Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Me'yoriy-huquqiy hujjatlar / O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari » Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida

Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida

6-11-2025, 11:13
26
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublikada oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, sohaga investitsiya mablag‘larini jalb qilish va eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 6,1 milliard AQSH dollaridan va ularning yillik eksporti hajmi 510 million AQSH dollaridan oshdi.
Shuningdek, oxirgi uch yilda import o‘rnini bosuvchi 75 turdagi 289,9 million AQSH dollari miqdoridagi oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarilishi ta’minlanib, import hajmi 7,4 foizga kamaydi. Respublika sanoatida oziq-ovqat sanoati ulushi 14 foizdan 16,6 foizga oshdi.
Keyingi besh yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, yangi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish, bozorda raqobatbardosh mahsulotlar turini yanada kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hisobiga yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravarga va eksport ko‘rsatkichlarini 2 baravarga oshirish maqsadida:
1. Oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun:
a) “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 80 million AQSH dollari va “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” hamda “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihalari doirasida jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 40 million AQSH dollarini yo‘naltirish bo‘yicha Jahon banki va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, tijorat banklari bilan birgalikda:
2024-yil 1-iyulga qadar “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida jalb qilingan 100 million AQSH dollarini oziq-ovqat yo‘nalishidagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish masalasini Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan kelishsin;
qayd etib o‘tilgan xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 45 million AQSH dollarini belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hamda eksport qiluvchi korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlashga yo‘naltirsin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
a) xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 220 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar 2024-yil 1-martga qadar tijorat banklariga yo‘naltiriladi. Bunda tijorat banklari tomonidan yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada:
oziq-ovqat yo‘nalishidagi, sohada mahsulot yetishtirishdan tortib uni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun — 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan;
aylanma mablag‘lar uchun — 18 oy muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan imtiyozli kreditlar ajratiladi;
b) eksport qiluvchi korxonalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 1-martdan boshlab Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi resurslari hisobidan oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun 2 yil muddatgacha ular tomonidan oxirgi 12 oy davomida eksport hajmi:
100 ming AQSH dollaridan 1 million AQSH dollarigacha bo‘lganda — 100 ming AQSH dollarigacha;
1 million AQSH dollaridan 2 million AQSH dollarigacha bo‘lganda — 1 million AQSH dollarigacha;
2 million AQSH dollaridan 4 million AQSH dollarigacha bo‘lganda — 2 million AQSH dollarigacha;
4 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda — 3 million AQSH dollarigacha moliyaviy resurslar ajratiladi.
Bunda:
moliyaviy resurslar yillik 4 foiz stavkadan (shundan 2 foizi bank marjasi) oshmagan miqdorda taqdim etiladi;
eksport qiluvchilar tomonidan aylanma mablag‘lar olingandan so‘ng kelgusi yilda eksport hajmi kamida 20 foizga oshmagan taqdirda, imtiyozli kredit tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi;
v) oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari va eksport qiluvchilar tomonidan xorijiy davlatlarda savdo uyi va do‘konlarini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming AQSH dollarigacha mablag‘ni xorijiy hisob raqamlarga o‘tkazishga ruxsat beriladi.
3. Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda kichik sanoat zonalari tarkibida oziq-ovqat sanoati texnoparklarini tashkil etish yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqib, tegishli qarorlarni ko‘rib chiqish uchun tegishincha xalq deputatlari viloyat Kengashlariga kiritsin. Bunda:
moliyalashtirish manbai sifatida xorijiy moliya institutlari mablag‘lari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, tijorat banklarining kredit resurslari hamda tadbirkorlarning o‘z mablag‘larini belgilash;
oziq-ovqat sanoati texnoparklarida amalga oshiriladigan asosiy faoliyat dasturlarini ishlab chiqish;
tadbirkorlik subyektlari uchun oziq-ovqat sanoati texnoparklarida bevosita va raqamli xizmatlar ko‘rsatish tizimini joriy etish;
xalqaro va mahalliy mutaxassislarni jalb etgan holda, yoshlarni kasbga hamda oziq-ovqat mahsulotlarini mustaqil tayyorlashga o‘rgatish maydonchasi tashkil etishni nazarda tutsin.
4. Belgilansinki:
a) kichik sanoat zonalari uchun tatbiq etilgan imtiyozlar ular tarkibida tashkil etilgan oziq-ovqat sanoati texnoparklariga ham joriy qilinadi;
b) kichik sanoat zonalari tarkibidagi oziq-ovqat sanoati texnoparklarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun ajratiladigan yer uchastkalari bo‘yicha mablag‘lar elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblari tomonidan uch yil davomida teng ulushlarda to‘lab beriladi;
v) 2024-yil 1-yanvardan:
Xalqaro akkrediatsiya forumi (IAF) tomonidan ko‘p tomonlama tan olish bitimiga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda zarur bo‘lgan uskuna va laboratoriya jihozlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, lekin 500 million so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
yillik tushumida tayyor oziq-ovqat mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan hamda har yili 1 million dollardan ortiq hajmdagi eksportni amalga oshiruvchi mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, marketolog, dizayner va xalqaro standartlar bo‘yicha xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ularga hisoblangan ish haqining 30 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 barobaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
Bunda, mazkur kichik banddagi tadbirlarni moliyalashtirish manbai etib Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar, xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish, oziq-ovqat sanoati uchun zarur bo‘lgan laboratoriya uskunalarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni hamda injener-texnolog, marketolog, dizayner va xalqaro standartlar bo‘yicha xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlasin.
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasining maqsadli indikatorlari 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida 2024 — 2028-yillarda oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash hamda aholining barcha qatlamlari sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun tabiiy, moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik boshqaruv tizimlarini joriy qilish;
erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan mexanizmlar orqali strategik ahamiyatga ega qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning xomashyo zaxiralarini yaratish;
oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash jarayonida tabiiy va texnogen ofatlar, global siyosiy va iqtisodiy inqirozlar, pandemiya, harbiy amaliyot va boshqa hodisalarning salbiy ta’siri oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish, shuningdek, xabardor qilish va monitoring platformasini yaratish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun ijtimoiy himoya milliy tizimlarini takomillashtirish va ularning barqarorligini ta’minlash;
jamoatchilikni keng jalb qilgan holda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari va ularga rioya qilish amaliyotlarini keng targ‘ib etish.
8. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Aripov):
Strategiyada belgilangan ustuvor vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi va bu boradagi ko‘rsatkichlarga erishish ustidan doimiy monitoring yuritish va natijalarning xalqaro reytinglarda aks ettirilishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilasin;
ikki oy muddatda Strategiyaning har bir asosiy yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat tarkibda doimiy ishlovchi ishchi guruhlarni xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlar grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda shakllantirish choralarini ko‘rsin;
Strategiya va “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari o‘z muddatida va sifatli ishlab chiqilishi hamda belgilangan tartibda kiritilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlasin;
har chorakda Strategiya va “yo‘l xaritasi” bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot taqdim etib borsin.
Belgilansinki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategiyani va “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini tahliliy va tashkiliy jihatdan ta’minlaydi.
9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Statistika agentligi:
2025-yil 1-martga qadar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning bozordagi narx-navolari to‘g‘risidagi doimiy, ishonchli va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan “Elektron agrosanoat bozori” axborot tizimini ishga tushirib, Milliy axborot platformasi bilan integratsiyasini ta’minlasin.
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
aholining oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bilan birgalikda asosiy import qiluvchi mamlakatlarda ichki bozorlardagi narxlar dinamikasi, mahsulot yetishtirish prognozlari, ularning o‘zgarishlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirsin hamda har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
2024-yil 1-martga qadar oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish infratuzilmasini zamon talablari asosida rivojlantirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, dehqon bozorlarida mahsulotlarni bevosita yetishtiruvchilar tomonidan iste’molchilarga sotish bo‘yicha alohida rastalarni tashkil etish hamda oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash imkoniyatlarini yaratish inobatga olinsin.
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda oziq-ovqat sanoatini xomashyo bilan kafolatli ta’minlash maqsadida ijtimoiy daftarlarga kirgan fuqarolarga va dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yerlardan samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga qiziqishini oshirish va mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqib, 2024-yil 1-aprelga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrga qadar:
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy sabzavot ekinlarining serhosil, kasalliklarga va qurg‘oqchilikka chidamli mahalliy navlarini yaratish, ularning urug‘chiligini tashkil etish hamda ichki bozorni mahalliy urug‘liklar bilan ta’minlash dasturini;
global iqlim o‘zgarishiga moslashish hamda mavjud resurslardan unumli foydalanish maqsadida suv ta’minoti yomon bo‘lgan va lalmi yerlarda moyli ekinlar va boshqa oziq-ovqat ekinlari hamda chorva ozuqa ekinlarini tuproqqa “nol” ishlov berish (No-Till) texnologiyasi asosida yetishtirish dasturini;
qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib tuproqning sho‘rlanish darajasini pasaytirishda sho‘r yuvish tadbirini biologik usullarga almashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar ijtimoiy daftarlarga kirgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlarini bozor narxlarida xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yoshlarni oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga qiziqishini oshirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda qadoqlangan o‘simlik yog‘ini raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini 2024-yil 1-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
16. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev, qishloq xo‘jaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-fevral,
PF-36-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga
 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziqlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan
STRATEGIYASI
Umumiy qoidalar
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, mavjud yer, suv va boshqa resurslardan yanada oqilona foydalanish, zamonaviy va intensiv texnologiyalarni qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar asta-sekin o‘z samarasini bermoqda.
Xususan, ekin maydonlaridan yil davomida samarali foydalanish hisobiga asosiy, oraliq va takroriy ekin sifatida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ekinlari ekilib, ulardan yuqori hosil yetishtirilib, nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorlarda ham savdo hajmini oshirishga imkoniyat yaratildi.
Agrar va oziq-ovqat sohalarining har bir tarmog‘ini yangi va integratsiyalashgan yondashuv asosida boshqarishga o‘tilishi, ushbu tarmoqlarning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan bir qatorda, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va qo‘shimcha qiymatni va mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oziq-ovqat xavfsizligini va sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash zarurati davlat siyosatini yangicha va xalqaro tan olingan ilg‘or amaliyotga yondashgan holda yuritishni talab etmoqda.
Sababi, bugungi kunda atrof-muhit va tabiiy resurslarga insonlar va hayvonot olamining ta’siri kuchayib borishi, barqaror bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi amaliyotlari, isrofgarchilik, ilg‘or va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi oziq-ovqat balansi bo‘yicha farqning o‘sayotganligi, iqlim isishi, suv tanqisligi, biologik xilma-xillikning kamayib borishi, tuproq unumdorligining pasayib, degradatsiyaga uchrashi bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bundan tashqari, 2025-yilga borib O‘zbekiston o‘rtacha darajadan yuqori daromad oladigan mamlakatlar qatoriga kirishi maqsad qilingan. Bu iste’molchilarning turmush tarzi, xulq-atvor andozalari, ovqatlanish ratsioni tegishli tarzda o‘zgarishiga olib keladi.
Shularni e’tiborga olgan holda, ovqatlanish me’yorlarini joriy qilish (shu jumladan, zarur nutriyentlar mavjud bo‘lishi, zararli moddalar, turli qo‘shimchalar, veterinariya preparatlari, bo‘yoqlar, ta’m beruvchilar, emulgatorlardan foydalanishni hamda mahsulotlarni tayyorlash, ishlov berish, tashish va saqlash texnologiyalariga rioya etilishini nazorat qilish), shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat qiymat zanjiridagi barcha jarayonlarni takomillashtirish uchun yanada samarali qo‘llab-quvvatlash, nazorat va tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish zarur.
O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston aholisi uchun oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishning xalqaro miqyosda tan olingan ta’riflariga muvofiq — oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi, foydalana olish imkoniyati, iste’mol, barqarorlik va doimiyligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashningstrategikmaqsadi — mamlakat aholisini yetarli hajmda xavfsiz, sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda hozirgi va istiqboldagi iste’mol ehtiyojlari va ratsion me’yorlari darajasida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilishdan iborat.
Shu bilan birga, Strategiyada O‘zbekistonning turli xalqaro tashkilotlar va savdo kelishuvlariga a’zo bo‘lishida mamlakat aholisining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirish zarurati hisobga olingan.
Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash masalasi O‘zbekiston barqaror rivojlanishining ajralmas qismi bo‘lib, unga to‘rtta maqsadni amalga oshirish orqali erishish kerak:
1-maqsad. O‘zbekistonning barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimini barcha uchun yetarli darajada oziq-ovqat mavjud bo‘lishini ta’minlash maqsadida mustahkamlash. Quyidagilar ushbu maqsadga erishish uchun eng muhim vazifalar hisoblanadi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash;
oziq-ovqat ta’minoti zanjirida mahsulotlar yo‘qotilishi va isrofgarchiligini kamaytirish;
tabiiy resurslar, yer, suv va oziq-ovqat zaxiralarini barqaror boshqarish;
transchegaraviy hayvonlar kasalliklari va o‘simliklar zararkunandalariga qarshi kurashish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi, chorva hayvonlari mahsuldorligini barqaror oshirish uchun qishloq joylarda maslahat-axborot tizimlarini va bilimlarni oshirish xizmatlarini takomillashtirish.
2-maqsad. Har bir insonda oziq-ovqatdan foydalanish imkoniyati bo‘lishi uchun inklyuziv, samarali va bog‘langan bozorlarni yaratish. Quyidagilar ushbu maqsadga erishish uchun eng muhim vazifalar hisoblanadi:
kichik xo‘jaliklarning qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat qiymat zanjirlariga kirish imkoniyatini yaxshilash;
qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash va kambag‘allikni qisqartirish uchun bozor raqobatini va bog‘liqligini kuchaytirish;
ichki bozorlarning xalqaro savdo tizimi bilan bog‘liqligini mustahkamlash.
3-maqsad. Sog‘lom oziq-ovqat muhitida to‘yimli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish va tananing o‘zlashtira olishini rag‘batlantirish. Quyidagilar ushbu maqsadga erishish uchun eng muhim vazifalar hisoblanadi:
sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishni (diyetani) targ‘ib qilish;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va mustahkamlash;
oziq-ovqatlardan samarali foydalanish uchun ularni ishlab chiqarish muhitini yaxshilash.
4-maqsad. Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashdagi barcha jarayonlarda barqarorlikka erishish. Quyidagilar ushbu maqsadga erishish uchun eng muhim vazifalar hisoblanadi:
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari hamda ular bozorlarining tabiiy-texnogen ofatlar va iqlim o‘zgarishi xavflariga chidamliligini kuchaytirish;
ishlab chiqarish quvvatlari va bozor aloqalarini aniq dastur va “yo‘l xaritalari” asosida tizimli tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarda oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash imkoniyatlarini oshirish.
Mazkur Strategiya ikkita asosiy bo‘limdan iborat:
I bo‘lim — Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi uchta ustuvor yo‘nalishni qamrab oladi:
1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda aholining barcha qatlamlari sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun tabiiy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik boshqaruv tizimlarini joriy qilish.
2. Favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun samarali bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan strategik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining davlat nazorati ostidagi zaxirasini yaratish.
3. Tabiiy va texnogen ofatlar, global siyosiy va iqtisodiy inqiroz, pandemiya, harbiy amaliyot va boshqa hodisalarning salbiy ta’sirida yuzaga keladigan xavf-xatarlarni monitoring qilish platformasini yaratish.
II bo‘lim — Sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash bo‘limi ikkita ustuvor yo‘nalishni qamrab oladi:
1. Aholining barcha qatlamini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun ijtimoiy himoyaning milliy tizimlarini takomillashtirish va ularning barqarorligini ta’minlash;
2. Oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligi darajasini oshirish uchun jamoatchilikni keng jalb qilgan holda sog‘lom ovqatlanish va oziqlanish tamoyillari, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlari va ularga rioya etish amaliyotlarini targ‘ib qilish.
