Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Me'yoriy-huquqiy hujjatlar / O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari » Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

2-10-2025, 11:29
21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil qilishga yo‘naltirilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni belgilash maqsadida:
1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar) hamda ular hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining Davlat budjeti hamda budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat’iyan taqiqlansin.
2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona ro‘yxati hamda ularning to‘liq (rasmiy) va qisqartma nomlari 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3358-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlik va idoralar rahbarlari uch hafta muddatda har bir vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini kiritsin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:
vazirlik va idoralarning aniq asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash, qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish;
sohalarda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish;
budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish;
energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish;
tegishli sohalarda davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, 2023-yildan boshlab vazirlik va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish;
litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. Bunda, litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat talab etiladigan faoliyat turi, ularni berish uchun talab etiladigan hujjatlar soni, xizmat ko‘rsatish vaqti hamda ularni berish uchun to‘lovlar (yig‘imlar) miqdorini kamaytirish;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat ko‘rsatish, davlat tomonidan subsidiya taqdim etish, imtiyoz berish va boshqacha tartibda qo‘llab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
sohani rivojlantirish dasturlari uchun jalb qilinadigan grant va texnik ko‘mak mablag‘larining prognozi hamda uning aniq yo‘nalishlarini belgilash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;
vazirlik va idoralar tizimidagi davlat unitar korxonalari (muassasalari), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hamda davlat ulushi bo‘yicha aksiyalar paketi boshqaruviga berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha taklif tayyorlash;
vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan nazorat funksiyalarini “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirish tartibini takomillashtirish, shuningdek, ularni muvofiqlashtirish va nazorat funksiyalarini maqbullashtirish;
vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning modelini takomillashtirish;
vazirlik va idoralarda hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini o‘rganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qo‘yish” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish;
sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan vazirlik va idoralarning ish jarayonini raqamlashtirish;
sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish;
vazirlik va idoralarning tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash, ular tarkibiga kiritilgan muassasalarning faoliyatini takomillashtirish;
qonunchilik hujjatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish.
4. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy bo‘linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari shtatlar jadvallarini ishlab chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazishda mazkur Farmon bilan tasdiqlanayotgan yagona talablarga qat’iy amal qilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda 2023-yil 1-dekabrga qadar vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalarni xatlovdan o‘tkazish hamda ishlab chiqarish va yordamchi xodimlarni kiritish bo‘yicha shtat normativlarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Vazirlik va idoralar rahbarlari belgilangan vazifalarining bajarilishini hamda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida uch kun muddatda o‘z rahbarlari o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, ular faoliyatini samarali tashkil qilsin, shuningdek, ajratilgan mablag‘lar doirasida vazirlik va idoralarning markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining vaqtinchalik tuzilmalarini, shtat birliklarini hamda nizomlarini tasdiqlasin. Bunda:
qayta tashkil etilgan, bo‘ysunuvi o‘zgartirilgan va tugatilgan davlat boshqaruvi organlarining tuzilmasi va shtat birliklari inobatga olinsin;
ish haqi va boshqa xarajatlar vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga vazirlik va idoralarda shtat birliklari maqbullashtirilishi natijasida xodimlar bilan oylik ish haqlari bo‘yicha yakuniy o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning vaqtinchalik xarajatlar smetasida, istisno tariqasida, zarur mablag‘larni 2023-yilning 1-choragi uchun rejalashtirishga ruxsat berilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan shtat birliklari doirasida ish haqi va boshqa xarajatlar uchun belgilangan tartibda mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tasdiqlangan vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining tuzilmalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) ma’muriy islohotlar doirasida yangi tashkil etilgan vazirlik va idoralarga shtatlar jadvalini tuzish, xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat munosabatlarini davom ettirish va bekor qilishni rasmiylashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini, shuningdek, mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Belgilansinki, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda yangi rahbariyat shakllangunga qadar xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish ishlari mazkur idoralarda amalda faoliyat yuritayotgan rahbarlar (rahbarlar mavjud bo‘lmasa ularning o‘rinbosaridan biri) tomonidan amalga oshiriladi.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
yangi tashkil qilingan va qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralar faoliyati tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralarning tegishli huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab qayta tashkil etilgan va faoliyati tugatilgan davlat organlarining ish yurituvida bo‘lgan litsenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlar va arizalar tegishliligi bo‘yicha yangi tashkil etilgan hamda tugatilayotgan tashkilotning tegishli funksiyalari o‘tkazilgan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi;
davlat unitar korxonalarida xodimlar soni, ularning mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari hamda xizmat avtotransport vositalarining cheklangan soni va turlarini tasdiqlashda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.
Vazirlik va idoralar uchun belgilangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq xodimlarning lavozim maoshiga nisbatan qo‘llaniladigan oshirish koeffitsiyentlari faqat boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda uch kun muddatda:
barcha yangi tashkil etilgan vazirlik va idoralar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va “Litsenziya” axborot tizimiga ulanishini;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Litsenziya” axborot tizimi orqali kelib tushgan va ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan hujjatlar va arizalarning tegishliligi bo‘yicha yangi tashkil etilgan vazirlik va idoralar orasida qayta taqsimlanishini ta’minlasin.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2023-yil 1-avgustga qadar:
yuridik maqomga ega bo‘lgan jamg‘armalar ijro etuvchi organlarining (direksiyalar, boshqaruv qo‘mitalari va departamentlari hamda boshqalar) faoliyatini tugatish, ularning funksiyalarini tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazish;
vazirlik va idoralarda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini ilg‘or tajriba asosida tanqidiy tahlil qilgan holda, ularning sonini va saqlash xarajatlarini qisqartirish, mazkur vazifani autsorsing tizimi asosida tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-yanvar,
PF-14-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga 
 1-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar hamda ular hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni
T/rVazirlik va idora nomiJami boshqaruv shtat birliklari sonishu jumladan:
Davlat budjeti hisobidanbudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan
Jami48 99545 0813 914
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi5 6185 58335
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni88
2.Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi103103
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni11
3.G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi 960960
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni22
4.Kadastr agentligi 988415573
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
5.Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi3838
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni


