Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Me'yoriy-huquqiy hujjatlar / Idoraviy va ichki huquqiy hujjatlar » Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida

Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida

2-10-2025, 11:12
21
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 2 sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3674]
​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 66-son “Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 31-iyul,
5-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 25-iyul
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosari J. URUNOV
2025-yil 23-iyul
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 5-son buyrug‘iga
 ILOVA
Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar
RO‘YXATI
T/rInson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi nazorat sohasi nomiInson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillarMazkur omilning yuqori xavf soluvchi omil etib hisoblanishiga asosNazorat qiluvchi organ nomi
1.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasiO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki odamlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli deb topilgan yangi xom ashyo turlari, kimyoviy vositalar, texnologiya uskunalari, jarayonlari hamda asboblari, oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat buyumlari, qurilish materiallari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, biologik vositalar, oziq-ovqat xomashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga hamda dori vositalariga ishlatiladigan idishlar, plastik, polimer materiallar va boshqa materiallar, ulardan tayyorlangan buyumlar hamda boshqa xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarilganligi, qo‘llanilganligi va realizatsiya qilinganligi.O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
(bundan buyon matnda Sanepidqo‘m deb yuritiladi)
2.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasiXo‘jalik va ichimlik suvi ta’minoti uchun qo‘llashga yaroqsiz deb topilgan suvdan foydalanilganligi.O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi ikkinchi qismi yettinchi xatboshisiSanepidqo‘m
3.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasiYuridik va jismoniy shaxslar radioaktiv moddalarni hamda boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilmaganligi.O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiSanepidqo‘m
4.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasiYuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirilmaganligi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi sakkizinchi xatboshisiSanepidqo‘m
5.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasiInson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklar tarqalishi yoxud texnogen yoki tabiiy xususiyatga ega xavf vujudga kelganligi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi o‘ninchi xatboshisiSanepidqo‘m
6.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasiFavqulodda vaziyatlarda, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelganda, ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilganligi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi o‘n birinchi xatboshisiSanepidqo‘m
 
   (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2025-y., 10/25/3674/0800-son)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.