I bo‘lim. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
Oziq-ovqat xavfsizligi — aholining barcha qatlamlarini sog‘lom va faol hayot kechirishlari uchun jismoniy, ijtimoiy, iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularning iste’mol ehtiyojlarini to‘liq qoplash, xavfsizlik ko‘rsatkich me’yorlariga muvofiqligini ta’minlash, yuqori ozuqaviy qiymatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sharoitlarini kafolatlovchi davlatning iqtisodiy holati.
1.1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda aholining barcha qatlamlari sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun tabiiy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik boshqaruv tizimlarini joriy qilish.
Mamlakatimizda yil sayin ko‘payib borayotgan aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo‘lish imkoniyati bilan ta’minlashda mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida 2016 — 2022-yillarda jami 329 ming gektar paxta va g‘alla yer maydonlari maqbullashtirilib, o‘rniga yuqori rentabelli oziq-ovqat va ozuqa ekinlari joylashtirildi.
Shu bilan birga, 2023-yilda yana qo‘shimcha 93 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, aholiga dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga yer ajratildi.
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida erishilgan ijobiy natijalar bilan birga tabiiy resurslardan maqbul va barqaror foydalanishda xavf-xatar soluvchi bir qator muammo va kamchiliklar yuzaga kelgan.
Bugungi kunda respublikamizdagi jami 21,2 million gektar yaylov yerlarning 16,9 million gektari (79,5 %) foydalanishda bo‘lib, qolgan 4,3 million gektari o‘rmon yer fondi va davlat zaxirasiga olingan.
2023-yilgacha 10,3 million gektar yaylov yerlarda o‘tkazilgan geobotanik tadqiqotlarga ko‘ra 703 ming gektar (7,7 %) yaylov yerlar degradatsiyaga uchrab, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz holga kelib qolgan.
Bugungi kunda 2,0 mln gektardan (65 %) ortiq sug‘oriladigan yerlarning gumus miqdori 1 foizdan past darajaga tushib qolganligi, 44 foizi turli darajada, jumladan 14 foizi o‘rta va kuchli darajada sho‘rlanganligi ekinlardan ko‘zlangan hosilni olishga va ushbu qishloq xo‘jaligi yerlaridan barqaror foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ushbu masalalarni milliy darajada hal etish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
1.1.1. Yer resurslaridan samarali foydalanish:
qishloq xo‘jaligi yerlarini asrash, qayta tiklash va ularning unumdorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish va oqilona foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish;
suv resurslarining hozirgi va kelajakdagi shakllanish manbalari hamda zaxirasini inobatga olgan holda foydalanilmayotgan yerlarni qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritishni davom ettirish.
1.1.2. Suv resurslaridan samarali foydalanish:
sug‘orish uchun suv resurslari manbalarining yetishmovchiligini baholash;
suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ko‘lamini kengaytirish, rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;
global isish va iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan suv tanqisligi va qurg‘oqchilikka qarshi hamda yo‘qotiladigan mahsulotlar o‘rnini alternativ mahsulotlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish.
1.1.3. Investitsiyalarni jalb etish:
oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan infratuzilmalarga investitsiyalar yo‘naltirishni kuchaytirish;
aholiga kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish maqsadida chekka hududlarda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish;
ishlab chiqaruvchilardan yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish, qayta ishlash, saqlash va sotish uchun agrologistika markazlari faoliyati va xizmatlarini raqamlashtirish;
oziq-ovqat xavfsizligiga davlat yordamini kuchaytirish maqsadida (barqaror qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, suv va energiya ta’minotidan barqaror foydalanish, iqlimdan oqilona foydalanish, qayta ishlash va saqlash uchun maqbul ishlab chiqarish amaliyotlari hamda hosildan keyingi yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan) subsidiyalar ajratish bo‘yicha yagona siyosat olib borilishini va platforma ishlab chiqilishini ta’minlash;
dehqon bozorlari infratuzilmalarini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish va xususiy sarmoyalarni jalb qilish dasturini qabul qilish.
1.1.4. Xalqaro tajribalarni qo‘llash:
oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha amaldagi qonunchilikni xalqaro standartlar talablariga va ilg‘or tajribalarga muvofiqlashtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida” qonunini qabul qilish;
oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xalqaro kelishuvlar hamda mintaqalararo integratsiyani rivojlantirish;
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan va boshqa xalqaro hamda milliy normalar va standartlarga muvofiq aholi sonining o‘sishiga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi, foydalana olish imkoniyati, iste’mol, barqarorligi va doimiyligini tahlil qilish hamda ta’minlash choralarini ko‘rish.
1.1.5. Atrof-muhit muhofazasini ta’minlash:
iqlim o‘zgarishi, tabiiy yoki texnogen ofatlarning (toshqinlar, qurg‘oqchilik, harorat o‘zgarishi va boshqa omillar) atrof-muhit va ekologiyaga ta’sirini muntazam baholab borish hamda ularni tahlil qilish natijalariga ko‘ra zarur moslashish va salbiy ta’sirlarni yumshatish choralarini ko‘rish;
oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash va o‘rashda inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan moddalarni chiqarmaydigan, mahsulot xususiyatlarining yaxshi saqlanishi va xavfsizligini ta’minlaydigan, qayta ishlanadigan yoki atrof-muhitga zarar yetkazmasdan foydalanish yoki yo‘q qilish mumkin bo‘lgan materiallarni ishlatish orqali ekologik tizimga salbiy ta’sirni kamaytirish;
o‘simliklarni himoya qilishning ekologik xavfsiz (biologik va tabiiy) usullarini keng qo‘llash hamda ekinlar hosildorligini ekologik va ilmiy asosda oshirish;
iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sir etuvchi CO2, metan va boshqa chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keluvchi CO2, metan va boshqa chiqindilarni monitoring qilish va bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko‘rish.
1.2. Favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun samarali bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan strategik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining davlat nazorati ostidagi zaxirasini yaratish.
O‘zbekistonda boshoqli don ekinlari maydonining kengayishi (paxta maydonining mos ravishda qisqarishi hisobiga) va hosildorlikning sezilarli darajada oshishi natijasida bug‘doy ishlab chiqarish 2016-yilda 6,4 million tonnani, 2023-yilda esa 7,1 million tonnani tashkil qildi.
Bug‘doy yetishtirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar sezilarli darajada oshganligiga qaramasdan, aholi sonining o‘sishi hisobiga iste’mol uchun mo‘ljallangan bug‘doyning 28 foiz qismi xorijiy davlatlardan import qilinadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda aholi jon boshiga bug‘doy iste’moli yiliga o‘rtacha 244 kilogrammni tashkil etib, bu ko‘rsatkich aksariyat mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori hisoblanadi.
So‘nggi yillarda bug‘doy uni importi kamayib (2011-2012-yillarga nisbatan 2019-2020-yillarda 70 foizga kamaygan), mahalliy qayta ishlash korxonalari sonining oshishi hisobiga don sotib olish hajmi ko‘paydi. Bug‘doy importi yiliga o‘rtacha 3 million tonnani tashkil etmoqda.
Bu yuqori sifatli bug‘doy uniga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondirish bilan birga ehtiyojdan ortiq qismini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatini yaratdi (asosan Afg‘oniston davlatiga 970 ming tonna).
Shu bilan birga jami oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga nisbatan importi ham oshib bormoqda (2022-yilda 20 foiz).
Mahsulotni saqlash tizimlaridan foydalangan holda, muhim oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarining barqarorligini ta’minlay oladigan oziq-ovqat mahsulotlarining strategik zaxirasini yaratish, shuningdek, tabiiy va texnogen ofatlar zararlarining oldini olish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ta’minot zanjirida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda aholiga, ayniqsa jamiyatning zaif qatlamlariga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘z vaqtida zarur mahsulotlarga ega bo‘lish va bu mahsulotlarning mavjudligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish talab etiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi zaxirasini yaratishning samarali bozor mexanizmlarini joriy etishda quyidagilar amalga oshiriladi:
1.2.1. Urug‘chilik va naslchilikni rivojlantirish:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga o‘tkazilgan urug‘lik don tayyorlash korxonalarini to‘liq modernizatsiya qilish hamda faoliyatini xususiy sektor bilan hamkorlikda tashkil etish;
yuqori sifatli g‘alla urug‘lari yetishtirishni yangi, bozorga asoslangan rag‘batlantirish tizimlari orqali qo‘llab-quvvatlash;
biofortifikatsiya texnologiyalarini rag‘batlantirish maqsadida don, dukkakli, meva, sabzavot, shakarqamish va boshqa tegishli ekinlarda mikroelementlarga boy mavjud mahalliy navlarga yo‘naltirilgan urug‘chilikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
chorvachilik tarmoqlarini barqaror rivojlantirish uchun naslchilik ishlarini jadallashtirish.
1.2.2. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish:
oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchilarning kooperativlarini ixtiyoriy ravishda tashkil etish va rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha maqsadli dasturni qabul qilish, oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shilgan qiymatini ko‘paytirish va yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida qayta ishlash korxonalari “kooperatsiya-klaster” usulidagi aloqalarni rivojlantirish;
intensiv usulda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turi, navi, ko‘lami va ularning ekin maydonlarini kengaytirish;
qishloq xo‘jaligi bo‘yicha maqsadli ilmiy loyihalar orqali meva-sabzavot, qand lavlagi, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarning mahalliy mahsuldor navlarini ko‘paytirish va ularni fermerlar tomonidan o‘zlashtirish va yetishtirishni targ‘ib qilish;
bug‘doy unini tibbiy me’yor doirasida tabiiy mikroelement va vitaminlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqarish;
moyli ekinlar maydoni va hosildorligini oshirish orqali o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish hamda muhim vitaminlar va minerallarga boy sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishning bir qismini tashkil etadigan to‘yimli o‘simlik yog‘larini ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
bozor mexanizmlariga mos rag‘batlantirish tizimini joriy etish hisobiga chorva va parrandalar sonini, go‘sht, sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmlarini aholi sonining o‘sishiga mutanosib ravishda oshirib borish;
baliq mahsulotlari ishlab chiqarishda samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy intensiv texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, baliqchilikning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni jalb etishga va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rim-yig‘imdan keyingi jarayonlari, jumladan, to‘g‘ri saqlash, tashish, ishlov berish hamda mahsulotlarning savdosi bo‘yicha mahsulot yetishtiruvchilar va aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv seminarlari va treninglar tashkil etish.
1.2.3. Oziq-ovqat mahsulotlari milliy zaxiralarini va narxlari barqarorligini ta’minlash:
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki iste’mol bozorida strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, go‘sht, sut, shakar, o‘simlik yog‘i) mahsulotlari narxlari keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “balans-zaxira-intervensiya” tizimining erkin bozorga asoslangan samarali mexanizmlarini joriy etish. Bunda, uy xo‘jaliklarining oziq-ovqat zaxirasi va iste’moli bo‘yicha ma’lumotlarini har yili monografik tadqiqotlar olib borish orqali shakllantirish;
milliy inqiroz yoki favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen ofatlar, iqtisodiy, sog‘liqni saqlash, tashqi siyosat barqarorligi buzilishi) yetarli miqdorda oziq-ovqat zaxiralarining mavjudligini ta’minlash maqsadida milliy strategik g‘alla va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini samarali boshqarishni yo‘lga qo‘yish;
oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini yaratish va boshqarishda korrupsiya hamda siyosiy aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik;
barcha asosiy eksport bozorlarida hamda respublikamiz ichki bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlar dinamikasi, yetishtirish prognozlari, ularning o‘zgarishlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi (banki)ni shakllantirish.
1.2.4. Xorijiy hamkorlikni rivojlantirish:
aholi sonining o‘sishi, yer va suv resurslari cheklanganligini inobatga olib, g‘alla, moyli ekinlar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini hamkor qo‘shni davlatlarda yetishtirib, xomashyo va hosilni O‘zbekistonga olib kelish, saqlash va qayta ishlash choralarini ko‘rish;
zarur hollarda savdo tahlillari asosida ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lgan noan’anaviy mahsulotlarga ehtiyojni import hisobidan qoplash;
xalqaro hamkorlar va ekspertlar bilan oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash masalalarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish.
1.3. Tabiiy va texnogen ofatlar, global siyosiy va iqtisodiy inqiroz, pandemiya, harbiy amaliyot va boshqa hodisalarning salbiy ta’sirida yuzaga keladigan xavf-xatarlarni monitoring qilish platformasini yaratish.
Oziq-ovqat xavfsizligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldindan aniqlash, baholash va boshqarish, ogohlantirish hamda monitoring qilish bo‘yicha yagona tizim yaratilmagan.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va dasturlarni monitoring qilish, ma’lumotlarni o‘z vaqtida, ishonchli va sifatli taqdim etish, qabul qilish, tahlil qilish va tarqatish uchun sohaning mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:
1.3.1. Raqamli texnologiyalarni joriy etish:
oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan uy xo‘jaliklarida so‘rovlar o‘tkazish orqali (asosiy va monitoring ko‘rsatkichlariga muvofiq) oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tahlil qilish va muvofiqlashtirish;
oziq-ovqat xavfsizligini baholash uchun idoralararo integratsiyalashgan raqamli tizimni yaratish orqali oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha Milliy axborot platformasini ishga tushirish hamda ushbu platforma doirasida xalqaro standartlar va usullar asosida monitoring o‘tkazish;
Strategiyani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha manfaatdor vazirlik va idoralar uchun tarmoq boshqaruvida axborot tizimlari muvofiqligini takomillashtirish;
minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini Milliy axborot platformasi bilan integratsiya qilish.
1.3.2. Xalqaro kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilish:
Xalqaro darajada ishlab chiqilgan hisoblash va tahliliy dasturlar (Global Food Systems Dashboard, FAOSTAT, UN COMTRADE, World Development Indicators, Global Food Security Indicators va boshqa) ma’lumotlarini to‘plash, tahlil qilish, xulosa va takliflar tayyorlash hamda indikatorlarni Milliy axborot platformasida joriy etish.
II bo‘lim. Sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash
Sog‘lom ovqatlanish (nutrition) — bu yoshi, jinsi, sog‘lig‘i va kasbidan qat’i nazar, har bir insonni maqbul yashashi intellektual rivojlanishi, turli kasalliklarning oldini olishi uchun zarur bo‘lgan makro va mikroelementlar ozuqaviy qiymatining optimal nisbatini o‘z ichiga olgan, xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda ta’minlanish.
2.1. Aholining barcha qatlamini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun ijtimoiy himoyaning milliy tizimlarini takomillashtirish va ularning barqarorligini ta’minlash.
So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni ish o‘rni, daromad va oziq-ovqatlar bilan barqaror ta’minlash maqsadida alohida reyestr yuritish (“temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”) tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ijtimoiy reyestrlarga kirgan aholiga qishloq hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun qariyb 200 ming gektar yer maydonlari ajratildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarning sharoitlaridagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun yagona ijtimoiy himoya ma’lumotlar tizimini yaratish maqsadida turli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari integratsiyasi ta’minlanmagan.
Shu bilan birga aholiga yer maydonlari ajratish orqali o‘z-o‘zini sifatli va turli xil oziq-ovqatlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini yanada kengaytirish talab etiladi.
Xorijiy tajribalar asosida oziq-ovqat mahsulotlarining tamg‘asida belgilangan yaroqlilik muddati tugashiga qisqa davrlar qolganda, mahsulotni xayriya tarzida aholining ehtiyojmand qatlamiga tarqatish faoliyatini amalga oshiruvchi “Food Banking” tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan.
