Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3497]
O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:buyrug‘i
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3497]
1. Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining “Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 23-apreldagi 7-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2581, 2014-yil 7-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 19-son, 219-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-yanvar,
1-son
Kelishildi:
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2023-yil 19-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2023-yil 28-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 1-son buyrug‘iga
ILOVA
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari
RO‘YXATI
1. Odam qoni va (yoki) uning tarkibiy qismlarini tayyorlash, qayta ishlov berish hamda gemotransfuziya bilan bog‘liq kasblar.2. Barcha turdagi jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq kasblar.
3. Tug‘ruq bilan bog‘liq kasblar.
4. Quyidagi tibbiy muolajalar bilan bog‘liq kasblar:
dializ;
veneseksiya;
kateterizatsiya.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 10/24/3497/0135-son)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida25-09-2025, 10:55
Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida2-10-2025, 11:12
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida25-09-2025, 14:38
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"13-12-2023, 15:39
O'zbekiston Respublikasi Sog'likni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida30-07-2024, 16:57











