‘maklashish; tashkiliy va yuridik qo‘llab-quvvatlash tizimini ishlab chiqishni ko‘zda tutish. | 2025-yil iyul | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 17. | O‘zbekistonning 2026 — 2028-yillarga mo‘ljallangan Milliy eksport strategiyasini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Strategiya: institutsional salohiyatni kuchaytirish va muvofiqlashtirish hamda savdo infratuzilmasi va logistikani rivojlantirish; standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasini takomillashtirish; tashqi bozorlarga kirishni kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarda keng targ‘ib qilish va brendlarni jalb qilish; yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va eksportga yo‘naltirish kabi kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olish. | 2025-yil iyul | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 56-maqsad. Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (X. Turaxo‘jayev) | ||||
| 18. | Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida aksiya va chegirmalar o‘tkazilishini huquqiy jihatdan tartibga solish va davlat tomonidan nazorat mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Chakana savdoda aksiyalar va chegirmalarni tashkil qilish, o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibini ishlab chiqish hamda chakana savdo qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish. Loyihada: chakana savdoda aksiyalar bilan bog‘liq asosiy tushunchalar, bunday aksiyalarni tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar; qonunchilik talablari buzilgan holda tashkil etilgan va (yoki) o‘tkazilgan aksiya va chegirmalarni to‘xtatib turish yoki bekor qilish tartibini nazarda tutish. | 2025-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov, Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) | ||||
| 19. | Qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: Qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlarining huquqiy maqomi; Qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish tartibi va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish mexanizmlarini nazarda tutish. | 2025-yil avgust | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) | ||||
| 20. | Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ichki bozorga import qilingan dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan gaz va avtobenzin mahsulotlarini yagona bozor tamoyili asosida faqat birja savdolari orqali sotish tartibi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Import qilingan yoqilg‘i mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish majburiyatini joriy qilish. Import qilingan yoqilg‘i mahsulotlar sotilishida ularning narxlari asossiz oshirilganligi yoki pasaytirilishi holatlarini aniqlash mexanizmlarini joriy qilish. | 2025-yil noyabr | Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (X. Turaxujayev), “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ |
| 60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) | ||||
| 21. | “Ulush kiritish asosida uy-joy qurish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. | Qonun loyihasida uy-joylar qurishga jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilishning zamonaviy mexanizmlarini, shu jumladan, ulush kiritish asosida uy-joy qurilishida qatnashish mexanizmlarini joriy etish, shu tartib asosida fuqarolarning ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida ishtirokini ta’minlashning qonuniy asoslarini yaratish, uy-joy qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartlari va tartibini, qurilish tashkilotlariga nisbatan maxsus talablarni belgilashni nazarda tutish. | 2025-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | ||||
| 22. | Respublikaning 15 ta hududini jadal kompleks rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi. | Qaror loyihasida hududlarni jadal kompleks rivojlantirish, yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish, aholining barcha qatlamlari uchun yashash va dam olishga qulay sharoit yaratish, biznes muhitini yanada yaxshilash, “o‘sish nuqtalari”ga turtki berish, “yashil tamoyil” va yondashuvlarni keng joriy etish, aholini yuqori daromadli mehnat bilan band qilish hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar asosida ishlashni nazarda tutish. | 2025-yil sentabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Markaziy bank (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi;
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
6-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan
MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR
| T/r | 2030-yilgacha maqsadli ko‘rsatkich | O‘lchov birligi | 2025-yil | I chorak | II chorak | III chorak | IV chorak | Mas’ullar |
| 45-maqsad: 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish | ||||||||
| 1. | Yalpi ichki mahsulot o‘sish surati. | foiz | 6,0 | 5,5 | 5,8 | 5,9 | 6,0 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 2. | Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM. | mln so‘m | 40 | 7,5 | 18 | 30 | 40 | |
| 3. | Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmining yillik o‘rtacha 7 — 10 foiz atrofida o‘sishini ta’minlash. | foiz | 9,7 | - | - | - | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 46-maqsad: Fiskal barqarorlikni ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish | ||||||||
| 4. | Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi ko‘rsatkichini YAIMga nisbatan 2 — 5 foizdan oshirmaslik. | foiz | 3,0 | - | - | - | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish | ||||||||
| 5. | Sanoatda texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizdan 32 foizga yetkazish. | foiz | 25,8 | 24,4 | 24,8 | 25,3 | 25,8 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
| 6. | Avtomobilsozlik sohasida ishlab chiqarish hajmini 1 million donaga yetkazish. | ming dona | 450 | 94 | 206,4 | 323,3 | 450 | |
| 7. | Yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarish. | ming dona | 10 | 2,5 | 5,0 | 7,5 | 10 | |
| 8. | Elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini 300 ming tonnaga oshirish. | ming tonna | 105 | 22,3 | 50,6 | 80,0 | 105,0 | |
| 9. | Yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va mahalliylashtirish darajasini o‘rtacha 65 foizga yetkazish. | foiz | 60 | 55 | 58 | 59 | 60 | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish | ||||||||
| 10. | Sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 28,5 | 5,5 | 11,5 | 19,5 | 28,5 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 11. | Xomashyoni chuqur qayta ishlash tarmoqlari hajmini 2,5 barobar oshirish. | foiz | 5,5 | 4,5 | 5,0 | 5,1 | 5,5 | |
| 12. | Sanoat tarmoqlarida 2,5 millionta yuqori daromadli yangi ish o‘rni yaratish. | mingta | 200 | 25 | 25 | 25 | 25 | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| 13. | Hududlarda mavjud mineral xomashyo zaxirasidan samarali foydalanish maqsadida respublika bo‘ylab 60 ming kvadrat kilometr maydonda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish. | ming kvadrat metr | 20 | 2 | 7 | 14 | 20 | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi |
| 14. | To‘qimachilikda ip-kalavani qayta ishlash darajasini 62 foizga yetkazish. | foiz | 62 | 55 | 58 | 61 | 62 | Savdo-sanoat palatasi, “O‘zto‘qimachilik sanoati” uyushmasi |
| 15. | Farmatsevtika sohasida dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojning 70 foizini ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qoplash. | foiz | 48 | 45 | 46 | 47 | 48 | Farmatsevtika agentligi |
| 49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish | ||||||||
| 16. | 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. | milliard dollar | 42 | 4,8 | 14,2 | 26,5 | 42 | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 17. | 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha bitimlarni imzolash. | milliard dollar | 2,5 | 0,1 | 0,5 | 0,6 | 1,3 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 18. | Erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar savdolari hajmini 8 milliard dollarga yetkazish. | million dollar | 475 | - | - | - | 475 | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
| 19. | Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda umumiy qiymati 150 milliard dollar bo‘lgan 500 dan ziyod strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan texnologik va infratuzilmaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish. | ta | 301 | 7 | 30 | 86 | 301 | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 20. | Pay va venchur jamg‘armalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali portfel investitsiyalar hajmini har yili 3 — 5 foizga oshirish. | foiz | 4 | - | - | - | 4 | |
| 50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish | ||||||||
| 21. | Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 23 | - | - | - | 23 | Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 22. | Bank omonatlari hajmini 4 barobarga oshirish. | foiz | 25 | 6 | 12 | 19 | 25 | |
| 51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish | ||||||||
| 23. | 2030-yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 mingmegavattga yetkazish. | ming MVt | 5525 | - | - | - | 5525 | Energetika vazirligi |
| 24. | Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami iste’moldagi ulushini 40 foizga yetkazish. | foiz | 26 | - | - | - | 26 | |
| 52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash | ||||||||
| 25. | Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmini 120 milliard kVtga yetkazish. | milliard kVt soat | 91,0 | 16 | 25 | 25 | 25 | Energetika vazirligi |
| 53-maqsad: O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish | ||||||||
| 26. | Respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga yetkazish. | million tonna | 14,6 | 3,9 | 7,1 | 10,6 | 14,6 | Transport vazirligi |
| 27. | Yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 3 barobar oshirish. | foiz | 10 | 1,5 | 2,5 | 2,5 | 3,5 | |
| 28. | Elektrlashgan temir yo‘llar ulushini 65 foizga yetkazish. | foiz | 51 | 48,5 | 49 | 50 | 51 | |
| 29. | Aviaqatnovlar sonini 4 barobarga oshirish. | barobar | 1,15 | 0,25 | 0,6 | 0,85 | 1,15 | |
| 54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish | ||||||||
| 30. | Bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni 3 ming dollardan 5 ming dollarga yetkazish. | ming dollar | 4,5 | 0,5 | 1,5 | 1,5 | 1 | Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
| 31. | Qishloq xo‘jaligida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 3,5 | 0,5 | 1 | 1 | 1 | |
| 32. | Hosildorlik ko‘rsatkichlarini paxta bo‘yicha o‘rtacha 45 — 50 sentnerga yetkazish. | sentner/gektar | 38 | - | - | - | 38 | |
| 33. | Hosildorlik ko‘rsatkichlarini g‘alla bo‘yicha o‘rtacha 80 — 85 sentnerga yetkazish. | sentner/gektar | 71 | - | - | - | 71 | |
| 34. | Paxtada 8 ta tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirish. | ta | 4 | - | - | - | 4 | |
| 35. | G‘allada 12 ta yangi tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirish. | ta | 7 | - | - | - | 7 | |
| 36. | Zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va g‘alla maydonlarining 40 — 50 foizida joriy etish. | foiz | 36 | 6 | 10 | 10 | 10 | |
| 37. | Qo‘shimcha 62 ming gektar yerlarni qayta foydalanishga kiritish. | ming gektar | 62 | 14 | 16 | 16 | 16 | |
| 38. | Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urug‘lik ta’minotini 50 foizga yetkazish. | foiz | 15 | - | - | - | 15 | |
| 39. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichining 25 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash. | foiz | 15,3 | - | - | - | 15,3 | |
| 40. | 2,5 million tonna quvvatga ega bo‘lgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | ta | 10 | 1 | 3 | 3 | 3 | |
| 41. | Pillachilik sohasida klaster tizimi asosida 105 ming gektar yangi tutzorlarni barpo qilish. | ming gektar | 5,1 | - | - | - | 5,1 | |
| 42. | Pillachilik sohasidagi klaster tizimida 1 milliondan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish. | ming nafar | 120 | 15 | 35 | 35 | 35 | |
| 43. | Respublikadagi barcha tizim xo‘jaliklarida parranda tuxumi yetishtirish hajmini 2025-yilda 10,3 mlrd donaga (2024-yilga nisbatan 103,0 foizga) yetkazish. | mlrd dona | 10,3 | - | - | - | 10,3 | “Parrandasanoat” uyushmasi |
| 44. | Respublikadagi barcha tizim xo‘jaliklarida parranda go‘shti yetishtirish hajmini 2025-yilda 850 ming tonnaga (2024-yilga nisbatan 106,3 foizga) yetkazish. | ming tonna | 850,0 | - | - | - | 850,0 | |
| 55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish | ||||||||
| 45. | Jami eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazish. | o‘sish sur’ati foizda | 15 | 15 | 15 | 15 | 15 | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
| 46. | Eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish. | ming ta | 8,5 | 2,1 | 2,5 | 2,5 | 1,4 | |
| 47. | Aylanma mablag‘lar uchun korxonalarga “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJdan mablag‘lar ajratish. | ta | 350 | 70 | 130 | 100 | 50 | |
| 48. | Xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 5 mingtaga yetkazish. | ta | 1 334 | 121 | 320 | 440 | 453 | O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, sanoat tarmoqlari uyushmalari |
| 49. | Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 barobar ko‘paytirish. | ulush | 51 | 48 | 55 | 51 | 50 | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish | ||||||||
| 50. | Iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish. | foiz | 68 | 68 | 68 | 68 | 68 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi |
| 57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-NUB” ga aylantirish | ||||||||
| 51. | Barcha aholi punktlarini Internet bilan to‘liq qamrab olish. | foiz | 99,5 | 99,2 | 99,3 | 99,4 | 99,5 | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
| 52. | IT-park rezidentlari sonini 7 500 taga yetkazish. | ta | 3000 | 2600 | 2750 | 2900 | 3000 | |
| 53. | Internet xizmatining kichik tezlikdagi tarif rejasi tezligini 10 barobar oshirish. | Mbit/s. | 10 | 8 | 8 | 9 | 10 | |
| 54. | Xalqaro Internetga ulanish tezligini 5 000 Gbit/s ga yetkazish. | Gbit/s. | 4400 | 4200 | 4200 | 4200 | 4400 | |
| 55. | Optik tolali aloqa liniyalari va keng polosali ma’lumot uzatish tarmoqlarining qamrovini 100 foizga yetkazish. | foiz | 98 | 95 | 96 | 97 | 98 | |
| 56. | IT sohasida yaratilgan ish o‘rinlari sonini 100 mingtaga yetkazish. | ming nafar | 42 | 38 | 39 | 40 | 42 | |
| 57. | Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar va servislar sonini 1 000 taga yetkazish. | ta | 780 | 710 | 730 | 760 | 780 | |
| 58. | Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yo‘llarni to‘liq mobil Internet bilan ta’minlash. | foiz | 95 | 91 | 92 | 93 | 95 | |
| 58-maqsad: O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish | ||||||||
| 59. | Xorijiy turistlar sonini 15 millionga yetkazish. | million nafar | 11 | 2,36 | 3,02 | 2,78 | 2,84 | Turizm qo‘mitasi |
| 60. | Ichki sayyohlar sonini 25 millionga yetkazish. | million nafar | 22,5 | 2,28 | 8,47 | 7,33 | 4,42 | |
| 61. | Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 3,8 | 0,7 | 1,1 | 1,5 | 0,5 | |
| 62. | Ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish. | million nafar | 1,6 | 0,3 | 0,4 | 0,4 | 0,4 | |
| 63. | “Mehmonxona — transport — turoperator — savdo va servis” korxonalari kooperatsiya asosida faoliyat yuritadigan 30 ta yirik turizm klaster (majmua)larini tashkil etish. | ta | 4 | - | 1 | 1 | 2 | |
| 64. | Tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish. | million dollar | 350 | 75,1 | 96,0 | 90,4 | 88,5 | |
| 65. | Hududlarda 4 mingta yangi mehmonxona, mehmon uylari va xostellar tashkil etish. | ta | 480 | 65 | 110 | 180 | 125 | |
| 59-maqsad: Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish | ||||||||
| 66. | Savdo, maishiy, sayilgoh va ko‘ngilochar xizmatlarini rivojlantirish uchun shaharsozlik loyihalari asosida zaruriy infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalarning 233 mingta bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish. | ta | 2 400 | 500 | 1 200 | 1 900 | 2 400 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 67. | Bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati | foiz | 14,5 | 13,2 | 13,7 | 14,1 | 14,5 | |
| 68. | O‘rta va yirik shahar markazlarida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan markaziy ko‘chalarni tashkil etish orqali 36 mingta savdo va servis obyektlarini tashkil etish. | ta | 1 612 | 125 | 426 | 925 | 1 612 | |
| 69. | “Yangi O‘zbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida 6 mingta savdo va servis obyektlarini tashkil etish. | ta | 1 519 | 91 | 293 | 721 | 1 519 | |
| 60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish | ||||||||
| 70. | Urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 60 foizga yetkazish. | foiz | 52,5 | - | - | - | 52,5 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 71. | “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazish. | ta | 55 | - | - | 53 | 55 | |
| 72. | “Ochiq budjet”ga ajratiladigan mablag‘larni 3 barobar oshirish. | trillion so‘m | 6 | - | 3 | - | 6 | |
| 61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash | ||||||||
| 73. | 3 mingga yaqin suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish. | ta | 108 | 8 | 24 | 48 | 108 | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
| 74. | 56 ming kilometr avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash. | ming kilometr | 3,5 | 0,4 | 2,1 | 3,1 | 3,5 | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
7-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan
AMALIY TADBIRLAR REJASI
| T/r | Vazifa | Amaliy chora-tadbirlar | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
| SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH | |||||
| 62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) | |||||
| Hududlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni jadallashtirish. | 1. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha talabgorlar kesimida manzilli ro‘yxatlarni tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga asosan talabgor va pudrat korxonalari o‘rtasida “suvkredit.uz” platformasi orqali shartnomalar rasmiylashtirish va moliyalashtirishni amalga oshirish. 3. Pudrat shartnomalarida belgilangan muddatlarda qurilish-montaj ishlarini yakunlash choralarini ko‘rish. | 2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida | Imtiyozli kredit mablag‘lari hamda talabgorlarning mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) | |
| Mahalliy korxonalarning suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish. | Suv tejovchi texnologiyalarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda mahalliy korxonalarning yillik quvvatini kamida 300 ming gektarga yetkazish. | 2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida | Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning mablag‘lari | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
| Kanallarda suv yo‘qotilishining oldini olish bo‘yicha zamonaviy va samarali yondashuvlarni joriy qilish. | Kanallarni betonlashtirish bilan birga mazkur maqsadlarda uzoq muddatga chidamli plenkadan foydalanish amaliyotini ham yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | - | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — “O‘zsuvta’minot” AJ (A. Suvankulov) | |||||
| Barcha ichimlik suvi ta’minoti korxonalarida sifat monitoringini yuritish va ma’lumotlarni boshqarish markazlarini yaratish. | 1. Hududlarda ichimlik suv sifati monitoringini yurituvchi markaziy laboratoriya tashkil etish. 2. Barcha shahar va tumanlardagi ichimlik suv sifatini nazorat qilish uchun laboratoriyalarga biriktirish yoki hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari bilan shartnomalarni rasmiylashtirish. 3. Ichimlik suv sifatini monitoringini yuritadigan laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash. | 2025-yil davomida | Korxonalar mablag‘lari va boshqa taqiqlanmagan manbalar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| Hududlarda oqova tizimini yanada rivojlantirish. | Hududlarda 155 km uzunlikdagi zamonaviy oqova suv tarmoqlarini barpo etish va bu orqali aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish. | 2025-yil davomida | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) | |||||
| Ichimlik suvi va oqova tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan parlament nazoratini kuchaytirish. | 1. Hududlarda ichimlik suvi va oqova tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holatini viloyat halq deputatlari Kengashi bilan birgalikda o‘rganish. 2. O‘rganish natijalarini Senat Kengashining sayyor majlisi muhokamasiga kiritish. | 2025-yil mart | - | “O‘zsuvta’minot” AJ (A. Suvankulov), mahalliy hokimliklar | |
| 63-maqsad: Qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) | |||||
| Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlangan maydonlarni26 ming gektargacha kamaytirish. | 1. Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha yillik dasturni tasdiqlash va ijrosini ta’minlash. 2. Sho‘r yuvish texnologiyalariga rioya qilgan holda yerlarni lazerli tekislash, tuproqlarni chuqur yumshatish kabi ishlarni amalga oshirish. | 2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida dasturga muvofiq | Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablag‘lari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) | |||||
| Suv xo‘jaligi obyektlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish. | 1.Avtomatlashtiriladigan suv xo‘jaligi obyektlari ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil fevral | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
| 2. Obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ekspertizasidan o‘tkazish va tender savdolarini amalga oshirish. | 2025-yil may | ||||
| 3. Obyektlarda belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini yakunlash. | 2025-yil dekabr | ||||
| Irrigatsiya sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklikni keng joriy qilish hisobiga xususiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish. | Suv xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari hisobidagi 200 ta nasos stansiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish choralarini ko‘rish orqali elektr energiyasi iste’molini 30 foizgacha kamaytirish. | 2025-yil dekabr | Respublika budjeti va xususiy sherik mablag‘lari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzakov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |||||
| Mahallalarda ariqlar holatini nazorat qilish va ularni soz holatda saqlash choralarini kuchaytirish. | 1. Mahallalarda ariqlar holatini o‘rganish ishlarini tashkil etish. 2. Yopilib qolgan va nosoz holatdagi ariqlarni tiklash ishlarini amalga oshirish. Bunda, mahalla faollarini jalb qilgan holda mahallaning ariqlarini tozalash va chekkalariga gullar ekish. | 2025-yil mart — oktabr oylari mobaynida | - | O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quronboyev) | |
| 65-maqsad: “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) | |||||
| Nasos stansiyalarida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va energiya iste’molini kamaytirish. | 1. Eskirgan 150 ta nasoslarni zamonaviy energotejamkor turlariga almashtirish va 6,8 mln kVt/soat elektr energiya tejalishiga erishish. 2. Energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatish va modernizatsiya qilish orqali nasos stansiyalarining yillik elektr energiya iste’molini 6,8 mlrd kVt dan oshirmaslik choralarini ko‘rish. | 2025-yil dekabr | Davlat budjeti mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
| 66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |||||
| “Eko Ekspo”xalqaro ko‘rgazmasini tashkil etish. | Salbiy oqibatlarni yumshatish, chiqindilarni boshqarishga qaratilgan ilmiy asoslangan va iqlim sharoitiga mos keladigan texnologiyalarni jalb qilish maqsadida “Eko Ekspo” xalqaro ko‘rgazmasini, shu jumladan onlayn shaklda tashkil etish. Bunda: mahalliy tadbirkorlar ishtirokiga — Savdo-sanoat palatasi; “Bilimlar makoni” pavilyonini tashkil etishga va unda barcha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etishiga — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar Akademiyasi; xorijiy kompaniyalar va hamkorlar ishtirokiga — Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi; “Yashil moliya va yashil iqtisodiyot” pavilyonini tashkil etishga va qatnashuvchilarning ishtirokini ta’minlashga — Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi; “Yashil qurilish va binolar” pavilyonini tashkil etishga va qatnashuvchilarning ishtirokini ta’minlashga — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; “Yashil madaniyat” pavilyonini tashkil etishga — Madaniyat vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi mas’ul etib belgilash. | 2025-yil iyun | Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, taqiqlanmagan boshqa manbalar, homiylik va grant mablag‘lari | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) | |
| Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga xalqaro donorlarning grant mablag‘larini jalb qilish va loyiha takliflarini ishlab chiqish. | Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga xalqaro donorlarning grant mablag‘larini jalb qilish va loyiha takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha Ekologiya vazirligiga 10 nafar xorijiy konsultantlarni jalb qilish va 2025-yilda kamida 30 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘larini jalb qilish. | 2025-yil iyuldan boshlab | Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) | |
| “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini qayta tiklab, uni o‘z ichiga oluvchi “Ekofaol fuqaro” platformasini ishga tushirish. | 1. Qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini qayta tiklash va uni o‘z ichiga oluvchi “Ekofaol fuqaro” platformasini yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. 3. Platformalarni ishga tushirish. 4. “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan oila a’zolari uchun “Ekofaol fuqaro” maqomini olish tartibini ishlab chiqish. | 2025-yil may | Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) | |
| Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga har bir viloyatda 1 tadan texnikumni biriktirish. | “Yashil” texnikumlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida: “Yashil” texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlarini Universitetga biriktirish; | 2025-yil iyun | Hisob-kitoblarga asosan, Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, (Q. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kadastr agentligi (F. Po‘latov) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti | |
| “Yashil” texnikumlar atrofida amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun Ekologiya vazirligining talabnomasiga ko‘ra botanika yoki dendrologiya bog‘larini tashkil etish uchun zarur yer maydonlarini ajratish; | 2025-yil sentabr | ||||
| “Yashil” texnikumlar binolarini qayta ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha loyiha hujjatlarini (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) ishlab chiqish; | 2025-yil oktabr | ||||
| “Yashil” texnikumlar atrofida bog‘lar tashkil etish va unda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha dastur ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | ||||
| Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi nazoratini samaradorligini tubdan oshirish, ularning xodimlarini maxsus vosita va transportlar bilan ta’minlash. | Davlat ekologiya nazorati inspeksiyasi avtotransport vositalarini maxsus tovush chiqaruvchi, yorituvchi uskunalar va ajratuvchi belgilari bilan jihozlash va ularni maxsus avtotransport vositasi toifasiga kiritish. Inspektorlarni maxsus xizmat quroli (elektroshoker, rezina o‘qli, to‘r otuvchi) bilan ta’minlash. | 2025-yil aprel | Respublika budjeti mablag‘lari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
| Iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish choralarini keng targ‘ib qilish. | Energosamarador, kamchiqitli, suv tejovchi va yashil texnologiyalarni o‘z ichiga olgan ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot platformani tashkil etish. Bunda platformani davriy yangi texnologiyalar bilan boyitib borish: yashil qurilish yo‘nalishi bo‘yicha — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; energiya samaradorlik bo‘yicha — Energetika vazirligi; suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha — Suv xo‘jaligi vazirligi; yashil ishlab chiqarish bo‘yicha — Iqtisodiyot va moliya vazirligi; barqaror qishloq xo‘jaligi bo‘yicha — Qishloq xo‘jaligi vazirligi; yashillikni oshirish — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. | 2025-yil noyabr | Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) | |||||
| Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning “Eko” brendini ishlab chiqish. | 1. Respublikada ishlab chiqaruvchilarni o‘rgangan holda “Eko” brendi ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini tuzish. 2. Xaridorlarning ekologik mahsulotlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning “Eko” brendini ishlab chiqish. | 2025-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |
| Hududiy “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etish. | Hududiy “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlaridan kamida 30 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb etish. Bunda: respublikaning mavjud iqlim zonalari va ulardagi sharoitlardan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etish; xususiy “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish. | 2025-yil dekabr | Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hokimliklari | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Mudofaa vazirligi (Sh. Xolmuxamedov) | |||||
| Ovchilarga muqobil mashg‘ulot sifatida respublika hududlarida o‘q otish sportini rivojlantirish. | 1. Respublikaning barcha hududlarida o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan maxsus poligonlarda xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil mart oyidan boshlab | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
| 2. O‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan yangi mashq poligonlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan yer maydonlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlash. | 2025-yil aprel | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov) | |||||
| Shaharlarda oqib o‘tuvchi tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining populyatsiyasini qayta tiklash. | Respublikaning markaziy shaharlarida oqib o‘tuvchi daryo va soylarda 15 tonnadan kam bo‘lmagan chavoqlantirish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil iyun | - | “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |||||
| O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imidjini yanada mustahkamlash va tashabbuslarini ilgari surish. | Manfaatdor vazirlik va idoralarning iste’dodli mutaxassislarini ularga zarur shart-sharoitlar yaratish orqali tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil mart oyidan boshlab | - | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |||||
| Hayvonlarni saqlash va parvarishlash ishlarini amalga oshirish. | 14 ta hududda qarovsiz hayvonlarni saqlash va parvarishlashga mo‘ljallangan pitomniklarni (priyut) tashkil etish uchun mablag‘lar yo‘naltirish. | 2025-yil aprel | Mahalliy budjet mablag‘lari, homiylar mablag‘lari | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘yida elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tashkil etish. | 1. Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida joylashgan mavjud AYQSH (avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi) va AGTKSH (avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi)larda elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tashkil etish bo‘yicha dislokatsiyasini belgilash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish. | 2025-yil may | Tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan | Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) | |
| 2. Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tashkil etish choralarini ko‘rish. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
| 67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |||||
| “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 million tup manzarali va mevali daraxtlar hamda butalar ko‘chatlari va qalamchalarini ekish. | 1. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos ko‘chat turlarini tanlab, bahorgi va kuzgi mavsum uchun manzilli dasturlarni ishlab chiqish. 2. Mahalliy hokimliklar tomonidan ishlab chiqilgan manzilli dasturlarni tasdiqlangan holda Ekologiya vazirligiga kiritish. 3. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida bahorda 125 million tup va kuzda 75 million tup manzarali, mevali daraxtlar va butalar ko‘chatlari hamda qalamchalarini ekishni tashkil etish. 4. Loyiha doirasida ko‘chat ekish ishlarini tashkillashtirishda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil bahorgi va kuzgi ko‘chat ekish mavsumlarida | Davlat budjetidan yashil makon loyihasiga ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik va grant mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Respublikada “yashil bog‘lar” barpo etish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida “yashil bog‘lar” barpo etish uchun yer maydonlarini tanlash, (talab etilsa ajratish yuzasidan tegishli qaror yoki farmoyish qabul qilish). | 2025-yil fevral | Homiylik va grant mablag‘lari, Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 2. Tanlangan (ajratilgan) yer maydonlarida “yashil bog‘lar” barpo etish uchun “Yashil loyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar tuzish. Bunda ajratilgan yer maydonlarida hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar turini tanlash, ekish sxemasini belgilash, parvarishlash, sug‘orish va uch yil muddatga biriktirish tizimlari nazarda tutilgan loyihalash va xarajatlar-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | ||||
| 3. Tanlangan yer maydonlarida loyiha hujjatlari asosida “yashil bog‘lar” barpo etish. | 2025-yil noyabr-dekabr | ||||
| Barcha shaharlarni to‘liq “yashil belbog‘”lar bilan qamrab olish. | 1. “Yashil belbog‘”larni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash, ularni belgilangan tartibda ajratish bo‘yicha choralar ko‘rish. 2. Barpo etiladigan “yashil belbog‘”larning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida tuproq va iqlim sharoitiga mos daraxt turlarini tanlagan holda “yashil belbog‘”larni barpo etish. | 2025-yildan boshlab | Homiylik va grant mablag‘lari, Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari | |
| Har bir yirik sanoat korxonasi hududida va unga tutash hududlarda “yashil belbog‘”larni barpo etish. | 1. Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning yuqori va o‘rta darajadagi xavfli sanoat korxonalari va ularga tutash hududlarida “yashil belbog‘”lar barpo etish uchun hududlarda faoliyat yuritib kelayotgan sanoat korxonalari ro‘yxatini shakllantirish va hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib daraxt va buta ko‘chatlarini tanlash. 2. Sanoat korxonalari atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish uchun 10 million dona daraxt va buta ko‘chatlari ekishni ta’minlash. | 2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida | Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |||||
| Tuman (shahar) markazlarida hamda sohil va daryo bo‘ylarida piyoda va velosiped yo‘laklari, soyali sayr ko‘chalarini tarmog‘ini tashkil etish orqali aholiga qulay maskan yaratish. | 1. Tuman (shahar) markazlarida hamda sohil va daryo bo‘ylarida xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirishni inobatga olgan holda sohil va daryo bo‘ylarida piyoda va velosiped yo‘laklari, soyali sayr ko‘chalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihalar konsepsiyasini va master rejalarini ishlab chiqish. 2. Aholi uchun piyoda va velosiped yo‘laklarida daraxtlar va o‘simliklarni ekish, 80 ta infratuzilma obyektlarini hamda 110 kilometrdan ortiq sog‘lomlashtirish yo‘laklari qurish. | 2025-yil davomida | Xalqaro moliya institutlari, grant mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) | |
| Mamlakatimizning xalqaro uglerod savdosi (carbon trading system) bozorida ishtirokini faollashtirish. | “Yashil makon” loyihasi va “yashillashtirish” bo‘yicha loyihalar doirasida uglerod savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil may | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |
| 68-maqsad: O‘rmonlar maydonini kengaytirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |||||
| O‘rmon bilan qoplangan maydonlarni 4,1 million gektarga yetkazish va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 14,5 foizgacha kengaytirish. | 1. Tegishli tumanlar hokimliklarining zaxirasidagi tabiiy o‘rmonzorlarni o‘rmon xo‘jaliklariga doimiy foydalanish uchun ajratish to‘g‘risidagi mahalliy hokimliklar qarorlarini qabul qilish. 2. O‘rmon fondi yer maydonlarida o‘rmonlarni kengaytirish tadbirlarini amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda tegishli tumanlar hokimliklari, O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muhitdinov) | |
| Cho‘l, tog‘li va tog‘oldi hududlarda cho‘llanish va qum ko‘chishi, tuproqning suv va shamol eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya o‘rmonlarini (ihota) barpo etish. | 1. Yer maydonlarini tanlash va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Moliyalashtirish masalasini hal qilish, hisob-kitob asosida talab etiladigan mablag‘larni ajratish. 3. Belgilangan hududlarda ihota daraxtzorlarini barpo etish. | 2025-yil fevral oyidan boshlab | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda tegishli tumanlar hokimliklari, O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muhitdinov) | |
| Daraxt va buta urug‘lari tayyorlashni 1 050 tonnaga oshirish. | 1. Tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda daraxt-butalar urug‘larini jamg‘arish. 2. Jamg‘arilgan urug‘larni ekish mavsumiga qadar vaqtincha saqlash va niholxonalarga ekish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil fevral oyidan boshlab | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar | O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muhitdinov) | |
| Dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar xomashyosini 10 002 tonnaga yetkazish. | 1. Dorivor o‘simliklarning madaniy plantatsiyalarini tashkil etish. | 2025-yil bahor va kuz mavsumi | O‘z mablag‘lari hisobidan | O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muhitdinov) | |
| 2. Tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni tabiiy muhitdan yig‘ish uchun kvota miqdorini shakllantirish. | 2025-yil mart | ||||
| Foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yer maydonlarini o‘zlashtirish. | 1. O‘rmon xo‘jaliklarida foydalanilmayotgan yerlarni o‘zlashtirish uchun yer maydonlarini tanlash. 2. Jami 7 ming gektar maydonda foydalanilmayotgan yer maydonlarini o‘zlashtirish hamda ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘rish. | 2025-yil davomida | Davlat o‘rmon xo‘jaliklariga ajratilgan mablag‘lar doirasida | O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muhitdinov) | |
| 3. O‘rmon fondi yerlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ulardan samarasiz va noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va belgilangan tartibda bartaraf etish choralarini ko‘rish. | 2025-yil mart oyidan boshlab yil davomida | - | O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muhitdinov), Bosh prokuratura (Sh. To‘xtaboyev), manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
| O‘rmon xo‘jaliklarida nihol va ko‘chatlar yetishtirishni 123 mln tupga yetkazish. | 1. Ko‘chatxona va niholxonalar tashkil etish maqsadida yer tayyorlash va ekish ishlarini tashkil etish. 2. Ko‘chatxonalarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish (sug‘orish, qator oralariga ishlov berish, begona o‘tlardan tozalash) hamda parvarish qilish ishlarini olib borish. | 2025-yil dekabr | Ijrochilar mablag‘lari | O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muhitdinov) | |
| “Terassa” usulida daraxtlar ko‘chatlarini ekish. | 1. Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yer maydonlarida ko‘chatlar ekiladigan hududlarni belgilash, daraxt turlarini tanlash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Namangan viloyatlaridagi 14 tumanlar hududlaridagi tog‘ va adir qiyaliklarida jami 480 gektar maydonda terassa usulida tuproq-iqlim sharoitga mos daraxtlarni ko‘chatlarini ekish. | 2025-yil davomida | “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida ajratiladigan mablag‘lar | Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Namangan viloyatlari hokimliklari, O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muhitdinov) | |
| Hududlarning joylashuvidan va tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib davlat o‘rmon xo‘jaliklarini ko‘chatchilikka ixtisoslashtirish. | 18 ta davlat o‘rmon xo‘jaliklarini ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashtirish. Bunda: “ilm-loyiha-amaliyot” zanjirida genetik seleksiya ishlari kuchaytirilib, urug‘chilik laboratoriyalari, intensiv tajriba uchastkalari va “onalik” plantatsiyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish; urug‘larni genetik tahlil qilish, o‘suvchanligini ta’minlash, urug‘larni sertifikatsiya qilishni amalga oshirish; xorijdan unumdor urug‘, nihol va ko‘chatlarni olib kelish hamda ularni introduksiya qilish va rayonlashtirish dasturini ishlab chiqish; intensiv amaliyot tajriba uchastkalari va urug‘chilik onalik plantatsiyalari tashkil etish. | 2025 — 2030-yillar davomida | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muhitdinov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda tegishli tumanlar hokimliklari | |
| Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yashillik darajasini oshirish. | 1. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Fanlar akademiyasining Yadroviy fizika instituti va unga tutash bo‘lgan 100 gektarda (Mirzo Ulug‘bek kichik shaharchasi) “yashil bog‘” yaratish. 2. Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi Chirchiq daryosi chegaralarida kamida 50 mingta daraxt ko‘chatlarini ekish. 3. Kichik va katta halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab daraxt va buta ko‘chatlarini ekish. | 2025-yil davomida | Mahalliy budjet mablag‘lari | Toshkent viloyati va Toshkent shahri hokimliklari, Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov) | |
| 69-maqsad: Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) | |||||
| Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan yer maydonlarini rekultivatsiya qilish. | 2 075 gektar buzilgan yer maydonining rekultivatsiya qilinishini ta’minlash, mazkur sohada ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish. | 2025-yil dekabr | Hisob-kitoblar asosida | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |||||
| Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni 2,1 mln gektarga yetkazish. | 1. Orol dengizining qurigan tubida va Orolbo‘yi mintaqasida o‘rmon barpo etiladigan maydonlarni aniqlash. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida “yashil qoplamalar” barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil fevral | Hisob-kitoblarga ko‘ra, Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, homiylik va grant mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyati hokimliklari | |
| 3. Moliyalashtirish masalasini hal etish, talab etiladigan mablag‘larni ajratish. | 2025-yil mart | ||||
| 4. O‘rmon barpo etish ishlarini amalga oshirish va umumiy o‘rmonzorlar maydonini 2,1 mln gektarga yetkazish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 70-maqsad: Iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining oldini olish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muxitdinov) | |||||
| Cho‘llanish, qurg‘oqchilik, chang-qum bo‘ronlari va haroratning ko‘tarilishiga qarshi chora sifatida jami 200 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etish. | 1. Orol dengizining qurigan tubida va Orolbo‘yi mintaqasida o‘rmon barpo etiladigan maydonlarni aniqlash. | 2025-yil fevral | Hisob-kitoblarga ko‘ra, Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, homiylik va grant mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyati hokimliklari | |
| 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida “yashil qoplamalar” barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil fevral | ||||
| 3. Moliyalashtirish masalasini hal etish, talab etiladigan mablag‘larni ajratish. | 2025-yil mart | ||||
| 4. Orol dengizining qurigan tubida va Orolbo‘yi mintaqasida 200 ming gektarda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etish. | 2025-yil dekabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |||||
| Shinjon ekologiya va geografiya institutining Markaziy Osiyodagi qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil qilish. | 1. Zamonaviy qo‘shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va o‘quv-amaliyot korpuslarini tashkil etish uchun sobiq Toshkent turizm va servis kolleji bino va inshootlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy qo‘shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va o‘quv-amaliyot korpuslarini qurish. 2. Shinjon ekologiya va geografiya institutining Markaziy Osiyodagi qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil qilish. | 2025-yil mart oyidan boshlab | Hisob-kitoblarga ko‘ra, Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, homiylik va grant mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) | |
| Bulutlardan sun’iy yog‘in yog‘dirish usullari va texnologiyalarini o‘rganish hamda texnologiyani kelgusida O‘zbekistonda mahalliylashtirish masalasini ko‘rib chiqish. | 1. Ishchi guruhni shakllantirish. | 2025-yil iyul | Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari | Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) | |
| 2. Uslub va texnologiyalarni o‘rganish, metodlarni aniqlash va samaradorligini baholash. | 2025-yil avgust | ||||
| 3. Mazkur texnologiyani mahalliylashtirish imkoniyatlarini tahlil qilish. | 2025-yil avgust | ||||
| 4. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | ||||
| 5. Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritish. | 2025-yil oktabr | ||||
| 71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |||||
| Transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish choralarini ko‘rish. | Qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlarda transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish. | 2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida | - | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |
| O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi (oltinchi) nashrini tayyorlash. | 1. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining oltinchi nashrini Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi toifalari va mezonlari asosida tayyorlash. 2. Qizil kitobga kiritilgan turlarning muhofazasi borasidagi maqomini xalqaro standartlarga moslashtirish. | 2025-yil dekabr | Ekologiya jamg‘armasi | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov) | |
| Respublika hududidagi tanlab olingan yovvoyi holda o‘suvchi istiqbolli xomashyobop dorivor, ozuqabop va texnik o‘simliklarning davlat ro‘yxati va kadastrini yaratish. | 1. Tanlab olingan yovvoyi o‘simlik turlarini ilmiy manbalar asosida kameral o‘rganish. 2. Yovvoyi o‘simlik turlarini xatlovdan o‘tkazish maqsadida ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish. 3. Yovvoyi o‘simlik turlarini davlat ro‘yxati va kadastrini yaratish. | 2025-yil noyabr | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari va taqiqlanmagan boshqa manbalar | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov) | |
| O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan pitomniklarda sun’iy yetishtirilgan 4000 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qushlarini tabiatdagi populyatsiyalarini tiklash maqsadida tabiatga qo‘yib yuborish. | Yo‘rg‘a tuvaloq qushlarini ularning bioekologik xususiyatlarini inobatga olib, tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborish. | 2025-yil noyabr | Tashabbuskor tashkilotlar mablag‘lari | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov) | |
| “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika hududidagi 450 ming tup daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasportini yaratish. | 1. Hududlarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining daraxtlar xatlovini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash bo‘yicha qarorlarini qabul qilish. | 2025-yil mart | Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 2. Aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil aprel — sentabr | ||||
| 3. Ishchi guruhlarga “Yashil makon” elektron platformasining ma’lumotlar bazasida daraxtlarning turi, yoshi, bo‘yi, holati va joylashuv koordinatasi bo‘yicha xatlovdan o‘tkazishi uchun alohida modullar yaratish. | 2025-yil avgust | ||||
| 4. Ma’lumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtning pasportini shakllantirish hamda ID raqam berish (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno). | 2025-yil oktabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) | |||||
| Biologik xilma-xillikni saqlash doirasida asalari oilasi populyatsiyasini tiklash. | Mamlakatimizda biologik xilma-xillikni saqlash doirasida asalari oilasi populyatsiyasini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil mart | - | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |
| 72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |||||
| Maishiy chiqindilarni boshqarish infratuzilmasini takomillashtirish | 1. 3 ta hududda (Angren shahar — 1 ta, Oqqo‘rg‘onda — 1 ta, Parkentda — 1 ta) maishiy chiqindi poligonlarining 30,9 gektar yer maydonida rekultivatsiya ishlarini bajarish va faoliyatini to‘xtatish. 2. 5 ta (Angren, Olmaliq, Bekobod shaharlari va Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq tumanlarida) qayta yuklash stansiyalarni tashkil etish. | 2025 — 2027-yillar | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Toshkent viloyati hokimligi | |
| Maishiy, qurilish, tibbiyot, sanoat, xavfli va zaharli chiqindilarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish. | Respublikada chiqindilarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va ularni boshqarishni takomillashtirish maqsadida maishiy, qurilish, tibbiyot, sanoat, xavfli va zaharli chiqindilarni tashishni samarali tashkil etish faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish. | 2025-yil noyabr | - | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Chiqindilarni hosil bo‘lish me’yori, morfologik tarkibi va uglerod izini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. | Chiqindilarni hosil bo‘lish me’yori, morfologik tarkibi va uglerod izini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari uchun 2 mlrd so‘m mablag‘ ajratish. | 2025-yil davomida | Ekologiya jamg‘armasi | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova) | |||||
| Qayta ishlangan ikkilamchi xomashyodan foydalanuvchilarni rag‘batlantirish. | Qayta ishlangan ikkilamchi xomashyo asosida va sirkulyar iqtisodiyot doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga davlat xaridlarida ustunliklar berish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil mart | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (I. Kutbiddinov) | |
| 73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | |||||
| Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi Konvensiyaga (1979-yil 13-noyabr, Jeneva) qo‘shilish ishlarini tashkillashtirish. | Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi Konvensiya (1979-yil 13-noyabr, Jeneva)ga qo‘shilish choralarini ko‘rish. Bunda atmosfera havosiga zararli tashlamalar miqdorini kamaytirish jarayonlarini tezlashtirishga yordam beradigan eng yaxshi texnologiyalar (NDT) mamlakatda tatbiq qilib boriladi. | 2025-yil noyabr | - | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Respublika hududlarida havo sifati datchiklarini o‘rnatish. | 1. Havo sifati datchiklarini o‘rnatiladigan nuqtalarni aniqlash. 2. Toshkent shahrida qo‘shimcha 7 ta Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilgan stansiyalarni o‘rnatish. 3. Atmosfera havosining ifloslanishini fon monitoringi uchun 347 ta avtomatlashtirilgan stansiyani markazlashgan holda operativ sotib olish va o‘rnatish ishlarini tashkil etish. | 2025-yil davomida | Ekologiya jamg‘armasi, Turizm jamg‘armasi, Gidrometeorologiya xizmati agentligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
8-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
RO‘YXATI
| T/r | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar | Ijro muddati | Hamijrochilar |
| SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH | ||||
| 64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) | ||||
| 1. | “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | Loyihada: irrigatsiya tizimi kanallarining beton qoplamali qismini va irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish chora-tadbirlari; suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan va sho‘rlangan sug‘oriladigan maydonlarni kamaytirish; suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishni jadallashtirish; suv xo‘jaligi obyektlarini raqamlashtirish kabi masalalar nazarda tutiladi. | 2025-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
| 66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | ||||
| 2. | 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan plastik bilan ifloslanishni kamaytirish bo‘yicha Milliy dastur loyihasi. | Loyihada: 2027-yildan boshlab plastik paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash hamda ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) paketlardan foydalanishni rag‘batlantirish; plastik mahsulotlarning kimyoviy tarkibidagi zararli moddalardan foydalanishni cheklash; qadoqlarda qayta ishlangan plastikdan foydalanish koeffitsiyentlarini belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) |
| 3. | Tuproqning unumdor qatlamini saqlash, yashil hududlar asrash, suv resurslaridan samarasiz foydalanish va isrofgarchilikka barham berish maqsadida ma’muriy javobgarlikni keskin kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Loyihada: tuproq va yashil qoplamalar bilan o‘ralgan hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirish hamda qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatish uchun javobgarlikni belgilash; suv resurslaridan samarasiz foydalanish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Kadastr agentligi (F. Pulatov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 4. | Daryo va soylar o‘zanlari va ularga tutashgan suv fondi yerlaridan noruda materiallarni qazib olishga bosqichma-bosqich moratoriy joriy qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | 1. Suv tanqisligidan va suvni ifloslantirilishidan ko‘proq aziyat chekayotgan daryo va soylarni xatlovdan o‘tkazish. 2. Xatlov natijalariga ko‘ra daryo va soylar o‘zanlari va ularga tutashgan suv fondi yerlaridan noruda materiallarni qazib olishga bosqichma-bosqich moratoriy joriy qilishni nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Hujjat loyihasini o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil may | Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 5. | Aholining ekologik madaniyatni mustahkamlash chora-tadbirlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada “Ekologik madaniyatni mustahkamlash” konsepsiyasini tasdiqlash va aniq chora-tadbirlar nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | O‘zbekiston ekologik partiyasi (kelishuv asosida) |