Oziq-ovqat mahsulotlarining guruhlar bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol qilish darajasi tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda un va non mahsulotlari, to‘yingan yog‘, osh tuzi, shakar va go‘sht iste’mol qilish ko‘rsatkichlari Osiyo va dunyo mamlakatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqoriligi, aksincha dukkakli va don mahsulotlari, meva va rezavorlar, yong‘oqlar iste’mol ko‘rsatkichi talab darajasidan pastligi aniqlangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan shakar, oddiy uglevodlar, to‘yingan va trans yog‘lar iste’molini cheklash, buning o‘rniga meva va sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmoqda.
Nosog‘lom ovqatlanish va to‘yib ovqatlanmaslik oqibatlarining global iqtisodiyotga salbiy ta’siri yiliga 3,5 trln AQSH dollarini yoki aholi jon boshiga 500 AQSH dollarini tashkil etadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda me’yorida ovqatlanmaslik oqibatida yo‘qotilgan samaradorlik sababli yuzaga kelgan yashirin qo‘shimcha xarajatlar 3,5 baravar ko‘p bo‘lib, 7,3 trln so‘mni tashkil etmoqda.
Ushbu masalalarni tizimli hal etish hamda fuqarolarning sog‘lom ovqatlanishi uchun muhim ahamiyatga ega asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda quyidagilar amalga oshiriladi:
2.1.1. Ijtimoiy himoya:
ijtimoiy reyestrlarda ro‘yxatga olingan fuqarolarning o‘zini o‘zi oziq-ovqatlar bilan ta’minlashini tizimli ravishda tashkil etish uchun ularga yer maydonlari ajratish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish;
aholiga dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun ajratishgan yerlarda hamda tomorqa yerlarida o‘z ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish imkoniyatini kengaytirish, ularni yuqori va sifatli hosil beruvchi oziq-ovqat ekinlari urug‘liklari bilan ta’minlash;
bozor narxida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj va daromad manbai cheklangan fuqarolarning eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasini oshirib borish, jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlari banklari (Food Banking) pilot dasturini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus maqsadli milliy dasturlarni qabul qilish.
2.1.2. Aholi salomatligini monitoring qilish:
oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi hamda sog‘lom oziqlanish bo‘yicha respublika vazirlik va idoralari ma’lumotlarini Milliy axborot platformasiga integratsiya qilish;
Jahon ovqatlanish hisoboti (Global Nutrition Report), jumladan go‘sht, to‘yingan yog‘, tarkibida natriy va shakar bo‘lgan ichimliklarni, ayniqsa, sog‘lom ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan meva-sabzavot, dukkakli va don mahsulotlarini iste’mol qilish darajalari bo‘yicha ma’lumotlar tahlillarini amalga oshirish va takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat va monitoring qilish bo‘yicha mutaxassis kadrlar sonini, malakasini, bilim va ko‘nikmalarini oshirish.
2.2. Oziq-ovqat xavfsizligi uchun jamoatchilikni keng jalb qilgan holda sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlari va ularga rioya etish amaliyotlarini targ‘ib qilish.
Mamlakatimiz bugungi kunda oziq-ovqat iste’moli bilan bog‘liq yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jumladan, qandli diabet, saraton va yurak-qon tomir, ortiqcha vazn, makro va mikroelementlar yetishmovchiligi kabi kasalliklar tarqalishi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida yuqori qatorlardan o‘rin olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda oxirgi 15 yilda to‘rtta asosiy yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni davolash uchun 1,4 trln so‘m sarflangan.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish jarayonlarida xavfsizlikni boshqarishni nazorat qilish tizimi rivojlanmaganligi va xavfli bo‘lgan oziq-ovqatlarni sotish uchun javobgarlik kuchaytirilmaganligi sababli oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish xavfi ortib bormoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekistondagi oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini nazorat qilish tizimi bir necha davlat organlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tayyor mahsulotlarga nisbatan xulosa berish orqali amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, hayvonot dunyosini davolash preparatlari ustidan nazorat qilishda, tarkibida faol moddalar bo‘lgan pestitsidlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, sotish va ulardan foydalanish kabi muhim sohalarni tartibga solishda katta bo‘shliqlar mavjud.
Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar yetishmaydi. Laboratoriya xodimlari yetarli emas va ular xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish uchun zarur bo‘lgan muntazam malakani tasdiqlash sinovlaridan o‘tmaydilar.
Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilishni kuchaytirish bo‘yicha tashviqot rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish lozim.
Sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlariga rioya etishdagi muammolarni hal qilish bo‘yicha quyidagilar amalga oshiriladi:
2.2.1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash:
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi ustidan davlat nazoratini yagona tizim orqali boshqarish, bunda turli idoralardagi funksiyalarni yagona tizimga keltirib, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi inspeksiyasini tashkil etish;
“daladan-iste’molgacha” zanjirida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish tizimini kuchaytirish, xalqaro talablardan kelib chiqib, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi darajasini tekshirish va tahlil qilish bo‘yicha laboratoriyalar tizimini rivojlantirish;
oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga to‘liq yetkazish;
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdorini inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz hamda zararsiz bo‘lgan me’yor ko‘rsatkichlarini belgilash;
biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish;
import va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va sanoat transyog‘lari bo‘lishi xavfini baholash.
2.2.2. Sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib va tashviqot qilish ishlarini tashkil etish:
Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, bunda to‘yingan yog‘li mahsulotlar, osh tuzi, shakar va yog‘li mahsulotlarning o‘rnini bosuvchi kerakli mikro-makroelementlar va oqsilga boy mahsulotlarning (meva-sabzavot, dukkakli, rezavor, baliq, sutli mahsulotlar, asal va boshqalar) iste’molini oshirishni targ‘ib qilish;
sog‘lom ovqatlanish amaliyotlarini ko‘rib chiqish va aholining tushuncha va bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash borasidagi birlamchi tadqiqotlar va izlanishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
yosh bolalar va go‘daklarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash;
maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini targ‘ib qilish;
maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hududida kuchli gazlanib shirinlashtirilgan va energetik ichimliklar hamda o‘ta tuzlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol va realizatsiya qilish bo‘yicha cheklovlarni joriy etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, barcha darajadagi davlat muassasalari va idoralarida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish;
sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida maxsus eshittirish va ko‘rsatuvlar tayyorlash.
Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ushbu Strategiyada nazarda tutilgan tadbirlarning hayotga joriy qilinishi natijasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish jadallashadi.
Xususan, “To‘yib ovqatlanmaslikka barham berish”, “Sog‘liq va farovonlik”, “Toza suv va sanitariya” va boshqa shu kabi maqsadlar bo‘yicha qabul qilingan milliy maqsadlarga erishiladi, aholi farovonligi ta’minlanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun, birinchi navbatda, ichki iste’mol talabidan kelib chiqqan holda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish doirasida:
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining kafolatlangan zaxiralari yaratiladi;
aholining sog‘lom ovqatlanishi uchun zarur bo‘lgan oqsil va mikroelementlar, vitaminlarga boy mahsulotlar, jumladan meva-sabzavot, meva-rezavor, poliz, dukkakli, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘payadi;
asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari ichki seleksiyasi rivojlantiriladi;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hisobiga chorvachilikning tabiiy oziqa zaxiralarini himoya qilish, saqlash va keyingi avlodga yetkazish imkoniyati oshadi;
xalqaro indekslarda, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi indeksidagi (The Global Food Security Index) va global ochlik indeksidagi (Global Hunger Index) ko‘rsatkichlar yaxshilanadi;
asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlari hosildorligi 1 gektar maydonda bug‘doy — 100 sentner, sholi — 56,5 sentner, kartoshka — 222 sentner, sabzavotlar — 295 sentner, poliz ekinlari — 200 sentner, meva va rezavor — 150 sentner, uzum — 180 sentner, moyli ekinlar — 22 sentnerga yetkaziladi;
2030-yilga qadar jami intensiv bog‘lar maydoni 110 ming gektarga, intensiv usulda sabzavotlar yetishtiriladigan maydonlar 55,4 ming gektarga, shuningdek, ozuqa ekinlari maydonlari ulushi 15 foizga, moyli ekinlar maydoni ulushi 5,7 foizga yetkaziladi;
aholi o‘rtasida to‘yib ovqatlanmaydigan fuqarolar ulushi jami aholi soniga nisbatan 2,5 foizdan 1,5 foizga tushiriladi.
Buning natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlari, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik uchun milliy urug‘chilik va ekish materiallari, shuningdek, naslchilikni rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga erishiladi.
Oziq-ovqat xavfsizligining ta’minlanishi va sog‘lom ovqatlanish tizimining to‘liq joriy qilinishi, aholi o‘rtasida to‘yib ovqatlanmaslikka barham berilishi — ovqatlanish bilan bilvosita yoki bevosita bog‘liq kasalliklarning keskin kamayishiga asos bo‘ladi hamda aholining o‘rtacha umr ko‘rishini hozirgi 72 yoshdan 78 yoshga uzaytirish imkoni yaratiladi.
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotining rivojlanishi va sifatining oshishi hisobiga xalqaro insonparvarlik yordamlarida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishtirok etish imkoni yanada ortadi.
Aholining doimiy faol va sog‘lom hayot kechirishi uchun xavfsiz va to‘yimli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligiga va undan to‘g‘ri foydalanishga, ta’minot barqarorligiga hamda jismoniy, iqtisodiy va xarid qilish imkoniyati oshishiga erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga
 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
T/rTadbirlarAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish muddatiMablag‘ talabi va moliyalashtirish manbalariMas’ul ijrochilar
I. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda aholining barcha qatlamlari sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun tabiiy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik boshqaruv tizimlarini joriy qilish
1.Qishloq xo‘jaligi yerlarini asrash, qayta tiklash va ularning unumdorligini oshirish, yerdan foydalanishda zamonaviy resurstejamkor intensiv texnologiyalarni keng tatbiq qilish.1. Har yili kamida 600 ming gektar ekin yeri bo‘yicha tuproq tahlilini amalga oshirish chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va ijro etish.Har yili I chorakHisob-kitoblarga ko‘raQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. Tuproqdagi gumus miqdori 1 foizdan kam bo‘lgan 2 million gektar yerda siderat ekinlar ekishni tashkil etish.2024 — 2027-yillar
3. Har yili 200 ming gektar ekin yer maydonlariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.2024 — 2027-yillar
4. Pestitsid, mineral va kimyoviy o‘g‘itlarni ilmiy asosda (IPM, GAP) qo‘llashni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.
Bunda, normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangilarini qabul qilishni nazarda tutish.
2024-yil II chorak
5. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda organik va biologik o‘g‘itlarni hamda “aqlli” innovatsion, resurstejamkor, intensiv texnologiyalarni qo‘llash va ushbu jarayonlarni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish.2024-yil III chorak
2.Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun suv resurslari manbalarining yetishmovchiligini baholash, suv resurslarini inobatga olgan holda yerlarni qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritishni davom ettirish.1. Suv resurslari manbalarining uzoq muddatga yetishmovchiligini hisob-kitoblar va prognozlarga asosan baholash hamda baholash hisobotini har yili O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash)ga taqdim etish.2024 — 2030-yillar har yili noyabrHisob-kitoblarga ko‘ra Davlat budjeti, XMIlar mablag‘lariSuv xo‘jaligi vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv resurslariga bo‘lgan talabni aniqlash, bunda:
Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suv miqdori, yer osti suv zaxiralari miqdorining kamayib borishini hisobga olib, har yili 20 — 25 foiz ekin maydonlariga suv va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda “aqlli” innovatsion texnologiyalar qo‘llagan holda, suvni iqtisod qilish tadbirlarini amalga oshirish;
suv omborlarini qurish va ularning suv sig‘imini oshirish orqali kuz-qish mavsumlarida qo‘shimcha suv zaxiralarini yaratish choralarini ko‘rish.
Har yili yanvar
3. Yer osti suvlari mavjudligi va iste’molga yaroqliligi bo‘yicha aniq bo‘lgan gidrogeologik xaritalarni yangilash.2024-yil 1-avgust
4. Suvni iqtisod qilish bo‘yicha startap loyihalarni moliyalashtirish.Har yili yanvar
5. Foydalanilmayotgan yerlarni suv resurslarini inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.2024-yil 1-avgust
6. Dasturga muvofiq yangi yerlarni foydalanishga kiritish.2024 — 2030-yillarda
3.Iqlim o‘zgarishi, tabiiy yoki texnogen ofatlarning (toshqinlar, qurg‘oqchilik, harorat o‘zgarishi va boshqa omillar) atrof-muhit va ekologiyaga ta’sirini muntazam baholab borish hamda ularni tahlil qilish natijalariga ko‘ra zarur choralar ko‘rish 1. Iqlim o‘zgarishi, tabiiy yoki texnogen favqulodda vaziyatlar (toshqinlar, qurg‘oqchilik, harorat o‘zgarishi va boshqa omillar)ning atrof-muhit va ekologiyaga ta’siri bo‘yicha tahlillar o‘tkazish va keltirilayotgan zararlarni baholash.Har yili yakuni bo‘yicha kelgusi yilning I choragiMablag‘ talab qilinmaydiEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Gidrometeorologiya xizmati agentligi
2. Tahlil natijalariga ko‘ra, yillik ma’lumotlarni tayyorlash va har yili Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.Har yili 1-aprel
4.Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish va xalqaro tajribalarni o‘rganish.1. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi bilimlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, maslahat berish va axborot xizmatlarini tashkil etish chorasini ko‘rish.2024-2025-yillarHisob-kitoblarga ko‘raQishloq xo‘jaligi vazirligi,
“Agrobank” ATB,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi,
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
2. Fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etish.Har yili dekabr va yanvar oylarida
3. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega rivojlangan davlatlar (AQSH, Kanada, Yaponiya, Turkiya, Ozarbayjon) tajribalarini o‘rganish va ularning ijobiy jihatlarini respublikamizda qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.2024-yil II chorak
5.Hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha agrologistika markazlarini tizimli rivojlantirish.1. Agrologistika markazlarining hududlardagi joylashuv xaritasini yaratish.2024-yil IV chorakHisob-kitoblarga ko‘raQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. Bozor tamoyillariga asoslangan rag‘batlantirish tizimlariga tayangan holda mahsulotlarni sotib olish, qayta ishlash, saqlash, sotishda agrologistika tizimini takomillashtirish va ulardan foydalanishning shaffof monitoring tizimini shakllantirish.2025-yil I chorak
3. Respublika hududlarida yangi agrologistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturlar tasdiqlab, ijrosini tashkil etish.Har yili
6.Aholiga kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazishni ta’minlashda chekka hududlarda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish.Tuman va shahar markazidan uzoq chekka hududlarda transport-logistika infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha dastur ishlab chiqish hamda infratuzilma obyektlarini mahalliy budjet hisobidan tashkil etish choralarini ko‘rish.2024 — 2028-yillarMahalliy budjet mablag‘lariTransport vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari
7.Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish sohasida xalqaro integratsiyani rivojlantirish.1. Mamlakat manfaatlariga zid bo‘lmagan holda mintaqalararo integratsiya jarayonlari masalasida hamkor davlatlar takliflarini doimiy o‘rganib borish.DoimiyMablag‘ talab qilinmaydiInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Bojxona qo‘mitasi
2. Tarif va notarif tartibga solish kengashining tavsiyalari asosida hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishni inobatga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlari importi bo‘yicha bojxona boji stavkalarini o‘zgartirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.2024-yil III chorak
8.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan va milliy normalarga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarining aholi sonining o‘sishiga nisbatan yetarliligini tahlil qilish hamda ta’minlash choralarini ko‘rish.1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarni tahlil qilish.2024-yil II chorakMablag‘ talab qilinmaydiSog‘liqni saqlash vazirligi,
tegishli vazirlik va idoralar
2. Tahliliy ma’lumotlar natijalariga ko‘ra milliy normalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.2024-yil III chorak
3. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024-yil IV chorak
9.O‘simliklarni himoya qilishning ekologik xavfsiz (biologik) usullarini keng qo‘llash hamda ekinlar hosildorligini ilmiy asosda oshirish.O‘simliklarni himoya qilishning ekologik xavfsiz (biologik) usullarini keng qo‘llash hamda ekinlar hosildorligini ekologik va ilmiy asosda oshirishning amaliy chora-tadbirlarini amalga oshirish;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yangi qoidalarni ishlab chiqish;
biopestitsidlarni ro‘yxatga olish to‘plami bo‘yicha trening tashkil qilish;
biopestitsidlarni baholash va ro‘yxatga olish bo‘yicha qoidalarni ishlab chiqish va boshqalar.
