Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini sohaga oid tekshiruvlar tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma

Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini sohaga oid tekshiruvlar tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma

10-06-2025, 16:07
22
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini sohaga oid tekshiruvlar tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
 
 
Sanepidqo‘mita
2025 yil
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 29 yanvardagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasifaoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi “v” kichik bandida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya qilinishi bo‘yicha belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish va sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha ma’muriy javobgarlik choralarini belgilangan tartibda qo‘llash funksiyasi yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 sentyabrdagi PQ-374-sonli Qaror va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 noyabrdagi 611-sonli qarori hamda Sanepidqo‘mning 2024 yil 18 dekabrdagi 54-sonli buyrug‘i bilan Sanepidqo‘mning nazorati ostidagi ob’ektlarda sanitariya-epidemiologiyaga oid qonunbuzilish xavfini tahlil etish elektron   tizimini joriy qilish tartibi belgilandi.
Ovqatlanish gigienasi, Kommunal gigiena va aholiga xizmat ko‘rsatish, Bolalar va o‘smirlar gigienasi, Davolash-profilaktika muassasalari va Mehnat gigienasi tomonidan nazoratiga olingan tadbirkorlik sube’ktlari ro‘yxatini DSI va statistika bo‘limlaridan olingan ma’lumotlar asosida shakillantiriladi va tadbirkorlik sub’ekti faoliyati xavf darajasi tahlil qilinib va baholanadi.
Ishlab chiqilgan “xavfni tahlil etish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada bo‘lishidan qat’i nazar, tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llashga asos bo‘la olmaydi;
Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’ektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xavf darajasi tahlili qo‘mita tomonidan bir yilda bir marotaba qo‘mitaning nazorat vakolati doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkaziladi. Nazorat vakolati doirasiga kirmaydigan tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
“Sanitariya-epidemiologik osoyish-talik va jamoat salomatligi qo‘mitasi – Zaharlanish va yuqumli kasalliklar tarqalishi holatlari bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tekshiruvlar” tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ruyxatga olinadi. Bunda, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida mazkur tizimda ruyxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish nokonuniy xisoblanadi.
Xavf darajasining tahlili quyidagi ma’lumotlarni o‘rganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
  • davriy statistika ma’lumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik sub’ektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
  • yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
  • ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan ma’lumotlar;
  • laboratoriya-instrumental tahlillar natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
  • tibbiyot muassasalaridan olingan tibbiy ko‘rik natijalari;
  • litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha beriladigan hulosa natijalari;
  • bino (inshoot) va xonalarning sanitariya qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi hulosa natijalariqurilish-montaj ishlari tugallangan ob’ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berishdagi hulosa natijalari  qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik sub’ektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
Tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida huquqbuzarlik alomatlari haqida xabar beruvchi baholash mezonlariga amal qilinadi. 
Nazorat qiluvchi organlarning qonunchilik bilan belgilangan vakolati doirasida tekshiruvlar o‘tkaziladigan tadbirkorlik sub’ektlarida xavfni tahlil qilish quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar orqali baholanadi:
1) sanitariya-epidemiologiyaga oid qonunchilik buzilishi bo‘yicha;
2) nazorat ostidagi ob’ektlar faoliyat turlarining epidemiologik jihatdan xavflilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha;
3) nazorat ostidagi ob’ektlarda va atrof-muhitda olib borilgan laboratoriya-instrumental tahlillar natijalari bo‘yicha; 4) ob’ektning faoliyati bilan bog‘liq va xodimlar uchun belgilangan talablar buzilganligi natijasida kasalliklar ro‘yxatga olinganligi bo‘yicha;
5) nazorat ostidagi ob’ektlarning holati bo‘yicha.
Har bir asosiy ko‘rsatkichni baholash ushbu ko‘rsatkich ostidagi sub-ko‘rsatkichlarni baholashning umumiy yig‘indisidan kelib chiqadi.
  • Xavf darajalari tasnifi – amalga oshirilgan baholash natijalariga ko‘ra aniqlangan xavf darajasi umumiy ballari asosida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi: xavfi yuqori - baholash natijalari bo‘yicha 81 va undan yuqori ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’ektlari; xavfi o‘rta - baholash natijalari bo‘yicha 61 balldan 80 ballgacha bo‘lgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’ektlari; xavfi past - baholash natijalari bo‘yicha 60 ball va undan kam bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari. 
Tasniflangan xavf darajalari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar - xavfi o‘rta tasnifidagi tadbirkorlik sub’ektlarida qonunbuzilish holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi. Profilaktika tadbirlar tasdiqlangan reja asosida nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari tomonidan faoliyatida Qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan – bevosida joyiga chiqmagan va tadbirkorlik sub’ekti faoliyatiga aralashmagan holda xuquqiy targ‘ibot, seminar, tarqatma materiallar, qo‘llanma, tavsiya va boshqa xatlar yuborish orqali o‘tkaziladi.
Xavf darajasi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruv o‘tkaziladi. Tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida xabardor etishda – profilaktika tadbirlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi xujjat, tekshiruv dasturi (tasdiqlangan savolar ro‘yxati asosida tuziladi), xavf darajalarini aniq ko‘rsatgan holda yozilgan ma’lumotnoma, kelib tushgan murojaatlar, xatlar va tasdiqlovchi hujjatlar xabarnomaga ilova sifatida Axborot tizimiga kiritiladi.
Tekshiruvni boshlanishi haqida kamida o‘n ish kuni oldin tadbirkorlik sub’ektiga xabarnoma beriladi (tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida xabardor etiladigan tekshrishlar bundan mustasno).
Tekshirishni o‘tkazish muddati 1 kunlik tekshirishlar xududiy boshqarmalar tomonidan, 1 kundan ortiq tekshirishlar Respublika qo‘mita tomonidan vakilga kiritiladi.
Eslatma! Mansabdor shaxslar vakolatlari va nazorat sahasidan tashqari masalalar bo‘yicha har qanday tekshiruvlar o‘tkazmasligi hamda tekshiruvlar qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda amalga oshirilishi, shuningdek o‘tkazilgan tekshiruar bo‘yicha zaruriy hujjatlarni tekshiruv yakunlangandan so‘ng, 3 ish kunda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilishi uchun javobgardir. 


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.