| 6. | Issiqxona gazlarini tartibga solishning kompensatsion mexanizmlarini joriy qilishning qonuniy asoslarini yaratish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida qonuni”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi. | Loyihada respublikada issiqxona gazlari tashlamalarini atrof tabiiy muhitga va iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan kompensatsion mexanizmlarini joriy qilish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 7. | Yangi Toshkent hududida Ekologiya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarni yashil bino talablariga muvofiq yagona ma’muriy majmua qurgan holda joylashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada ma’muriy binolardan tashqari, “San’at va tabiat” jamoatchilik markazi, turli galereyalar va ekspozitsiyalar hamda ekomehmonxonani joylashtirish, shuningdek, ekologik toza mahsulotlar savdosiga mo‘ljallangan savdo do‘konlari faoliyati yo‘lga qo‘yish kabi masalalar joy oladi. | 2025-yil oktabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 8. | Mahallalarda suv tejovchi daraxtlarni sug‘orish tizimlarini barpo etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: aholi xonadonlari egalari tomonidan daraxtlarni o‘z vaqtida sug‘orishi ustidan jamoat nazorati o‘rnatilishini ta’minlash; kambag‘al oilalar xonadonlarida yomg‘ir suvini yig‘ish, saqlash va sug‘orishga foydalanish tizimlarini mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtirishni ruxsat etuvchi me’yorni ishlab chiqish; yangi quriladigan ko‘p xonadonli uy-joylarga tutash hududlarda yomg‘ir suvini yig‘ish, saqlash va daraxtlarni sug‘orishda foydalanish tizimini majburiy o‘rnatish masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) | ||||
| 9. | Qo‘p qavatli turar joylarni loyihalash, qurilish va foydalanishga qabul qilishda shaharsozlik resurslaridan oqilona foydalanish va xavfsiz muhit yaratish nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: ko‘p qavatli turar joylarni loyihalash, qurilish va foydalanishga qabul qilishda: yer osti avtomobil turargohlarini nazarda tutish; avtomobil turargohlarida normativlarga muvofiq elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish; oqova, yomg‘ir va texnik suvlardan sug‘orishda foydalanish tizimlarini majburiy etib belgilash; sanitar qurilmalarning suv sig‘imini 3 — 6 litr etib belgilash; binolarning devorlarini bazalt asosidagi issiqlikni saqlovchi materiallar bilan qoplash; is gazidan ogohlantiruvchi qurilmalar bilan jihozlash; ikki manbadan iborat (texnik va ichimlik) suv ta’minoti bilan jihozlash kabi talablar nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), “O‘zsuvta’minot” AJ (A. Suvonqulov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) |
| 67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | ||||
| 10. | “Atrof-muhit monitoringi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. | Qonun loyihasida: atrof-muhitning ifloslanish darajasini real vaqt rejimida aniqlash, uning ekologik holatini baholash bo‘yicha faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish; atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir yuzaga kelishini prognozlashtirish; tabiiy resurslardan foydalanishni tizimli ravishda kuzatish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati yuritilishini baholash; aholini atrof-muhit ifloslanishi holati to‘g‘risidagi ishonchli axborot bilan ta’minlash; fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining atrof-muhit monitoringidagi ishtirokini ta’minlash masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 11. | Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga kiruvchi sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: 1) tabiatga zarar keltirish bo‘yicha eng xavfli I va II korxonalarning ekologik ishlab chiqarishga o‘tishdagi harakatlarini rag‘batlantirish tizimini joriy qilish: a) I bosqichda — monitoring stansiyalari o‘rnatgan korxonaga: tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechish; tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha budjetga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish; b) II bosqichda — monitoring stansiyalarini o‘rnatgan korxona kelgusida chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini o‘rnatsa tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha budjetga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish; 2) tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiyadan imtiyoz berishni faqat Prezident qarorlari bilan amalga oshirish hamda shu davrgacha berilgan imtiyozlarni bekor qilish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyul | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 12. | Mahallalarda suv tejovchi daraxtlarni sug‘orish tizimlarini barpo etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada respublikaning 32 ta shaharlardagi 64 mahallada: xonadonlarda yomg‘ir suvini yig‘ish, saqlash va sug‘orishga foydalanish tizimlarini mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtirish; yangi quriladigan ko‘p xonadonli uy-joylarga tutash hududlarda yomg‘ir suvini yig‘ish, saqlash va daraxtlarni sug‘orishda foydalanish tizimini o‘rnatish nazarda tutiladi. | 2025-yil avgust | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 68-maqsad: O‘rmonlar maydonini kengaytirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | ||||
| 13. | Yaylovlarning o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy bo‘lgan hududlariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | Loyihada yaylovlarning o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy bo‘lgan hududlariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish va boshqa masalalar nazarda tutiladi. Bunda respublikadagi yaylov yerlarini xatlovdan o‘tkazish va o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy bo‘lgan hududlarni aniqlash ishlari tashkil etiladi. | 2025-yil iyun | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi |
| 14. | O‘rmon xo‘jaligi tizimini transformatsiya qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: o‘rmon xo‘jaligi tizimini transformatsiya qilish, bunda o‘rmonlarni boshqarish, ko‘kalamzorlashtirish va cho‘llanishga qarshi kurashish faoliyatini qamrab olish; yangi tuzilma tarkibida qum va cho‘l bo‘ronlarga qarshi kurashish markazini tashkil etish; o‘rmon xo‘jaligi tizimida “respublika-hudud-o‘rmon xo‘jaliklari” tizimini shakllantirish; “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi tuzilma tarkibida shahar va boshqa aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirishga ixtisoslashgan direksiya va ijrochi korxonalarni tashkil etish; ko‘chatchilikka va dorivorchilikka ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklarini alohida maqomini belgilash. | 2025-yil mart | O‘rmon xo‘jaligi agentligi (E. Muhitdinov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 69-maqsad: Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish. | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | ||||
| 15. | “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: Mo‘ynoq shahri ochiq osmon ostidagi iqlim o‘zgarishi muzeyi. cho‘l texnologiyalari, iqlim o‘zgarishiga moslashish va oqibatlarini yumshatish texnologiyalari, suv tejash texnologiyalarini o‘z ichiga olgan Orol ekspo ko‘rgazmasini tashkil etish; qum to‘siqlari va shamol muhofaza yo‘llari yordamida qumni fiksatsiya qilish. Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik trast fondi mablag‘larini jalb etish nazarda tutiladi. | 2025-yil aprel | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 16. | 2026 — 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi tasdiqlanishini ko‘zda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi. | Loyihada: atmosfera havosining ifloslanishini va sanoat tarmoqlarining unga ta’sirini baholash natijalari; transchegaraviy va ichki ahamiyatga ega yer usti suvlari, yer osti suvlari quduqlarida suv ifloslanishi, qishloq xo‘jaligi va sanoat rivojini hisobga olgan holda yerlarning ifloslanishini nazorat qilish mexanizmlari; respublikaning tog‘ va tog‘oldi mintaqalarining faol geologik jarayonlar namoyon bo‘ladigan hududlarida xavfli ekzogen geologik jarayonlar monitoringi masalalari; atmosfera havosi, yer usti suvlari va tuproqning ifloslanishi (emissiya) manbalari monitoringi masalalari; ekoanalitik laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash kabi tadbirlar nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 70-maqsad: Iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining oldini olish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | ||||
| 17. | “Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida” qonun loyihasi. | Loyihada: iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish choralari; qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish tadbirlarining qonuniy mexanizmlari nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 18. | Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha milliy strategiyasi loyihasi. | Loyihada iqlim o‘zgarishiga soha va tarmoqlarni, shuningdek, hududlarni tayyorlash bo‘yicha asosiy strategik yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi uzoq muddatga mo‘ljallangan tadbirlar aks ettiriladi. | 2025-yil sentabr | Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
| 19. | Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: Universitetning akademik salohiyatini oshirish; tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish; o‘quv dasturini zamonaviy xorijiy tajriba asosida takomillashtirish kabi masalalar nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Gidrometeorologiya xizmati agentligi (Sh. Xabibullayev) | ||||
| 20. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya xizmati infratuzilmasini rivojlantirish va monitoring yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi. | Bunda: tog‘li hududlarda qor qoplami, qalinligi, zichligi, erish jarayonlarini tahlil qilish orqali tog‘ oldi va tog‘li hududlarda suv toshqinlari yuz berish ehtimoli mavjudligini prognoz qilish; olinayotgan ma’lumotlarni O‘zgidrometning yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish, vizuallashtirish; rasmiy veb-saytlarda real vaqt rejimida ma’lumotlarni muntazam yangilab borish bilan davlat organlari va keng jamoatchilikka axborot yetkazish ko‘zda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 21. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini meteorologik ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi. | Bunda: 2025-2026-yillarda 10 ta aeroportda joylashgan avtomatik aviatsiya meteorologiya stansiyalarini yangilash; parvozlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ko‘zda tutish. | 2025-yil dekabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | ||||
| 22. | “Biologik xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi. | Qonun loyihasida: davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini belgilash; biologik xavfsizlikni kuchaytirish; tabiiy turkumlar va qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat qilish; tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar bo‘lgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish mexanizmlari nazarda tutiladi. | 2025-yil aprel | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | ||||
| 23. | O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi hamda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish, ko‘chirib o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlardan faqat qonun bilan ozod qilish mexanizmlarini joriy qilish hamda shu paytgacha berilgan imtiyozlarni bekor qilishni ko‘zda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | 1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 24. | Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va ko‘chirib o‘tkazish tizimini tartibga solish to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. | Qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutish: davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan diametri 15 smgacha bo‘lgan daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishga to‘lov asosida ruxsat berishni joriy etish; daraxtlar va butalarga shakl berish (butalash) tartibini belgilash; davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish. | 2025-yil avgust | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 25. | Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha pitomniklar va plantatsiyalar davlat hisobini yuritishni takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-maydagi 430-son qarori bilan tasdiqlangan Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. Bunda: yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga qo‘yish bo‘yicha beriladigan arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etish; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha pitomniklar va plantatsiyalar monitoringini olib borishni yo‘lga qo‘yish; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga qo‘yish bo‘yicha beriladigan arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarini maqbullashtirish. | 2025-yil iyul | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 26. | Hayvonot dunyosi yo‘qotishlarining o‘rnini qoplash choralarini kuchaytirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq ayrim hududlarda va (yoki) yo‘qolib ketishi xavfi yuqori bo‘lgan hayvonlarga nisbatan ov qilishga cheklov joriy qilish nazarda tutiladi. Bunda: cheklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtiriladigan yovvoyi hayvonlarni ovlash hamda sanitar maqsadlarda ov qilishga tatbiq etilmasligi; ovchilarga muqobil mashg‘ulot sifatida hududlarda o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan maxsus poligonlarda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilishi; shaharlardagi tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining populyatsiyasini qayta tiklash maqsadida respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylarda har yili 15 tonnadan kam bo‘lmagan chavoqlantirish ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Ekologik partiya (kelishuv asosida), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov) |
| 72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | ||||
| 27. | “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri loyihasi. | Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyillarini inobatga olgan holda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish. Bunda: ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun “Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili asosida kengaytirilgan majburiyatlarni belgilovchi tizimni tashkil etish; yuridik va jismoniy shaxslarning maxsus texnikalarida qattiq maishiy, qurilish, suyuq maishiy, tibbiyot, sanoat, xavfli va zaharli chiqindilarni tashishni litsenziyalash tizimini tashkil etish; tibbiyot chiqindilarini yig‘ish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash tizimini tashkil etish nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 28. | Sanoat va elektron chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: sanoat chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini qabul qilish; respublika hududiga import qiluvchilarning “kengaytirilgan majburiyati” tizimini joriy etish; qurilish chiqindilarini bosqichma bosqich saralash, qayta ishlash tizimini joriy qilish nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 29. | Texnik va sanoat moylarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilarning kengaytirilgan majburiyati tizimini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: texnik va sanoat moylarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar o‘z mahsulotlarini utilizatsiya qilish uchun tegishli operatorlarga topshirilishini ta’minlaydi yoki utilizatsiya yig‘imini to‘laydi; ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, iste’molchi, operator va qayta ishlovchilar o‘rtasida ishlatilgan texnik moylarni utilizatsiya qilish tizimini tartibga soluvchi onlayn platforma yaratiladi. | 2025-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Turizm qo‘mitasi (U. Shodiyev) |
| 30. | Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda organik o‘g‘itlarni qo‘llash kengaytiriladi; umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi suv oqava tizimlariga yog‘ tutgichlar o‘rnatish orqali yog‘ ajratib olish natijasida ikkilamchi xom ashyo (xo‘jalik sovunlari, hayvon ozuqalari) ishlab chiqariladi. | 2025-yil avgust | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Turizm qo‘mitasi (U. Shodiyev) |
| 73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | ||||
| 31. | Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 2-pozitsiyasini atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar o‘rnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik masalalari bo‘yicha tezkor nazorat tadbirini o‘tkazishga oid o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirish nazarda tutiladi. | 2025-yil aprel | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 32. | Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish. | Loyihada: sanoat tarmoqlarida — I va II toifadagi sanoat korxonalarida ifloslantiruvchi moddalarni tozalash texnologiyalarini (chang va gazni tozalash qurilmalari yordamida) joriy etish orqali tashlamalar miqdorini 20 foizga kamaytirish; transport sohasida — jamoat transportini yaxshilash orqali transport vositalaridan tashlamalarni 20 foizga kamaytirish masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 33. | Umumiy ovqatlanish shoxobchalarining atmosfera havosiga salbiy ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada umumiy ovqatlanish shoxobchalarida oziq-ovqat mahsulotlarini pishirish uchun gaz ta’minoti, ular bo‘lmaganda yog‘och yoki tayyor ko‘mirdan foydalanishida atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar va hidlarni ushlab qoluvchi qurilmalar bilan jihozlashga oid majburiy talablarni belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Biznes-ombudsman (D. Kasimov) |
| 34. | Atmosfera havosini monitoring qilish tizimini nazoratga olish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan atmosfera ifloslanishini aniqlovchi shaxsiy datchiklarni o‘rnatishga doir standartlarni ishlab chiqish va ularni joylarga o‘rnatayotganda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishish tizimini joriy etish nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 35. | Ekologiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada Jamg‘armaning daromad manbalarini oshirish, jumladan, utilizatsiya yig‘imlari, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmonchilik sohasidagi jarimalar, zarar, kompensatsiya to‘lovlari hamda ruxsatnoma uchun undiriladigan mablag‘larni Ekologiya jamg‘armasiga o‘tkazish nazarda tutiladi. | 2025-yil fevral | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 36. | Ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada Toshkent shahrida sinov-tajriba tariqasida Ichki ishlar vazirligi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tuzilmalarida vazirliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ekologik huquqbuzarlikka, shu jumladan atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurashish va aniqlangan huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘shma bo‘linmalarni tashkil etish choralari nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Ichki ishlar vazirligi (B. Abdullayev) |
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga o‘zgartirishlar “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
9-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan
MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR
| T/r | 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari | O‘lchov birligi | 2025 | I chorak | II chorak | III chorak | IV chorak | Mas’ullar |
| 3.1. Suv resurslarini tejash bo‘yicha islohotlar | ||||||||
| 62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish | ||||||||
| 1. | Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha yetkazish. | ming gektar | 300 | - | 100 | 100 | 100 | Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
| 2. | Tuproq qoplamali kanallarni beton qoplamaga hamda ichki sug‘orish tarmoqlarini yopiq quvurli sug‘orish tizimlariga o‘tkazish bo‘yicha yetti yillik dastur doirasida irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti ko‘rsatkichini 0,73 gacha yetkazish. | koeffitsiyent | 0,68 | - | - | - | 0,68 | |
| 3. | Suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning yillik quvvatini 300 ming gektarga yetkazish. | ming gektar foiz | 300 | 50 | 50 | 100 | 100 | |
| 63-maqsad: Qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash | ||||||||
| 4. | Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish natijasida sug‘oriladigan yer maydonlarida sho‘rlangan maydonlarni 1,7 million gektargacha kamaytirish. | ming gektar | 46,4 | 10,4 | 12 | 12 | 12 | Suv xo‘jaligi vazirligi |
| 5. | Kuchli va o‘rta sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 430,0 ming gektargacha, yer osti suv sathi muammoli holatda bo‘lgan yer maydonlarini 773,4 ming gektargacha kamaytirish. | ming gektar | 60/33,8 | - | - | - | 60/33,8 | |
| 6. | Tuproq o‘zanli bo‘lgan magistral va xo‘jaliklararo kanallarning beton qoplamali ulushini 46foizga yetkazish. | foiz | 40 | - | - | - | 40 | |
| 64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish | ||||||||
| 7. | Kamida 100 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish. | ta | 12 | 3 | 3 | 3 | 3 | Suv xo‘jaligi vazirligi |
| 65-maqsad: “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirish | ||||||||
| 8. | Nasos stansiyalaridagi eskirgan 1 069 ta nasoslarni energiya tejamkorlariga almashtirish. | ta | 150 | 30 | 40 | 40 | 40 | Suv xo‘jaligi vazirligi |
| 9. | Nasos stansiyalaridagi eskirgan 1 079 ta elektrodvigatellarni energiya tejamkorlariga almashtirish. | ta | 166 | 31 | 45 | 45 | 45 | |
| 10. | Energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, ularning yillik elektr energiyasi iste’molini 30 foizga kamaytirish. | mlrd kVt/soat | 6,8 | - | - | - | 6,8 | |
| 3.2. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha islohotlar | ||||||||
| 66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish | ||||||||
| 11. | 14 ta hududda ekologik toza hudud rejimini joriy qilish. | ta | 2 | - | - | 1 | 1 | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
| 67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish | ||||||||
| 12. | “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko‘chatlarini, qalamchalarini ekish. | million tup | 200 | 50 | 75 | - | 75 | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 13. | Yashillik darajasini 30 foizga yetkazish. | foiz | 14,1 | - | - | 12 | 14,1 | |
| 14. | 1 984 ta yashil bog‘lar barpo etish. | ta | 257 | 20 | 35 | - | 202 | |
| 15. | 112 ta yirik sanoat korxonasi tomonidan o‘z va tutash hududlarida uch yil davomida 30 million tup ko‘chatdan iborat “yashil belbog‘”lar barpo etish. | mln tup | 10 | 3 | 2 | - | 5 | |
| 68-maqsad: O‘rmonlar maydonini kengaytirish | ||||||||
| 16. | Respublikaning o‘rmon bilan qoplanganlik darajasini 15 foizga yetkazish. | foiz | 10,7 | - | - | 8,1 | 10,7 | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
| 17. | Yerlarni eroziyadan va melioratsiya obyektlarini qum ko‘chishidan saqlash uchun 26 200 gektar ihota daraxtzorlarini barpo etish. | gektar | 2 700 | - | 700 | - | 2 000 | |
| 18. | Respublikada o‘rmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga yetkazish. | million gektar | 4,1 | - | - | 3,65 | 4,1 | |
| 19. | Daraxt va buta urug‘lari tayyorlashni 840 tonnaga oshirish. | tonna | 1 050 | 430 | 50 | 158 | 412 | |
| 20. | O‘rmon xo‘jaliklarida nihol va ko‘chatlar yetishtirishni 190 million tupga yetkazish. | million tup | 123 | - | - | - | 123 | |
| 21. | Asalari oilalari sonini 300 ming oilaga yetkazish. | ming oila | 240 | - | 170 | 70 | - | |
| 22. | Dorivor o‘simliklar tayyorlashni 11 674 tonnaga yetkazish. | tonna | 10 002 | - | 100 | 2800 | 7102 | |
| 69-maqsad: Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish | ||||||||
| 23. | Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish. | million gektar | 2,1 | 2,0 | 2,02 | 2,02 | 2,1 | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
| 24. | Orol dengizining qurigan tubida qo‘shimcha 600 ming gektar yashil maydonlarni barpo etish. | ming gektar | 100 | 50 | - | 10 | 40 | |
| 70-maqsad: Iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining oldini olish | ||||||||
| 25. | Cho‘llanish, qurg‘oqchilik, chang-qum bo‘ronlari va haroratning ko‘tarilishiga qarshi chora sifatida jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etish. | ming gektar | 200 | 50 | 50 | 50 | 50 | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
| 26. | Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 6 075 gektar yer maydonlarini rekultivatsiya qilish. | gektar | 2 075 | 475 | 500 | 500 | 600 | |
| 71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash | ||||||||
| 27. | Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 14,3 foizgacha kengaytirish. | foiz | 14,2 | 14,08 | 14,08 | 14,08 | 14,2 | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
| 28. | Dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha har yili 25 ming gektar maydonda madaniy plantatsiyalarni tashkil etish. | ming gektar | 25 | 4 | 7 | 7 | 7 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash | ||||||||
| 29. | Maishiy chiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartirish. | foiz | 20 | - | 18 | 19 | 20 | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
| 30. | Maishiy chiqindi yig‘ish shoxobchalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash. | ta | 100 | 25 | 25 | 25 | 25 | |
| 73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish | ||||||||
| 31. | Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish. | foiz | 1,5 | - | - | - | 1,5 | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
| 32. | Atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi ifloslantiruvchi texnologiyalarni to‘liq modernizatsiya qilish. | ta | 122 | 5 | 20 | 20 | 77 | |
| 33. | 249 ta sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish. | ta | 74 | 7 | 10 | 15 | 42 | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
10-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan
AMALIY TADBIRLAR REJASI
| T/r | Vazifa | Amaliy chora-tadbirlar | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Hamijrochilar |
| IV. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH | |||||
| 74-maqsad: Aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |||||
| 1. | Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda mahalla institutining rolini oshirish. | 1. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari loyihalarini mahallalar bilan kelishish amaliyotini joriy qilish. 2. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda “Open budget” tizimidan foydalanish ko‘lamini kengaytirish. | 2025-yil fevral oyidan boshlab | - | O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev) |
| 75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) | |||||
| 2. | Mahalliy budjetni shakllantirish jarayoniga mahalliy kengash deputatlarini faol jalb etish orqali aholining turmush farovonligini oshirish, deputatlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish. | Budjet loyihasini shakllantirishda hududlar toifasidan kelib chiqib, budjet xarajatlarining uch — besh foizi bevosita mahalliy Kengash deputatlarining tashabbusi asosida yo‘naltirilishi amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Bunda Senat bilan hamkorlikda “saylovchi — deputat — hokim — kengash” to‘rt bo‘g‘inli o‘zaro hamkorlik tizimi joriy etilishi nazarda tutiladi. | 2025-yil may | - | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari |
| 76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |||||
| 3. | Hududlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “Indikatorlar to‘plami”ni yuritish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | 1. Indikatorlar to‘plamida tuman va shaharlarni 15tayo‘nalishda rivojlantirish bo‘yicha choraklik ko‘rsatkichlarni belgilash. 2. Vazirliklar tomonidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda “Indikatorlar to‘plami”ni amalga oshirish bo‘yicha mahallalar kesimida oylik va choraklik ish rejalarini tasdiqlash. 3. “Indikatorlar to‘plami”ning joylardagi ijrosini tahlil qilib, natijalarini hokimlar va mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tanqidiy ko‘rib chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yildan boshlab har yili | - | Vazirlar Mahkamasi |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) | |||||