2024 — 2030-yillarHisob-kitoblarga ko‘raQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
O‘simliklar karantin va himoyasi agentligi
10.Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keluvchi CO2 va boshqa iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sir etuvchi chiqindilar hisobi monitoringini tegishli tashkilotlararo integratsiyalash va ularni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish.Ishlab chiqarish jarayonida iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sir etuvchi chiqindilar hisobini tahlil qilish va natijasi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.2024-yil III chorakMablag‘ talab qilinmaydiEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,
Gidrometeorologiya xizmati agentligi,
tegishli vazirlik va idoralar
II. Favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun samarali bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan strategik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining davlat nazorati ostidagi zaxirasini yaratish
11.Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga o‘tkazilgan urug‘lik don tayyorlash korxonalarini to‘liq modernizatsiya qilish.1. Urug‘chilikni rivojlantirish markazining urug‘lik don tayyorlash korxonalarini modernizatsiyalash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.
2. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish.
2024-2025-yillarHisob-kitoblarga ko‘raQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
12.Biofortifikatsiya texnologiyasi asosida don, dukkakli, meva-sabzavot, poliz, meva-rezavor ekinlarning tarkibida mikroelementlarga boy bo‘lgan mahalliy navlar seleksiyasi ishlarini rivojlantirish. 1. Don va dukkakli, poliz, meva-sabzavot, meva-rezavor ekinlar tarkibida mikroelementlarga boy bo‘lgan mahalliy navlarni yaratish uchun biofortifikatsiya texnologiyasi asosida seleksiya va ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish.
2. Ularning birlamchi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish va ishlab chiqarishga joriy etish.
3. Muvaffaqiyatli va ta’sir kuchi salmoqli bo‘lgan loyihalarni maqsadli moliyalashtirish.
2024-2025-yillarHisob-kitoblarga ko‘raQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
13.Ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida mustahkam aloqalarni rag‘batlantiruvchi kooperatsiya usulida ishlash tizimini rivojlantirish.1. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda qo‘shilgan qiymatni barqaror ko‘paytirish uchun ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida ixtiyoriy kooperativlar tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish.
2. Tashkil etilgan kooperativlar tomonidan yangi loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalash mexanizmlarini joriy etish 
2025-yil I chorakHisob-kitoblarga ko‘raFermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari
14.Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirish uchun naslchilik va ozuqa tadqiqotlari ishlarini jadallashtirish.Chorvachilik sohasining barqarorligini ta’minlash, bunda naslchilikni barqaror rivojlantirish va chorva ozuqalari bo‘yicha olib borilayotgan amaliy tadqiqot ishlari yuzasidan har chorakda Muvofiqlashtiruvchi kengashga axborot kiritib borish.2024 — 2030-yillarHisob-kitoblarga ko‘raVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,
tegishli vazirlik va idoralar
15.Chorva va parrandalar sonini, go‘sht-sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini aholi sonining o‘sishiga mutanosib tarzda oshirib borish.Oq go‘sht (baliq, quyon, parranda va hokazo), sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini va qo‘shilgan qiymatini oshirish maqsadida parrandalar va boshqa mahsulotlar sonini oshirish bo‘yicha hududlar kesimida har yilgi prognoz parametrlarni ishlab chiqish va chora-tadbirlari dasturlarini qabul qilish.Har yili dekabrMablag‘ talab qilinmaydiVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi
16.Sog‘lom ovqatlanishni rag‘batlantirish uchun yangi parhez qoidalarini qo‘llash va qabul qilishni rag‘batlantirish, sog‘lom ovqatlanishga mos kelmaydigan elementlarni iste’mol qilishni asta-sekin kamaytirish (masalan, yog‘, tuz, shakarni kamaytirish va kletchatkani ko‘paytirish).1. Yillik oziq-ovqat iste’moli bo‘yicha so‘rov ma’lumotlari va FAO sog‘lom ovqatlanish yo‘riqnomalariga asoslangan holda, iste’mol qilish normalarini qayta ko‘rib chiqish.2024-yil II chorakMablag‘ talab qilinmaydiSog‘liqni saqlash vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash doirasida muayyan mahsulotlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha diyetologlar va nutritsiologlar tomonidan tushuntirishlar, ko‘rsatuvlar va ommaviy axborot vositalari orqali axborotlar berib borilishini ta’minlash.2024-2025-yillar
17.Bug‘doy unini tibbiy me’yor doirasida tabiiy mikroelement va vitaminlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqarish.1. Bug‘doy unini xalqaro standart talablari bilan uyg‘unlashtirilgan holda tabiiy makro, mikroelementlar va vitamin bilan boyitish bo‘yicha tegishli me’yorlarni qo‘llash va ularning nazoratini amalga oshirish.2024-2025-yillarHisob-kitoblarga ko‘raO‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
2. Un ishlab chiqaruvchilar va tayyor unni import qiluvchilarning reyestrini shakllantirish va mahsulotlar sifatini laboratoriya tahlillaridan o‘tkazish.Har chorakda, tanlov asosida
18.Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash maqsadida asosiy turdagi (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, go‘sht, sut, shakar, o‘simlik yog‘i) mahsulotlar zaxirasini iste’molchilar ehtiyojlari asosida yaratish.1. Aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.Har yiliHisob-kitoblarga ko‘raIqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning o‘rtacha samaradorligini hamda qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat yetishtiruvchilarning daromadini oshirish.Har yili
19.Milliy strategik oziq-ovqat zaxirasini va oziq-ovqat zaxiralarini samarali boshqarishni yo‘lga qo‘yish.1. Hisob-kitob natijalari va tavsiyalardan kelib chiqqan holda, zaxiralarni samarali boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.2024-yil III chorakMablag‘ talab qilinmaydiIqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
2. Oziq-ovqat zaxiralarini strategik boshqarish bilan bog‘liq siyosiy choralarni takomillashtirib borish, mamlakatning turli hududlaridagi va global miqyosdagi bozor dinamikasi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha amaliy ma’lumotlar hamda bilimlar o‘rtasida mustahkam aloqani ta’minlash.Doimiy
20.Ichki iste’mol bozorida strategik oziq-ovqat mahsulotlari narxlari keskin o‘zgarishlarining oldini olish maqsadida iste’molchilarning o‘zgaruvchan xohish va istaklari va ehtiyojlari asosida ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha “balans-zaxira-intervensiya”ning samarali tizimini joriy etish.1. Oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarining mavjud mexanizmlarini, moliyaviy-iqtisodiy foyda va xarajatlarining texnik-iqtisodiy asoslarini baholash.Har yili III chorakMablag‘ talab qilinmaydiIqtisodiyot va moliya vazirligi,
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Statistika agentligi,
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
2. Texnik-iqtisodiy baholash xulosasiga asosan tahliliy ma’lumot tayyorlash.Har yili IV chorak
3. Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari import-eksport ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.Har yili IV chorak
4. Ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari balansini shakllantirish.Har yili I chorak
5. Tahliliy ma’lumotlar asosida normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Har yili I chorak
21.Oziq-ovqat zaxiralarini yaratish va boshqarishda korrupsiya hamda siyosiy aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik.Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat xaridlarini monitoring qilish orqali korrupsiya xavf-xatarlarini baholash va ularni bartaraf qilish bo‘yicha choralarni ko‘rib borish.DoimiyMablag‘ talab qilinmaydiKorrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
22.Dehqon bozorlari infratuzilmasini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.Dehqon bozorlari infratuzilmasini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini va rag‘batlantirish sxemalarini (dasturlari) qabul qilish.
Bunda, dehqon bozorlarida mahsulotlarni bevosita yetishtiruvchilar tomonidan iste’molchilarga sotish bo‘yicha alohida rastalarni hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash imkoniyatlarini tashkil etishni inobatga olish.
2024-yil II chorakHisob-kitoblarga asosanIqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
23.Aholi sonining o‘sishi, yer va suv resurslari cheklanganligini inobatga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlarini hamkor qo‘shni davlatlarda yetishtirib, xomashyosini O‘zbekistonga olib kelish, saqlash va qayta ishlash choralarini ko‘rish.1. Hisob-kitoblarga asosan yetishmaydigan g‘alla, moyli ekinlar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shni va hamkor davlatlarda yetishtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish. 
2. Muzokaralarning ijobiy natijalariga ko‘ra tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda, investitsiya loyihalarini shakllantirish. 
3. Mahsulotlarni yetishtirish, sotib olish rejasini zaruratga qarab ishlab chiqish va mahsulot zaxirasini tashkil etish.
2024 — 2030-yillarHisob-kitoblarga ko‘ra,
(tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiyalar)
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
24.Ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar uchun tarif va notarif to‘siqlarni kamaytirish.1. Ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosidagi tarif va notarif to‘siqlarni ko‘rib chiqish.
2. Zaruratdan kelib chiqqan holda, notarif to‘siqlarni kamaytirish choralarini ko‘rish. 
Har yiliHisob-kitoblarga ko‘raInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi
25.Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini rivojlantirish.Xorijiy tashkilot grantlari, texnik ko‘mak va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari, shuningdek, davlat granti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.2024-2025-yillarHisob-kitoblarga ko‘raOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi,
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
26.Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari hududida kuchli gazlangan, rangli, shirin va energetik ichimliklar va yuqori darajada tuzlangan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol va realizatsiya qilish bo‘yicha cheklovlar joriy etish.Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari hududida kuchli gazlangan, rangli, shirin va energetik ichimliklar va yuqori darajada tuzlangan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol va realizatsiya qilish bo‘yicha cheklovlar joriy etish to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024-yil IV chorakMablag‘ talab qilinmaydiSog‘liqni saqlash vazirligi,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
III. Tabiiy va texnogen ofatlar, global siyosiy va iqtisodiy inqiroz, pandemiya, harbiy amaliyot va boshqa hodisalarning salbiy ta’sirida yuzaga keladigan xavf-xatarlarni monitoring qilish platformasini yaratish
27.Favqulodda vaziyatlar yoki uzoq vaqt davom etadigan hodisalar yuz berganda, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash salohiyatiga ega bo‘lish.1. Favqulodda holatlar (tabiiy va texnogen ofatlar, iqtisodiy, sog‘liqni saqlash, tashqi siyosiy beqarorlik) uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi hisob-kitobini qilish.Har yili yanvar oyidaHisob-kitoblarga ko‘raQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
2. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra zaxira tadbirlarini moliyalashtirish manbaini aniqlash.Har yili fevral oyida
3. Aholi sonidan kelib chiqib, har bir hududda favqulodda holatlar uchun oziq-ovqat zaxiralarini har yili yaratib borish.Har mavsum davomida
4. Favqulodda vaziyatlarda aholining kambag‘al, ijtimoiy zaif va imkoniyati cheklangan qatlamining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish.2025-yil IV chorak
28.Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha barcha tegishli ma’lumotlarni aniqlash to‘plash, saqlash va tahlil qilish, ma’lumotlarni barcha manfaatdor tashkilotlar, jumladan uy xo‘jaliklari va boshqa so‘rovlar bilan muvofiqlashtirish.1. Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish ma’lumotlari va manbalarini aniqlash uchun rivojlanish bo‘yicha hamkorlar ekspertlarini o‘z ichiga olgan ishchi guruh tuzish.
2. Hozirda mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni to‘plash salohiyatini rivojlantirish uchun rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan ishlash.
3. Eng yaxshi global amaliyotga muvofiq va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan uy xo‘jaliklari so‘rovlarini o‘tkazish.
2024-yil II chorakHisob-kitoblarga ko‘ra,
XMIlar investitsiya va grantlari
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi,
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
29.Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni baholash bo‘yicha yaxlit idoralararo raqamli tizimni yaratish orqali Milliy axborot platformasini ishga tushirish.1. Milliy axborot platformasini yaratishda xorijiy ekspertlarni jalb qilib, texnik vazifani ishlab chiqish.
2. Texnik vazifada quyidagilarni inobatga olish:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni prognoz qilish (qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni oldindan ko‘ra olish imkoniyatini yaratish);
qishloq xo‘jaligi va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish;
eksport va import qilingan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni integratsiyalash;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlikni boshqarish tizimi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni integratsiya qilish.
2024-yil IV chorakHisob-kitoblarga ko‘raQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Statistika agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
tegishli vazirlik va idoralar
30.Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha axborot va monitoring platformasi doirasida monitoring dasturini xalqaro standartlar va uslublar asosida yuritish.1. Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha axborot va monitoring platformasi doirasida monitoring dasturini xalqaro standartlar va uslublar asosida yuritish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.2024-yil II chorakMablag‘ talab qilinmaydiQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Statistika agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
tegishli vazirlik va idoralar
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
2. Ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beruvchi elektron veb sahifa (BI deshbord) ishlab chiqish.2024-yil III chorak
3. Oziq-ovqat xavfsizligi monitoring tizimi indikatorlarini (ingliz va o‘zbek tilida) elektron veb sahifada aks ettirish.2025-yil I chorak
31.Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini Milliy axborot platformasi bilan integratsiya qilish.1. Uy xo‘jaliklarining yillik oziq-ovqat iste’moli to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazish. 
2. So‘rovnomaga asosan minimal iste’mol xarajatlari qiymatlarini qayta hisoblash hamda tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
Har besh yildaMablag‘ talab qilinmaydiIqtisodiyot va moliya vazirligi,
Statistika agentligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
IV. Aholining barcha qatlamini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun milliy ijtimoiy himoya tizimlarini takomillashtirish va ularning barqarorligini ta’minlash
32.Ijtimoiy daftarlarga kirgan fuqarolarning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tartibga solish siyosati va infratuzilmasini rivojlantirish.1. Ijtimoiy daftarlarga kirgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlarini bozor narxlarida xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari banki tizimini joriy etish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.2024-2025-yillarHisob-kitoblarga ko‘raKambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
2. Kelishuvlarga erishish hamda tizimni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish, malakasini oshirish.2024-2025-yillar
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:
oziq-ovqat bankiga jalb etilgan mahsulotlarni soliq to‘lovlaridan ozod etish; 
oziq-ovqat banklari tarmog‘i uchun zarur siyosat va tartibga soluvchi infratuzilmani va moliyalashtirishni ta’minlash.
