Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining
buyrug‘i
Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 10-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3606]
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-son “O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan O‘lchash natijalari davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:buyrug‘i
Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 10-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3606]
1. Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor A. JUMANAZAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-yanvar,
78-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D. KASIMOV
2025-yil 4-yanvar
Savdo-sanoat palata raisi D. VAXABOV
2024-yil 25-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 78-son buyrug‘iga
1-ILOVA
Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining
RO‘YXATI
| T/r | O‘lchash vositalari turkumlarining nomi | O‘lchash vositalarining qiyoslashlararo muddati |
| Geometrik kattaliklar o‘lchash vositalari | ||
| 1. | Chegaraviy yassi uzunlik o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 2. | Shtrixli uzunlik o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 3. | Uzunlik o‘lchash asboblari | 12 oy |
| 4. | Uzunlik o‘lchash vositalari. Optik-mexanik asboblar *** | 12 oy |
| 5. | 24 dan 75000 m gacha bo‘lgan diapazonda uzunlik o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 6. | Kosmik navigatsiya tizimlarining signallari bo‘yicha koordinatalar farqini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 7. | 0,025 dan 600 µm gacha bo‘lgan diapazonda Rmax, Rz, Ra g‘adir-budurlik parametrlarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 8. | Dumaloqlilikdan og‘ishni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 9. | Toraytiruvchi qurilmalar (diafragmalar) | 12 oy |
| Tekislikdan og‘ish interferension o‘lchash vositalari | ||
| 10. | Interferometrlar *** | 12 oy |
| 11. | Yassi shisha plastinalar *** | 12 oy |
| 12. | Nazorat brusoklari | 12 oy |
| 13. | Yassi shisha plastinalar *** | 12 oy |
| 14. | To‘g‘ri chiziqlilik va yassilikdan og‘ishni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 15. | Tishli ilashma parametrlarini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 16. | Rezba parametrlarini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 17. | Yassi burchakni o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 18. | Qalinlik o‘lchagichlari *** | 12 oy |
| 19. | Qoplamlarning yuza zichligini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 20. | Qoplamlar qalinligi, qoplamlar nuqsonlarini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 21. | Maydonni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 22. | Detal materiallari lokal yaxlit emaslikning geometrik o‘lchamlari va joylashuvini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 23. | 90 dan 1800 K gacha diapazonda qattiq jismlarning chiziqli kengayish harorat koeffitsiyentini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 24. | O‘lchash elaklari *** | 12 oy |
| 25. | Geodezik o‘lchash vositalari (nivelir, teodolit) *** | 12 oy |
| 26. | Qurilish materiallarining geometrik parametrlarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| Mexanik kattaliklarni o‘lchash vositalari | ||
| 27. | Chakana savdoda qo‘llanadigan tovarlar massasini, shu jumladan narxi va qiymatini ko‘rsatgan holda o‘lchash uchun tarozilar *** | 12 oy |
| 28. | E1, aniqlik sinfidagi toshlar | 36 oy |
| 29. | E2 aniqlik sinfidagi toshlar | 24 oy |
| 30. | F1, F2, M1, M1-2,M2, M2-3 va M3 aniqlik sinfidagi toshlar | 12 oy |
| 31. | Konveyer tarozilar | 12 oy |
| 32. | Dozalagich-tarozilar va bunker tarozilar | 12 oy |
| 33. | Ishchi purka | 12 oy |
| 34. | Kvadrant va torsion tarozilar | 12 oy |
| 35. | Avtomobil va temir yo‘l tarozilari (statikada va harakatda massani aniqlash uchun), shuningdek transport vositalarining o‘qqa nisbatan og‘irligini aniqlovchi tarozilar *** | 12 oy |
| 36. | I (Ia) va II razryadli namunaviy tarozilar *** | 12 oy |
| 37. | Massa komparatorlari *** | 12 oy |
| 38. | 1 razryadli namunaviy purka *** | 12 oy |
| 39. | 2 razryadli namunaviy purka *** | 12 oy |
| 40. | Massa o‘zgartirgichlari sifatida qo‘llanadigan tenzorezistor datchiklari (tenzodatchik) *** | 12 oy |
| 41. | Maxsus yuklar | 12 oy |