| 4. “Indikatorlar to‘plami”ni shakllantirish, uning ijrosini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish. | 2025-yil may | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) | ||
| 77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |||||
| 4. | “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari qamrov darajasini oshirish. | 2025-yildan elektron davlat xizmatlarini 10 taga yetkazish, shu jumladan, nodavlat arxiv faoliyatini tashkil etishni(Nodavlat arxivning faoliyati boshlanganligi yoki tugatilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma) Elektron litsenziyalash tizimi orqali, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga mas’ul shaxsni kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil avgust | Ijrochilar mablag‘lari asosida | “O‘zarxiv” agentligi |
| 5. | Ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishni “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyili asosida soddalashtirish. | 1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan 25 ta davlat xizmatlaridan foydalanishda ariza (so‘rovnoma) berish jarayonlarini soddalashtirish, ma’lumotlar va boshqa hujjatlarni aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilmagan holda avtomatik tarzda olish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish. 2. Xizmat ko‘rsatish jarayonlari soddalashtirilgan davlat xizmatlari bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tegishli texnik o‘zgartirishlar kiritish. | 2025-yil noyabr | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) | |||||
| 6. | Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar va servislar sonini 780 taga yetkazish. | 1. Yil davomida elektron shaklga o‘tkaziladigan va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladigan xizmatlar va servislar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil aprel | Ijrochilar mablag‘lari | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Ro‘yxat asosida ularni bosqichma-bosqich Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish reja-grafigini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil may | ||||
| 3. Tasdiqlangan reja-grafik asosida xizmatlar va servislarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilib borish. | Reja-grafik asosida | ||||
| 78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |||||
| 7. | Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish orqali ish jarayonlarini maqbullashtirish ishlarini jadallashtirish. | 1. 2025-yilda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari kesimida davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish. 2. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini tubdan kamaytirish maqsadida qurilish, transport, ta’lim, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda xususiy sektor ulushini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | - | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 79-maqsad: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida) | |||||
| 8. | Tegishli soha va tarmoqlarda davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi davlatinspeksiyalarining Qonunchilik palatasi qo‘mitalari bilan hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish. | Bunda: Davlat inspeksiyalarini Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga biriktirish; Qonunchilik palatasi qo‘mitalari bilan davlat inspeksiyalari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashishni yo‘lga qo‘yish, parlament nazorati tadbirlari o‘tkazishda Davlat inspeksiyalari xodimlarini jalb qilish, tegishli sohalarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda hamkorlik qilish; | 2025-yil fevral | - | - |
| Qonunchilik palatasi qo‘mitalari majlislarida tegishli Davlat inspeksiyalarining faoliyatiga oid hisobotlarini eshitib borish nazarda tutiladi. | Yil davomida | ||||
| 9. | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish. | Bunda: | - | - | |
| Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan o‘z faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari ro‘yxatini shakllantirish; | 2025-yil yanvar | ||||
| Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash; memorandumlar asosida Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari o‘rtasida hamkorlik rejalarini tasdiqlash; | 2025-yil yanvar — mart | ||||
| Qonunchilik palatasi qo‘mitalari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va tahlil markazlari hamkorligini tizimli tashkil qilish nazarda tutiladi. | Yil davomida | ||||
| 80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |||||
| 10. | Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha mexanizmlarni takomillashtirish. | 1. Tarmoqlar kesimida amaldagi qonunchilik hujjatlarini bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazib, ulardagi amalga oshirish mexanizmi bilan ta’minlanmagan havolaki normalarni aniqlash. 2. Amalga oshirish mexanizmi bilan ta’minlanmagan havolaki normalarni bartaraf etish bo‘yicha reja-grafikni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil avgust | - | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 3. Bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har yarim yilda Oliy Majlis palatalariga ma’lumot kiritib borish nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr oyidan boshlab | ||||
| 81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) | |||||
| 11. | Davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlash tizimini yaratish. | 1. Iqtidorli xotin-qizlar orasida “Rahbar ayollar maktabi”ga qabul doirasida maqsadli tanlovlar e’lon qilib, 100 nafar xotin-qizlarning maxsus o‘quv dasturi asosida boshqaruvga oid ko‘nikmalarini oshirish. 2. Onlayn o‘quvlar orqali 20 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning bilimlari va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish. | 2025-yil mart oyidan boshlab yil davomida | Xorijiy grant mablag‘lari, Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning o‘z mablag‘lari | Davlat boshqaruvi akademiyasi (A. Bekmurodov), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova) |
| 12. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlik lavozimlari uchun kompetensiya modelini hamda professional kompetensiyalarini baholash tizimini joriy etish. | 1. Yuqori, o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlarining namunaviy professional kompetensiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2025-yil mart | Manfaatdor vazirlik va idoralarning o‘z mablag‘lari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Rahbar kadrlarni baholash markazida ryespublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlik lavozimlaridagi shaxslarini, shu jumladan, zaxiradagilarning professional kompetensiyalarini bosqichma-bosqich baholashdan o‘tkazish. 3. Baholash natijalariga ko‘ra xodimlarning kasbiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish. | Yil davomida | ||||
| 82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi (U. Muxammadiyev) va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev) | |||||
| 13. | Xalq bilan muloqot tizimini raqamlashtirish orqali aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish. | Aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish va hal etish tizimini raqamlashtirish, “mahalla yettiligi” tomonidan bevosita xonadondan turib murojaat qabul qilish va ijrosini nazorat qilish imkonini beruvchi “Obod maskan” mobil ilovasini ishga tushirish. | 2025-yil may | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar |
| 83-maqsad. Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha xabga aylantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) | |||||
| 14. | Har yili “eng yaxshi axborot xizmati” tanlovini yo‘lga qo‘yish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlari Axborot xizmatlari faoliyatini doimiy o‘rganib borish va tanlov haqida kamida 6 oy oldin e’lon berish. 2. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va shu asosda davlat organlari va tashkilotlaridagi axborot xizmatlari faoliyatini samaradorligi oshirish. 3. Tanlovda 3 ta o‘rin belgilash hamda tanlov g‘oliblarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida taqdirlash. | 2025-yil fevral | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 15. | Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, soha va tarmoqda saqlanib qolayotgan muammolarni birgalikda hal qilish mexanizmlarini kengaytirish. | Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining sohaviy va hududiy fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqotlarini o‘tkazish. | 2025-yil davomida | Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) | |||||
| 16. | Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini oshirishda parlament nazorati samaradorligini oshirish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati shaffofligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” ma’lumotlarini tahlil qilish. 2. Tahlil natijalariga ko‘ra “Qoniqarsiz” deb topilgan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini joylarga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va Senat Kengashida tasdiqlash. 3. Chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashida mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlari axborotini eshitish. | 2025-yil avgust | - | Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) |
| 84-maqsad. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy sud (B. Islamov) | |||||
| 17. | Sudlar faoliyatini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish. | 1. Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, “SMART SUD” konsepsiyasi asosida ishlarni bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklda yuritish amaliyotini joriy qilish. 2. Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazini tashkil etish. | 2025-yil oktabr | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 85-maqsad. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov) | |||||
| 18. | Sudyalar hamjamiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish, ularda shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini keng joriy qilish. | Sudyalar hamjamiyati organlarining qarorlarini qabul qilish va ularni qayta ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda asoslantirilgan takliflarni kiritish. | 2025-yil sentabr | - | Oliy sud (B. Islamov), Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (M. Raxmankulov) |
| 86-maqsad. Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov) | |||||
| 19. | Sudyalar faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish. | 1. Sudyalar daxlsizligini buzish holatlarining oldini olish bo‘yicha choralar yuzasidan keng targ‘ibot olib borish. 2. Sudyalar daxlsizligini buzish holatlari haqida Sudyalar oliy kengashini xabardor qilish tartibini joriy qilish. | 2025-yil may | - | Oliy sud (B. Islamov) |
| 87-maqsad. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) | |||||
| 20. | Avtomobil yo‘llarida transport vositalarini erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash. | Respublika bo‘yicha barcha tartibga solingan chorrahalarga intellektual transport tizimlarini o‘rnatish va yagona raqamli boshqaruv tizimi joriy etish. | 2025-yil aprel oyidan boshlab yil davomida | Manfaatdor vazirlik va idoralar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, Transport vazirligi (I. Maxkamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
| 21. | Tergov faoliyati ustidan nazoratni elektron shaklda olib borish imkonini beruvchi raqamlashtirilgan tizim yaratish. | Tergov faoliyati ustidan nazoratni to‘liq elektron shaklda olib borish imkonini beruvchi “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimining “E-tergov” modulini ishlab chiqish va ushbu tizimni ishga tushirish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil noyabr | Ijrochilar mablag‘lari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Markaziy bank (T. Ishmetov) | |||||
| 22. | Bank va to‘lov tizimlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash choralarini takomillashtirish. | 1. Markaziy bank kiberxavfsizlik markazini zamonaviy apparat-dasturiy va dasturiy ta’minot vositalari bilan jihozlash hamda doimiy ravishda takomillashtirib borish. | Doimiy | - | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Bank va to‘lov tizimlarida kiberxavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish hamda kiberxavfsizlik tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha xalqaro tashkilotlardan (Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki) ekspertlarni jalb qilish va amaliy choralarni belgilash. | 2025-yil iyul | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Milliy gvardiya (R. Djurayev) | |||||
| 23. | Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi istirohat bog‘lari, xiyobonlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi faoliyatini takomillashtirish. | Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi istirohat bog‘lari, xiyobonlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: xiyobonlar va istirohat bog‘larida “Xavfsiz bozor”, “Xavfsiz sayilgoh” va “Xavfsiz istirohat bog‘i” yangi modelini joriy etish; obyektlarda kuzatuv kameralari qamrovini kengaytirish va mazkur kameralarga huquqbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha foto va video qayd etish dasturlarini o‘rnatish hamda ular orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlashda samarali foydalanish; obyektlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha “kuzatuv maskanlari”ni tashkil etish; mazkur hududlarda qo‘riqlash bo‘linmalarining shartnoma asosida (pullik) jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini tashkil etish; jamoat tartibini saqlash sohasida mahalliy hokimiyat organlari, istirohat bog‘i va xiyobonlar ma’muriyatining mas’uliyatini oshirish. | 2025-yil iyun | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |||||
| 24. | Advokatura tizimiga yosh malakali kadrlarni jalb etish va ularni advokatlik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash. | Advokatura tizimiga yosh malakali kadrlarni jalb etish va ularni advokatlik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida “Yosh advokatlar” jamoatchilik kengashini tuzish. | 2025-yil aprel | - | Advokatlar palatasi (kelishuv asosida) |
| 89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) | |||||
| 25. | Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda ushbu borada preventiv mexanizmlarni joriy etish. | 1. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining rahbar kadrlarni baholash markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida 2025-yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga qarshi barqarorligi darajasini baholash. 2. Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish bo‘yicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida ta’sirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflarni muntazam (yiliga kamida bir marta) kiritib borish. | 2025-yil fevraldan boshlab yil davomida | Xorijiy grant mablag‘lari, manfaatdor vazirlik va idoralar mablag‘lari | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
11-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
RO‘YXATI
| T/r | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
| IV. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH | ||||
| 75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) | ||||
| Mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Loyihada: mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari o‘z partiyasining yo‘nalishidan kelib chiqqan holda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etishini yo‘lga qo‘yish; mahalliy kengashlarda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari tasdiqlanayotganda ularning loyihalari bo‘yicha mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari fikrini hisobga olish amaliyotini joriy qilish masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil avgust | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
| 76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformasiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | ||||
| Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va boshqa topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada “ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro etuvchi hokimiyat tizimiga kiruvchi idora va tashkilotlar tomonidan Hukumat topshiriqlari ijrosi va nazoratini tashkil etish tartibi nazarda tutiladi. | 2025-yil avgust | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) | ||||
| Xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan Kengash so‘rovi yuborish tartib-taomillarini belgilash bo‘yicha Oliy Majlis Senati qarori loyihasi. | Loyihada: Kengash so‘rovi loyihasini tayyorlash tartibi; Kengash so‘rovining matniga qo‘yilgan talablar; Kengash so‘rovi yuborish masalasini mahalliy Kengash doimiy komissiyasi va Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish tartib-taomillari nazarda tutiladi. | 2025-yil fevral | - | |
| 77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | ||||
| Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda talabgor mavjud talab va shartlarga mos kelish-kelmasligini aniqlashga qaratilgan dastlabki baholash xizmatini yo‘lga qo‘yish; 13 turdagi litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillarini bekor qilish; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Litsenziya” axborot tizimi, Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida axborot va maslahat xizmatlarini sun’iy intellekt yordamida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish; hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan binolar va inshootlarning loyihalarini kelishishni faqat elektron shaklda “Shaffof qurilish” tizimi vositasida amalga oshirish. | 2025-yil may | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Ayrim davlat xizmatlarini “kompozit” shaklda ko‘rsatishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: turarjoy ob’yektlariga kadastr pasportini shakllantirish uchun ariza yuborilganda kompozit shaklda turarjoy ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda elektron onlayn auksion savdo g‘olibining ishtirokisiz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida dehqon xo‘jaligini tashkil etish; fermer xo‘jaliklari qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda ularni Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga kiritish va chiqarish. | 2025-yil aprel | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | ||||
| Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ko‘chirish, kesish uchun ruxsatnoma berish nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
| 77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirish ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) | ||||
| Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qog‘ozdan foydalanishga qat’iy me’yorlar o‘rnatish va uning aylanmasini tubdan kamaytirish bo‘yicha choralar nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
| 79-maqsad: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida) | ||||
| Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: Hukumatning Davlat budjetiga doir barcha hisobotlarini Qonunchilik palatasiga faqat Budjet kodeksida belgilangan audit xulosasi bilan birgalikda kiritish; vazirlik va idoralar uchun belgilangan budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hisobotlarni Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida har chorak yakunida eshitib borish amaliyotini joriy etish; Vazirlar Mahkamasining Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarini Qonunchilik palatasining majlislarida har yarim yilda eshitish, Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida esa har chorak yakuni bo‘yicha ko‘rib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish; Hukumat tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilishi holati bo‘yicha ma’lumotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish amaliyotini yo‘lga qo‘yish; Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida loyihalar portfelini ishlab chiqish va mahalliy kengashlarda ko‘rib chiqish jarayonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining ishtirokini ta’minlash; har yilning 1-iyuniga qadar tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanib taqdim etiladigan loyihalar portfeli bo‘yicha takliflarni Hukumat tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish amaliyotini joriy etish; har bir qo‘mita tomonidan o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish amaliyotini yanada faollashtirish; birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida Qonunchilik palatasi qo‘mitalari majlislarida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan rivojlantirish dasturlari hamda ushbu dasturlar maqsadli indikatorlarining bajarilishi yuzasidan o‘z faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hisobotlarini eshitib borish nazarda tutiladi. | 2025-yil may | - | |
| Parlamentda muxolifatning kafolatlangan huquqlarini yanada kengaytirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Loyihada: muxolifatning kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish; muxolifat vakillari 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish huquqini kafolatlash; qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek, Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish; har chorakda “hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida muxolifat tomonidan kamida bittadan masala kiritish kabi masalalar nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Parlament tadqiqotlari instituti (kelishuv asosida) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) | ||||
| Qonunchilik palatasiga qonun loyihalarini kiritishning huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda qonunlardagi huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirishning aniq tartiblarini belgilashga qaratilgan qonun loyihasi. | Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: qonun loyihalarini parlamentga kiritishda xalqaro shartnoma matnining, huquqiy ekspertiza hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalarining, jamoatchilik muhokamasi natijalarining taqdim etilishini, shuningdek, qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar tashabbuskor tomonidan uni chaqirib olishni belgilash. | 2025-yil fevral | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) | |
| Parlament nazorati natijalarining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi. | Qonun loyihasi bilan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 22-moddalariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi. Jumladan: parlament nazorati subyektlari tomonidan tegishli davlat organlaridan qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishini talab qilishi, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan taklif va tavsiyalar kiritish huquqi; davlat organlari tomonidan parlament nazorati natijalari bo‘yicha parlament nazorati subyektlarining qonuniy talablarini bajarish, ularning ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalarini ko‘rib chiqish natijalarini hamda ular bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida parlament nazorati subyektlariga xabar qilish majburiyati nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) | ||||
| Senat qo‘mitalaridagi eshituv instituti asoslarini mustahkamlash bo‘yicha qonun loyihasi. | Loyihada Senat faoliyatida eshituv bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarini xalqaro tajriba va xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida o‘rganib, ma’qullangan ilg‘or tajriba asosida parlamentga oid qonunchilikni muvofiqlashtirish nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
| Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasi. | Loyihada Toshkent shahrida Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari nazarda tutiladi. | 2025-yil may | - | |
| 80-maqsad. Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash va davlat huquqiy siyosatining institusional asoslarini rivojlantirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | ||||
| Intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Loyihada: dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda majburiy taqdim etiladigan hujjatlar qatoriga intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) yoki ulardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarni kiritish; intellektual mulk huquqlariga qat’iy rioya qilishni, jumladan, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash hamda realizasiya qilishni farmasyevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun beriladigan litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol ravishda buzilishi sifatida e’tirof etish nazarda tutiladi. | 2025-yil fevral | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Kasimov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | ||||
| Tovar belgilari va patent bojlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Loyihada: intellektual mulk huquq egalarining huquqlarini tiklash maqsadida tadbirkorlik subyekti tugatilib, tovar belgisiga bo‘lgan huquq ma’lum bir shaxsga o‘tkazilmasdan qoldirilganda, uning yuridik taqdirini belgilash tartibini ishlab chiqish; tovar belgisidan foydalanish sifatida e’tirof etiladigan holatlarni aniqlashtirish; ayrim intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlariga va litsenziya shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, tizim bo‘yicha kelib tushgan talabnomalarning o‘tkazilgan muddatini tiklash uchun to‘lanadigan patent bojlarini xalqaro shartnomalarga muvofiqlashtirish nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Vazirlar Mahkamasi | ||||
| Qonun ijodkorligi jarayonida barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: qonunlarda muayyan vazirlik va idoralar maqomi, nomi, vazifalari o‘zgarganida texnik, tashkiliy xususiyatdagi o‘zgartirishlar kiritishning oldini olish maqsadida yagona yondashuvni belgilash; amaldagi qonunlarga tegishli soha bo‘yicha vakolatli davlat organlari nomlariniemas, balki qonun tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar bo‘yicha sohaga mas’ulvakolatli organ degan tahrirda o‘zgartirishlar kiritish; ushbu taklifni amalga oshirish mexanizmi sifatida Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan vazirlik va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarda ularning qaysi sohada vakolatli organ ekanligini aniqlashtirish va qonunlar bilan o‘zaro muvofiqlashtirish, sohaga oid mas’ul vakolatli organlar ro‘yxatini belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil avgust | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
| 81-maqsad. Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) | ||||
| Davlat organlarida masofaviy ishni tashkil etish va moslashuvchan ish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | Loyihada: masofadan turib amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan funksiyalar ro‘yxati; davlat organlarida davlat xizmatchilarining masofadan turib ishlash qoidalari; davlat organlarida davlat xizmatchilarining moslashuvchan ish vaqti rejimida ishlash qoidalari nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | ||||
| Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari xorijga xizmat safarlariga chiqishini yengillashtirish maqsadida xizmat pasportlarini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: xizmat pasportlaridan foydalanish huquqiga ega davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ro‘yxatini tasdiqlash; xizmat pasportlarini rasmiylashtirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash; xizmat pasportlarini joriy etish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish va amaldagi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) | |
| 82-maqsad. Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi (U. Muxammadiyev) | ||||
| “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi. | Loyihada “koll markaz”, “ishonch telefoni” kabi tushunchalarni kiritish, bu tizimlar bilan ishlash tartibi nazarda tutiladi. | 2025-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
| 86-maqsad. Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy sud (B. Islamov) | ||||