2026-yil I chorak
33.Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish.1. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari taomnomalari uchun sabzavotli va mevali mahsulotlardan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari turlarini tavsiya etish va joriy qilish.2024-yil II chorakHisob-kitoblarga ko‘raSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi,
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti
2. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari oshpazlari uchun foydali oziq-ovqat mahsulotlarining turlari va ularning ijobiy ta’sirlari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.2024-yil IV chorak
34.Jahon ovqatlanish hisoboti (Global Nutrition Report), jumladan go‘sht, to‘yingan yog‘, tarkibida natriy va shakar bo‘lgan ichimliklarni, ayniqsa, sog‘lom ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan meva-sabzavot, dukkakli va don mahsulotlarini iste’mol qilish darajalari bo‘yicha ma’lumotlar tahlillarini amalga oshirib borish.1. Ta’sir qilish xavfi sezilarli darajada yuqori bo‘lgan mahsulotlar, sog‘lom ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan meva-sabzavot, dukkakli va don mahsulotlarining iste’mol darajalari bo‘yicha doimiy tahlilni amalga oshirib borish.
2. Tahlil natijalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish.
2024-2025-yillarMablag‘ talab qilinmaydiSog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
35.Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis kadrlarni ko‘paytirish.1. O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida ajratiladigan kvotalarda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash sonini oshirish.2024-2025 o‘quv yilidanMablag‘ talab qilinmaydiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
2. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlarini tashkil etish.2024-yildan boshlab, har yili
V. Oziq-ovqat xavfsizligi uchun jamoatchilikni keng jalb qilgan holda sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlari va ularga rioya etish amaliyotlarini targ‘ib qilish
36.Xalqaro tajribalar asosida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini keng qamrovli, integratsiyalangan nazorat qilish tizimini yaratish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, hukumatga kiritish. Bunda: 
1. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini yetishtirishdan-iste’molgacha bo‘lgan zanjirda nazorat qilish tizimini takomillashtirish. 
2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish bilan bog‘liq funksiya va shtatlarini tahlil qilish.
3. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilishni yagona tizimga birlashtiruvchi Oziq-ovqat xavfsizligi inspeksiyasi va uning qoshida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha alohida ilmiy-tadqiqot muassasasi faoliyatini tashkil etishni inobatga olish.
2025-yil IV chorakMablag‘ talab qilinmaydiO‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi,
Strategik islohotlar agentligi,
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
37.Iste’molchilar manfaati va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotni iste’molchilarga to‘liq yetkazish.1. Oziq-ovqat mahsulotlarini yorliqlash bo‘yicha Sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarini (SanQvaM) va Texnik reglamentni Alimentarius kodeksining yorliqlash bo‘yicha standarti bilan muvofiqlashtirish.
2. Chakana savdodagi “...gacha maqbul bo‘lgan iste’mol muddati” deb yorliqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini xayriya tarzida aholining ehtiyojmand qatlamiga tarqatish.
3. Milliy mahsulot yorliqlarida “maqbul bo‘lgan iste’mol muddati” (best before) qo‘llanishini kiritish.
4. Iste’molchilarga oziq-ovqat mahsulotlari haqida ma’lumotni yetkazish bo‘yicha qonunni takomillashtirish.
2024-yil III chorakHisob-kitoblarga ko‘raO‘zbekiston tyexnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
38.Biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish.Biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish, tashish, saqlash va aholiga realizatsiya qilish hamda ro‘yxatga olish tartibini belgilash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2024-yil II chorakMablag‘ talab qilinmaydiSog‘liqni saqlash vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
39.Import va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va sanoat transyog‘lari bo‘lishi xavfini baholash va taqiqlash choralarini ko‘rish.1. Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va xomashyolar, transyog‘lar, shu jumladan, texnik palma yog‘i mavjudligini o‘rganish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazish.2024-yil IV chorakMablag‘ talab qilinmaydiSog‘liqni saqlash vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jalik vazirligi,
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
2. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va xomashyolar, transyog‘lar, shu jumladan, texnik palma yog‘idan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2025-yil II chorak
40.Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, aholining bu borada tushuncha va bilimlarini oshirish.1. Sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash, suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena, gender tenglik va boshqa omillar bilan bog‘liq amaliyotlar bo‘yicha aholining tushuncha va bilimlarini o‘rganish, ulardagi bo‘shliqlarni aniqlash yuzasidan tadqiqotlar va izlanishlar olib borish.2024-yil II chorakMablag‘ talab qilinmaydiSog‘liqni saqlash vazirligi,
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
ommaviy axborot vositalari
2. Aholining ovqatlanish ratsioniga hayvon oqsiliga boy bo‘lgan mahsulotlar o‘rniga o‘simlik oqsillari iste’molini, jumladan, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ovqatlanish ratsionlariga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutgan “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.2024-yil II chorak
3. Tibbiyot mutaxassislarining diyetologiya va nutritsiologiya yo‘nalishlari bo‘yicha malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish hamda o‘quv darsliklari va materiallarini tayyorlash.2024-yil III chorak
4. Mutaxassislar tomonidan toifalangan aholi orasida muntazam targ‘ibot va profilaktika ishlari olib borishni tashkil qilish.2024-yil IV chorak
41.Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalarida maxsus eshittirish va ko‘rsatuvlar tayyorlash.1. Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini sifatli olib borish maqsadida media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.2024-yil II chorakHisob-kitoblarga ko‘raSog‘liqni saqlash vazirligi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
Madaniyat vazirligi
2. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining barcha telekanallarida oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishning inson sog‘ligiga ijobiy ta’siri bo‘yicha ko‘rsatuvlar tashkil etish.2024 — 2030-yillar
3. Oziq-ovqat mahsulotlarning ozuqaviy qiymatini yoritish uchun mamlakatimizning san’at, madaniyat, sport va boshqa sohalardagi taniqli insonlarni jalb etish.2024 — 2030-yillar
42.Yosh bolalar va go‘daklarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash.1. Amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, bunda:
chaqaloqlarni to‘yimli funksional oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaratish.
2025-yil I chorakMablag‘ talab qilinmaydiSog‘liqni saqlash vazirligi,
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
tegishli vazirlik va idoralar
2. Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish hamda har choraklik ma’lumotlarni Muvofiqlashtiruvchi kengash hamda Milliy axborot platformasiga taqdim etish.2025 — 2030-yillar
43.Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini targ‘ib qilish.1. Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha qo‘llanma va darsliklar ishlab chiqish.2024-yil IV chorakHisob-kitoblarga ko‘raSog‘liqni saqlash vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
vazirlik va idoralar
2. Sog‘lom ovqatlanishni o‘rgatish va targ‘ibot qilish uchun mutaxassis kadrlarni tayyorlash dasturini qabul qilish.2025-yil I chorak
3. Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash tashkilotlarida seminar, trening, o‘quv darslarini o‘tish hamda kadrlarni sertifikatlash.2025-2026-yillar
4. Maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida faoliyat olib boruvchi tashkilotlarda o‘quv rejalarini ishlab chiqish va aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish.2025-2026-yillar
44.To‘yingan yog‘li mahsulotlar, osh tuzi, shakar va yog‘li mahsulotlarning o‘rnini bosuvchi kerakli mikro-makroelementlar va oqsilga boy mahsulotlarning (meva-sabzavot, dukkakli, rezavor, baliq, sutli mahsulotlar, asal va boshqalar) iste’molini oshirishni targ‘ib qilish.1. O‘zbekiston Respublikasi sanitariya qoidalari, me’yorlari, va gigiyenik normativlarini (SanQvaM) Alimentarius kodeksi (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va FAO) talablari asosida qayta ko‘rib chiqish va yangilash.2024-yil III chorakMablag‘ talab qilinmaydiSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
2. Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali sog‘lom ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish.Doimiy
3. Sog‘liqni saqlash tizimi va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis kadrlarni tayyorlash (nutritsiolog) hamda ularni “Sog‘lom ovqatlanish” dasturiga jalb etish.2024-2025-yillar
4. Mavjud oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasiga asoslangan holda milliy ovqatlanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.2024-yil II chorak
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga
 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasining 
MAQSADLI INDIKATORLARI
T/rIndikatorlarO‘lchov birligi2023-y.2024-y.2025-y.2026-y.2028-y.2030-y.Mas’ul vazirlik va idoralar
I. Oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi
1.1. Asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlari hosildorligi
1.Bug‘doy (sug‘oriladigan maydonda)s/ga67,073,075,080,090,0100,0Qishloq xo‘jaligi vazirligi
2.Sholis/ga46,247,248,549,552,555,0
3.Kartoshkas/ga207,8210,5212,2213,9217,4222,0
4.Sabzavotlars/ga212,1231,0241,5252,0274,5295,0
5.Poliz mahsulotlaris/ga152,1159,7163,6167,7180,6190,0
6.Meva va rezavorlars/ga94,2104,2109,4116,4130,5150,0
7.Uzums/ga117,5125,2131,8137,8160,0180,0
8.Moyli ekinlars/ga15,816,217,018,520,022,0
1.2. Oziq-ovqat ekinlari maydoni (aholi tomorqa xo‘jaliklaridan tashqari)
9.Intensiv bog‘lar maydoniming gektar72,280,985,489,999,5110Qishloq xo‘jaligi vazirligi
9.1.Bog‘larning jami ekin maydonidagi ulushifoiz40,645,048,053,557,060,0
10.Intensiv usulda sabzavotlar yetishtiriladigan maydonming gektar23,430,833,637,547,455,4
10.1.Sabzavot ekinlarining jami ekin maydonidagi ulushifoiz15,019,021,024,031,035,0
11.Moyli ekinlarning jami ekin maydonidagi ulushifoiz3,63,84,04,55,15,7
12.Ozuqa ekinlarning jami ekin maydonidagi ulushifoiz12,313,514,014,514,515,0
1.3. Ichki ishlab chiqarish hisobiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish va oziq-ovqat mahsulotlari tashqi savdosi
13.Un bilan ta’minlash darajasifoiz889092939495Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
14.O‘simlik yog‘i bilan ta’minlash darajasifoiz505560657075
15.Kartoshka bilan ta’minlash darajasifoiz878890929495
16.Go‘sht bilan ta’minlash darajasifoiz9393,59494,59595,5
17.Guruch bilan ta’minlash darajasifoiz788081828485
18.Oziq-ovqat mahsulotlari importi qiymatining jami tovarlar eksportiga nisbatifoiz19,92120,5181715Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
19.Don importiga qaramlilik koeffitsiyenti (Afg‘onistonga un eksporti hisobi bilan)foiz31,63233343536
2. Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan aholining iqtisodiy imkoniyati
20.Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksifoiz115,1112110109108,5107Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
21.To‘yib ovqatlanmaydigan aholining umumiy aholiga nisbatan ulushifoiz2,52,32,12,01,81,5Qishloq xo‘jaligi vazirligi
22.Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi jami daromadiga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlariga sarf-xarajatlarining ulushifoiz52,252,051,751,451,050,0Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
23.Kichik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtacha daromadining o‘sish nisbatifoiz108,0112,0113,0115,0122,6123,0Qishloq xo‘jaligi vazirligi
3. Oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli (sog‘lom ovqatlanish)
24.Aholi jon boshiga o‘simlik yog‘i iste’molikg18,817,016,515,114,012,0Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
25.Aholi jon boshiga non va non mahsulotlari iste’molikg155,2150140130115100
26.Vazn og‘irligi yetishmasligi mavjud 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushifoiz2,42,22.01,91,71,5Sog‘liqni saqlash vazirligi
27.5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bo‘y o‘sishida ortda qolish (foiz)foiz8,7
(2017)
8,07,06,56,05,8
28.Ortiqcha vazni mavjud 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushifoiz4,44,24,03,83,43,0
29.Semizligi (BVI≥30 kg/m²) mavjud aholi ulushifoiz23,523,423,3523,323,223,0
30.Ortiqcha vaznga ega (BVI≥25 kg/m²) katta yoshdagi aholi ulushifoiz56,455,254,653,851,951,0
31.Tug‘ish yoshidagi ayollar orasida kamqonlik bilan kasallanishni kamaytirishfoiz19,018,017,016,014,012,0
32.Yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasallanishni kamaytirish100 ming aholiga nisbatan541,2537,7532,3526,9496,4479,2
4. Tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va barqarorlik
33.Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tuproq tahlilini amalga oshirishming ga535776525911923525Qishloq xo‘jaligi vazirligi
34.Tuproqdagi gumus miqdori 1 foizdan kam bo‘lgan ekin yerlarining jami maydonga nisbatan ulushifoiz65,062,060,058,054,050,0
35.Suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladigan ekin maydonlari ulushifoiz27,035,040,048,055,060,0Suv xo‘jaligi vazirligi
36.Sug‘orish uchun jihozlangan (irrigatsiya tarmoqlari mavjud) ekin maydonlari ulushifoiz80,78283858890
37.Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishfoiz77,28184878992“O‘zsuvta’minot” AJ
5. Saqlash va qayta ishlash hajmlarini o‘sishi
38.Sovitkichli sig‘imlar quvvatlarini oshirishming tn414344647590Qishloq xo‘jaligi vazirligi
39.Donni qayta ishlashfoiz48,751,153,556,058,460,8
40.Meva-sabzavotni qayta ishlashfoiz14,715,015,315,615,816,2
41.Uzumni qayta ishlashfoiz10,310,811,311,812,312,8
42.Go‘shtni qayta ishlashfoiz15,115,315,616,116,416,6
43.Sutni qayta ishlashfoiz19,420,621,722,924,125,2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga
 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida 2024 — 2028-yillarda oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/rTadbir nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMas’ullar
I. Soha bo‘yicha amalga oshiriladigan umumiy choralar
1.Aholi soni va oziq-ovqatga bo‘lgan talabning o‘sishidan kelib chiqib, toza va sifatli mahsulotlar yetishtirish, ularning nomenklaturasi hamda chuqur qayta ishlash darajasini oshirish.1. Respublika tumanlarning ixtisoslashuvi, aholi soni va oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi ishlab chiqarish salohiyatini inobatga olgan holda barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va uni qoplash imkoniyatlarini tahlil qilish.2024-yil martQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
tegishli vazirlik va idoralar
2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlari prognozlarini ishlab chiqish.Har yili mart
3. Hududlarda oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini shakllantirish, bunda resurstejamkor yangi texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutish.Doimiy
2.Oziq-ovqat sanoati sohasiga oid davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish va ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish.1. Oziq-ovqat sanoati sohasidagi xo‘jalik subyektlari faoliyatda ilmiy yechimini kutayotgan muammolar va real ehtiyojlar portfelini shakllantirish.2024-yil mayOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. Shakllantirilgan loyihalarni ehtiyojlar portfeliga asosan davlat ilmiy dasturlariga kiritish.2024-yil iyun
3. Innovatsion rivojlanish agentligining Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan maqsadli ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va tadqiqotlarni tashkil etish.2024-yil davomida
4. Tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish choralarini ko‘rish.Belgilangan muddatlarda
3.Zamonaviy texnologik jarayonlarni boshqarish bo‘yicha o‘quv tizimining ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash.1. Zamonaviy texnologik jarayonlarni boshqarish bo‘yicha o‘quv tizimlarida talabalarning ishlab chiqarishdagi o‘quv amaliyoti bilan birga, o‘qituvchilarning qayta ishlash korxonalarida amaliyot (har yili kamida 2 hafta) o‘tash dasturini qabul qilish.2024-yil mayOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
2. Talabalar va o‘qituvchilarning qayta ishlash korxonalarida amaliyotini tashkil etish maqsadida korxonalar ro‘yxatini shakllantirish.2024-yil may
4.2030-yilgacha 10 ta xalqaro brendni jalb etish, 20 ta milliy brendning tashqi bozorga chiqishiga ko‘maklashish.1. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xalqaro brendga ega taniqli korxonalar faoliyatini o‘rganish va ro‘yxatini shakllantirish.2024-yil mayBojxona qo‘mitasi,
Savdo-sanoat palatasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
tegishli vazirlik va idoralar
2. Xorijiy korxonalar bilan muzokaralar o‘tkazish va ularning brendini jalb qilish bo‘yicha loyiha taklifini taqdim etish.2024 — 2028-yillar
3. Muzokaralar natijalariga ko‘ra bitimlar imzolash.2024 — 2028-yillar
4. Respublikada kamida 3 yil faoliyat yuritgan, xalqaro standart tizimlarini qabul qilgan salohiyatli oziq-ovqat korxonalari ro‘yxatini shakllantirish.2024-yil iyun
5. Korxonalar milliy brendlarini ko‘rib chiqish hamda tashqi bozorga chiqishiga ko‘maklashish bo‘yicha “yo‘l xarita” ishlab chiqish.2024-yil avgust
6. Yangi tashkil etiladigan oziq-ovqat korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarida yangi brendlarini joriy etishga ko‘maklashish.2024 — 2028-yillar
5.Importdan kirib kelayotgan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini tahlil qilish va mahalliylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.1. Import hajmi yuqori bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish va ularni mahalliylashtirish bo‘yicha chora tadbirlarni belgilash.2024 — 2028-yillar mart oyidaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Bojxona qo‘mitasi,
Savdo-sanoat palatasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda investorlarni jalb qilish choralarini ko‘rish.2024-2025-yillar
6.Oziq-ovqat mahsulotlarini zamonaviy shaklda qadoqlash texnologiyalarini joriy etish.1. Zamonaviy qadoqlash texnologiyalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish.2024-yil dekabrInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar hokimliklari
2. Zamonaviy qadoqlash texnologiyalarini jumladan, mahsulot sifati va saqlash muddatini oshirish, jumladan, zamonaviy oziq-ovqat plastik idishlari, qog‘oz qutilari, alyumin bankalarini respublikada ishlab chiqarishga investorlarni jalb etish choralarini ko‘rish.2025 — 2027-yillar
3. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash materiallari, o‘ramlari, qutilari va boshqa materiallarini mahalliylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.2025-yil mart
7.Qayta ishlangan va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida xorijda savdo uylari va omborlarini tashkil etish choralarini ko‘rish.1. Tadbirkorlik subyektlari bilan birga savdo uylarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.2024-yil iyulSavdo-sanoat palatasi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
2. Eksportyor korxonalarga savdo uylarini ochishga ko‘maklashish choralarini ko‘rib borish2024 — 2028-yillar
8.Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida hududlarda oziq-ovqat sanoati parklarini tashkil etish choralarini ko‘rish1. Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm va Farg‘ona viloyatlaridagi sanoat zonalari (KSZ) hududida ixtisoslashgan oziq-ovqat sanoati texnoparkini tashkil etish bo‘yicha joylashuv maydoni, investitsiya miqdori va yaratiladigan ish o‘rni parametrlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024-yil IV chorakQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari
2. Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm va Farg‘ona viloyatlaridagi kichik sanoat zonalari (KSZ)da oziq-ovqat bo‘yicha namunaviy sanoat parkini tashkil etish bo‘yicha TIA va biznes rejalar ishlab chiqish.2025-yil I chorak
3. Xorijiy va mahalliy investorlar hamda XMIlar mablag‘lari hisobidan hududlarda loyihalarni amalga oshirish choralarini ko‘rish.2025 — 2030-yillar
II. Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish
9.Barcha toifadagi xo‘jaliklarda bosqichma-bosqich mevali bog‘lardan olinadigan hosil miqdorini oshirish hisobiga meva yetishtirishni:
2024-yilda 3,2 mln tonnaga;
2025-yilda 3,4 mln tonnaga;
2026-yilda 3,6 mln tonnaga;
2027-yilda 3,9 mln tonnaga;
2028-yilda 4,1 mln tonnaga yetkazish.