2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 1 0141 014
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni66
1.Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi2020
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni11
3. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi3 2573 257
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni44
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2 1951 878317
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni55
1.Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi1 2411 241
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni33
3.O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi60458519
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
4.Agrosanoatni rivojlantirish agentligi30528916
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni321
5. Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi229229
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni44
1.Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi1 0841 084
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
2.Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi182182
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni11
6. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi1 2921 2848
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni44
7. Transport vazirligi

Transport vazirligi377377
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni33
1.Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi353353
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni33
2.Fuqaro aviatsiyasi agentligi6161
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni11
3.Transport nazorati inspeksiyasi348348
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni33
8. Energetika vazirligi

Energetika vazirligi1159817
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni33
9. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi121
121
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni3
3
1.Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi7272
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni22
10. Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi203
203
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni4
4
1.Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi2424
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
2.Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi134
134
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni1
1
11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi1 7551 755
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni33
1.Turizm qo‘mitasi324324
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni22
2.O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi 1206357
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
3.Gidrometeorologiya xizmati agentligi3737
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni11
4.Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi261261
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
12. Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi590590
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni55
1.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi7171
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni33
2.Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi422319
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
13. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi4 9094 909
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni55
1.Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi9393
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
14. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi40232973
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni33
1.Innovatsion rivojlanish agentligi705614
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni


2.Bilim va malakalarni baholash agentligi108108
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni11
15. Sport vazirligi

Sport vazirligi469469
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni33
16. Madaniyat vazirligi