| Sudyalar hamjamiyati organlarining huquqiy asoslarini belgilash maqsadida “Sudyalar hamjamiyati organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. | Loyihada: Sudyalar hamjamiyati organlariga sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashish, sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlash, Sudyalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan, kadrlar va resurslar bilan ta’minlash hamda shu kabi boshqa muhim asosiy vazifalarni yuklash; Sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari, uni shakllantirish, shu jumladan, ushbu organlarga nomzod ko‘rsatish tartibi, shuningdek, sudyalar hamjamiyati organlari faoliyati mexanizmlari, o‘zaro va boshqa idoralar bilan hamkorlik qilish tartibi nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Konstitutsiyaviy sud (M. Abdusalomov) | |
| Sudyalar mustaqilligini ta’minlashda sudyalar maqomining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Sudyalar maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. | Loyihada sudyaning daxlsizligi, sudyaning malakasini oshirish, sudyalarning moddiy va ijtimoiy kafolatlari, sudyani lavozimga tayinlash va ozod etish, sudyaning vakolatlari, sudyani boshqa lavozimga o‘tkazish shartlari kabi muhim qoidalar nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Konstitutsiyaviy sud (M. Abdusalomov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) | |
| Sud tizimini moliyalashtirishda sud hokimiyati mustaqilligining kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Loyihada sud tizimini moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratish va taqsimlash jarayonida sudyalar hamjamiyatiningishtirok etishi kafolatlari belgilanadi. | 2025-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Konstitutsiyaviy sud (M. Abdusalomov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) | ||||
| Oliy Majlis Senatida Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Loyihada Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi a’zoligiga nomzodlarni Senat tomonidan saylashda mazkur masalani dastlab Senat qo‘mitalari tomonidan muhokama qilish tartibini joriy etish masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Oliy sud (B. Islamov), Konstitutsiyaviy sud (M. Abdusalomov) | |
| 87-maqsad. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) | ||||
| Prokuratura organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada prokuratura organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining huquqiy maqomi belgilanadi. | 2025-yil noyabr | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| Ishni sudga qadar yuritish bosqichiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: protsessual harakatlarni avtomatik qayd etish; ma’lumotlarni onlayn olish imkonini yaratish; ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar yuzaga kelishining oldini olish; ish materiallarini onlayn uzatish imkonini yaratish; jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish; jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etishning yagona hisobini yuritish; sud ekspertizasini onlayn tayinlash mexanizmlari belgilanadi. | 2025-yil noyabr | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat xavfsizlik xizmati (B. Kurbanov) | |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz (A. Saidov) | ||||
| Inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli milliy strategiyani tasdiqlashga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish; iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish; inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish; inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan, bu borada axborot tarqatish, ta’lim berish faoliyatini samarali tashkil etish; inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) | |
| Ijro uchun mas’ul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | ||||
| Sud ekspertiza sohasini yanada takomillashtirish maqsadida “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi. | Loyihada: sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini takomillashtirish; nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining maqomi, ularga qo‘yiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini o‘tkazish tartib-taomillarini belgilash; nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik ta’minlash hamda tartibga solish mexanizmini joriy etish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan mutaxassis fikrini berish; maxsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash; sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish va kasb-etika qoidalarini belgilash; sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditasiya va validasiya institutlarini joriy etish. | 2025-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) | ||||
| Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada: ichki nazorat tuzilmalari tomonidan o‘tkazilgan monitoring va nazorat tadbirlari, o‘rganishlar va xizmat tekshiruvlari natijasida ko‘rilgan preventiv choralar samaradorligini oshirish; ayrim indikator ko‘rsatkichlarini birlashtirish, bekor qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi sonini ko‘paytirish; davlat tashkilotlari tomonidan reyting baholashga oid ma’lumotlarni har yarim yillikda kiritib borish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyul | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) | |
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
12-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan
MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR
| T/r | Maqsadli ko‘rsatkich | O‘lchov birligi | 2025 | I chorak | II chorak | III chorak | IV chorak | Mas’ullar |
| 4.1. Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar | ||||||||
| 74-maqsad: Aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirish | ||||||||
| 1. | Aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilashga ajratiladigan mablag‘larni yiliga 24 trillionso‘mga yetkazish. | trln so‘m | 6 | 0,8 | 2,7 | 5,2 | 6 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish | ||||||||
| 2. | Mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish. | ta | 7 | 3 | 2 | 1 | 1 | Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) |
| 76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish | ||||||||
| 3. | Hokimliklar va vazirliklar bo‘linmalarining bir-birini takrorlovchi 70 dan ortiq funksiyalarini optimallashtirish. | ta | 6 | 1 | 2 | 1 | 2 | Adliya vazirligi |
| 4. | Hokimliklarga yuklatilgan 500 dan ortiq vazifa orasidan ular faoliyatiga xos bo‘lmaganlarini bekor qilish. | ta | 15 | 2 | 4 | 4 | 5 | |
| 77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish | ||||||||
| 5. | Kompozit va proaktiv tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini kamida 40 taga oshirish. | ta | 15 | 2 | 4 | 4 | 5 | Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 6. | Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish. | foiz | 7 | 1 | 2 | 2 | 2 | |
| 7. | Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarining 50 foizini soddalashtirish. | foiz | 15 | 2 | 4 | 4 | 5 | |
| 8. | 300 taga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish. | ta | 30 | 3 | 9 | 9 | 9 | |
| 78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish | ||||||||
| 9. | Sog‘liqni saqlash, qurilish, transport, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohalarida xususiy sektor ulushini kamida 3 barobar oshirish. | barobar | 1,5 | - | - | - | 1,5 | Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
| 10. | Davlat boshqaruvida mavjud bo‘lgan 5 mingga yaqin funksiyalarni amalga oshirish jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish. | ta | 500 | 100 | 100 | 100 | 200 | |
| 79-maqsad: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish | ||||||||
| 11. | Qonun loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hajmini kamida 2 barobarga oshirish. | barobar | 0,5 | 0,2 | 0,3 | 0,4 | 0,5 | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida |
| 12. | Parlament va uning organlari ish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish. | foiz | 20 | 5 | 10 | 15 | 20 | |
| 13. | Qonunchilik palatasi deputatlarining qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari orasida quyi palataga qonun loyihalarini kiritish bo‘yicha ulushini 12 foizga yetkazish. | foiz | 12 | 4 | 6 | 9 | 12 | |
| 80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish | ||||||||
| 14. | Qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish natijasida ular sonini 30 foizga qisqartirish. | foiz | 5 | - | - | - | 5 | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 15. | Umumiy tusdagi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarning ulushini kamida 60 foizga yetkazish. | foiz | 7 | 1 | 2 | 2 | 2 | |
| 81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish | ||||||||
| 16. | Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida 1000 nafarga yetkazish. | nafar | 1000 | - | - | - | 1000 | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
| 17. | Davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish. | nafar | 15 000 | - | - | - | 15 000 | |
| 18. | Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish. | ta | 1000 | - | - | - | 1000 | |
| 82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish | ||||||||
| Intellektual mulk sohasini rivojlantirish hamda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida soha bo‘yicha yig‘ilib qolgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va joyida hal etish hamda sohani targ‘ib qilish maqsadida hududlarda o‘tkaziladigan sayyor qabullar sonini oshirish. Yil yakuniga ko‘ra respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan sayyor qabullar tashkil etish va o‘tkazish. | ta | 15 | - | - | - | 15 | Adliya vazirligi | |
| 83-maqsad: Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha xabga aylantirish | ||||||||
| 19. | Ijtimoiy sheriklikda amalga oshiriladigan loyihalar sonini kamida 3 barobarga ko‘paytirish. | barobar | - | - | - | - | - | |
| 20. | Davlat dasturlarida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini kamida 80 taga yetkazish. | ta | - | - | - | - | - | Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi (kelishuv asosida) |
| 21. | Kamida 500 nafar nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. | barobar | - | - | - | - | - | |
| 4.2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish | ||||||||
| 84-maqsad: Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish | ||||||||
| 22. | Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish. | barobar | 1 | - | - | - | 1 | Ichki ishlar vazirligi |
| 23. | Aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash. | foiz | 20 | 5 | 5 | 5 | 5 | |
| 85-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish | ||||||||
| 24. | Sudga qadar bosqichda hal etilgan nizolar sonini 50 foizga oshirish. | foiz | 15 | 3 | 4 | 4 | 4 | Adliya vazirligi, Oliy sud |
| 86-maqsad: Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish | ||||||||
| 25. | Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi bo‘yicha 0,64 ball to‘plashga erishish. | ball | 54 | - | - | - | 54 | Adliya vazirligi |
| 26. | Boshqaruv sifati indikatorlarining Huquq ustuvorligi yo‘nalishi bo‘yicha 61,5 ball to‘plashga erishish. | ball | 42 | - | - | - | 42 | |
| 87-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish | ||||||||
| 27. | Jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini kamida 50 foizga kamaytirishga erishish. | foiz | 5 | 1,25 | 1,25 | 1,25 | 1,25 | Ichki ishlar vazirligi |
| 88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish | ||||||||
| 28. | Advokatlar sonini kamida 2000 nafarga ko‘paytirishga erishish. | nafar | 500 | 100 | 100 | 100 | 200 | Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi |
| 89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish | ||||||||
| 29. | “Transparency international” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish. | pog‘ona | 7 | - | - | - | 7 | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
13-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan
AMALIY TADBIRLAR REJASI| T/r | Vazifa | Amaliy chora-tadbir | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Hamijrochilar |
| V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH | |||||
| 90-maqsad: Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |||||
| 1. | O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi o‘rni va nufuzini oshirish. | 1. O‘zbekiston Respublikasining tashabbuslarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalari sifatida qabul qilishni tashkil etish. | Doimiy | - | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi umumiy munozaralarida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori saviyada va samarali ta’minlash. 3. BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 30-sessiyasida (COP30, Braziliya, 10 — 21-noyabr) O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori saviyada va samarali ta’minlash. | 2025-yil sentabr | ||||
| 4. BMTning 2026 — 2030-yillarda O‘zbekiston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida hamkorlik bo‘yicha hadli dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | ||||
| 5. O‘zbekistonda BMT bilan hamkorlikda “Ijtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot yo‘li” mavzusida butunjahon kongressini o‘tkazish. | 2025-yilning II yarmi | ||||
| 6. YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini Samarqand shahrida yuqori saviyada o‘tkazish. | 2025-yil may | ||||
| 7. BMT agentliklari bilan hamkorlikda davlat xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazish. | 2025-yil oktabr-noyabr | ||||
| 2. | O‘zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar (SHHT, MDH, TDT, YEXHT va boshqalar) hamda yetakchi moliyaviy institutlar (Jahon banki, YETTB, OTB, OIIB va boshqalar) bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarida faol hamkorlikni davom ettirish. | 1. O‘zbekiston Respublikasining ko‘ptomonlama diplomatiya yo‘nalishidagi faoliyatini tizimli shaklda amalga oshirilishini ta’minlash. | 2025-yil davomida | - | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Tegishli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatida o‘rnatilgan tartibda ishtirok etish, yangi hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish. | Tegishli faoliyat taqvimiga asosan | ||||
| 3. Ushbu tuzilmalar doirasidagi sammit va uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, O‘zbekiston hamda xalqaro hamjamiyat manfaatlariga javob beradigan yangi tashabbuslarni ishlab chiqish. | 2025-yil davomida | ||||
| 91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |||||
| 3. | Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar bilan ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish. | 1. Markaziy Osiyo davlatlari bilan oliy darajadagi muloqot va ikki tomonlama hamkorlikning barcha formatdagi mexanizmlari asosida (hukumatlararo komissiyalar, siyosiy maslahatlashuvlar, parlamentlararo hamkorlik komissiyasi va boshqalar) yig‘ilishlarni doimiy tashkil etib borish. | 2025-yil davomida | - | Markaziy Osiyo xalqaro instituti |
| 2. Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini yuqori saviyada o‘tkazish. | 2025-yil sentabr | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |||
| 3. O‘zbekiston Respublikasining chegara oldi nazorat-o‘tkazish punktlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish orqali ularning o‘tkazuvchanligini oshirish. | 2025-yil davomida | ||||
| 4. Markaziy Osiyoda ekologiya, atrof-muhitning ifloslanishi va tabiatni muhofaza qilish borasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish. | 2025-yil davomida | ||||
| 92-maqsad: An’anaviy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qo‘shilish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |||||
| 4. | Rossiya Federatsiyasi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni tizimli asosda rivojlantirish. | 1. Mazkur mintaqa davlatlari bilan o‘zaro kelishilgan asosda oliy va yuqori darajalardagi muloqot, hududlararo hamkorlik, ikki va ko‘ptomonlama munosabatlarni izchil davom ettirish. | 2025-yil davomida | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 2. O‘zaro hamkorlikda asosiy e’tiborni iqtisodiy diplomatiyaga qaratish, bu borada tashkil etilayotgan tegishli tadbirlarning natijadorligini ta’minlash. | yil davomida | ||||
| 3. MDH doirasida o‘tkaziladigan sammit va boshqa yirik tadbirlarning kun tartibi hamda dasturlarini belgilashda faol ishtirok etish, ularga puxta tayyorgarlik ko‘rish. | Tegishli tashkilot va davlatlarning hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro faoliyat taqvimiga asosan | ||||
| 5. | Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi hamda Janubi-sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch Okeani mintaqasining boshqa davlatlari bilan o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish. | 1. Xitoy Xalq Respublikasi bilan barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini muntazam ravishda mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 2. Yaponiya, Koreya Respublikasi hamda Osiyo-Tinch Okeani mintaqasining boshqa yetakchi davlatlari bilan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini o‘zaro kelishuvlar asosida tizimli tarzda kengaytirib borish. | yil davomida | ||||
| 3. Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash. Bu yo‘nalishda oliy va yuqori darajalarda tegishli sammitlar hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirish. | tegishli davlatlarning hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro faoliyat taqvimiga asosan | ||||
| 6. | AQSH va Amerika qit’asi davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish va mazmunan boyitib borish. | 1. AQSH bilan yangi davrdagi strategik sheriklik aloqalarining uzviyligini ta’minlash hamda turli yo‘nalishlarda muntazam ravishda mustahkamlab borish choralarini ko‘rish, xususan, siyosiy muloqot, parlamentlararo hamkorlik aloqalari hamda iqtisodiy sheriklik munosabatlarini kengaytirish. | 2025-yil yakuniga qadar | - | Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Kanada, Meksika, Braziliya, Argentina va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlari bilan munosabatlarda yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish, foydalanilmagan salohiyatni amalga oshirish choralarini ko‘rish. | o‘zaro kelishilgan muddatlarda | ||||
| 7. | Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, keng ko‘lamli sheriklik va amaliy hamkorlikning asoslarini mustahkamlash. | 1. O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar bilan muzokaralarni jadallashtirish. | Doimiy asosda | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Yevropa mamlakatlari bilan tashqi savdo, xorijiy investitsiyalar, innovatsiyalar, “yashil iqtisodiyot”, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, raqamlashtirish, bank-moliya tizimini modernizatsiya qilish hamda kapital bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish. | o‘zaro kelishilgan muddatlarda | ||||
| 8. | Arab-musulmon dunyosi, Yaqin va O‘rta Sharq, Janubiy Osiyo hamda Afrika mintaqasidagi yetakchi davlatlar bilan yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgan o‘zaro manfaatli munosabatlarga yangi shiddat bag‘ishlash. | 1. Ushbu mintaqalardagi asosiy hamkor davlatlar bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvini yuqori saviyada tashkil etish. | 2025-yil davomida | Manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 2. “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari” strategik muloqotining ikkinchi sammitini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil may | ||||
| 3. O‘zbekistonning tashabbuslari va xalqaro darajadagi dasturlarini IHT, “MO-KADHK” AYSESKO hamda hamkor arab-musulmon davlatlari bilan birgalikda qabul qilinishini ishlab chiqish. | Tegishli tuzilmalarning faoliyat taqvimiga asosan | ||||
| 4. Janubiy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasidagi asosiy hamkor davlatlar bilan navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda Hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish. | o‘zaro kelishilgan muddatlarda | ||||
| 93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish. | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakil (A. Urunov) | |||||
| 9. | O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida ko‘p tomonlama muzokaralarni jadallashtirish, a’zolik majburiyatlarini shakllantirish va kelishish orqali ishchi guruhi hisobotining loyihasini yakuniga yetkazish. | 1. AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar bilan a’zolik majburiyatlarini kelishish va uni ishchi guruhi hisobotining loyihasida aks ettirish choralarini ko‘rish. | 2025-yil mart — dekabr | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov, A. Xaydarov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 10-yig‘ilishini tashkil etish. | 2025-yil may | ||||
| 3. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 11-yig‘ilishini tashkil etish. | 2025-yil noyabr | ||||
| 4. Ishchi guruh hisoboti loyihasining yakuniy bosqichiga o‘tish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 10. | JSTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni to‘liq yakunlash. | 1. Qiziqish bildirgan a’zo davlatlar bilan muzokaralarni jadallashtirish. | 2025-yil davomida | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (U. Abidxodjayev) |
| 2. Ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganligi haqida bayonnomalarni imzolash. | 2025-yil dekabr | ||||
| 11. | JST va savdo siyosatini o‘rganish va tahlil qilish markazi (think tank) hamda savdo himoyasi bo‘linmasini (Trade defence unit) tashkil etish. | 1. JST va savdo siyosatini o‘rganish va tahlil qilish markazi (Think tank) va faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | Hisob-kitoblarga ko‘ra, donor tashkilotlar mablag‘lari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (U. Abidxodjayev), JIDU |
| 2. JSTning savdo himoyasi talablariga mos mutaxassislar va savdo himoyasi nuqtasi konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) | |||||
| 12. | Qonunchilikni JST bitimlari va xalqaro amaliyotga moslashtirish. | Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”, “Antidemping choralari to‘g‘risida”, “Kompensatsiya choralari to‘g‘risida” “Muhofaza choralari to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2025-yil aprel-may | Mablag‘ talab etilmaydi | Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakil (A. Urunov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayorov, B. Yusupaliyev) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) | |||||
| 13. | Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayoni doirasida Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik bo‘yicha ishlarni yakunlash. | 1. JSTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish. | 2025-yil mart | Davlat budjeti mablag‘lari | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) |
| 2. JSTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtirish. 3. Standartlar institutida tashkil etilgan Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi uchun sun’iy intellekt asosida tarjima qilish dasturini yaratish. | 2025-yil davomida | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |||||
| 14. | Milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini Jahon savdo tashkilotining (JST) qoida, me’yor va bitimlariga moslashtirish. | 1. JST qoidalariga zid bo‘lgan normalarni aniqlash bo‘yicha amaldagi qonunchilikni xatlovdan o‘tkazish. 2. JST qoidalariga muvofiq bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 3. Qonunchilik hujjatlarini tashabbus qilish yoki amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi takliflarni o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyun | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 15. | Milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini Jahon savdo tashkilotining (JST) qoida, me’yor va bitimlariga moslashtirish. | 1. JST qoidalariga zid bo‘lgan normalarni aniqlash bo‘yicha amaldagi qonunchilikni xatlovdan o‘tkazish. 2. JST qoidalariga muvofiq bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 3. Qonunchilik hujjatlarini tashabbus qilish yoki amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi takliflarni o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | - | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norkulov) |
| 94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — “Vatandoshlar” jamoat fondi (O. Sattarov) | |||||
| 16. | Vatandoshlar butunjahon qurultoyiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xorijda hududiy vatandoshlar forumini o‘tkazish. | 1. Hududiy forum konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Forumni o‘tkazish joyini belgilash. 3. Davlatlar kesimida ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil mart aprel may | “Vatandoshlar” jamoat fondi, homiylar mablag‘lari teng ulushlarda | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
| 4. Ishtirokchilarga taklifnomalar yuborish, forumni o‘tkazish va qurultoy delegatlarini aniqlash. | sentabr | ||||
| 17. | Xorijdagi katta yoshdagi vatandoshlar uchun mo‘ljallangan O‘zbekistonda “Chinor” dasturini tashkil etish. | 1. Loyihaga jalb etiladigan katta yoshdagi vatandoshlarni tanlab olishga qaratilgan nizom ishlab chiqish. | 2025-yil fevral | “Vatandoshlar” jamoat fondi, homiylar mablag‘lari teng ulushlarda | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), “Nuroniy” jamg‘armasi |
| 2. Ishtirokchilar ro‘yxatini nizom asosida shakllantirish va kelishish. | mart-aprel | ||||
| 3. Dastur loyihasini ishlab chiqish. | may | ||||
| 4. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish. | may-iyun | ||||
| 18. | Yosh vatandoshlar uchun O‘zbekistondagi oromgohlarda “Anor” yozgi dam olish dasturini tashkil etish. | 1. Dastur nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil fevral | “Vatandoshlar” jamoat fondi, homiylar mablag‘lari teng ulushlarda | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi (K. Rafikov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (O. Xasanov) |
| 2. Uchta mavsum uchun oromgoh ishtirokchilarining ro‘yxatini shakllantirish. | mart-aprel | ||||
| 3. Dastur doirasida o‘tkaziladigan seminar va uchrashuvlarning reja-grafigini ishlab chiqish. | may | ||||
| 4. Uchta mavsum uchun oromgohni reja-jadval asosida tashkil etish. | iyun-avgust | ||||
| 95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (B. Musayev) | |||||
| 19. | Hududlardagi aholi soni va mavjud ishsizlar sonidan kelib chiqqan holda xorijda aniqlangan ish o‘rinlarini hududlar kesimida taqsimlash hamda ushbu ish o‘rinlari asosida ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni xorijiy tillarga va kasb-hunarga o‘qitishni ta’minlash. | 1. Xorijda aniqlangan ish o‘rinlarini hududlar kesimida taqsimlash. 2. Ajratilgan kvota asosida ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni xorijiy tillarga va kasb-hunarga o‘qitish. | 2025-yil davomida | - | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
| 20. | Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish. | 1. Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) bilan noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va imzolash choralarini ko‘rish. 2. Xorijiy davlatlarning turdosh tashkilotlari bilan sohada ma’lumot va tajriba almashish, migratsiya muammolarini hamkorlikda hal etishga qaratilgan kelishuvlarga erishish. | 2025-yil dekabr | - | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 21. | Tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish doirasida xorijiy davlatlar bilan yangi mehnat bozorlariga chiqish va mazkur yo‘nalishdagi tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha hamkorlikni jadallashtirish. | 1. O‘zbekiston fuqarolariga tashkillashtirilgan tarzda xorijda ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida xorijiy ish beruvchilar va rekruting kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish. 2. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni, ayniqsa, ayollar va yoshlarni xorijga chiqishdan oldin moslashtirish, xorijiy tillarga va kasb-hunarga o‘qitish. 3. Xavfsiz, tashkillashtirilgan tarzda mehnat migratsiyasi tizimi asosida fuqarolarga xorijda ishga joylashishiga ko‘maklashish. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi mablag‘lari | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (O. Xasanov) | |||||
