Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrug‘i
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 2-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3622]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son “Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2025-yil 19-martdagi 171-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:buyrug‘i
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 2-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3622]
1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 39-mh-son “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2861, 2017-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 137-modda);
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-maydagi 295-mh-son “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2861-1, 2018-yil 25-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2861-1/1278-son).
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-may,
10-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 1-maydagi 10-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini (bundan buyon matnda ma’lumotlar bazasi deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish, shuningdek unga kiritish uchun ma’lumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilaydi.1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.2. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari va ularning xodimlarini hisobga olish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) rasmiy hamda “Yurist.adliya.uz” veb-saytlarida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi yagona, hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazasini yaratish va uning yangilab turilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
3. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasi tegishincha Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
4. Vazirlik va hududiy adliya organlari davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan yuridik xizmatlar xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari, ulardan yuridik xizmat faoliyatiga doir boshqa tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab olishga haqli.
2-bob. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish hamda unga kiritish uchun ma’lumot taqdim etish
5. Yuridik xizmat xodimlariga oid ma’lumotlar “Yurist-adliya” elektron tizimi orqali yuritiladi.6. Ma’lumotlar bazalari tegishlicha Vazirlikning Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va hududiy adliya organlaridagi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchilari tomonidan shakllantiriladi va muntazam ravishda elektron shaklda davlat tilida yuritiladi.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari to‘g‘risidagi axborot Vazirlikka, tuman (shahar) hokimliklari va viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari to‘g‘risidagi axborot hududiy adliya organlariga taqdim etiladi.
8. Davlat organlari va tashkilotlari tegishli yil yakunlangandan so‘ng, keyingi yilning yanvar oyi 10-sanasiga qadar tegishli adliya organiga mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi ma’lumotlarni yozma va elektron shaklda taqdim etadi.
Taqdim etilgan ma’lumotlar yil davomida o‘zgargan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari o‘n kun muddatda tegishli ma’lumotni adliya organiga yuborishi lozim.
3-bob. Yakuniy qoidalar
9. “Yurist-adliya” elektron tizimidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishi uchun mas’uliyat tegishlicha Vazirlikning Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek hududiy adliya organlaridagi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchilari zimmasiga yuklatiladi.10. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Vazirlikning Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Yuridik xizmatlar xodimlari haqida
MA’LUMOT
| T/r | F.I.O | Tug‘ilgan yili va oyi | Tamomlagan ta’lim muassasasi va vaqti | Lavozim (ish joyi ko‘rsatilgan holda) | Martaba darajasi (berilgan vaqti) | Ish joyi manzili va yuridik xizmat xodimining elektron pochtasi | Xizmat va uyali telefon raqami | Egallab turgan lavozimga qabul qilingan vaqt | Yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish staji | Shundan yuridik xizmatdagi ish staji (9-ustundan) | Yuridik kadrlarni qayta tayyorash va malakasini oshirish institutida malakasini oshirgan vaqti (sertifikatning seriyasi, raqami, berilgan hamda amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda) | Attestatsiyadan o‘tgan vaqti (guvohnomaning seriyasi, raqami, berilgan hamda amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda) |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | |
| 1. | ||||||||||||
| 2. | ||||||||||||
| 3. | ||||||||||||
| .... |
mazkur shaklning 6 va 7-ustunlaridagi ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, bu haqda yuridik xizmat xodimi tomonidan bir ish kuni ichida tegishli adliya organiga og‘zaki ravishda ma’lum qilinishi;
barcha ma’lumotlar qog‘oz hamda elektron shaklda taqdim etilishi;
yuridik xizmat xodimlarining ma’lumotnomalari (obyektivkalari) mazkur shaklga ilova qilgan holda taqdim etilishi shart.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida
MA’LUMOT
| T/r | Davlat organi va tashkilotining nomi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan me’yorlarga asosan tashkil etiladigan yuridik xizmat shtat birliklari soni | Haqiqatda tashkil etilgan yuridik xizmat shtat birliklari soni | Shtat birliklarida ishlayotgan yuridik xizmat xodimlari soni | Yuridik xizmatdagi bo‘sh ish o‘rinlari soni | Bo‘sh ish o‘rinlaridagi lavozimlarning oylik maoshi | Yuridik xizmat xodimlari bo‘sh ish o‘rinlarining lavozimlari | |||||||
| Yuridik departament (aniq ko‘rsatiladi) | Boshqarma boshlig‘i (aniq ko‘rsatiladi) | Yuridik bo‘lim (aniq ko‘rsatiladi) | Byuro boshlig‘i (aniq ko‘rsatiladi) | Bosh yuriskonsult (aniq ko‘rsatiladi) | Yetakchi, katta yuriskonsult (aniq ko‘rsatiladi) | Katta yuriskonsult (aniq ko‘rsatiladi) | Yuriskonsult (aniq ko‘rsatiladi) | |||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | |
| 1. | ||||||||||||||
| 2. | ||||||||||||||
| 3. | ||||||||||||||
| .... | ||||||||||||||
barcha ma’lumotlar qog‘oz hamda elektron shaklda taqdim etilishi shart.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 10/25/3622/0415-son)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida25-09-2025, 14:38
Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlash haqida25-09-2025, 11:01
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida25-09-2025, 14:42
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida25-09-2025, 14:58
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida26-09-2025, 09:27