Madaniyat vazirligi 623623
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni44
1.Kinematografiya agentligi4040
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
17. Adliya vazirligi

Adliya vazirligi3 6321 8771 755
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni44
1.“O‘zarxiv” agentligi 4949
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni11
18. Tashqi ishlar vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi298298
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni55
19. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi3413338
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni22
20. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita288288
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni33
21. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi597324273
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
22. Milliy antidoping agentligi

Milliy antidoping agentligi1717
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni


23. Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligi21620610
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni33
24. Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi776776
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni33
25. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi7777
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni33

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi7676
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni22
26. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi157157
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni22
27. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi

Atom energiyasi agentligi4949
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22
28. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi3030
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni11
29. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi474354120
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni22
30. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi582582
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni22
31. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

Migratsiya agentligi117
117
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni2
2
32. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi4854805
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni11
33. Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi 9 7279 727
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni44 
34. Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita
1.Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita3030
shu jumladan, rais o‘rinbosarlari soni22
35. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi

Energiya samaradorligi milliy agentligi3636
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni22 
36. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi896920
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni33
Izohlar:
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Bojxona qo‘mitasi hamda Mudofaa sanoati agentligining shtat birliklari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
2. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga uyida xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar shtat birliklari mazkur ilovada inobatga olinmagan.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklarining vazir o‘rinbosarlari mazkur ilovada inobatga olinmagan.
4. Boshqaruv shtat birliklarining umumiy cheklangan sonida ishlab chiqarish shtat birliklari inobatga olingan (normativ asosida kiritiladigan ishlab chiqarish shtat birliklari bundan mustasno).
5. Vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar xodimlarining umumiy cheklangan soni tarkibida quyidagi tashkilotlarning shtat birliklari inobatga olingan:
5.1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
5.2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi;
5.2.1. 16 ta shtat birligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
5.3. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida Respublika agrokimyoviy tahlil markazi, “Biosifat” respublika markazi, Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati;
5.4. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Suv xo‘jaligida islohotlar markazi, Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati, Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti, Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi, Farg‘ona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi (sh.j. Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi), Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi;
5.4.1. Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari (sh.j. Orolbo‘yi delta boshqarmasi, Amudaryo chap qirg‘oq himoya dambalar boshqarmasi), nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi (sh.j. Amu-Buxoro mashina kanali Olot tumani boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanali Qiziltepa tumani boshqarmasi), Qirg‘oq himoyalovchi dambalar va o‘zan rostlovchi inshootlar boshqarmasi, Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari (sh.j. Navoiy viloyati suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi), Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi;
5.5. Transport vazirligi tizimida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi;
5.6. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida “Avtoyo‘linvest” agentligi;
5.7. Energetika vazirligi tizimida budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi;
5.8. Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;
5.9. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi hamda Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti;
5.10. O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimida Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi;
5.11. Gidrometeorologiya xizmati agentligi tizimida Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
5.12. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Respublika ta’lim markazi, Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi;
5.13. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Fan olimpiadalari markazi;
5.14. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hamda Ilg‘or texnologiyalar markazi;
5.15. Innovatsion rivojlanish agentligi tizimida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
5.16. Kinematografiya agentligi tizimida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi;