| 22. | Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun milliy foydali kontentlar yaratish choralarini ko‘rish. | 1. Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi kontentlarni monitoring va tahlil qilish, bu boradagi xorijiy tajribani o‘rganish. | 2025-yil mart | - | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 2. Milliy qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar targ‘ibotiga doir milliy kontentlarni yaratish, ilmiy asoslarni o‘rganish. 3. Bolalar uchun xavfsiz internet muhitini yaratish. 4. Internetdan xavfsiz foydalanish borasidagi ijtimoiy roliklar OAVlarda muntazam e’lon qilib borilishini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
| 97-maqsad: Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov) | |||||
| 23. | O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini zamonaviy geoaxborot dasturiy ta’minot vositalari, topogeodezik ta’minotning maxsus texnikalari bilan ta’minlashni davom ettirish, topogeodezik ishlarni bajarish hamda bu borada kadrlar salohiyatini oshirib borish. | 1. Mudofaa vazirligi bo‘linmalarini zarur topogeodezik va geoaxborot dasturiy ta’minot vositalari va maxsus texnikalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash. | 2025-2026-yillar | Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Yerni masofadan zondlash materiallari (kosmik suratlar) yordamida elektron xaritalar yaratish va yangilash. | 2025-yil davomida | ||||
| 3. Soha mutaxassislarining zamonaviy geoaxborot va topogeodezik ta’minot bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish. | 2025-yil davomida | ||||
| 24. | Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini hamda axloqiy-ruhiy tayyorgarlik va psixologik ishlarni yanada takomillashtirish. | 1. Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat departamenti hamda respublikadagi nufuzli madaniyat va san’at muassasalari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 2. Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qo‘shinlardagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlik va psixologik ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy chora-tadbirlarni izchil davom ettirish. | 2025-yil davomida | Alohida hisob-kitoblarga asosan Mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
| 25. | Aholi va yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tarbiyasi va targ‘ibotini yanada kuchaytirish, Vatan himoyachilarini tayyorlash va tarbiyalash tizimini rivojlantirish. | 1. “Vatan tayanchi” otryadlari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish. | 2025-yil may | Alohida hisob-kitoblarga asosan Mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonun hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar, Harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari | Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari |
| 2. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2025-yil davomida | ||||
| 3. Umumta’lim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘quv-uslubiy va dasturiy jihatdan takomillashtirib borish, fan o‘qituvchilarining faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, belgilangan tartibda bosqichma-bosqich moddiy-texnik jihatdan ta’minlab borish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil davomida | ||||
| 4. Vatanni himoya qilishda qahramonlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlar hayoti va qahramonliklari haqida ko‘rsatuv va lavhalar tayyorlash hamda namoyish etish. | 2025-yil davomida | ||||
| 26. | Mudofaa vazirligi tizimida kadrlar bilan ishlash sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish ishlarini davom ettirish. | 1. Mudofaa vazirligi tizimi (markaziy apparat, harbiy okrug, birlashma, qo‘shilma, harbiy qism va muassasalar)da yagona kadrlar axborot elektron platformasini yaratish va ishga tushirish. 2. Mudofaa vazirligi qo‘shinlari kadr bo‘linmalarining yagona kadrlar axborot elektron platformasini yuritish bo‘yicha mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish. | 2025-yil davomida | Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
| 27. | Mudofaa vazirligi tizimidagi alohida batalyon va undan yuqori bo‘linmalarning istiqbolli komandir va boshliqlarining nazariy bilim va professional tayyorgarlik darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish. | 1. Istiqbolli komandir va boshliqlarni mahalliy (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi va boshqalar) hamda xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida bosqichma-bosqich o‘qitish va malakasini oshirish. 2. Istiqbolli komandir va boshliqlarni xorijiy tillarni o‘rgatish kurslarida bosqichma-bosqich o‘qitish. | 2025-yil davomida | Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi |
| 28. | Ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda Mudofaa vazirligi tizimida istiqbolli kadrlar zaxirasini yaratish tizimini takomillashtirish. | 1. Sog‘lom raqobat tamoyili asosida istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha shaffof tizimni yaratish (idoraviy hujjat). 2. Kadrlar bilan ishlash sohasiga xodimlarni boshqarish bo‘yicha (Human Resourse Management va boshqalar) zamonaviy tizimlarni tatbiq etish. | 2025-yil davomida | Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 29. | Harbiy-tibbiy muassasalarning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, ularni zamonaviy tibbiyot apparaturalari va texnikalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash. | 1. Samarqand harbiy gospitali uchun bino va inshootlarni loyihalash, qurish hamda uni zamonaviy tibbiyot asbob-uskuna va jihozlari bilan ta’minlash ishlarini davom ettirish. | 2025-yil davomida | Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 2. Mudofaa vazirligi harbiy gospitallarini zamonaviy MSKT, MRT va ExoKG (VEM tizimi) bilan belgilangan tartibda ta’minlashni davom ettirish. | 2025-yil davomida | ||||
| 3. Mudofaa vazirligi harbiy gospitallarini 6 dona reanimobil bilan bosqichma-bosqich ta’minlash. | 2025-2026-yillarda | ||||
| 4. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini sanitar avtomobillar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash. | 2025 — 2027-yillar | ||||
| 5. Mudofaa vazirligining shaxsiy tarkibini shaxsiy himoya vositalari va tibbiy sumkalar bilan ta’minlashni davom ettirish. | 2025-yil davomida | ||||
| 30. | Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika hamda jihozlar bilan ta’minlash. | 1. Qo‘shinlarni zamonaviy kompleks trenajyorlar bilan belgilangan tartibda bosqichma-bosqich ta’minlashni davom ettirish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalarini 2022 — 2026-yillar mobaynida zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika, boshqa zarur jihozlar va vositalar bilan ta’minlash, mavjud texnikalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturining ijrosi yuzasidan 2025-yil uchun rejalashtirilgan tovar (ish, xizmat)larning xaridini amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, Mudofaa vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari (Kompleks dasturda 2025-yil uchun rejalashtirilgan pul miqdoridan kelib chiqqan holda) | “O‘ztextreyd” DUK, Mudofaa sanoati agentligi (M. Ibodullayev) |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Harbiy-ma’muriy sektor rahbarlari | |||||
| 31. | Mudofaa vazirligining mudofaa ishlari boshqarmalari va bo‘limlarining infratuzilmasi va o‘quv moddiy-texnika bazasini zamon talablari asosida jihozlash, ularni zarur xizmat texnikalari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlarini davom ettirish. | Mudofaa ishlari boshqarmalari va bo‘limlarining infratuzilmasi (ma’muriy, chaqiruv punktlari bino va inshootlari), o‘quv moddiy-texnika bazasini zamon talablari asosida jihozlash va takomillashtirish, ularni zarur xizmat texnikalari bilan ta’minlash. | 2025-yil davomida | Harbiy-ma’muriy sektor hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov) |
| 98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev) | |||||
| 32. | Senday hadli dasturining asosiy maqsadlariga erishish bo‘yicha aniq tadbirlarni belgilash. | 1. Barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga moslashishni hisobga olgan holda yuksak samaradorlikka erishish maqsadida Senday hadli dasturini amalga oshirish davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lish: 1-bosqich: 2025-2026-yillar; 2-bosqich: 2027 — 2030-yillar. 2. Har bir bosqichda Senday hadli dasturining asosiy maqsadlariga erishish bo‘yicha aniq tadbirlarni belgilash bo‘yicha idoraviy dastur loyihasini ishlab chiqish. 3. Tegishli bosqichlarga mo‘ljallangan tadbirlar rejalarida boshqa strategik va dasturiy hujjatlardagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining turli yo‘nalishlari va ofatlar xavfini kamaytirish xususiyatlariga oid vazifalar va tadbirlarni birlashtirish va inobatga olish. | 2025-yil dekabr | Respublika budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 33. | Respublika aholisining barcha qatlamlarini shahar va tumanlar hamda mahallalar kesimida zilziladan oldin, zilzila paytida va zilziladan so‘ng harakat qilish qoidalariga o‘rgatish ko‘rsatkichini (qamrab olish darajasini) 50 foizga yetkazish. | Quyidagi tartibda aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash ishlarini amalga oshirish: maktabgacha ta’lim (tarbiyalanuvchilari), umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional (o‘quvchilari) hamda oliy ta’lim tashkilotlarida (talabalari) muammoli-vaziyatli o‘yinlar va mashg‘ulotlarda, milliy elektron platforma orqali, shuningdek, aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlashga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar orqali tayyorgarlikdan o‘tkazish; respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari bilan yillik jamlash rejasi asosida, shuningdek, fuqarolar bilan ixtiyoriy ravishda milliy elektron platforma orqali aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlashga mo‘ljallangan masofaviy o‘quv kurslarini tashkil etish. | 2025-yil davomida | Davlat budjeti, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda homiylik mablag‘lari | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, Yoshlar ishlari agentligi |
| 34. | Potensial xavfli obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi FVV yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | FVV bilan shartnomalar asosida tashkil etilgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalaridagi xizmat ko‘rsatish muddatini o‘tagan va yetishmayotgan yong‘in-qutqaruv texnikalari va asbob-anjomlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish hamda obyektlar rahbariyatiga va (yoki) ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga yong‘in-qutqaruv texnika hamda asbob-anjomlar bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumotnoma va axborot xatlarini kiritish. | 2025-yil davomida | FVV yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari xizmat ko‘rsatadigan obyektlar mablag‘lari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan obyektlari mavjud vazirlik va idoralar |
| 35. | O‘zMTRKning “O‘zbekiston” hamda barcha hududiy telekanallarida “Favqulodda 20 daqiqa” (shartli nom) nomli haftada bir marotaba davriy efirga uzatiladigan ko‘rsatuvni tashkil etish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. “Favqulodda 20 daqiqa” (shartli nom) nomli haftada bir marotaba davriy efirga uzatiladigan ko‘rsatuvni tashkil etish. | 2025-yil noyabr | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
| 36. | Favqulodda vaziyatlar vazirligida qutqaruvchilarning malakasini oshirish faoliyatini tubdan isloh qilish. | 1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
| 2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil avgust | ||||
| 3. Kelishilgan hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil noyabr | ||||
| 37. | Toshkent, Namangan, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Xorazm viloyatlari hududidagi baland qavatli bino va inshootlarga videokuzatuv qurilmalarini o‘rnatish orqali atrof-muhitni kuzatish va yong‘inlarni barvaqt aniqlash tizimini joriy etish. | 1. Videokuzatuv tizimini yaratish uchun loyihaning texnik topshiriq hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar | Mahalliy hokimliklar |
| 2. Videokuzatuv tizimi va uning texnik dasturiy ta’minotini xarid qilish. | 2025-yil iyul | ||||
| 3. Videokuzatuv tizimi uskunalarini belgilangan joylarga o‘rnatish va tizimni joriy etish. | 2025-yil noyabr | ||||
| 38. | Toshkent, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va “Qamchiq” MQYOQBga GAT texnologiyalari va uchuvchisiz uchish apparatidan foydalangan holda respublika bo‘yicha yetib borish imkoniyati cheklangan hududlarni kuzatish, monitoring va tahlil qilish hamda ogohlantirish imkoniyatini beruvchi ko‘p funksiyali monitoring mobil komplekslarini joriy etish. | 1. Ko‘p funksiyali monitoring mobil komplekslarini tasdiqlangan texnik talablar asosida xarid qilish uchun tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish. | 2025-yil avgust | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar | Manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Ko‘p funksiyali monitoring mobil kompleks qurilmalarini o‘rnatilgan tartibda xarid qilish. | 2025-yil oktabr | ||||
| 3. Ko‘p funksiyali monitoring mobil komplekslarini amaliyotga tatbiq etish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 99-maqsad: Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — DXX Chegara qo‘shinlari (S. Xusanov) | |||||
| 39. | Davlat chegarasi daxlsizligini ta’minlash, uni qo‘riqlash va himoya qilish tizimini mustahkamlash. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlarida Davlat chegarasi daxlsizligini ta’minlash, uni qo‘riqlash va himoya qilish tizimini mustahkamlashga oid vazifalarning ijrosini mas’ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshirishni davom ettirish. | 2025-yil davomida | Alohida ishlab chiqilgan qarorlar bilan belgilanadi | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), mahalliy davlat hokimiyati organlari |
| 100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi (R. Kurbanov) | |||||
| 40. | Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar sonini 100 taga yetkazish. | 1. Millatlararo munosabatlar sohasida e’lon qilinadigan ilmiy-ommabop maqolalar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil fevral | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
| 2. Maqolalar e’lon qilinadigan OAVlarni belgilash. 3. Maqolalarni tayyorlash va e’lon qilish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 41. | 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “Do‘stlik” festivalini tashkil etish va o‘tkazish. | 1. Ishchi guruhni shakllantirish. 2. Ishchi guruhning tashkiliy yig‘ilishini o‘tkazish. 3. 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “Do‘stlik” festivalini o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyun | Vazirlar Mahkamasining zaxira mablag‘lari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 4. 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “Do‘stlik” haftaligini o‘tkazish. | 2025-yil 30-iyul | ||||
| 42. | 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab respublikaning barcha hududlarida “Bag‘rikenglik haftaligi”ni o‘tkazish. | 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab respublikaning barcha hududlarida “Bag‘rikenglik haftaligi”ni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal etish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasining zaxira mablag‘lari | Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
14-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
RO‘YXATI
| T/r | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
| V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH | ||||
| 90-maqsad: Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | ||||
| “Diplomatik xizmat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. | Qonun loyihasida: diplomatik xizmat tushunchasi va turlari, diplomatik xizmat vazifasi va funksiyalari, xodimlarning huquq va majburiyatlari; diplomatik xizmatga qabul qilish, rotatsiya tartibi va diplomatik xizmat xodimlarining uzoq muddatli safarda bo‘lish muddatlari; diplomatik xizmat xodimlarini kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi, xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmlari; diplomatik xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar maqomi, xorijiy hamkorlar bilan ishlash mexanizmi; diplomatik xizmat organlarini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash mexanizmlari, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ularning ijtimoiy ta’minoti nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) | ||||
| Milliy axborot maydonida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, axborotdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish hamda aholini destruktiv ma’lumotlar ta’siridan himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilishni kengaytirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada internet tarmog‘idagi jinoyatlarni aniqlash va ularning oldini olishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali instrumenti nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) | |
| 97-maqsad: Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxammedov) | ||||
| “2025-yilda harbiy yig‘inlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi. | Loyihada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi harbiy xizmatga majburlar bilan 2025-yilda harbiy yig‘inlarni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) | |
| O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 291-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. | Loyihada: “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integrallashuv platformasi va Mudofaa vazirligi “Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi”ning “Chaqiruv” tizim osti dasturi bilan integratsiya qilish orqali eng ilg‘or, vatanparvar yoshlarni muddatli harbiy xizmatga tavsiya etish bo‘yicha shaffof va xolis tizim yaratish; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatga chaqirish uchun har tomonlama yetuk, sog‘lom, jismonan baquvvat, intellektual salohiyatli chaqiriluvchilarni o‘rganish va tanlab olishda mudofaa ishlari organlari va mahalla faollarining vazifalari nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quronboyev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) | |
| 98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev) | ||||
| O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga innovatsion yong‘in o‘chirish vositalarini joriy etishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. | Loyihada: bino-inshootlar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yong‘in o‘chirish vositalarini, shu jumladan o‘t o‘chirish aerozoli generatorini joriy etish; innovatsion yong‘in o‘chirish vositalari bilan bino-inshootlar va transport vositalarini jihozlash me’yorlarini belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil fevral | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) | |
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga o‘zgartirishlar “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
15-ILOVA
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan
MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR
| T/r | Maqsadli ko‘rsatkichlar | O‘lchov birligi | 2025 | I chorak | II chorak | III chorak | IV chorak | Mas’ullar |
| 5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha islohotlar | ||||||||
| 90-maqsad: Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish | ||||||||
| 1. | Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi | - | - | - | - | - | - | Tashqi ishlar vazirligi |
| 91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish | ||||||||
| 2. | Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi | - | - | - | - | - | - | Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 92-maqsad: An’anaviy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qo‘shilish | ||||||||
| 3. | Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi | - | - | - | - | - | - | Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish | ||||||||
| 4. | Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhning o‘tkazilgan yig‘ilishlari soni. | ta | 2 | - | 1 | - | 1 | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 5. | Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida bozorga kirish yuzasidan muzokaralar o‘tkaziladigan davlatlar soni. | ta | 28 | 4 | 8 | 8 | 8 | |
| 6. | Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini Jahon savdo tashkilotining qoida, me’yor va bitimlariga moslashtirish. | ta | 25 | 4 | 7 | 7 | 7 | |
| 94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish | ||||||||
| 7. | O‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun ajratiladigan grantlar soni. | ta | 30 ta | 6 | 8 | 8 | 8 | “Vatandoshlar” jamoat fondi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 8. | Yangi vatandoshlar jamoat birlashmalari soni. | ta | 15 ta | 2 | 4 | 4 | 5 | |
| 9. | Vatandoshlar ishtirokida tibbiyot, ta’lim va ilm-fan sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar soni. | ta | 15 ta | 2 | 4 | 4 | 5 | |
| 10. | Vatandoshlar jamoat birlashmalariga yetkazib beriladigan badiiy adabiyotlar soni. | ta | 15 000 ta | 2000 | 4000 | 4000 | 5000 | |
| 95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish | ||||||||
| 11. | Ishga joylashtirish bo‘yicha xorijiy tomon bilan kelishuvlar soni. | ta | 2 | - | 1 | - | 1 | Migratsiya agentligi, |
| 12. | Xorijiy tomon bilan kelishuv asosida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxona (vakillik)larini ochish orqali mehnat migrantlariga ko‘rsatilayotgan huquqiy va moddiy yordamlar ko‘lamini oshirish. | ta | - | - | - | - | - | |
| 1.2. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar | ||||||||
| 96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish | ||||||||
| 13. | Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi | - | - | - | - | - | - | O‘zMTRK |
| 97-maqsad: Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish | ||||||||
| 14. | Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi | - | - | - | - | - | - | Mudofaa vazirligi |
| 98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish | ||||||||
| 15. | Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi | - | - | - | - | - | - | Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi |
| 99-maqsad: Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash | ||||||||
| 16. | Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi | - | - | - | - | - | - | Davlat xavfsizlik xizmati |
| 100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish | ||||||||
| 17. | “Yosh kitobxon” tanlovini qo‘shimcha ravishda 6 ta tilda (qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirg‘iz va turkman) o‘tkazish. | xorijiy tillar | 1 ta | - | - | - | 1 | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
| 18. | Ta’lim xorijiy tillarda olib borilayotgan maktablardagi badiiy adabiyotlar fondini boyitish. | ta | 960 000 | - | - | - | 960 000 | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
| 19. | Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar soni. | ta | 100 | 10 | 30 | 30 | 30 | Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi |
| 20. | Do‘stlik jamiyatlari soni. | ta | 46 | - | - | - | 46 | |
| 21. | Birodarlashgan shaharlar soni. | ta | 73 | - | - | - | 73 | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
16-ILOVA
2025-yilda atrof-muhitni asrash yo‘nalishida vazirlik va idoralar tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan
CHORA-TADBIRLAR REJASI
| T/r | Vazifalar | Amaliy chora-tadbirlar | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Hamijrochilar |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi | |||||
| 1. | Oqova suvlarni tozalash samaradorligini oshirish maqsadida 32 ta yirik shaharlardagi oqova suv tozalash inshootlarida avtomatik ravishda namunalar olish tizimini joriy etish. | 1. Avtomatik monitoring qurilmalari bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqish va xarid qilish uchun shartnoma imzolash. 2. Avtomatik monitoring stansiyasini xarid qilish va o‘rnatish. 3. Yuqori samaradorlikka ega lokal suv tozalash inshootlarini o‘rnatish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish. | 2025-yil davomida | Budjetdan ajratilgan mablag‘lar, homiylik va grant mablag‘lari, boshqa manbalar | “O‘zsuvta’minot” AJ, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
| 2. | Noturar bino-inshootlarda energiya samaradorligi bo‘yicha majburiy sertifikatlash tizimini joriy etish. | 1. Xalqaro miqyosda tan olingan ko‘rsatkichlarga muvofiq noturar binolarda energiya samaradorligini sertifikatlashni takomillashtirish. | 2025-yil aprel | Korxonalar mablag‘lari | O‘zenergoinspeksiya, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
| 2. Noturar binolar uchun energiya samaradorligi sertifikatlarini beradigan energiya auditorlarini akkreditatsiya qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | ||||
| 3. Noturar binolarda energiya samaradorligi sertifikatlarini bosqichma-bosqich majburiy etib belgilash. | 2026-yil yanvar | ||||
| 3. | Yangi qurilgan turarjoy va noturar bino va inshootlarda minimal energiya sarfini ta’minlash. | 1. Xalqaro amaliyotda sinovdan o‘tgan va xalqaro miqyosda tan olingan ko‘rsatkichlarga muvofiq binolarning energiya samaradorligining minimal mezonlarini hisoblashning yangi metodologiyasini ishlab chiqish va joriy etish. | 2025-yil sentabr | Korxonalarning o‘z mablag‘lari | Energetika vazirligi, O‘zenergoinspeksiya, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
| 2. Binolar energiya samaradorligining minimal mezonlarini hisoblash metodologiyasiga muvofiq kVt/m² kompleks ko‘rsatkichini hisoblaydigan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | ||||
| 3. Loyihani ishlab chiqish va binolarni foydalanishga topshirish jarayonida barcha yangi va kapital ta’mirlangan binolar uchun energiya samaradorligining minimal mezonlariga mosligini ta’minlash. | 2026-yil fevral | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Qishloq xo‘jaligi vazirligi | |||||
| 4. | Hayvonlarning o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarining tarqalishini hamda boshqa hayvonlarga va odamga o‘tishini oldini olish maqsadida nobud bo‘lgan va otib tashlangan uy va yovvoyi hayvonlarning jasadlarini yo‘q qilish uchun krematoriy va biotermik (Bekkeri) o‘ralarni qurish. | 1. Har bir tuman (shahar)da krematoriy va biotermik o‘ralarni qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish. | 2025-yil dekabr | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi |
| 2. Tanlangan namunaviy loyiha asosida hayvonlarning jasadlarini yo‘q qilish uchun krematoriy va biotermik o‘ralarni qurish. 3. Hayvonlarning jasadlarini yo‘q qilish uchun qurib bitkazilgan krematoriy va biotermik o‘ralarni tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlariga topshirish. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi | ||||
| 5. | Qishloq xo‘jaligida yer resurslarining monitoringini ta’minlash. | 1. Qishloq xo‘jaligi yerlarining (sho‘rlanish, gumus miqdorining o‘zgarishi holatlari) monitoringini yuritish. Oldingi va hozirgi tuproq unumdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligining yagona geoaxborot tizimiga kiritish orqali salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash. Aniqlangan tuproqdagi salbiy holatlarda (sho‘rlanish, eroziya, gumus, azot miqdorini kamayishi va b.) tuproq unumdorligini tiklash, saqlash va oshirish bo‘yicha tegishli hokimliklar bilan birgalikda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2025-yil fevral | - | Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
| 2. Qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining og‘ir metallar va pestitsidlar bilan ifloslanishini monitoring qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish tadbirlarini amalga oshirish. | 2025-yildan boshlab | Hisob-kitoblarga ko‘ra | |||
