Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi mavzusida targ`ibot va tushuntirish ishlari


Sog`liqni saqlash tizimi tashkilotlarida 2025-yil avgust oyi korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi mavzusida targ`ibot va tushuntirish ishlari o`tkashish to`g`risida.Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilishni bo`lim boshlig`i U.X.Olimov kirish so`zi bilan ochib kun tartibidagi masala bilan xodimlarni tanishtirib o`tdi va Korrupsiyaga qarshi kurashish butun dunyo miqiyosida bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri ekanligini bildirib o`tdi va ushbu masala bo`yicha tushuntirish ishlari o`tkazish maqsadida Xiva shahar Adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan taklif qilingan mutaxassis bilan xodimlarni tanishtirib so`zni yuridik xizmat ko`rsatish markazi mutaxassisiga berildi.
Adliya bo`limi xodimi - U.Babayev so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tog‘risida” gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sog‘asidagi davlat siyosatini, shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning tizimli sabab va shart-sharoitlarning bartaraf yetish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini samarodorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tashkil etilganligi Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘yidagi vazifalarni bajaradi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha strategiya va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
- korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyixalarini ishlab chiqadi;
- mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlaydi shuningdek korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalarga hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini o‘rganadi;
- BMT korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablarining bajarilishini ta’minlaydi shuningdek ushbu yo‘nalashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imidjini mustaxkamlashga va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- har yili O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzalarni tayyorlaydi;
- Fuqoralik jamiyati institutlari OAV va boshqa nodavlat sektor vakillarining korrupsiyaga qarshi jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi faoliyatiga ko‘maklashish borishligi to`g`risida xodimlarga tushuncha berib o`tdi va o`z so`zini yakunladi.
Adliya bo`limi xodimi – F.Ismoilov so‘zga chiqib 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risada” gi O`zbekiston Respublikasining Qonunni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mehanizimi yaratilganligi, mazkur qonunning 3-moddasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir tushunchalarga ta`rif berilgan, ya`ni korrupsiya-shaxsning o`z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o`zga shaxslarning manfaatlarini ko`zlab moddiy yoki nomoddiy haf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishni, xuddi shunindek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishligini to`g`risida, Yana 210-modda-pora olish, 211-modda-pora berish, 212-modda-pora olish-berishda vositachilik qilish to`g`risida tushuncha berib, mansabdor shaxs bo`ladimi yoki oddiy xodimmi kim bo`lishidan qa`tiy nazar har qanday ko`rinishlarga qarshi keskin kurashish, o`ziga yuklatilgan funksional xizmat vazifalarni qonun talablari asosida sidqidildan bajarish, tanish-bilishchilik, mas`uliyatsizlik va tamagirlikka yo`l qo`ymaslik to`g`risida gapirib o`tdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
O'zbekiston Respublikasi Sog'likni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida30-07-2024, 16:57
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"13-12-2023, 15:39
"Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi va uning tizimi korrupsiyadan xoli tashkilot" to'g'risida15-05-2025, 15:16
Xiva shahar SEO va JS bo`limida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida brifing bo`lib o`tdi.4-11-2024, 15:48
Obodonlashtirish oyligi16-08-2023, 16:30