5.17. Adliya vazirligi tizimida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari va Davlat xizmatlari markazlari;
5.18. Tashqi ishlar vazirligi tizimida “Dunyo” axborot agentligi;
5.19. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi;
5.20. Soliq qo‘mitasi tizimida Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi va Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi;
5.21. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazi;
5.22. Kadastr agentligi huzuridagi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Toshkent shahri hududiy boshqarmalari hamda Toshkent shahri tumanlaridagi bo‘linmalari shtat birliklari mazkur vazirliklar umumiy shtat birliklari soniga kiritilgan.
7. Vazirlik va idoralar rahbarlariga, zarur hollarda, mazkur ilovada keltirilgan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida tegishli tizim tashkilotlarining tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
8. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari tegishligiga ko‘ra o‘z faoliyatidan olingan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi hamda ulardagi boshqaruv xodimlari soni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining jami boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soniga kirmaydi va nazoratga olingan obyektlar soni, hajmi va masofasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hududiy inspeksiyalarning boshqaruv xodimlari sonini nazoratga olingan obyektlarning umumiy sonidan, hajmidan va masofasidan kelib chiqqan holda belgilash bo‘yicha tartib tasdiqlangunga qadar hududiy inspeksiyalar amaldagi jami boshqaruv xodimlari soni doirasida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga 
 2-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona ro‘yxati*
I. Vazirliklar va ular huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1.1. Bojxona qo‘mitasi
1.2. Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
1.3. G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi
1.4. Kadastr agentligi
1.5. Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2.1. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi
3. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi
4.1. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi 
4.3. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
4.4. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi 
5. Suv xo‘jaligi vazirligi 
5.1. Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi
5.2. Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
6. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
7. Transport vazirligi
7.1. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
7.2. Fuqaro aviatsiyasi agentligi
7.3. Transport nazorati inspeksiyasi
8. Energetika vazirligi
9. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
9.1. Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi
10. Raqamli texnologiyalar vazirligi
10.1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi
10.2. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi
11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
11.1. Turizm qo‘mitasi 
11.2O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi 
11.3. Gidrometeorologiya xizmati agentligi 
11.4. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi
12. Sog‘liqni saqlash vazirligi
12.1. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
12.2. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
13. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
13.1. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
14. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
14.1. Innovatsion rivojlanish agentligi
14.2. Bilim va malakalarni baholash agentligi
15. Sport vazirligi 
16. Madaniyat vazirligi
16.2. Kinematografiya agentligi
17. Adliya vazirligi
17.1. “O‘zarxiv” agentligi 
18. Tashqi ishlar vazirligi 
19. Favqulodda vaziyatlar vazirligi
20. Ichki ishlar vazirligi
21. Mudofaa vazirligi
21.1. Mudofaa sanoati agentligi
II. Alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari
22. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
23. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
24. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
25. Milliy antidoping agentligi
26. Madaniy meros agentligi
27. Yoshlar ishlari agentligi
28. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
28.1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi
29. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi
30. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi 
31. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi 
32. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
33. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
34. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
35. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
36. Soliq qo‘mitasi
37. Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita
38. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi
39. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
Jami — 69 ta, shundan:
vazirliklar — 21 ta;
qo‘mitalar — 13 ta, shu jumladan alohida maqomga ega mustaqil qo‘mitalar — 6 ta;
agentliklar — 26 ta, shu jumladan alohida maqomga ega mustaqil agentliklar — 9 ta;
inspeksiyalar — 9 ta, shu jumladan alohida maqomga ega mustaqil inspeksiyalar — 3 ta.
* Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar to‘g‘risidagi nizom Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga 
 2a-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning qisqartma nomlari
T/rVazirlik va idoraning to‘liq (rasmiy) nomiVazirlik va idoraning o‘zbek tilidagi qisqartma nomiVazirlik va idoraning rus tilidagi qisqartma nomi
1.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiIqtisodiyot va moliya vazirligiMinekonomfin
1.1O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiBojxona qo‘mitasiTamojenniy komitet
1.2O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasiO‘zdavzaxiraUzkomgosrezerv
1.3O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmatiqo‘mitasiG‘aznachilikKaznacheystvo
1.4O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiKadastr agentligiAgentstvo po kadastru
1.5O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiAsillik inspeksiyasiProbirnaya inspeksiya
2.O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiISSVMIPT
2.1O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiInvestitsiyalarni jalb etish agentligiAgentstvo privlecheniya investitsiy
3.O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiBandlik vazirligiMinzanyatosti
