Sanitariya-epidemioloigk osoyishtalik soxasidagi ma’muriy xuquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi

Sanepidqum
2025 yil
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi B.Q.Yusupalievning 02.12.2024 yil kungi 50 son buyrug‘i tasdiqlangan.
Ushbu buyruq bilan “sanitariya-epidemioloigk osoyishtalik soxasidagi ma’muriy xuquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlangan.
Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-yepidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida” 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mita faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son va “Tadbirkorlik subektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tlcazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarorlari, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashlciliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2021-yil 8-iyuldagi 431-son va “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida yuritiladigan tibbiy hisob hujjat shakllarini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 363-son buyrug‘iga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibini belgilaydi.
“E-Ma’muriy ish” tizimi - huquqbuzarlik sodir etilgan holat yuzasidan Ma’muriy ish hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish va shakllantirish, vakolatli organga elektron yuborish hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs (keyingi o‘rinlarda — huquqbuzar), jabrlanuvchi, guvoh va xolislar to‘g‘risidagi ma’lumotlami to‘plash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish, shuningdek, vakolatli organlar o‘rtasida idoralararo axborot almashishning yagona markazlashtirilgan elektron tizimi;
Sanepidqo‘m, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boiimlarining tekshirish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar (keyingi o‘rinlarda - vakolatli xodimi) aholining sanitariya-yepidemiologik osoyishtaligi sohasidagi Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha davlat organlari, tashkilotlar va korxonalar mansabdor shaxslariga yoki jismoniy shaxslarga nisbatan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda mamuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay uni tuzgan Sanepidqo‘m, uning hududiy boshqarmasi yoki tuman (shahar) bodimining vakolatli xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi Nizomga muvofiq, Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlaming yagona markazlashtirilgan elektron bazasida (“E-Ma’muriy ish” tizimi) hisobga olinadi va maxsus skanerlovchi uskuna orqali yuklanadi.
Bunda, ushbu Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomada MJtKning 279-280-281-moddasi talablariga muvofiq ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar xodimga berilgan login, parol orqali “E-Ma’muriy ish” tizimiga kiritiladi va elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.
Elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda ERI) - elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Sanepidqo‘m, uning hududiy boshqarmasi yoki tuman (shahar) bo‘limlarining mansabdor shaxsi huquqbuzarga ishning qachon va qaerda ko‘rilishi haqida mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnomani yuboradi. Xabarnoma maxsus skanerlovchi uskuna orqali “E-Ma’muriy ish” tizimiga yuklanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish paytida MJTKning 308-moddasiga muvofiq mazkur Uslubiy qo‘llanmaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma yuritilib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasi ishni ko‘rib chiqqan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Mazkur bayonnoma maxsus skanerlovchi uskuna orqali “E-ma’muriy ish” tizimiga yuklanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror MJTKning 311-moddasiga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqish tugashi bilanoq darhol e’lon qilinadi.
Qarorning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi tilxat asosida beriladi yoki mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi xat bilan jo‘natiladi, bu haqda ishga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi. Qaror nusxasi berilganligi to‘g‘risidagi tilxat yoki jonatilganligi to‘g‘risidagi xat maxsus skanerlovchi uskuna orqali “E-Ma’muriy ish” tizimiga yuklanadi.
Sanepidqo‘m yoki uning hududiy boshqarmalar yoxud tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shaklda Ma’muriy huquqbuzarliklarga doir tuzilgan materiallarni ro‘yxatga olish kitobi yuritiladi.
Kitob qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va Kitobni yuritish sanasi ko‘rsatilgan holda, tegishincha Sanepidqo‘m raisi yoki uning hududiy boshqarmalari boshliqlari yoxud o‘rinbosarlari yoki tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
SUV TA’MINOTI UCHUN ESLATMA!2-06-2025, 14:35
E`lon22-07-2024, 12:16
O'zbekiston Respublikasi Sog'likni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida30-07-2024, 16:57
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini sohaga oid tekshiruvlar tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma10-06-2025, 16:07
Go‘zallik saloni xodimlari va mijozlari uchun ESLATMA!10-06-2025, 15:06