1. Respublika bo‘yicha mevali bog‘ maydonlarini 30 ming gektarga, uzumzor maydonlarini 18 ming gektarga kengaytirish va modernizatsiya qilish choralarini ko‘rish.2024 — 2027 yy.
ekish mavsumida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri
va tumanlar hokimliklari,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
2. Bog‘ va tokzorlar maydonini aniqlash, faqat tomchilatib sug‘orish joriy qilish va “in-vitro” usulida yetishtirilgan ko‘chat bilan intensiv bog‘ tashkil etish shartida auksion savdolariga chiqarish tizimini joriy qilish.2024 — 2027-yillar
3. Tashkil etiladigan yangi intensiv bog‘lar hisobiga hosildorlikni yilma-yil kamida 20%ga oshirib borish.2024 — 2027-yillar
4. “E-AUKSION” orqali lotlarni e’lon qilish va realizatsiya qilish.Har yili mavsum davomida
5. Kam hosilli, iqtisodiy samarasiz bog‘larni aniqlash va yangi intensiv bog‘larni tashkil etish bo‘yicha tuman hokimliklari qoshidagi ishchi guruhlar faoliyatini tiklash.2024 — 2028-yillar
6. Ekinlarni vegetatsiya davrida o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida ilmiy tavsiyalar asosida o‘tkazilishini tashkil qilish.2024 — 2028-yillar
10.Quritilgan olxo‘ri va o‘rik mevasi eksportini 2 barobarga oshirish maqsadida 2024 — 2026-yillarda 3,0 ming ga yangi bog‘ yaratish va olinadigan hosildan sifatli quritishni tashkil etish. 1. Har bir hududning tuproq-iqlim va suv ta’minotidan kelib chiqib, olxo‘ri va o‘rik yetishtiriladigan ixtisoslashgan hududlarni aniqlash.2024-yil I chorakQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman hokimliklari
2. Aniqlangan hududlarda olxo‘ri va o‘rik bog‘larini barpo etish hamda mavjud bog‘ maydonlarini kengaytirish.2024-yil dekabr
3. Xalqaro standartlar (Organic, Global G.A.P., G.A.P va boshqalar) talablarini joriy etish orqali mahsulot yetishtirishni tashkil etish.2024-2025-yillar
4. Quritilgan olxo‘ri va o‘rik bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish.2024 — 2027-yillar
5. Zamonaviy innovatsion ilg‘or quritish usul va texnologiyalari va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahsulot ishlab chiqaruvchilarga yetkazish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish.Doimiy
11.Sabzavotlarning yuqori hosildor va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan sanoatbop navlarini yetishtirishni tashkil etish.1. Sabzavotlarning hosildor va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan navi urug‘ va ko‘chatlarini (sertifikatlangan) mahsulot yetishtiruvchilarga yetkazib berishni tashkil etish.2024 — 2028-yillar ekish mavsumida doimiyQishloq xo‘jaligi vazirligi,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar hokimliklari
2. Qayta ishlash korxonalari buyurtmasiga asosan sanoatbop sabzavot ekinlari ekilishini ta’minlash hamda 2030-yilgacha intensiv usulda sabzavot yetishtiriladigan maydonlar ulushini 35 foizga yetkazish.2024 — 2030-yillar ekish mavsumida
3. Ekinlarning o‘z muddatida agrotexnika talablariga rioya qilgan holda parvarishini doimiy nazorat qilib borish hamda mahsulot yetishtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni joylarga yetkazish.Doimiy
4. Qayta ishlash (quritish) korxonalari bilan fermer va dehqon xo‘jaliklari (tomorqa yer egalari) o‘rtasida mahsulotni yetkazib berish (sotib olish) yuzasidan tuzilayotgan shartnomalar hamda kelishuvga asosan bo‘nak mablag‘lari ajratilishini, mahsulotlar yetkazib berilishini “Agroplatforma” tizimida onlayn monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish.2024 — 2028-yillar
5. Eksportni rag‘batlantirish agentligi orqali quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash.Tashabbuskorlar arizalariga ko‘ra
17.Meva-sabzavot mahsulotlarini yig‘ish, birlamchi qayta ishlash, qadoqlash, saqlash, tashish va eksport qilish uchun hududlarda agrologistika markazlari sonini oshirish.1. Agrologistika markazlarini tashkil etishning chora-tadbirlar dasturini qabul qilish, bunda tashabbuskorlar investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.2024-yil martQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar hokimliklari
2. Loyihalarning moliyaviy manbalarini aniqlash va ishga tushirish muddatlarini belgilash, tarmoq jadvallarini ishlab chiqish.Belgilangan muddatlarda
3. Loyihalarni tarmoq jadvaliga muvofiq ishga tushirish.Belgilangan muddatlarda
18.Meva-sabzavotlarni qayta ishlash darajasini 2030-yilgacha jami ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 16,2 foizga (amalda 14,7 %) yetkazish1. Hududlar kesimida meva-sabzavotlarni qayta ishlash va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish holatini tahlil qilish va muammolarni aniqlash.Har yili I chorakQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, 
tijorat banklari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari
2. Muammolarni hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash va ijrosini ta’minlash.Hisobot yili yakuni bilan doimiy
3. Meva-sabzavotlarni qayta ishlash darajasini oshirish loyihalari bo‘yicha moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda, manzilli dastur shakllantirish va ijrosini tashkil etish.Har yili I chorak
19.Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish.1. 51 ta meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish dasturlarini qabul qilish.2024-yil mayQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. Loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish va moliyaviy manbalarini aniqlash.2024-yil iyun
3. Loyihalarni moliyalashtirish choralarini ko‘rish hamda xorijdan shok usulida muzlatish bo‘yicha uskunalarni xarid qilish.Tarmoq jadvaliga asosan
4. Loyihalarni ishga tushirish choralarini ko‘rish.
20.Fermer, dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa yer egalarining mevalarni sifatli quritish va saqlashni tashkil etish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish choralarini ko‘rish. 1. Meva-sabzavot mahsulotini sifatli quritish va saqlash bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma, buklet va tarqatma materiallar ishlab chiqish.2024-yil fevralQishloq xo‘jaligi vazirligi,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar hokimliklari
2. Mevachilikka ixtisoslashgan hududlarda meva-sabzavot mahsulotini sifatli quritish va saqlash bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazish.2024-yil aprel
3. Talabga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish (Andijon, Farg‘ona va Namangan)” loyihasi doirasida moliyalashtirish choralari ko‘rilgan holda, mahallalarda kichik tadbirkorlik subyektlari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini quritish uskuna va texnologiyalari (mini-texnologiya) bilan ta’minlash.Tashabbusga ko‘ra
21.Meva-sabzavot mahsulotlarini quritish korxonalari texnologik holati, ularning muammo va takliflarini o‘rganish. 1. Meva-sabzavot mahsulotlarini quritish (qayta ishlash) korxonalarini xatlovdan o‘tkazish, bunda korxonaning amaldagi quvvati, energiya ta’minotiga mavsumiy talabi, texnolog mutaxassislarning mavjudligi hamda xomashyo bazasi yetarliligini o‘rganish.2024-yil aprelQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari
2. Korxonalarning muammo va takliflarini umumlashtirish, ushbu muammolarni bartaraf etish va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.2024-yil iyul
22.Respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlaridan samarali foydalanish, ularni saqlash, qayta ishlash va eksport darajasini yanada oshirishni tashkillashtirish hamda 2028-yilga kelib umumiy qishloq xo‘jaligi (meva-sabzavot, kartoshka, poliz, don, dukkakli) va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmida qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari ulushini 40 foizga yetkazish.1. Kelgusi 5 yilda qishloq xo‘jaligi (meva-sabzavot, kartoshka, poliz, don, dukkakli) va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmida qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari ulushini 40 foizga yetkazishning prognoz hajmini ishlab chiqish hamda chora-tadbirlar dasturini Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlash.2024-yil mayQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
2. Respublikamizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari, quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xalqaro savdo tashkilotlari talablari asosida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Codex Alimentarius, YEN standartlari va reglamentlariga moslashtirish.2024-2025-yillar
3. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarning (YEOII) texnikaviy reglamentlariga muvofiqlashtirilgan holda xomashyo va mahsulot uchun sifat hamda xavfsizlik standartlarini birxillashtirish (ba’zi bir mahsulot turi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi standartiga muvofiqlashtirish).2025-2026-yillar
4. Meva-sabzavotlarni yetishtirishda tuproqda qo‘llanadigan kimyoviy o‘g‘itlarni tuproq tarkibini o‘rgangan holda, Yevropa standartlari asosida qo‘llash metodologiyasini o‘rganish va amaliyotga qo‘llash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish. 
5. Yetishtirilgan mahsulotlarning yetishtirishdan iste’molchigacha bo‘lgan jarayonini to‘liq qamrab oladigan standartlar tizimini joriy etish (bunda qayta ishlash norma va me’yorlari, fumigatsiyasi va kalibrlashga alohida e’tibor qaratish).
2026-2027-yillar
Yog‘-moy sanoatini rivojlantirish
23.Respublika hududlarida o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida o‘simlik yog‘i xomashyosi yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirish.
Jumladan,
2024-yilda 250 ming gektar,
2025-yilda 260 ming gektar,
2026-yilda 270 ming gektar,
2027-yilda 280 ming gektar,
2028-yilda 300 ming gektar.
1. Hududlarni tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib moyli ekinlar yetishtirish mumkin bo‘lgan hududlarni aniqlash va taqsimotini prognozlashtirish. 
2. Ekin maydonlari uchun sifatli elita urug‘ navlari miqdorini shakllantirish.
3. Hududlarga moyli ekinlar ekilishini ta’minlash choralarini ko‘rish. 
2024 — 2028-yillar davomidaQishloq xo‘jaligi vazirligi
24.Kungaboqar doni va uning vegetatsiya davri bo‘yicha ilmiy-tadqiqot seleksiya ishlarini tashkil etish, buni natijasida, tuproq-iqlim sharoitiga mos, yog‘lilik miqdori 35 foizdan kam bo‘lmagan urug‘ navlarini tatbiq etish.1. Takroriy ekinlar mos bo‘lgan hamda vegetatsiya davri qisqa (75 — 80 kun) bo‘lgan urug‘lik navlari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish.2024 — 2026-yillarYog‘-moy sanoati uyushmasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari
2. Erishilgan ilmiy yutuqlar asosida takroriy ekin maydonlarida moyli ekinlar ulushini 200 ming gektarga yetkazish.2027-2028-yillar
25.Yog‘-moy korxonalarining qayta ishlash quvvatlaridan foydalanish samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish natijasida rafinatsiyalangan kungaboqar yog‘ini ishlab chiqarishni 150,0 ming tonnaga, paxta yog‘ini 170,0 ming tonnaga va ulardan olinadigan chorva ozuqalarini 860,0 ming tonnaga yetkazish. 1. Yog‘-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024-yil avgustYog‘-moy sanoati uyushmasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari
2. Dasturga muvofiq ishlab chiqarishning prognoz hajmlarini belgilash.2024-yil sentabr
3. Respublikada yetishmagan xomashyoni import hisobiga qoplash choralarini ko‘rish.doimiy
26.Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.1. O‘simlik yog‘ini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini o‘zlashtirish, xorijiy tajribalarni tahlil qilib borish.2024 — 2028-yillarYog‘-moy sanoati uyushmasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari
2. Mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, samarasiz quvvatlarni diversifikatsiyalash hamda oziq-ovqatning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish.Doimiy
3. Modernizatsiya qilinadigan korxonalar ro‘yxatini shakllantirish hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish.2024 — 2028-yillar
4. Yirik yog‘-moy korxonalarida gidrogenlangan yog‘larni ishlab chiqarish o‘rniga qayta efirlangan yog‘larni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni joriy etish.2024 — 2028-yillar
27.Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlangan davrlarda iste’moldan ortiqcha bo‘lgan o‘simlik yog‘ini eksport qilish choralarini ko‘rib borish.1. Doimiy ravishda o‘simlik yog‘i narxini monitoring qilish, ishlab chiqarish va importini tahlil qilib borish. Har oydaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari,
tadbirkorlik subyektlari
2. Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash nuqtai nazaridan ichki iste’molni doimiy ta’minlashga e’tibor qaratish.Doimiy
3. O‘zbekiston yog‘-moy sanoati mahsulotlarining xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, tanlovlar (yog‘-moy sanoati, Oils+fats 2025 o‘simlik moylari va yog‘larning xalqaro ko‘rgazmasi, World Food Moscow, Olio Capitale 2024, Food Style Kansai 2024 va boshqalar)da ishtirokini ta’minlash.Doimiy
Sutni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish
28.Respublikada sut sanoatini modernizatsiya qilish, sutni qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish darajasini oshirish orqali sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.Yuqori sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida sutni qayta ishlash darajasini oshirish va uning sifatini ta’minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
Bunda, mahsulot turlarini ko‘paytirish, funksional mahsulotlar (sport ovqatlari, bolalar ovqatlari) kabi turlarini kengaytirish.