4.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiQishloq xo‘jaligi vazirligiMinselxoz
4.1O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiVeterinariya qo‘mitasiKomitet veterinarii
4.3O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiKarantin agentligiAgentstvo po karantinu
4.4O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiAgrosanoatni rivojlantirish agentligiAgentstvo razvitiya agropromishlennosti
5.O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiSuv xo‘jaligi vazirligiMinvodxoz
5.1O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligiSuv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligiAgentstvo po ekspluatatsii vodnix obyektov
5.2O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiSuvxo‘jaliknazoratVodxoznadzor
6.O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiQurilish va kommunal xo‘jaligi vazirligiMinstroykomxoz
7.O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiTransport vazirligiMintrans
7.1O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiAvtomobil yo‘llari qo‘mitasiKomitet po avtomobilnim dorogam
7.2O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi“O‘zaviatsiya” agentligiAgentstvo “Uzaviatsiya”
7.3O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiTransport nazorati inspeksiyasiInspeksiya “Uztransnadzor”
8.O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiEnergetika vazirligiMinenergo
9.O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiKon-geologiya vazirligiMingeologii
9.1O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiKontexnazoratGortexnadzor
10.O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiRaqamlashtirish vazirligiMinsifri
10.1O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi“O‘zbekkosmos” agentligiAgentstvo “Uzbekkosmos”
10.2O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiO‘zkomnazoratUzkomnazorat
11.O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologiya vazirligi Minekologii 
11.1O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasiTurizm qo‘mitasiKomitet po turizmu
11.2O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi O‘rmon agentligiAgentstvo po lesu
11.3O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi O‘zgidrometUzgidromet
11.4O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligiChiqindilarni boshqarish agentligiAgentstvo po upravleniyu otxodami
12.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiSSVMinzdrav
12.1O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiSanepidqo‘mSanepidkom
12.2O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiFarmagentlikFarmagentstvo
13.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiMMTVMDSHO
13.1O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiIMAASU
14.O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiOTFIVMVONI
14.1O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiInnovatsiya agentligiAgentstvo innovatsiy
14.2O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiBilimni baholash agentligiAgentstvo otsenki znaniy
15.O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligiSport vazirligiMinsporta
16.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiMadaniyat vazirligiMinisterstvo kulturi 
16.2O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligiKinematografiya agentligiAgentstvo kinematografii
17.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiAdliya vazirligiMinyust
17.1O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi “O‘zarxiv” agentligiAgentstvo “Uzarxiv”
18.O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiTIVMID
19.O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiFVVMCHS
20.O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiIIVMVD
21.O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiMudofaa vazirligiMinoboroni
21.1O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligiMudofaa sanoati agentligiAgentstvo oboronnoy promishlennosti
22.O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiRaqobat qo‘mitasiKomitet po konkurensii
23.O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasiDin ishlari qo‘mitasiKPDR
24.O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiDavlat aktivlari agentligiAgentstvo gosudarstvennix aktivov
25.O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligiO‘zMADAUzNADA
26.O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiMadaniy meros agentligiAgentstvo kulturnogo naslediya
27.O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiYoshlar agentligiAgentstvo molodeji
28.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiTexnik tartibga solish agentligiAgentstvo texnicheskogo regulirovaniya
28.1O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Texnik tartibga solish inspeksiyasiInspeksiya po texnicheskomu regulirovaniyu
29.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiSanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiKomitet promishlennoy, radiatsionnoy i yadernoy bezopasnosti
30.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligiAtom energiyasi agentligiAgentstvo po atomnoy energii
31.O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiEnergetika bozori regulatoriRegulator rinka energetiki
32.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiO‘zenergoinspeksiyaUzenergoinspeksiya
33.O‘zbekiston RespublikasiOila va xotin-qizlar qo‘mitasiXotin-qizlar qo‘mitasiKomitet jenshin
34. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiMigratsiya agentligiAgentstvo migratsii
35.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi O‘zagroinspeksiyaUzagroinspeksiya
36.O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiSoliq qo‘mitasiNalogoviy komitet
37.O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasiMillatlararo munosabatlar qo‘mitasiKMOS
38.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligiEnergiya samaradorligi agentligiAgentstvo energoeffektivnosti
39.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiQurilish va kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasiUzstroykomxoznadzor
Izohlar:
1) 2023-yil 1-martdan boshlab yig‘ilish va videoselektor bayonlari, xizmat yozishmalari, tahliliy va boshqa materiallarda (qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qaror qismlari bundan mustasno) vazirlik va idoralarning qisqartma nomlarini ko‘rsatish amaliyoti joriy qilinadi;
2) vazirlik va idoralarning qisqartma nomlaridan foydalanish tartibi Adliya vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan belgilanadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga
 