| 6. | Yer resurslarining degradatsiya sur’atlarini kamaytirish bo‘yicha oldini oluvchi choralar ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. Daryolarning suvini muhofaza qilish va sohil bo‘yi mintaqalarida qirg‘oqni mustahkamlovchi o‘rmonlar va ihota daraxtzorlarni barpo etish. 2. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi hududlarida tuproq degradatsiyasi jarayonlarining sur’atlarini pasaytirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-2026-yillar | Ijrochilarning mablag‘lari | Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
| 3. Tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashish, oldini olish, degradatsiyaga moyil tuproqda ekinlarni almashlab ekish, lalmi yerlarning tuproq degradatsiyasini oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish. | 2025-yil may | Mablag‘ talab etilmaydi | |||
| 7. | Yaylovlardan samarali foydalanish bo‘yicha normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Yaylovlarning bosqichma-bosqich to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini hamda elektron xaritalari ishlab chiqilishini va elektron hisobi yuritilishini ta’minlash. | 1. Yaylov yerlaridan samarali foydalanish, jumladan, ilg‘or xorijiy tajriba asosida yaylovlar tushunchasi va uning huquqiy maqomini qayta ko‘rib chiqish. 2. Yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, yaylovlarni barpo etish. 3. Yaylov yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga, ijaraga berish va boshqa qoidalarni nazarda tutish. 4. Yaylovlarning har bir kontur va foydalanuvchi kesimida elektron xaritalarni yaratish va Qishloq xo‘jaligi vazirligining yagona geoaxborot tizimiga kiritish. | 2025-yil mart | Mablag‘ talab etilmaydi | O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
| 5. Xatlov natijalariga ko‘ra, zaxiradagi bo‘sh turgan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovlar asosida ijaraga berish orqali respublika bo‘yicha yaylovlardan subyektlar kesimida (fermer, dehqon xo‘jaligi va boshqalar) foydalanilishini bosqichma-bosqich ta’minlash. 6. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash va ularning mahsuldorligini oshirish maqsadida istiqbolli ozuqabop yaylov o‘simliklarining birlamchi urug‘chilik maydonlarini tashkil etish. | 2025 — 2028-yillar davomida | Hisob-kitoblarga ko‘ra | |||
| 8. | Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashtirish xalqaro ilmiy markazini tashkil etish. | Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Ikarda” hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashtirish xalqaro ilmiy markazini tashkil etish. | 2025-yil noyabr | - | Tashqi ishlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Suv xo‘jaligi vazirligi | |||||
| 10. | Suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvlarni hisobga olish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish. 2. Suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilish. 3. Tuproq qoplamali kanallarni beton qoplamaga o‘tkazish hamda yopiq quvurli sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti ko‘rsatkichini 0,68 gacha yetkazish. | 2025-yil davomida | Ijrochilarning mablag‘lari | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 11. | Kollektor-drenaj tarmoqlaridagi suvlari sifatining monitoringini olib borish. | 1. Monitoringning yillik dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil fevral | Ijrochilarning mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
| 2. Dala tadqiqotlarini tashkil etish va kollektor-drenaj tarmoqlari suvidan namunalar olish. | 2025-yil mart — noyabr | ||||
| 3. Namunalarni tahlil qilish va olingan natijalarni baholash, meliorativ kadastrni ishlab chiqish. | 2026-yil yanvar | ||||
| 4. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga, manfaatdor vazirlik va idoralarga ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etish. | Doimiy | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |||||
| 12. | An’anaviy energiya xaridi narxiga nisbatan yuqori narxlarni nazarda tutuvchi “yashil tarif”larni joriy etish. | Quyidagilarga an’anaviy energiya xaridi narxiga nisbatan yuqori narxlarni nazarda tutuvchi “yashil tarif”larni joriy etish: yuridik shaxslarning shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi; yuridik shaxslarning chiqindini termik utilizatsiya qilish va biogazni yoqish orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasi; aholining shamol va quyosh manbalaridan olingan va foydalanishda o‘z ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi. | 2025-yil oktabr | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Energetika vazirligi |
| 13. | Davlat xaridlarida “yashil xaridlar”ning ulushini doimiy oshirib borish. | 1. “Yashil xaridlar” ulushini oshirish va rivojlantirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: atrof-muhitga ta’siri kam bo‘lgan, ekologik toza yoki ikkilamchi xomashyo va chiqindilardan tayyorlangan tovarlar ishlab chiqaruvchilariga qulayliklar yaratish; tovarlar ishlab chiqaruvchilar ekotizimini joriy etish. 2. Tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlari jarayonidagi faoliyatini inobatga olgan holda baholashning skoring tizimini joriy etish. | 2025-yil iyun | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 14. | Sohaga sun’iy intellektni joriy etish orqali barqaror, shuningdek, “yashil xaridlar”ni yanada rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Loyihada: davlat xaridlarida “yashil xarid” mezonlarini belgilash; davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik muhitning yaxshilanishiga ko‘maklashadigan yoki atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan (energiya tejovchi mahsulotlarni xarid qilish, tovarlarning hayotiylik davri mezonlaridan foydalanish va boshqa) chora-tadbirlarni nazarda tutish; elektron xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholashda xarid komissiyalarining faoliyatini bosqichma-bosqich qisqartirishni belgilash. | 2025-yil iyul | - | manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 15. | “Yashil xaridlar”ni amalga oshirish bo‘yicha davlat xaridlari subyektlarining bilim va malakalarini oshirish. | 1. “Yashil xaridlar” bo‘yicha qo‘llanmalar, metodik materiallar ishlab chiqish. 2. Har bir hududda “yashil” davlat xaridlarini joriy etish bo‘yicha o‘quv trenerlarini tayyorlash. 3. Hududlarda o‘quv kurslarini o‘tkazish. | 2025-2026-yillar | - | manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 16. | Ekologik toza texnologiyalar va innovatsion yechimlarni qo‘llash orqali ishlab chiqaruvchilarning davlat xaridlaridagi ishtirokini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Loyihada: davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarning “yashil texnologiyalar”dan foydalanishini rag‘batlantirish va ularning ishtirokini qo‘llab-quvvatlash; davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan import tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutish. | 2025-yil noyabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Transport vazirligi | |||||
| 17. | Avtotransport korxonalari, avtovokzallar, avtobekatlarning transport vositalari harakati va yuk ortish-tushirish ishlarini amalga oshirish korxonalarida avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini yanada takomillashtirish. | 1. Avtomobillarni yuvish shoxobchasida hosil bo‘ladigan ishlab chiqarish oqova suvlarini zararli kimyoviy qo‘shimchalar, neft va moy aralashmalaridan tozalanishi uchun samaradorligi 99,5 foizdan kam bo‘lmagan mahalliy tozalash inshootini o‘rnatish. 2. Yer osti suv zaxiralarini neft mahsulotidan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun avtomobillarni yuvish maydonchasi, avtomobil turar joyi, kirish-chiqish yo‘llarining yer maydonini maxsus beton to‘shama bilan qoplash. 3. Ishlab chiqarish oqova suvlari mahalliy tozalash inshootida (maxsus filtr) tozalangandan keyin avtomobillarni yuvish uchun qayta ishlatilishi maqsadida aylanma suv ta’minoti tizimini o‘rnatish. | 2025-2026-yillar | Korxonalarning mablag‘lari | Avtotransport korxonalari, “O‘zsuvta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
| 18. | Respublikaning yirik shaharlarida tirbandliklarning oldini olish va transport vositalarining atmosfera havosiga salbiy ta’sirini kamaytirish. | “Aqlli boshqaruv” tizimini yo‘lga qo‘yish, bunda: ta’lim muassasalarida o‘qish vaqtlarini maqbullashtirish hisobiga tig‘iz vaqtlarda transportga bo‘lgan yuklamani kamaytirish; tig‘iz vaqtlarda katta hajmli va og‘ir vaznli yuk avtomobillarining harakatlanishini cheklash yoki tartibga solish; transport oqimi yuqori bo‘lgan chorrahalarda svetoforlar fazalarini qayta ko‘rib chiqish; chorraha va kesishmalarda muvofiqlashtirilgan svetofor boshqaruvini “aqlli svetoforlar” tizimiga o‘tkazish; shaharlarga kiruvchi asosiy avtomobil yo‘llarida vazn va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni tashkil etish. | 2025-yil davomida | Korxonalarning mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Energetika vazirligi | |||||
| 19. | Energetika sohasida suv ta’minotining aylanma tizimini keng joriy etish. | Suv ta’minotining aylanma tizimini keng joriy etishni ta’minlash va uning umumiy suv iste’molidagi ulushini 30 foizga yetkazish. | 2025-yil davomida | Korxonalarning mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar |
| 20. | Gaz konlarida metan gazining sizib chiqishini oldini olish. | Gaz konlarida metan gazining sizib chiqishini aniqlashda LDAR (Leak Detestion and Repair) texnologiyalarini joriy etish, bunda: gaz konlarida metan sizib chiqishini masofadan zondlash va uchuvchisiz uchish apparatlariga asoslangan zamonaviy tahliliy tizimlar orqali aniqlash; aniqlangan sizish joylarini zudlik bilan ta’mirlash amaliyotini joriy qilish. | 2025-yil dekabr | Korxonalarning mablag‘lari hamda xorijiy grantlar | “O‘zbekneftgaz” AJ |
| 21. | Atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘mir va mazut yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi issiqlik va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalarini chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash. | 1. Ko‘mir va mazut yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalarining ustuvor turg‘un manbalarini chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha 2025 — 2028-yillarga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasida tasdiqlash. | 2025-yil fevral | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 2. Tasdiqlangan dastur asosida birinchi navbatda respublikaning yirik shaharlariga yaqin bo‘lgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarini chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash. | 2025 — 2028-yillar | ||||
| 3. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va Ekologiya vazirligiga har chorakda ma’lumot taqdim etib borish. | Har chorakda | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi | |||||
| 22. | Uran konlari chiqindilari joylashgan hududlarni yer usti va yer osti suvlarida radionuklidlar va toksik metallar miqdorini monitoring qilish | 1. Chotqol-Qurama hududidagi va Zarafshon daryosi vodiysidagi uran konlari chiqindilari joylashgan hududlarda har chorakda radionuklidlar va toksik metallar miqdorini monitoring qilish amaliyotini joriy etish. | 2025-yil martdan boshlab | Mablag‘ talab etilmaydi | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi |
| 2. Monitoring natijalarini har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasi va Ekologiya vazirligiga kiritib borish. | Davomiy | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi | |||||
| 23. | Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan yer maydonlarini rekultivatsiya qilish. | 2 075 gektar buzilgan yer maydonining rekultivatsiya qilinishini ta’minlash, mazkur sohada ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish. | 2025-yil dekabr | Korxonalarning mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
| 24. | Yer osti suvlari ifloslanishining oldini olish va ularni muhofaza qilish, ulardan foydalanish nazoratini hamda monitoringini kuchaytirish. | 1. Yer osti suv sathi pasayib borayotgan hududlardagi kuzatuv quduqlarida o‘lchov ishlarini olib borish. 2. Suv sathi 5 — 20 metrga pasaygan hududlarda ichimlik maqsadlaridan boshqa maqsadlar uchun quduqlar burg‘ilanishini, suv tejovchi texnologiyalarsiz yerlar sug‘orilishini oldini olish choralarini ko‘rish. | 2025-yil davomida | Mablag‘ talab etilmaydi | “O‘zbekgidrogeologiya” DM, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari Ichki ishlar vazirligi |
| 25. | Respublikaning tog‘ va tog‘ oldi hududlarida faol geologik jarayonlar namoyon bo‘ladigan mintaqalarda joylashgan obyektlarda xavfli ekzogen geologik jarayonlar (ko‘chki, yorilish, o‘pirilish, yuvilish, siljib tushish, tosh ko‘chishning hosil bo‘lishi) yuzasidan monitoring tizimini tizimli asosda yuritish. | 1. Respublikaning tog‘ va tog‘ oldi hududlari chegarasida dala tadqiqot ishlarini tashkil qilish va xavfli geologik jarayonlar yuzasidan yuqori tayyorgarlik usulida (fevral-iyun, noyabr-dekabr) va kunlik faoliyatni (yilning qolgan davrida) rejimli kuzatuvni yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil mart | Korxonalarning mablag‘lari | “O‘zbekgidrogeologiya” DM, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Xavfli geologik jarayonlar rivojlanishi ehtimoli bo‘lgan hududlarni aniqlash hamda manfaatdor vazirlik va idoralarni xabardor qilish. | Doimiy | ||||
| 3. Xavfli geologik jarayonlar rivojlanishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va aholini himoya qilish. | Doimiy | ||||
| 26. | Yer osti suvlarining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan foydalanilmayotgan, egasiz, noqonuniy qazilgan yer osti suv quduqlarini yopish. | 1. Respublikada foydalanilmayotgan, egasiz, noqonuniy qazilgan yer osti suv quduqlarini xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil may | - | “O‘zbekgidrogeologiya” DM, Bosh prokuratura, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
| 2. Xatlov natijalariga ko‘ra foydalanilmayotgan, egasiz, noqonuniy qazilgan yer osti suv quduqlarini yopish (tamponaj) qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | ||||
| 3. Tamponaj ishlarini boshlash va har chorakda yopilgan quduqlar bo‘yicha ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi va Ekologiya vazirligiga kiritib borish. | 2025-yil iyuldan boshlab | ||||
| 27. | Chuchuk yer osti suvlaridan hosil bo‘ladigan zonalarni qayta o‘rganib chiqish va ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish. | Chuchuk yer osti suvlari zonalari doirasida chuchuk yer osti suvlari resurslaridan oqilona foydalanish va ularni ifloslanishdan muhofaza qilish bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish. Xatlov natijalaridan kelib chiqqan holda potensial ekologik xavfli obyektlarni aniqlash va chuchuk yer osti suvlarini ifloslantirish va quritib qo‘yishning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | - | “O‘zbekgidrogeologiya” DM, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi |
| 28. | “NKMK” AJning atrof-muhitni muhofaza qilish va issiqxona gazlari tashlanmalarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. “Navoiy KMK” AJning ifloslantiruvchi manbalarida inson omilisiz monitoring olib borish maqsadida namuna olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar o‘rnatish choralarini ko‘rish. | 2025-yil davomida | “Navoiy KMK” AJning mablag‘lari, Ekologiya jamg‘armasi | “Navoiy KMK” AJ |
| 2. Zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish va eskilarini almashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish. | |||||
| 3. Iqlim strategiyasini ishlab chiqish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | |||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Adliya vazirligi | |||||
| 29. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish tizimini yangi darajaga ko‘tarish. | Fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi shaxsning yuz qiyofasi bo‘yicha biometrik ma’lumotlar asosida shaxsni aniqlash tizimini joriy qilish. Bunda Davlat personallashtirish markazining biometrik ma’lumotlar asosida shaxsni aniqlash tizimini Ekologiya vazirligining ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish. | 2025-yil mart | - | Personallashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Milliy gvardiya |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |||||
| 30. | Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida “Eko-innovation — 2025” ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasini tashkil etish. | 1. Innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasini o‘tkazish nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil iyun | Ijrochilar mablag‘lari hisobidan | Innovatsion rivojlanish agentligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Ko‘rgazmani tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish va tasdiqlash. | 2025-yil iyul | ||||
| 3. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Eko-innovation — 2025” ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasini tashkil etish. | 2025-yil sentabr-oktabr | ||||
| 31. | Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi” ilmiy-texnik kengashini tuzish. | 1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi ilmiy loyihalarni ko‘rib chiqish maqsadida ilmiy-texnik kengashlar faoliyatini tahlil qilish. | 2025-yil mart-aprel | Mablag‘ talab etilmaydi | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 2. Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi” ilmiy-texnik kengashini tuzish va uning tarkibini tasdiqlash. | 2025-yil aprel | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi | |||||
| 32. | Ijtimoiy soha obyektlarini chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash. | 1. Maktabgacha ta’lim, maktab, texnikumlar, sog‘liqni saqlash muassasalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish va chiqindi konteynerlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash. 2. Chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash. | 2025-yil avgust | Ijtimoiy soha muassasalariga ajratilgan budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 33. | Ta’lim muassasalarida “Ekologik burchaklar”ni tashkil etish. | 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qo‘l mehnati bilan yaratilgan asarlar, o‘quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar va ijodiy ishlarni o‘z ichiga olgan “Ekologik burchaklar”ni tashkil etish. 2. Maktablarda I va III chorakning so‘ngida “Tabiatni asrashda mening hissam” mavzusida turkum tadbirlarni tashkil etish. 3. O‘quv yili yakunlari bilan respublika miqyosida “Eng namunali eko maktab” tanlovini o‘tkazish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab har yili | Mablag‘ talab etilmaydi | Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik idoralar |
| 34. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ekologik yo‘lakchalar” tashkil etish. | 1. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonlar haqida dastlabki tushunchalarni berish. 2. Muhofaza qilinadigan o‘simlik va hayvonlar rasmlarini chizish orqali tarbiyalanuvchilarda dastlabki ekologik bilimlarni shakllantirish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab har yili | Mablag‘ talab etilmaydi | Ekologiya vazirligi, vazirlik idoralar |
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi | |||||
| 35. | Respublika miqyosida ekologik madaniyatni oshirish maqsadida ommaviy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish. | 1.“Daraxtga nafas bering” ommaviy tadbirini o‘tkazish. | 2025-yil iyul | Ekologiya jamg‘armasi, ijrochilarning mablag‘lari | Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2.“Ekologiyaning yosh himoyachilari” loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | ||||
| 3. “Green Games” ekologik turkum o‘yinlarini o‘tkazish. | 2025-yil oktabr | ||||
| 4. Bog‘, sayilgoh, daraxtzor, yashil vohalar o‘rtasida “Yashil zamin yaratuvchilari” eko-marafonining an’anaviy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish. | 2025-yil dekabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi | |||||
| 36. | “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyini o‘tkazish. | 1. Qurultoyni o‘tkazish bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida ishchi guruhlar tuzish. | 2025-yil may | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Ishchi guruhlar tomonidan takliflarni o‘z ichiga olgan qurultoy dasturining loyihalarini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | ||||
| 3. “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyini o‘tkazish. | 2025-yil avgust | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ullar —Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi | |||||
| 37. | “Yoshlar oyligi” doirasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazish hamda “Ekologiya bilimdonlari” ko‘rik tanlovini o‘tkazish. | 1. “Yoshlar oyligi” doirasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida ishchi guruhlar tuzish. | 2025-yil aprel | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar |
| 2. Ishchi guruhlar tomonidan takliflarni o‘z ichiga olgan turkum tadbirlar dasturi hamda “Ekologiya bilimdonlari” ko‘rik tanlovining nizomini ishlab chiqish. | 2025-yil may | ||||
| 3. “Yoshlar oyligi” doirasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazish hamda “Ekologiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash. | 2025-yil iyun | ||||
| 4. 30-iyun — “Yoshlar kuni” doirasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faol va tashabbuskor bo‘lgan ekofaol yoshlarni rag‘batlantirish. | 2025-yil iyun | ||||
| 38. | Ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan “Eko-oromgoh — 2025”ni tashkil etish. | 1. Ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan “Eko-oromgoh — 2025”ni tashkil etish yuzasidan vazirlik, idoralar va hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish. 2. Hududlar kesimida mahalladagi yoshlar yetakchilari, volontyorlar va ekofaollardan iborat ishtirokchilarni shakllantirish. 3. Oromgoh dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish maqsadida soha mutaxassislari va trenerlarni shakllantirish. | 2025-yil aprel | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi |
| 4. Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohida” 1 haftalik “Eko-oromgoh — 2025”ni tashkil etish va o‘tkazish. | 2025-yil may-iyun | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | |||||
| 39. | Sanoat yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan “Eng maqbul texnologiyalar” axborot-texnik ma’lumotnomalarini joriy qilish. | 1. Xorijiy davlatlarda sanoat yo‘nalishlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha sohalar kesimida “Eng maqbul texnologiyalar” axborot-texnik ma’lumotnomalarini o‘rganish. | 2025-yil iyun | Korxonalar mablag‘lari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. O‘rganishlar natijalariga ko‘ra ularni O‘zbekiston Respublikasi sharoitiga moslashtirish imkoniyatlarini o‘rganish. | 2025-yil sentabr | ||||
| 3. Xorijiy davlatlarning “Eng maqbul texnologiyalar” axborot-texnik ma’lumotnomalarini moslashtirish bo‘yicha taklif kiritish. | 2025-yil dekabr | ||||
| Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Bosh prokuratura | |||||
| 40. | G‘isht zavodlarida ekologik talablarga amal qilinishi bo‘yicha nazorat tadbirlarini amalga oshirish. | G‘isht zavodlarining xomashyo bazasini qonuniyligini, tuproq karyerlarida rekultivatsiya ishlarining amalga oshirilganligi, yer qa’ridan foydalanish loyiha hujjatlariga mosligi yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Mablag‘ talab etilmaydi | Ichki ishlar vazirligi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
17-ILOVA
2025-yilda atrof-muhitni asrash bo‘yicha xalqaro hamkorlik yo‘nalishida chora-tadbirlarni amalga oshirish
REJASI
| T/r | Xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilotning nomi | Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar | Mas’ul idoralar | Kutilayotgan natijalar |
| I. Xalqaro konvensiyalar va shartnomalar | ||||
| 1. | BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi (1992-yil 9-may, Rio-de-Janeyro, Braziliya) O‘zbekiston 1994-yil 21-martda qo‘shilgan | 1. BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 30-sessiyasiga (2025-yil 10 — 21-noyabr, Belem sh., Braziliya) tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. BMT Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda Uchinchi Milliy darajada aniqlanadigan hissalarni (NDC 3.0) ishlab chiqish. 3. Vazirlik va idoralar bilan birgalikda sektoral yo‘nalishlar bo‘yicha milliy manfaatdan kelib chiqqan holda qo‘shma takliflar ishlab chiqish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Braziliyada bo‘lib o‘tadigan SOR30 doirasida O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida amalga oshirilib kelayotgan islohotlarni namoyon etuvchi milliy pavilyon tashkil etiladi. 2. Milliy pavilyonda 20 dan ortiq tematik qo‘shma tadbirlar tashkil etiladi. 3. O‘zbekistonning Parij bitimi doirasida belgilangan majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatkichlari yangilanadi va dunyo hamjamiyatiga taqdim etiladi. |
| 2. | Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya (1992-yil 5-iyun, Rio-de-Janeyro, Braziliya) O‘zbekiston 1995-yil 17-oktabrda qo‘shilgan | 1. “Kunmin-Monreal Global biologik xilma-xillik maqsadlari” dasturini milliy darajada aniqlash va tatbiq etish bo‘yicha grant mablag‘larini jalb etish. 2. Konvensiyaning doimiy byurosiga O‘zbekiston vakili nomzodini ilgari surish. 3. 2025-yil 25 — 27-fevral kunlari moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etish. 4. Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaning Genetik resurslarga kirish va foyda almashishni nazorat qilish to‘g‘risidagi Nagoya protokoliga qo‘shilish. 5. Biologik xilma-xillikni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda milliy hisobotni tayyorlash. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Biologik xilma-xillikni asrash va ekotizimlarni tiklashga qaratilgan grant mablag‘lari jalb etiladi va yangi grant loyihalariga start beriladi. 2. O‘zbekiston Konvensiyaning yordamchi organida hamrais sifatida davlat manfaatlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 3. Global darajada belgilangan biologik xilma-xillik maqsadlari milliy sharoitlarga integratsiya qilinadi. 4. Genetik resurslarni boshqarish bo‘yicha xalqaro ma’lumotlar va ekspertlar bazasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi. |
| 3. | BMTning Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish konvensiyasi (1994-yil 14-oktabr, Bonn, Germaniya) O‘zbekiston 1995-yil 31-oktabrda qo‘shilgan | 1. BMTning O‘rmonlar bo‘yicha forumida (2025-yil 5 — 9-may, Nyu-York, AQSH) BMT Bosh Assambleyasining “Degradatsiyaga uchragan va qurg‘oq hududlarda barqaror o‘rmonzorlarni barpo etish, daraxt ekish va ularni targ‘ib qilish — ekologik muammolarga qarshi kurashishning samarali yechimi” rezolyutsiyasini keng targ‘ib qilish. 2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish choralarini ko‘rish. 3. Konvensiyaning yig‘ilishlarida tizimli ravishda mas’ul vakillarning ishtirok etishini ta’minlash. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi. 2. Mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash va shaharlarni yashillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborot dunyo hamjamiyatiga yetkaziladi hamda bilim va tajribalar almashiladi. 3. “Yashil makon” umummilliy loyihasini Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida kengaytirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi. |
| 4. | Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (1973-yil 3-mart, Vashington, AQSH) O‘zbekiston 1997-yil 8-oktabrda qo‘shilgan | 1. Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya tomonlari yig‘ilishining 20-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazish (2025-yil 24-noyabr — 5-dekabr). 2. O‘zbekistonda flora va fauna turlarining xalqaro savdosi bo‘yicha yillik hisobotni tayyorlash va konvensiya kotibiyatiga taqdim etish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Konvensiya imzolanganligining 50 yillik yubileyi Samarqand shahrida 180 dan ortiq davlatdan 3 500 dan ortiq delegatlar ishtirokida nishonlanadi. 2. O‘zbekistonning biologik xilma-xillikni muhofaza qilish yo‘nalishida milliy va global darajada amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari global miqyosda yoritiladi. 3. Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi fauna va flora turlarining xalqaro savdosini tartibga solish bo‘yicha 300 dan ortiq Konvensiya qaror va rezolyutsiyalari qabul qilinadi hamda ularning barchasida “Samarqand” nomi aks ettiriladi. |