2025-yil 1-martQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
29.Respublikada sut sanoatini rivojlantirish, mahsulotlar xavfsizligi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida amaldagi normativ hujjatlarni va texnik reglamentlarni BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, YEIning normativ hujjatlari bilan uyg‘unlashtirish.1. Amaldagi Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament loyihasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar normalari bilan uyg‘unlashtirish.2024-yil II chorakQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi,
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
2. Hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.2024-yil oktabr
30.Sut va zardobni qayta ishlash bo‘yicha yangi zamonaviy obyektlarni ishga tushirish hamda mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, sutni qayta ishlash quvvatlarini 3 million tonnaga yetkazish.1. Tayyor sut mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini o‘zlashtirish, xorijiy tajribalarni tahlil qilib borish.DoimiyVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. Mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, modernizatsiya qilinadigan korxonalar ro‘yxatini shakllantirish hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish.2024 — 2028-yillar
3. Mahsulotlarning ozuqaviy va biologik qiymatini oshiradigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, yangi avlod qadoqlash materiallaridan foydalanish orqali mahsulot turlarini kengaytirish chorasini ko‘rish.2024 — 2028-yillar
4. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali sutni qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish uchun yangi loyihalarni shakllantirish va ijrosini ta’minlash.2024 — 2028-yillar
5. Sutni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024 — 2028-yillar
Go‘shtni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish
31.Go‘shtni qayta ishlash quvvatini 450 ming tonnaga va darajasini 22 foizga yetkazish.1. Go‘shtni chuqur qayta ishlash, qondan oziq-ovqat, tibbiy-profilaktika, texnik va ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, shuningdek, aholi tomonidan talab yuqori bo‘lgan yarim tayyor go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish.2024 — 2028-yillarVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi
2. Zamonaviy obyektlarni qurish va chorva mollarini birlamchi qayta ishlash tashkilotlarining salohiyatini oshirish.2024 — 2028-yillar
3. Go‘shtni qayta ishlash korxonalarida ma’nan eskirgan uskuna va texnologiyalarni modernizatsiya qilish.2024 — 2028-yillar
32.O‘zbekiston go‘sht sanoatini rivojlantirish, xavfsizligi hamda raqobatbardoshligini oshirish maqsadida amaldagi normativ hujjatlarni va texnik reglamentlarni BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, YEIning normativ hujjatlari bilan uyg‘unlashtirish.1. Amaldagi Go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament loyihasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish. Bunda, go‘shtni qayta ishlash korxonalarida ekologiyaga ta’sirini kamaytirish choralarini ko‘rish.2024-yil avgustQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
2. Hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.2024-yil sentabr
33.Chorva mollarini uchun energiya tejamkor va innovatsion texnologiyalar asosida zamonaviy kushxonalar tashkil etish.1. Chorva mollarini uchun energiya tejamkor va innovatsion texnologiyalar asosida zamonaviy kushxonalar tashkil etish dasturini ishlab chiqish.2024-yil noyabrVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari
2. Dasturni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024-yil dekabr
34.Parranda go‘shtini qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalarni ishga tushirish, ularni zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlash.1. Parrandachilikni yanada rivojlantirish, sohada ozuqa bazasini yaxshilash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish.2024-yil dekabrVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. Parranda go‘shtini qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalarni ishga tushirish, shu jumladan parrandachilik komplekslari negizida ham qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish.2025 — 2028-yillar yanvar oyida
3. Korxonalarini zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida har yili O‘zbekistonda uskuna va jihoz ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalar mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil qilish.Har yili
35.Go‘shtni qayta ishlash mahsulotlari, jumladan, pishirilgan kolbasa ishlab chiqarishni 15,5 ming tonnaga, sosiska va sardelkalarni 7 ming tonnaga, dudlangan va yarim dudlangan kolbasalarni 43 ming tonna va go‘shtli konservalarni 350 tonnaga yetkazish. 1. Go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024-yil mayVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi
2. Dasturga muvofiq ishlab chiqarishning prognoz hajmini belgilash.2024-yil may
3. 2024-yil uchun belgilangan prognoz hajmga erishilishini ta’minlash.2025-yil yanvar
Shakar sanoatini rivojlantirish
36.Asosiy davlatlardan import qilinayotgan shakar xomashyosi uchun muqobil yangi bozorlarni o‘rganish.Shakar xomashyosi yetishtiruvchi davlatlardagi mavjud holat, logistika imkoniyatlari bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish. 2025-yil aprelInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Transport vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
37.Shakar o‘rinini bosuvchi mahsulotlar (steviozid, fruktoza, glukoza, sorbit va boshqa) ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish.1. Shakar o‘rinini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish.2025-yil mayQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi
2. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan taklif kiritish.2025-yil iyun
38.Yangi o‘zlashtirilgan maydonlarda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda steviya va qand lavlagi ekinlarini ekishni tashkil etish, qayta ishlash. 1. Qand lavlagini yetishtirish va shakarni qayta ishlash bo‘yicha kichik zavodlarni tashkil etish loyihalarini shakllantirish. 2025-yil iyulQishloq xo‘jaligi vazirligi
2. Loyihalarni amalga oshirishga investorlarni jalb qilish.2025-yil sentabr
3. Takroriy maydonlarda ekishga mos bo‘lgan navlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.2024-2025-yillar
39.Tayyor shakar ishlab chiqarish hajmini 1,0 mln tonnaga yetkazish.1. Tayyor shakar ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich 1,0 mln tonnaga yetkazish bo‘yicha korxonalar kesimida prognoz hajmni ishlab chiqish.2024 — 2028-yillarInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqini himoya qilish qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
2. Talabga ko‘ra, tayyor shakarni birja savdolariga kunlik chiqarib borish.Doimiy
Donni qayta ishlash va un ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish
40.Donni saqlashdagi yo‘qotishlarni (10 — 20%) kamaytirish maqsadida fermerlar, don korxonalari va g‘allachilik klasterlarida saqlash bo‘yicha (asosan po‘latdan yasalgan elevator) zamonaviy yangi quvvatlarni ishga tushirish hamda mavjudlarini modernizatsiyalash, mavjud tegirmonlarda to‘liq modernizatsiya ishlarini amalga oshirish dasturini qabul qilish.1. Zamonaviy yangi quvvatlarni ishga tushirish hamda mavjudlarini modernizatsiyalash dasturini hududlar kesimida ishlab chiqish.2024-yil avgustQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. Ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, xarajatlarning moliyaviy manbalarini aniqlash va investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.2024-yil sentabr
3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024-yil oktabr
41.Innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini texnik jihozlashni kengaytirish, takomillashtirish orqali un mahsuloti va non sanoati korxonalarining individual ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish.1. Soha mutaxassislarini jalb etgan holda, un mahsuloti va non sanoati korxonalarining individual ishlab chiqarish quvvatlarini xatlovdan o‘tkazish.2024-yil oktabrQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi,
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
2. Xatlov natijalariga ko‘ra, hududlar kesimida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.2024-yil dekabr
3. Loyihalarning moliyaviy manbalarini aniqlash va modernizatsiyalashni bosqichma-bosqich amalga oshirish.2025 — 2028-yillar
42.Mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish.1. Amaldagi don, un, non va non mahsulotlari bo‘yicha texnik reglament loyihalarini xalqaro standart talablariga moslashtirish bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish.2025-yil martQishloq xo‘jaligi vazirligi,
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
2. Ko‘rib chiqish natijalariga asosan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.2025-yil sentabr
43.Non mahsulotlari assortimentini kengaytirish, shu jumladan vitaminlar va minerallar bilan boyitilgan ommaviy iste’mol qilinadigan non mahsulotlari ishlab chiqarish ulushini ko‘paytirish.1. Yangi turdagi non mahsulotlari assortimentini kengaytirish, shu jumladan vitaminlar va minerallar bilan boyitilgan ommaviy iste’mol qilinadigan non mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.2025-yil fevralQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil aprel
44.Qattiq bug‘doydan un ishlab chiqarishni 200 ming tonnaga, yumshoq bug‘doy unini 4,9 million tonnaga, bug‘doy-javdar uni 140,0 ming tonnaga, qattiq bug‘doydan dag‘al un 55,0 ming tonnaga, qolipli non ishlab chiqarishni 1,2 million tonnaga, milliy non mahsulotlarini ishlab chiqarish 525,0 ming tonnagacha yetkazish.1. Mahsulotlarni yillar va hududlar kesimida ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.2024-yil martQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari
2. Prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishini tahlil qilib borish va muammolarni aniqlash.2024 — 2028-yillar
3. Aniqlangan muammo va takliflar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.Har yili hisobot yili yakuni bilan
Qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish
45.Funksional xususiyatlarga ega bo‘lgan xomashyo (qizilmiya ekstrakti, laktoza, glukoza siropi, invert siropi, no‘xat uni, javdar uni, ekstrudirovka qilingan un, steviya, artishok va qo‘shimchalar) bilan parhez, diabetik va terapevtik qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish.1. Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va eksportini rivojlantirish chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.2024-yil sentabrQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar
2. Qandolat korxonalari bilan dastur loyihasi muhokamasini tashkil qilish.2024-yil oktabr
3. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024-yil noyabr
46.Mahalliy korxonalarning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida, xususan, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda taniqli jahon brendlari bilan hamkorligini faollashtirish.1. Qandolat mahsulotlari bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazish.2024-yil oktabrQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi
2. Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda taniqli jahon brendiga ega kompaniyalar (sh.j. MARS) bilan muzokaralar o‘tkazish.2024 — 2028-yillar
3. Muzokaralar natijasiga ko‘ra, hamkorlik bitimlarini imzolash.2024 — 2028-yillar
47.Saqlash muddati qisqa bo‘lgan qandolat mahsulotlari (tort, pirojniy) ishlab chiqarishni 50,0 ming tonnaga, quruq shirin pechenyelar 26,0 ming tonnaga, vafli va vafli o‘ramlari 14,1 ming tonnaga yetkazish.1. Mahsulotlarni yillar va hududlar kesimida ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.2024-yil martQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari
2. Prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishini tahlil qilib borish va muammolarni aniqlash.2024 — 2028-yillar
3. Aniqlangan muammo va takliflar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.Har yili hisobot yili yakuni bilan
Vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish
48.Respublikadagi mavjud sanoatbop uzumzorlar maydonini 54 ming gektarga yetkazish orqali ushbu maydonlardan 1,5 mln tonna sifatli vinobop hosil olinishiga erishish.1. Mavjud sanoatbop uzumzorlar maydonini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.2024-yil aprel-mayQishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar hokimliklari
2. Yangi barpo etiladigan sanoatbop uzumzorlar hududlarini aniqlash. Bunda, tuproq-iqlim sharoitlari mos kelishini hisobga olish.2024-yil aprel-may
3. Kengaytiriladigan maydonlarda keskin ob-havo sharoitlariga (issiq, sovuq, qurg‘oqchilik) chidamli yangi navlarni ekish orqali uzumzorlarni barpo etish. Bunda, vinochilik korxonalari tomonidan klaster usulida yangi sanoatbop uzum navlarini ekish ishlarini tashkil etish.2024 — 2028-yillar
49.Uzum xomashyosini qayta ishlash natijasida konyak distillyati ishlab chiqarishni 10 mln litrga hamda doimiy zaxirasini 3,5 mln litrga yetkazish.1. Korxonalarning konyak distillyatini saqlash va zaxira qilish imkoniyatini o‘rganish.2024-yil yanvar — iyunAgrosanoatni rivojlantirish agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Tashabbuskorlar tomonidan konyak distillyatini zaxira qilishning manzilli ro‘yxatini shakllantirish.2024-yil yanvar — iyun
3. Zaxiraning moliyalashtirish manbalarini shakllantirish.2024-yil sentabr
4. Loyihalarni moliyalashtirish hamda ishga tushirish grafigini tasdiqlash.2024-yil dekabr
50.Sifatli, xalqaro standartlarga javob beradigan, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida 30 ta vinochilik korxonasini hamda ularning 60 ta birlamchi qayta ishlash punktini to‘liq modernizatsiya qilish natijasida 4,5 mln tonna uzum, meva va rezavorlarni qayta ishlash va 25 mln litr uzum, meva va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga erishish (shu jumladan, 2,5 mln litr tabiiy vino).1. Jismonan va ma’nan eskirgan, modernizatsiya qilinadigan korxonalar va ularning birlamchi qayta ishlash punktlarini aniqlash hamda ro‘yxatini shakllantirish.2024-yil aprel-mayAgrosanoatni rivojlantirish agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Ushbu korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks loyihalarning manzilli ro‘yxatini yillar kesimida shakllantirish.2024-yil iyun
3. Loyihalarni moliyalashtirishning manbalarini aniqlash.2024-yil sentabr
4. Loyihalarni moliyalashtirish hamda ishga tushirish grafigini tasdiqlash.2024-yil dekabr
5. Loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish.2025 — 2028-yillar
51.Mamlakatning vinochilik yo‘nalishidagi katta imkoniyatlari va tajribalaridan kelib chiqib, vino mahsulotlari eksportini 3 barobarga oshirish.1. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun eng maqbul bo‘lgan bozorlarni kompleks o‘rganish.2024-yil davomidaAgrosanoatni rivojlantirish agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. O‘rganishlar natijasidan kelib chiqib, ushbu mamlakatlarda keng ko‘lamdagi ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil qilish hamda soha korxonalarining ishtirokini ta’minlash.2024 — 2027-yillarda
3. Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining degustatsiyalarini tashkil qilish orqali ushbu mamlakatlarda mahalliy mahsulotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish.2024 — 2027-yillarda
4. Xorijiy yirik shaharlarda savdo uylari va savdo tarmoqlarini ochish va bunda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy va amaliy yordamlar ko‘rsatish (konsultatsiyalar berish).2024 — 2028-yillar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga
 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan va tugatilayotgan idoralararo kollegial organlar ro‘yxatining 16-pozitsiyasi “Tugatilayotgan organning funksiyalarini bajaruvchi (vakolatlariga aloqador qismida) subyektlar” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazorat bo‘yicha inspeksiya” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmonida:
a) 5-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 74-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovada:
10-banddagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonida:
a) 4-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“har yili 1-dekabrga qadar joriy yil uchun belgilangan vazifalarning bajarilishini chuqur tahlil etgan holda Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etsin”;
b) 2-ilovaning 21 va 59-pozitsiyalari “Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
11-banddagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6159-son Farmonida:
a) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “agroxizmatlar markazlari” so‘zlari “Respublika agroxizmatlar markazi, hududiy va tuman agroxizmatlar markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
3-banddagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-banddan “qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — ” so‘zlari chiqarib tashlansin;
13-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
14-banddagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovada:
1-pozitsiyaning “Biriktirilayotgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari” ustunidan “, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4-pozitsiyaning “Biriktirilayotgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi”;
6 va 7-pozitsiyalar “Biriktirilayotgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari” ustunidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiya “Biriktirilayotgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari” ustunidagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmonida:
a) 1-ilovada:
o‘n sakkizinchi xatboshidagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n to‘qqizinchi xatboshidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
yigirma birinchi xatboshidan “qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — ” so‘zlari chiqarib tashlansin;
yigirma uchinchi xatboshidagi “Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: Respublika kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi”;
b) 2-ilovaning o‘ninchi xatboshisidagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish boshqarmasi” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoni bilan tasdiqlangan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatida:
10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovaning“4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi22301883347
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni55
1.Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi12161216
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni22
2.Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi3131
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni11
3.O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi60558619
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
4.Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi30528916
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni321
5.Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi4854805
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni11



”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-85-son Farmonida:
a) muqaddimadan “lalmi yerlar va yaylovlarni o‘zlashtirish hisobidan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2, 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan yangi tutzorlar barpo qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 1-ilovaga muvofiq yer maydonlarini ularning konturlarini aniq belgilagan holda “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun joylashtirsin, hududiy “Agropilla” MCHJlar va pillani qayta ishlash korxonalariga qarashli rekonstruksiya qilinadigan tutzorlar bundan mustasno.