3-ILOVA 
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy bo‘linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar
I. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining markaziy apparatlari
Xodimlar toifasi
Rahbariyat*
Rahbar
Rahbarning birinchi o‘rinbosari
Rahbar o‘rinbosari
Rahbar maslahatchisi
Rahbar yordamchisi
Departament**
Departament boshlig‘i
Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Departament boshlig‘i o‘rinbosari
Boshqarma***
Boshqarma boshlig‘i
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
Bo‘lim****
Bo‘lim boshlig‘i (bosh hisobchi)
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari (bosh hisobchi o‘rinbosari)
Mutaxassislar*****
Bosh mutaxassis
Yetakchi mutaxassis
Mutaxassis
Izohlar:
* rahbar xodimlar lavozimlarining aniq nomlanishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 20 va undan ortiq bo‘lgan hollarda departament tashkil etilishi mumkin. Bunda, departament boshlig‘ining 2 nafargacha o‘rinbosari (shu jumladan, 1 nafar birinchi o‘rinbosar) lavozimi kiritilishi mumkin;
*** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 7 va undan ortiq bo‘lgan hollarda tashkil etiladi. Bunda, boshqarma boshlig‘ining 1 nafar o‘rinbosari lavozimi kiritilishi mumkin. Departament tarkibidagi boshqarmalarda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimi kiritilmaydi;
**** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 2 va undan ortiq bo‘lgan hollarda tashkil etiladi. Shtat birliklari soni 5 nafar va undan ortiq bo‘lgan bo‘limlarda 1 nafar bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimi kiritilishi mumkin. Boshqarma tarkibidagi bo‘limlarda bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimi kiritilmaydi;
***** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 1 nafardan iborat bo‘lganda bosh mutaxassis lavozimi kiritiladi hamda mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘iga tenglashtiriladi.
Bunda:
a) markaziy apparatlarning tarkibiy bo‘linmalari va ularning shtat birliklarini shakllantirishda rahbar xodimlar (rahbar va uning o‘rinbosarlari, Vazir kotibiyati boshlig‘i, departament boshliqlari va o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va o‘rinbosarlari) va ijrochilar (bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, mutaxassis) markaziy apparat bo‘yicha kamida 1/3 nisbatda bo‘lishi lozim;
b) markaziy apparatlar va hududiy hamda tuman (shahar) bo‘linmalari tuzilmalari tegishli rahbarlar tomonidan tasdiqlanadi hamda xodimlarning belgilangan umumiy soni va ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida mustaqil o‘zgartirilishi mumkin;
v) markaziy apparatlarda strategik rejalashtirish va metodologiya, jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari), inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish, axborot tahlil va ijro intizomi, murojaatlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish, yuridik ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, ichki audit, moliya-iqtisod, xalqaro hamkorlik va reytinglar, birinchi bo‘lim tarkibiy bo‘linmalari (lavozimlari) tashkil etilishi majburiy hisoblanadi.
Bunda, strategik rejalashtirish va metodologiya, jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari), korrupsiyaga qarshi kurashish, xalqaro hamkorlik qilish va reytinglar tarkibiy bo‘linmalari (lavozimlari) faqatgina vazirlik va boshqa mustaqil idoralarda tashkil qilinib, ushbu yo‘nalishlarda ular yagona siyosatni amalga oshiradi. Tizim tashkilotlari ko‘p bo‘lgan vazirliklar huzuridagi qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda alohida bo‘linmalar (lavozimlar) tashkil qilinishi mumkin;
g) vazirlarning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo‘naltirish hamda kunlik (joriy ishlar) ish yuklamasini maqbullashtirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta’minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilinishi mumkin.
Vazir kotibiyati boshlig‘i hamda rahbar maslahatchisi mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha departament boshlig‘iga tenglashtiriladi;