| 5. | Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiya (1979-yil 6-noyabr, Bonn, Germaniya) O‘zbekiston 1998-yil 1-sentabrda qo‘shilgan | 1. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan “Ustyurt platosida yovvoyi tabiatni muhofaza etish memorandumi”ni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish (2025-yil 11-12-mart, Ostona, Qozog‘iston). 2. Markaziy Osiyo sutemizuvchilar tashabbusi ishtirokchi davlatlarining 3-yig‘ilishini o‘tkazish (2025-yil 24 — 26-iyun, Toshkent). 3. Konvensiya Doimiy qo‘mitasining ishida faol ishtirok etish va yig‘ilishlarida (2025-yil 25 — 27-mart, Bonn, Germaniya) qatnashish. 4. Buxoro bug‘usining Konvensiyaning 1-ilovasidan chiqarish masalasini ishlab chiqish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida Ustyurt platosida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 2. Buxoro bug‘usini saqlash va uni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar jahon hamjamiyatiga taqdim etiladi hamda Konvensiyaning ilovasidan chiqarish orqali mazkur turning xalqaro maqomi ijobiy tomonga o‘zgaradi. 3. O‘zbekistonning Konvensiya tomonlari konferensiyasiga raisligi doirasida bir necha qo‘shma tadbirlar amalga oshiriladi. |
| 6. | Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to‘g‘risidagi konvensiya (1971-yil 2-fevral, Ramsar, Eron) O‘zbekiston 2002-yil 8-fevralda qo‘shilgan | 1. Konvensiya Doimiy qo‘mitasining 64-yig‘ilishida ishtirok etish hamda O‘zbekiston vakili nomzodini Doimiy qo‘mitaning raisi o‘rinbosari lavozimiga ilgari surish. 2. Germaniya hukumati ko‘magida O‘zbekistondagi suvli-botqoqli hududlarni muhofaza etish hamda turistik salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar rejasini ishlab chiqish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. O‘zbekistonning so‘nggi yillarda Konvensiyaning xalqaro ro‘yxatiga kiritilgan 3 ta obyekt haqida ma’lumot keng yoritiladi. 2. Suvda suzuvchi qushlar uchun xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoqli hududlarni boshqarish bo‘yicha tegishli strategiya loyihasi ishlab chiqiladi. |
| 7. | Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel konvensiyasi (1989-yil 22-mart, Bazel, Shveysariya) O‘zbekiston 1996-yil 7-mayda qo‘shilgan | 1. Bazel konvensiyasi tomonlar konferensiyasi 17-sessiyasiga (2025-yil 28-aprel — 9-may, Jeneva, Shveysariya) tayyorgarlik ko‘rish. 2. Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish bo‘yicha yillik hisobotni kotibiyatga taqdim etish. 3. Konvensiyaning yig‘ilishlarida tizimli ravishda mas’ul vakillarning ishtirok etishini ta’minlash. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish bo‘yicha milliy ekspertlar salohiyati mustahkamlanadi. 2. Mazkur yo‘nalishda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Konvensiya yig‘ilishlarida bayon etiladi. |
| 8. | Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi (2001-yil 22-may, Stokgolm, Shvetsiya) O‘zbekiston 2019-yil 28-iyunda qo‘shilgan | 1. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda qiymati 4 mln yevroga teng “Zaharli kimyoviy moddalar va xavfli chiqindilarni boshqarish va Bazel, Stokgolm va Rotterdam konvensiyalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishda yordam berish” grant loyihasini amalga oshirish. 2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi kimyoviy laboratoriyasi moddiy-texnik bazasini takomillashtirish. 3. Stokgolm konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 12-sessiyasiga (2025-yil 28-aprel — 9-may, Jeneva, Shveysariya) tayyorgarlik ko‘rish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. O‘zbekistonda zaharli kimyoviy moddalar va xavfli chiqindilarning yagona onlayn reyestri ishlab chiqiladi. 2. Xavfli kimyoviy moddalarni boshqarish milliy strategiyasi ishlab chiqiladi hamda vazirlik huzurida Kimyoviy markaz tashkil etiladi. 3. Qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladigan pestitsidlar va o‘g‘itlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 4. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy markazining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. |
| 9. | Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaga bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxena protokoli (2000-yil 29-yanvar, Kartaxena, Kolumbiya) O‘zbekiston 2019-yil 14-oktabrda qo‘shilgan | 1. BMT FAO bilan hamkorlikda qiymati 2,0 mln AQSH dollariga teng “O‘zbekiston Respublikasida Kartaxena protokoliga muvofiq bioxilmaxillikni targ‘ib qilish, o‘simliklar genetik resurslaridan barqaror foydalanishni rag‘batlantirish va bioxavfsizlik bo‘yicha qonunchilik bazasini joriy etish” grant loyihasini amalga oshirish. 2. Kartaxena protokoliga muvofiq bioxilmaxillikni targ‘ib qilish, o‘simliklar genetik resurslaridan barqaror foydalanishni tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy asoslarni ishlab chiqish va bunda xalqaro ekspertlarni jalb etish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. O‘zbekistonda bioxavfsizlik siyosatini yuritish tartibi ishlab chiqiladi hamda Kartaxena protokoliga muvofiq xalqaro normalarga integratsiya qilinadi. 2. Global bioxavfsizlik dasturini O‘zbekistonda tatbiq etish va genetik resurslarni boshqarish bo‘yicha texnik va bilim salohiyati mustahkamlanadi. 3. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda sohaga qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb etish uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi va xorijiy donor tashkilotlarga moliyalashtirish uchun yuboriladi. |
| 10. | Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Monreal bayonnomasi (1987-yil 16-sentabr, Monreal, Kanada) O‘zbekiston 1993-yil 18-mayda qo‘shilgan | 1. Monreal bayonnomasi Kigali tuzatmasiga qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini ishlab chiqish. 2. Monreal bayonnomasi tomonlar yig‘ilishining 36-sessiyasiga (2025-yil 28-oktabr — 1-noyabr, Bangkok, Tailand) tayyorgarlik ko‘rish. 3. Konvensiyaning yig‘ilishlarida tizimli ravishda mas’ul vakillarning ishtirok etishini ta’minlash. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Gidroftoruglerodlar (NFCs) ishlab chiqarish va iste’molini bosqichma-bosqich kamaytirish orqali atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlarining miqdorini sezilarli darajada qisqartirish ishlari olib boriladi. 2. Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xalqaro hamjamiyatga yetkaziladi. |
| 11. | Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya (1972-yil 16-noyabr, Parij, Fransiya) O‘zbekiston 1995-yil 22-dekabrda qo‘shilgan | 1. Ko‘hitang tog‘ tizmasida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasi (O‘zbekiston Respublikasi) va Qo‘ytendog‘ qo‘riqxonasi (Turkmaniston) mutaxassislari hamda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari bilan YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga nomzodnoma tayyorlash uchun 2025-yil iyul oyiga qadar onlayn yig‘ilish o‘tkazish. 2. Obyektning O‘zbekistondan o‘tgan qismi bo‘yicha 2027-yil dekabrga qadar nomzodnomani tayyorlash va muvofiqlashtirish uchun Turkmaniston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasiga taqdim etish. 3. Nomzodnomani Turkmaniston davlati bilan birgalikda 2025-yil sentabr oyida YUNESKOga texnik ekspertizaga topshirish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda YUNESKO Butunjahon merosi komissiyasiga taqdim etish uchun nomzodnoma loyihasi ishlab chiqiladi. 2. O‘zbekiston va Turkmanistonning milliy ekspertlarining o‘zaro tashriflari amalga oshiriladi. 3. Obyektni boshqarish bo‘yicha O‘zbekiston va Turkmaniston davlatlarining tegishli mutaxassislari ishtirokida xalqaro qo‘mita tuziladi. |
| 12. | Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi konvensiya (1998-yil 25-iyun, Orxus, Daniya) | 1. Konvensiya doirasidagi yig‘ilishlarida tizimli ravishda mas’ul vakillarning ishtirok etishini ta’minlash. 2. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti (Green University) bazasida ekologik axborot-resurs markazini tashkil etish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. O‘zbekiston Respublikasi Orxus konvensiyasiga qo‘shilishi ta’minlanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasiga muvofiq ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi. 3. Jahon hamjamiyatiga O‘zbekistonning ekologiya sohasida ochiqlik siyosati yo‘nalishidagi islohotlari keng namoyon etiladi. |
| 13. | Xalqaro savdoda ayrim xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan oldindan asoslangan kelishuv tartib-taomili to‘g‘risidagi Rotterdam konvensiyasi (1998-yil 11-sentabr, Rotterdam, Gollandiya) | 1. Rotterdam konvensiyasi tomonlar konferensiyasi 12-sessiyasiga (2025-yil 28-aprel — 9-may, Jeneva, Shveysariya) tayyorgarlik ko‘rish. 2. Yevropa Ittifoqining texnik ko‘magini hamda xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda konvensiyaga qo‘shilish bo‘yicha asoslarni ishlab chiqish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Xalqaro savdoda ayrim xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan oldindan asoslangan kelishuv tartib-taomili to‘g‘risidagi Rotterdam konvensiyasiga qo‘shilish maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlanadi. 2. Konvensiyaga a’zo davlatlarning a’zo bo‘lishiga qadar va a’zolik davrida duch kelgan muammolari o‘rganiladi. |
| II. Xalqaro tashkilotlar | ||||
| 14. | BMT Atrof-muhit Dasturi (UNEP) (1972-yil 5-iyun, Nayrobi, Keniya) O‘zbekiston 1992-yil 2-martda qo‘shilgan | BMT Atrof-muhit dasturining O‘zbekistonda vakolatxonasi ochilishi masalasini ko‘rib chiqish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. BMT Atrof-muhit dasturining O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishning huquqiy asoslari ishlab chiqiladi. 2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakili tashkilotning Doimiy vakillar qo‘mitasida sohada qabul qilinayotgan qarorlar ishlab chiqilishida ishtiroki ta’minlanadi. |
| 15. | Global ekologik jamg‘arma (GEF) (1991-yil 15-oktabr, Vashington, AQSH) O‘zbekiston 2008-yil 22-yanvarda qo‘shilgan | 1. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti (Green University) negizida atrof-muhitni saqlash bo‘yicha Global ekologik jamg‘armaning maxsus grant dasturini ishlab chiqish. 2. Donorlar yig‘ilishini 2026-yilning may-iyun oylarida O‘zbekistonda tashkil etish taklifini ishlab chiqish. 3. Jamg‘armaning 9-moliyalashtirish sikli doirasida amalga oshirish uchun grant loyihalar dasturini shakllantirish va doimiy muzokaralar o‘tkazib borish. 4. Vazirlik mutaxassislarining Global ekologik jamg‘arma tomonidan amalga oshiriladigan treninglarda ishtirokini ta’minlash hamda kotibiyatiga tajriba almashishga yuborish choralarini ko‘rish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Global ekologik jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladigan yangi grant loyihalari ishga tushiriladi. 2. 2026 — 2030-yillar uchun 9-moliyalashtirish sikliga topshirish uchun grant loyihalari to‘plami ishlab chiqiladi. 3. 2026-yilda tashkilotning 8-assambleyasini Samarqand shahrida o‘tkazish bo‘yicha huquqiy asoslari ishlab chiqiladi. 4. Tashkilot tomonidan tashkil etiladigan onlayn va oflayn seminar va treninglarda mahalliy yosh mutaxassislarning ishtirok etishi ta’minlanadi. |
| 16. | Yashil iqlim jamg‘armasi (GCF) (2010-yil dekabr, Kankun, Meksika) O‘zbekiston 2014-yil 6-iyulda qo‘shilgan | 1. Yashil iqlim jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasida mintaqaviy byurosini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borish va Hukumatga taklif kiritish. 2. Yashil iqlim jamg‘armasi moliyaviy resurslaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish uchun O‘zbekiston milliy agentliklari va tijorat banklarini akkreditatsiya qilish choralarini ko‘rish. 3. Jamg‘armaning grant va kredit mablag‘larini jalb etish uchun loyihalar to‘plamini shakllantirish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Yashil iqlim jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasida mintaqaviy byurosini ochish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi va uning huquqiy asoslari ishlab chiqiladi. 2. Tashkilotning moliyaviy resurslaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish uchun O‘zbekiston milliy agentliklari va tijorat banklarini akkreditatsiya qilish choralari ko‘riladi. 3. Jamg‘armaning grant va kredit mablag‘larini jalb etish uchun loyihalar to‘plami shakllantiriladi. |
| 17. | BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) (1947-yil 28-mart, Jeneva, Shveysariya) O‘zbekiston 1993-yil 30-iyulda qo‘shilgan | 1. O‘zbekiston Respublikasi ekologik faoliyati samaradorligining to‘rtinchi sharhini (ORED-4) ishlab chiqish. 2. ORED-4ni ishlab chiqish maqsadida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YEIK) ekspert guruhi missiyasining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish. 3. BMT YEIK ekologik siyosat bo‘yicha komissiyasi ishida faol ishtirok etish hamda komissiya yig‘ilishlarida hamraislik qilish. 4. Tashkilotning bosh qarorgohida O‘zbekistonning ekologik va turistik salohiyatini namoyon etuvchi tematik eksponatni o‘rnatish choralarini ko‘rish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. O‘zbekiston Respublikasi ekologik faoliyati samaradorligining to‘rtinchi sharhini (ORED-4) ishlab chiqish maqsadida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YEIK) ekspert guruhi missiyasining O‘zbekistonga tashrifi amalga oshiriladi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. 2. O‘zbekistonning so‘nggi 5 yillikda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan islohotlari xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan baholanadi va islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. 3. Tashkilotning ekologik siyosat bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishlarida Markaziy Osiyo mintaqasi nomidan hamraislik qilinadi. |
| 18. | Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) (1948-yil 5-oktabr, Fontenblo, Fransiya) O‘zbekiston 2021-yil 20-oktabrda qo‘shilgan | 1. Tabiatga asoslantirilgan yechimlar va ekotizimlarni asrashga qaratilgan loyihalar portfelini kengaytirish. 2. Yosh tadqiqotchilar va yosh kadrlarning malakasini oshirish maqsadida tashkilot vakolatxonalariga stajirovkaga yuborish masalasini ko‘rib chiqish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida Ittifoqning birinchi vakolatxonasi Toshkentda ochiladi. 2. Ittifoq bilan hamkorlikda umumiy qiymati 20 mln AQSH dollaridan ortiq grant mablag‘lari jalb qilinadi. 3. Respublikadagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar kadrlarining salohiyati institutsional mustahkamlanadi va rivojlanadi. 4. O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari kadastri, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobini ishlab chiqishda Ittifoqning xalqaro standartlari va metodologiyasi joriy qilinadi. |
| 19. | BMTning turarjoylar bo‘yicha dasturi (UN-Habitat) (1978-yil, Nayrobi, Keniya) | Tashkilot bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish orqali aholining turmush tarzini yaxshilash va qulay ekologik sharoit yaratish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va kommunal xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar | 1. Tashkilot bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash orqali shahar hududlarida aholi uchun qulay va sog‘lom ekologik muhit yaratish hisobiga ularning turmush sifatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 2. Shahar ekologiyasini yaxshilashga qaratilgan xalqaro standartlar va innovatsion yondashuvlar joriy etiladi. 3. Nayrobidagi Bosh qarorgohda tematik maydon orqali O‘zbekistonning boy ekologiyasi, tabiiy resurslari va turistik salohiyati keng namoyish etiladi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
18-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida “Yashil turizm” dasturini amalga oshirish
CHORA-TADBIRLARI REJASI
| T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbasi | Mas’ul ijrochilar |
| 1. | “Yashil mehmonxona” mexanizmini joriy etish. | 1. Xorijiy tajribani o‘rganish. | 2025-yil mart | Mablag‘ talab etilmaydi | Turizm qo‘mitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
| 2. “Yashil mehmonxona” talablarini ishlab chiqish. | 2025-yil may | ||||
| 3. Bosqichma-bosqich joriy etish. | 2025-yil davomida | ||||
| 2. | Mehmonxonalarda yashil hududlarni ko‘paytirishni targ‘ib qilish. | 1. Mehmonxonada yashil hududni ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2025-yil fevral | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Turizm qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Tadbirkorlar orasida keng targ‘ib qilish. | Doimiy ravishda | ||||
| 3. | “Yashil mehmonxona” tizimini joriy qilgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish. | 1. Yangi mehmonxonalar uchun subsidiya ajratishda “yashil mehmonxona” talabini kiritish. | 2025-yil iyun | Mablag‘ talab etilmaydi | Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Yangi tartibni tadbirkorlar orasida keng targ‘ib qilish. | Doimiy ravishda | ||||
| 4. | Xorijiy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat davomida “Karbon pass” tizimini ishlab chiqish. | 1. Sayohat bosqichlarida uglerod chiqishi hisob-kitobini taqdim etish. | 2025-yil iyul | Ijrochilar mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
| 2. Turistlar tomonidan atrof-muhitga zararni qoplash tizimini joriy etish. | 2025-yil oktabr | ||||
| 5. | Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy tajribasi asosida mehmonxona va ovqatlanish maskanlarida tejamkor sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilishini targ‘ib qilish. | 1. Xorijiy tajribani o‘rganish. | 2025-yil mart | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Tejamkor sanitariya-gigiyena shoxobchalari bo‘yicha taqdimot tayyorlash. | 2025-yil aprel | ||||
| 3. Turizm yo‘nalishidagi tadbirkorlar orasida targ‘ibot ishlarini olib borish. | Doimiy ravishda | ||||
| 6. | Turizm obyektlarida bir martalik plastiklardan qayta ishlanadigan mahsulotlarga o‘tish. | 1. Qayta ishlanadigan mahsulotlar joriy qilishni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Turizm qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Tadbirkorlar bilan bir martalik plastikni kamaytirish bo‘yicha manzilli ishlash. | Doimiy ravishda | ||||
| 7. | Milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar hududida namunali tashrif markazi (Visit center), glemping, kapsula va modulli mehmonxonalar tashkil etish. | 1. Milliy bog‘ va qo‘riqxonalarda tegishli hududlarni belgilash. | 2025-yil may | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Turizm qo‘mitasi |
| 2. Tashrif markazi (Visit center), glemping, kapsula va modulli mehmonxonalar uchun joylarni o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlarga ajratish. | 2025-yil davomida | ||||
| 8. | Tog‘li hududlarda zamonaviy treking-marshrutlar va kemping-hududlarni tashkil etish. | 1. Treking-marshrutlar va kemping hududlarni belgilash. | 2025-yil aprel | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Turizm qo‘mitasi |
| 2. Ekoturizm uchun zarur infratuzilmani yaratish. | 2025-yil oktabr | ||||
| 9. | 20 ta “yashil turizm” infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirish. | 1. “Yashil turizm” infratuzilma loyihalarining ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil fevral | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
| 2. Tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash. | 2025-yil davomida | ||||
| 10. | Eko va yashil turizm marshrutlaridan kelib chiqib, tog‘li va olis hududlarda yangi dor yo‘llarini tashkil etish. | 1. Yangi dor yo‘llarini tashkil etish joylarini belgilash. | 2025-yil may | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Turizm qo‘mitasi |
| 2. Mahalliy va xorijiy investorlar bilan manzilli ishlarni tashkil etish. | 2025-yil davomida | ||||
| 11. | Turizm namoyishi obyektlari hududlarida “avtomobildan xoli hudud” tizimini tashkil qilish. | 1. Turizm namoyishi obyektlari hududlarida “avtomobildan xoli hudud”ni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Mablag‘ talab qilinmaydi | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Madaniy meros agentligi |
| 2. Aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida “avtomobildan xoli hudud” tizimini targ‘ib qilish. | 2025-yil davomida | ||||
| 12. | Umumiy ovqatlanish maskanlarida organik, vegan va diabetik hamda kaloriyalar ko‘rsatilgan menyularni joriy qilish. | 1. Organik, vegan va diabetik menyular namunalarini tayyorlash. | 2025-yil mart | Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. Ekspertlarni jalb qilgan holda tadbirkorlar uchun seminarlar tashkil etish. | 2025-yil davomida |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
19-ILOVA
2025-yilda hududlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarini joriy etish
REJASI
| T/r | Hudud nomi | Quyosh panellari | Mahallalarda o‘rnatiladigan kichik fotoelektr stansiyalari | Mini va mikro gidroelektr stansiyalari | Gidroelektr stansiyalar | Yirik | Jami quvvati (MVt) | |||||
| fotoelektr stansiyalari | shamol elektr stansiyalari | |||||||||||
| Soni | Quvvati | Soni (dona) | Quvvati (MVt) | Soni (dona) | Quvvati (MVt) | Soni (dona) | Quvvati (MVt) | Quvvati (MVt) | Quvvati (MVt) | |||
| Respublika bo‘yicha (jami) | 74 172 | 784,9 | 300 | 107,80 | 1 184 | 65,7 | 5 | 159,9 | 2 763 | 752 | 5 633,2 | |
| 1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 7 046 | 35,3 | 24 | 9,5 | 5 | 2,0 | 100 | 146,8 | |||
| 2. | Andijon viloyati | 5 655 | 56,8 | 23 | 8,3 | 458 | 23,8 | 1 | 6,9 | 100 | 195,8 | |
| 3. | Buxoro viloyati | 2 356 | 25,2 | 23 | 7,2 | 21 | 0,3 | 250 | 652 | 934,6 | ||
| 4. | Jizzax viloyati | 4 895 | 51,4 | 23 | 10,6 | 80 | 16,6 | 200 | 278,6 | |||
| 5. | Qashqadaryo viloyati | 4 379 | 55,7 | 23 | 11 | 147 | 4,6 | 1 | 24 | 95,3 | ||
| 6. | Navoiy viloyati | 1 586 | 25,8 | 21 | 5,1 | 70 | 1,0 | 650 | 681,9 | |||
| 7. | Namangan viloyati | 5 800 | 55,8 | 23 | 7,9 | 13 | 0,9 | 1 | 23 | 800 | 887,5 | |
| 8. | Samarqand viloyati | 7 647 | 90,5 | 23 | 7 | 30 | 5,5 | 103,0 | ||||
| 9. | Surxondaryo viloyati | 4 410 | 38,9 | 24 | 11,1 | 87 | 2,1 | 1 | 16 | 68,0 | ||
| 10. | Sirdaryo viloyati | 2 111 | 34,9 | 23 | 7,5 | 24 | 4,7 | 47,1 | ||||
| 11. | Toshkent viloyati | 12 972 | 75,0 | 23 | 7,3 | 131 | 3,1 | 1 | 90 | 213 | 388,4 | |
| 12. | Farg‘ona viloyati | 6 753 | 60,5 | 23 | 8,3 | 4 | 0,2 | 450 | 518,9 | |||
| 13. | Xorazm viloyati | 2 938 | 34,3 | 24 | 7 | 110 | 0,9 | 100 | 142,2 | |||
| 14 | Toshkent shahar | 5 624 | 144,9 | 0 | 0 | 4 | 0,0 | 144,9 | ||||
| 15. | Respublika hududlarida yirik fotoelektr va shamol elektr stansiyalari (eng maqbul hududlar tanlanadi) | 1 000 | ||||||||||
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
20-ILOVA
2025-yilda bahor-kuz mavsumlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxtlarni ekish bo‘yicha
REJA
| ming ko‘chat | |||||||||||
| T/r | Hudud nomi | Mahallalar soni (ta) | Jami ekiladigan ko‘chatlar soni | shundan: | |||||||
| kambag‘al oilalar xonadoniga 20 tupdan | yakka yolg‘iz keksalar xonadoniga 10 tupdan | “mahalla yettiligi” a’zolariga 10 tupdan | ko‘chaboshi (uyboshi) larga 20 tupdan | mavjud “mahalla bog‘lari”ga 50 tupdan | yangi “mahalla bog‘lari”ga 500 tupdan | servis kompaniyalari tashkil etilgan mahallada 1 ga maydonda 1000 tupdan | targ‘ibot asosida 4 tupdan | ||||
| ko‘chatlar soni | ko‘chatlar soni | ko‘chatlar soni | ko‘chatlar soni | ko‘chatlar soni | ko‘chatlar soni | ko‘chatlar soni | ko‘chatlar soni | ||||
| Respublika bo‘yicha: | 9452 | 32424,7 | 5497,6 | 180,6 | 1170,0 | 3122,5 | 293,7 | 1367,1 | 182,8 | 20610,4 | |
| 1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 452 | 2021,6 | 271,2 | 14,5 | 27,4 | 264,7 | 14,4 | 82,0 | 17,0 | 1330,6 |
| 2. | Andijon viloyati | 909 | 3067,5 | 545,4 | 22,4 | 53,0 | 196,7 | 29,6 | 159,0 | 16,0 | 2045,5 |
| 3. | Buxoro viloyati | 544 | 2787,6 | 353,7 | 17,8 | 37,2 | 75,2 | 26,7 | 2,4 | 3,8 | 2270,8 |
| 4. | Jizzax viloyati | 309 | 1277,9 | 185,4 | 5,2 | 19,4 | 159,3 | 10,1 | 54,0 | 13,0 | 831,6 |
| 5. | Qashqadaryo viloyati | 828 | 3475,0 | 569,9 | 6,9 | 49,7 | 275,3 | 8,1 | 60,5 | 16,0 | 2488,6 |
| 6. | Navoiy viloyati | 330 | 974,5 | 198,0 | 3,1 | 20,7 | 94,8 | 13,2 | 40,0 | 11,0 | 593,8 |
| 7. | Namangan viloyati | 788 | 2457,8 | 472,8 | 29,6 | 45,5 | 161,5 | 30,6 | 88,0 | 14,0 | 1615,8 |
| 8. | Samarqand viloyati | 1126 | 4884,2 | 675,6 | 19,7 | 658,6 | 722,0 | 36,4 | 199,5 | 16,0 | 2556,5 |
| 9. | Surxondaryo viloyati | 724 | 2629,3 | 434,4 | 6,2 | 42,5 | 263,9 | 23,0 | 132,5 | 11,0 | 1715,8 |
| 10. | Sirdaryo viloyati | 239 | 1021,4 | 168,4 | 22,6 | 16,7 | 139,8 | 7,1 | 48,5 | 11,0 | 607,4 |
| 11. | Toshkent viloyati | 1025 | 2062,3 | 615,0 | 3,5 | 60,5 | 210,0 | 33,3 | 179,5 | 22,0 | 938,5 |
| 12. | Farg‘ona viloyati | 1062 | 3855,7 | 637,2 | 23,8 | 63,0 | 305,1 | 34,5 | 186,0 | 19,0 | 2587,2 |
| 13. | Xorazm viloyati | 531 | 1665,4 | 318,6 | 2,4 | 31,8 | 162,4 | 16,3 | 103,0 | 13,0 | 1018,0 |
| 14. | Toshkent shahar | 585 | 244,4 | 52,0 | 3,2 | 44,0 | 92,1 | 10,7 | 32,2 | – | 10,2 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
21-ILOVA
2025-yilda bahor mavsumida mahallalarda xonadonlar va ichki ko‘chalarga gul hamda qalamchalarni ekish bo‘yicha
REJA
| ming ko‘chat | |||||||||
| Hudud nomi | Mahalla soni (ta) | ularga ekiladigan | Ichki ko‘chalar soni (ta) | ularga ekiladigan | |||||
| Rayhon (20 tupdan) | Gultoji (10 tupdan) | Atirgul (5 tupdan) | Rayxon (1000 tupdan) | Gultoji (500 tupdan) | Atirgul (200 tupdan) | terak va manzarali daraxtlar (50 tupdan) | |||
| Respublika bo‘yicha jami: | 9 452 | 116 962,5 | 58 445,1 | 29 376,7 | 103 778 | 104 894,8 | 52 502,8 | 21 062,9 | 5 248,9 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 452 | 6386,3 | 3193,2 | 1596,6 | 5215 | 5215,0 | 2607,5 | 1043,0 | 260,8 |
| Andijon viloyati | 909 | 12095,9 | 6048,0 | 3024,0 | 5262 | 5262,0 | 2631,0 | 1052,4 | 263,1 |
| Buxoro viloyati | 544 | 7506,1 | 3753,1 | 1876,5 | 2438 | 5086,0 | 2543,0 | 1017,2 | 254,3 |
| Jizzax viloyati | 309 | 4566,4 | 2283,2 | 1141,6 | 7765 | 7765,0 | 3882,5 | 1553,0 | 388,3 |
| Qashqadaryo viloyati | 828 | 9638,0 | 4819,0 | 2409,5 | 13764 | 13791,0 | 6895,5 | 2752,8 | 688,2 |
| Navoiy viloyati | 330 | 3366,4 | 1683,2 | 841,6 | 5284 | 5284,0 | 2642,0 | 1087,4 | 264,2 |
| Namangan viloyati | 788 | 10357,6 | 5178,8 | 2589,4 | 7017 | 7017,0 | 3508,5 | 1403,4 | 350,9 |
| Samarqand viloyati | 1126 | 14755,3 | 7377,6 | 3688,8 | 8689 | 8689,0 | 4344,5 | 1737,8 | 434,5 |
| Surxondaryo viloyati | 724 | 9715,9 | 4858,0 | 2429,0 | 4344 | 4344,0 | 2172,0 | 868,8 | 217,2 |
| Sirdaryo viloyati | 239 | 2247,4 | 1144,0 | 577,0 | 4845 | 3286,8 | 1790,3 | 716,1 | 169,9 |
| Toshkent viloyati | 1025 | 10659,6 | 5329,8 | 2664,9 | 11835 | 11835,0 | 5917,5 | 2367,0 | 591,8 |
| Farg‘ona viloyati | 1062 | 14180,0 | 7090,0 | 3545,0 | 12735 | 12735,0 | 6367,5 | 2547,0 | 636,8 |
| Xorazm viloyati | 531 | 7211,3 | 3605,6 | 1802,8 | 8571 | 8571,0 | 4285,5 | 1714,2 | 428,6 |
| Toshkent shahar | 585 | 4276,5 | 2081,8 | 1190,0 | 6014 | 6014,0 | 2915,5 | 1202,8 | 300,7 |
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2025-y., 06/25/16/0119-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son; 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida2-10-2025, 11:29
Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi mavzusida targ`ibot va tushuntirish ishlari27-08-2025, 14:59
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida2-10-2025, 11:10
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini sohaga oid tekshiruvlar tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma10-06-2025, 16:07
Manfaatlar to`qnashuvi28-08-2025, 15:45