3. Belgilansinki, yangi tutzorlar barpo qilish uchun yer uchastkalari 10 gektardan kam bo‘lmagan o‘lchamda pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga elektron onlayn auksion savdolari orqali ijara huquqi asosida ajratiladi.
4. 2024 — 2027-yillarda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qo‘mita bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar mazkur Farmonga muvofiq ajratib berilgan yer maydonlaridan foydalanish holatini Qishloq xo‘jaligi vazirligining Geoaxborot tizimi orqali muntazam monitoring qilib borish tizimini joriy etsin”;
g) 1-ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan yangi tutzorlar barpo qilish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun joylashtiriladigan, shuningdek, mavjud yer maydonlarining ko‘rsatkichlari”;
“Ipakchilik qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida yangidan ajratiladigan yer maydonlari” ustunining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun joylashtiriladigan yer maydonlari”;
“Ipakchilik qo‘mitasining doimiy foydalanishidagi mavjud yaylovlar maydonlari” ustunining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun joylashtiriladigan Ipakchilik qo‘mitasining doimiy foydalanishidagi mavjud yaylovlar maydonlari”;
d) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2024 — 2027-yillarda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo qilishning
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
T/rTumanlar nomiBarpo qilinadigan yangi tutzorlar maydoni
(gektar)
Shundan
(gektar)
2024-yil2025-yil2026-yil2027-yil
Respublika bo‘yicha jami:105 00027 14021 20224 76031 898
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
1.To‘rtko‘l tumani20060405050
2.Beruniy tumani20060405050
3.Ellikqal’a tumani20060405050
4.Amudaryo tumani20060405050
5.Xo‘jayli tumani500160120110110
6.Taxiatosh tumani503020

7.Shumanay tumani500160120110110
8.Qonliko‘l tumani500160120110110
9.Qo‘ng‘irot tumani500160120110110
10.Nukus tumani12030303030
11.Kegeyli tumani350110808080
12.Bo‘zatov tumani10030202030
13.Chimboy tumani500160120110110
14.Qorao‘zak tumani500160110120110
15.Taxtako‘pir tumani500160120110110
16.Mo‘ynoq tumani80402020
Jami5 0001600116011301110
Andijon viloyati 
1.Andijon tumani1 409480280320329
2.Izboskan tumani322012

3.Marhamat tumani720250150160160
4.Paxtaobod tumani5720101017
5.Baliqchi tumani 40201010
6.Bo‘ston tumani30101010
7.Ulug‘nor tumani14540303045
8.Asaka tumani590220120120130
9.Oltinko‘l tumani 231013

10.Xo‘jaobod tumani739270150160159
11.Shahrixon tumani 271017

12.Jalaquduq tumani 1 035370200220245
13.Qo‘rg‘ontepa tumani 15350303043
Jami5 00017701 0321 0701 128
Buxoro viloyati 
1.Jondor tumani1 200350240260350
2.Romitan tumani1 200350240260350
3.Kogon tumani1 000290200220290
4.Buxoro tumani1 000290200220290
5.Peshku tumani1 200350240260350
6.Shofirkon tumani1 200360240250350
7.G‘ijduvon tumani1 200360240250350
8.Olot tumani1 000290200220290
9.Qorako‘l tumani1 000290200220290
Jami10 00029302 0002 1602 910
Jizzax viloyati 
1.Forish tumani1 400350350350350
2.Baxmal tumani1 300350300300350
3.Zomin tumani1 400350350350350
4.Yangiobod tumani1 400350350350350
5.Arnasoy tumani1 000500200150150
6.Mirzacho‘l tumani1 000400200200200
7.G‘allaorol tumani1 300430290290290
8.Sh. Rashidov tumani1 200340300300260
Jami10 00030702 3402 2902 300
Qashqadaryo viloyati 
1.Qarshi tumani1 000120200250430
2.Koson tumani1 000160200250390
3.Qamashi tumani1 000230200250320
4.Kitob tumani1 650300330410610
5.Muborak tumani1 00090200250460
6.Chiroqchi tumani1 000240200250310
7.Ko‘kdala tumani70090140180290
8.Shahrisabz tumani1 650370330420530
9.Yakkabog‘ tumani1 000280200250270
Jami10 00018802 0002 5103 610
Navoiy viloyati 
1.Qiziltepa tumani1 100350250250250
2.Konimex tumani10030202030
3.Navbahor tumani 1 100350250250250
4.Nurota tumani800240180190190
5.Karmana tumani700220160160160
6.Xatirchi tumani1 200370270280280
Jami5 00015601 1301 1501 160
Namangan viloyati 
1.Mingbuloq tumani500150100100150
2.Kosonsoy tumani600160100150190
3.Chust tumani650170100150230
4.Uychi tumani25060506080
5.Yangiqo‘rg‘on tumani650170100150230
6.Norin tumani25040607080
7.Uchqo‘rg‘on tumani25060506080
8.Namangan tumani25060506080
9.To‘raqo‘rg‘on tumani300100607070
10.Chortoq tumani650170100150230
11.Pop tumani650150100150250
Jami5 00012908701 1701 670
Samarqand viloyati 
1.Pastdarg‘om tumani1 000200200250350
2.Nurobod tumani1 000200200250350
3.Ishtixon tumani1 500320320350510
4.Jomboy tumani500140100130130
5.Qo‘shrabot tumani1 000200200250350
6.Kattaqo‘rg‘on tumani1 000200200250350
7.Narpay tumani500140100130130
8.Paxtachi tumani500130110130130
9.Bulung‘ur tumani2 000480420480620
10.Payariq tumani1 000200200250350
Jami10 00022102 0502 4703 270
Surxondaryo viloyati 
1.Angor tumani1 000200200300300
2.Bandixon tumani500100100150150
3.Boysun tumani20040406060
4.Qiziriq tumani1 000200200300300
5.Muzrabot tumani1 000200200300300
6.Sherobod tumani1 000200200300300
7.Jarqo‘rg‘on tumani1 000200200300300
8.Termiz tumani800160160240240
9.Oltinsoy tumani500100100150150
10.Sho‘rchi tumani1 000200200300300
11.Qumqo‘rg‘on tumani1 000200200300300
12.Denov tumani1 000200200300300
Jami10 00020002 0003 0003 000
Sirdaryo viloyati 
1.Boyovut tumani877220180170307
2.Guliston tumani642150140150202
3.Mirzaobod tumani1255130200320605
4.Oqoltin tumani331806080111
5.Sardoba tumani871190190210281
6.Sayxunobod tumani13520204055
7.Sirdaryo tumani14820204068
8.Xovos tumani741170130140301
Jami5 0009809401 1501 930
Toshkent viloyati 
1.Oqqo‘rg‘on tumani732250140160182
2.Ohangaron tumani5 28815001 0501 1001 638
3.Bekobod tumani1 183260240260423
4.Bo‘ka tumani1 142330220220372
5.Quyi Chirchiq tumani1 242340250260392
6.Yuqori Chirchiq tumani350120707090
7.Qibray tumani371140707091
8.Parkent tumani2 500820470550660
9.Piskent tumani861310170180201
10.O‘rta Chirchiq tumani761200150150261
11.Chinoz tumani23060505070
12.Yangiyo‘l tumani340110708080
Jami15 00044402 9503 1504 460
Farg‘ona viloyati 
1.Quvasoy tumani350110708090
2.Beshariq tumani4509050100210
3.Bag‘dod tumani7220102022
4.Buvayda tumani9030202020
5.Dang‘ara tumani46413080120134
6.Yozyovon tumani11030202040
7.Quva tumani60015090110250
8.Oltiariq tumani260704050100
9.Qo‘shtepa tumani8720102037
10.Rishton tumani15030204060
11.So‘x tumani15030204060
12.Toshloq tumani5220101012
13.O‘zbekiston tumani10320202043
14.Uchko‘prik tumani5020101010
15.Farg‘ona tumani2 0133602902901 073
Jami5 00011307609502 160
Xorazm viloyati 
1.Bog‘ot tumani650190110160190
2.Gurlan tumani50019010012090
3.Qo‘shko‘pir tumani2 000330400500770
4.Urganch tumani600180100120200
5.Hazorasp tumani1 000190220280310
6.Xonqa tumani3006040100100
7.Xiva tumani700190150180180
8.Shovot tumani1 000250200250300
9.Yangiariq tumani1 500240300380580
10.Yangibozor tumani800220160210210
11.Tuproqqal’a tumani950240190260260
Jami10 00022801 9702 5603 190





”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-90-son Farmoniga 8-ilovaning 1-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Prezidentining qarori loyihasini” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining chora-tadbirlar dasturini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son qarori bilan tasdiqlangan Formali kiyim kiyilishi nazarda tutilayotgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxatining “Idoraviy formali kiyim” bo‘limida:
a) 7-pozitsiyadagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 10-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2939-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3377-son qarorining 7-bandi “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlaridan keyin “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3479-son qarorining 2-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3617-son qarorida:
10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi,” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4020-son qarorida:
a) 17-bandning birinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlaridan keyin “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 3-ilovaning 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4135-son qaroriga 1-ilovaning o‘n birinchi xatboshisidagi “Veterinariya davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4241-son qarorida:
a) nomlanishidagi va muqaddimadagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi tashkil etilsin”;
g) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Inspeksiya boshlig‘iga, zarur hollarda, Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari ishlab chiqarish xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin”;
d) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) quyidagilar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish:
qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi holati;
paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash va qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi;
paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili hamda ularning urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlarning sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi;
korxonalar tomonidan paxta texnik chigitining to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsuloti sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga egaligi;
don saqlanayotgan korxonalarda uning sifati va miqdori bo‘yicha to‘g‘ri saqlanishi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan maqsadli foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, ekinlar navlarini sinash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan barcha nazorat va monitoring amalga oshirilishi;
idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta’mirlash xizmatlarining sifati, qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan o‘tkazish ustidan nazorat amalga oshirilishi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish va ulardan maqsadli foydalanilishi;
b) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili, ularning urug‘lari hamda ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvini o‘tkazish;
v) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
g) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, vakolatlar doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirish va aybdor shaxslarni jarimaga tortish”;
e) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Belgilansinki, g‘o‘zaning birlamchi va elita urug‘chiligi laboratoriyalaridagi sinov namunalarining tola sifati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida bepul tahlil qilib beriladi”;
j) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 6-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi tomonidan Inspeksiyaning nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ko‘rsatiladigan xizmatlarning soliq solinadigan bazaga kiritilmaydigan amaldagi tartibi saqlanib qolinsin”;
i) 1, 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4421-son qaroriga 4-ilovada:
a) 7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 18-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 19-banddagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 31-banddagi “Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali direktori” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 33-banddagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori” so‘zlari “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 34-banddagi “Toshkent davlat agrar universiteti Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi” so‘zlari “Karyera markazi va talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qarorining 4-bandi va 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4634-son qarorining 9-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi “Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4669-son qarori 5-bandining birinchi xatboshisidagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi “Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4709-son qarori 4-ilovada:
a) beshinchi xatboshidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori” so‘zlari “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) o‘n yettinchi xatboshidagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) o‘n sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) o‘n to‘qqizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishincha o‘n sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining 22-pozitsiyasi “To‘lovchilar nomi” ustunidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyundagi “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4760-son qarorining 10-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4891-son qaroriga 1-ilovaning 14-bandidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4939-son qarorida:
a) 2-ilovaning 27-bandidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2a-ilovaning 25-bandidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 19-pozitsiyasi “Mas’ul vazirlik va idoralar” ustunidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4984-son qarorining 5-bandidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-5005-son qarorining 9-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov)” so‘zlari “Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5006-son qarorida:
a) 2-bandda:
“a” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat muassasasi” so‘zlari “mas’uliyati cheklangan jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi” so‘zlari “Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5146-son qarorining 1, 9, 11, 13, 15 va 19-bandlaridagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5185-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2021 — 2024-yillarda o‘simliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) qarorga 1-ilova qarorga ilova deb hisoblansin;
v) 2, 3, 4, 4a, 4b va 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi “Toshkent shahrida sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-17-son qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yerlardan foydalanishni tashkil etish Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan, qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazorati Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarorida:
a) 13-bandning uchinchi xatboshisidagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
uchinchi xatboshidan “qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — ” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-dekabrdagi “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisidagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-144-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshisidan “, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-145-son qarorining 6-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov)” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-son qarorida:
a) 1-banddagi, 4-bandning uchinchi xatboshisidagi, 6-bandning birinchi xatboshisidagi, 7-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi, 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 9-bandning oltinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”;
v) 1-ilovaning 1, 3 va 5-bandlaridagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
5, 6, 7, 10, 11, 12, 16, 18, 19, 24, 25, 26, 27, 29, 30, 31, 32, 34, 35, 37, 38, 41, 42, 44 va 45-pozitsiyalarning “Mas’ullar” ustunidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-pozitsiyaning “Mas’ullar” ustunidagi “Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-maydagi “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-262-son qarorining 2-bandi “v” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-321-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekistonda Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 6-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-373-son qarorining 5-bandi uchinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
45. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarorining 11-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash qismi bo‘yicha — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, tizim tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”.
46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-noyabrdagi “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-413-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi hamda 2-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
3-banddagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi”.
47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi “Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-435-son qarorida:
a) 12-bandning “v” kichik bandidagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovada:
10-banddagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
16-banddagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi”.
48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-fevraldagi “Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-73-son qarorida:
a) 2-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Ipakchilik va tutchilik fakultetini Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Guliston” MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 1-A uy manzilida joylashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin”;
b) 3, 4, 5 va 17-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-son qaroriga 4-ilovaning 39-pozitsiyasi “Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM” so‘zlari “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-216-son qarorida:
a) 12-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi boshqaruv apparatining xodimlariga vazirlikning hududiy bo‘linmalari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari mos ravishda qo‘llanilsin”;
b) 1-ilovaning39-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:





39.Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyatini samarali tashkil etish.Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan “Yangi Dehqonov zamini” massividagi 883, 927, 928 va 959-konturlardagi jami 9,58 gektar yer maydonini zamonaviy ko‘chatxona majmuasini tashkil qilish maqsadida Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasiga ijara huquqi asosida o‘tkazish.2024-yil fevralJahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi mablag‘lariFarg‘ona viloyati hokimligi
(X. Bozarov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(I. Abduraxmonov)





”.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qaroriga 1-ilovada:
6-pozitsiyaning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyaning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
 
   (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.