d) vazirliklar hamda alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzuridagi, shu jumladan tuzilmasidagi qo‘mitalar, agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqa organlar markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash razryadlari tegishlicha vazirliklar hamda alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlaridan bir pog‘ona past miqdorda qo‘llaniladi.
Bunda ushbu amaliyot markaziy apparat shtat jadvalida aks ettirilgan hududiy bo‘linmalar xodimlariga ham tatbiq etiladi;
e) mutaxassislar uchun mehnatga haq to‘lash razryadlari yetakchi mutaxassislar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlaridan bir pog‘ona past miqdorda, shuningdek, boshqarma boshliqlari uchun mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘lim boshliqlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlaridan, departament boshliqlari uchun esa boshqarma boshliqlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlaridan bir pog‘ona yuqori miqdorda qo‘llaniladi;
j) departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari uchun mehnatga haq to‘lash razryadlari departament boshlig‘i uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlaridan 3 foiz kam miqdorda belgilanadi;
z) jadvalda keltirilgan lavozimlarga boshqa nomdagi lavozimlarni tenglashtirish O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
II. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning hududiy hamda tuman (shahar) bo‘linmalari
Xodimlar toifasi
Rahbariyat*
Rahbar
Rahbarning birinchi o‘rinbosari
Rahbar o‘rinbosari
Bo‘lim**
Bo‘lim boshlig‘i
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
Shu’ba***
Shu’ba boshlig‘i
Mutaxassislar****
Bosh mutaxassis
Yetakchi mutaxassis
Mutaxassis
Izohlar:
* rahbar xodimlar lavozimlarining aniq nomlanishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 5 va undan ortiq bo‘lgan hollarda tashkil etiladi. Tuman (shahar) bo‘linmalarida kiritilmaydi;
*** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 2 va undan ortiq bo‘lgan hollarda tashkil etiladi;
**** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 1 nafardan iborat bo‘lganda bosh mutaxassis lavozimi kiritiladi hamda mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha shu’ba boshlig‘iga tenglashtiriladi.
Hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining shtat birliklarini shakllantirishda rahbar xodimlar (rahbar va o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va o‘rinbosarlari, shu’ba boshlig‘i) va ijrochilar (bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, mutaxassis) bo‘linma bo‘yicha kamida 1/3 nisbatda bo‘lishi lozim.
 
   (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2023-y., 06/23/14/0053-son; 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son; 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son; 27.07.2023-y., 06/23/114/0527-son; 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 07.09.2023-y., 06/23/156/0684-son; 01.11.2023-y., 06/23/182/0817-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son; 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son; 23.01.2024-y., 06/24/19/0059-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son; 29.03.2024-y., 06/24/52/0250-son; 01.04.2024-y., 06/24/53/0256-son; 22.04.2024-y., 06/24/64/0291-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son; 25.06.2024-y., 06/24/94/0447-son; 04.07.2024-y., 06/24/98/0467-son; 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 23.08.2024-y., 06/24/118/0642-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son; 14.10.2024-y., 06/24/155/0811-son; 28.10.2024-y., 06/24/165/0856-son; 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son; 05.03.2025-y., 06/25/43/0218-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son; 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son; 02.04.2025-y., 06/25/63/0296-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son; 20.05.2025-y., 06/25/86/0456-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.