| 42. | Kuch va burovchi kuch momenti o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 43. | Deformatsiyani o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 44. | 0,001 dan 200 m/s2 gacha diapazonda qattiq jismning doimiy chiziqli tezlanishini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 45. | 5·10-8 dan 2,5·10-4 rad/s gacha diapazonda burchak tezlikni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 46. | 1 dan 100 rad/s2 gacha diapazonda doimiy burchakli tezlanishini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 47. | 0,5 dan 30 Hz gacha diapazonda tezlanishni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 48. | Taxometrlar, spidometrlar, taksometrlar, taxograflar *** | 12 oy |
| 49. | Transport vositalarining harakat tezligini foto va videoqayd etish vositalari (radarlar) *** | 12 oy |
| 50. | Qattiqlik o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 51. | Avtoservis tizimining o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 52. | Grammometr | 12 oy |
| 53. | Beton qattiqligi o‘lchagichlari | 12 oy |
| 54. | Zarbni o‘lchash vositasi | 12 oy |
| 55. | Penetrometr | 12 oy |
| 56. | Armatura cho‘zilishini aniqlash uchun sinov mashinalari *** | 12 oy |
| 57. | Troslarning tortilishdagi tarangligini o‘lchagich *** | 12 oy |
| 58. | Motovilo | 12 oy |
| 59. | Ipning buralish va cho‘zilishini o‘lchagichi (krutkomer) | 12 oy |
| 60. | Beton mustahkamligi o‘lchagichlari *** | 12 oy |
| Modda oqimi, sarfi, sathi, hajmi parametrlarini o‘lchash vositalari | ||
| 61. | O‘zgaruvchan bosimlar farqi usulida ishlovchi sarf o‘lchagichi va o‘lchash tizimlari *** | 12 oy |
| 62. | Sanoatda hamda kommunal-maishiy sohada** qo‘llash uchun suyuqlik va gazlar hajmiy, trubinali, uyurmali, rotorli, massaviy (kariolisli), ultratovushli (400 mm gacha), elektromagnitli sarf o‘lchagichlar va hisoblagichlar *** | 24 oy |
| 63. | Sanoatda qo‘llash uchun diametri 400 mm va undan yuqori bo‘lgan ultratovushli gaz sarfi o‘lchagichlari *** | 48 oy |
| 64. | Issiqlik energiyasi hajmi va miqdori sarfining hisoblagichlari, o‘zgartirgichlari *** | 48 oy |
| 65. | Rotametrlar | 12 oy |
| 66. | Suyuqlik va gazlar uchun o‘lchagichlar va hisoblagichlarni qiyoslash qurilmalari | 24 oy |
| 67. | Standart toraytiruvchi qurilmalar yordamida bosimlar farqi asosida suyuqlik va gazlarning sarfi va miqdorini o‘lchash majmualari *** | 48 oy |
| 68. | Neft va neft mahsulotlarini o‘lchash uchun avtomatlashtirilgan tizimlar va qurilmalar | 12 oy |
| 69. | Siqilgan gaz tarqatish o‘lchash kolonkalari *** | 12 oy |
| 70. | Suyuqliklar, gaz va issiqlik energiyasi hajmi va miqdorini o‘lchash korrektorlar va kontrollerlar *** | 24 oy |
| 71. | Yoqilg‘i va moy tarqatish kolonkalari *** | 6 oy |
| 72. | Suyultirilgan gaz tarqatish kolonkalari *** | 6 oy |
| 73. | Suyuq neft mahsulotlari uchun hisoblagichlar, sarf o‘lchagichlar *** | 12 oy |
| 74. | 2000 ml gacha kichik sig‘imdagi suyuqlik o‘lchagichlari *** | 12 oy* |
| 75. | 2000 ml dan yuqori sig‘imdagi suyuqlik o‘lchagichlari *** | 12 oy |
| 76. | Kritik mikrosoplalar | 24 oy |
| 77. | Gorizontal va vertikal silindrik rezervuarlar | 60 oy |
| 78. | Avtomobil sisternalari | 12 oy |
| 79. | Temir yo‘l sisternalari | 60 oy |
| 80. | Suv va havo oqimining tezligini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 81. | Sathni o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 82. | Yuridik shaxslar tomonidan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni hisoblashda qo‘llaniladigan tabiiy gaz, sovuq va issiq suv miqdorini o‘lchash vositalari *** | 48 oy |
| 83. | Jismoniy shaxslar tomonidan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni hisoblashda qo‘llaniladigan tabiiy gaz, sovuq va issiq suv miqdorini o‘lchash vositalari *** | 96 oy |
| Bosim o‘lchash, vakuumli o‘lchash vositalari | ||
| 84. | Ko‘rsatuvchi va o‘zi yozadigan manometrlar, vakuummetrlar, manovakuummetrlar, bosim o‘lchagichlar, naporomerlar, tyagomerlar va tyagonaporomerlar | 12 oy |
| 85. | Sfigmomanometrlar | 12 oy |
| 86. | Bosim o‘lchash o‘zgartirgichlari (datchiklar) | 12 oy |
| 87. | Yuk porshenli manometrlar, yuk porshenli vakuummetrlar, yuk porshenli manovakuummetrlar | 24 oy |
| 88. | Bosim kalibratorlari | 12 oy |
| 89. | 2,7·102 dan 4000·102 Pa gacha diapazonda mutlaq bosim o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 90. | Mutlaq bosim yuk porshenli manometrlari | 24 oy |
| 91. | 10 kHz chastotalarda 1 dan 250 MPa gacha diapazonda davriy bosim o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 92. | Impulsli bosim o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 93. | Barometrlar *** | 12 oy |
| 94. | Namunaviy manometrlar, vakuummetrlar, manovakuummetrlar | 12 oy |
| Moddalarning fizik-kimyoviy tarkibi va xossalarini o‘lchash vositalari | ||
| 95. | Suyuqlik qovushqoqligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 96. | Kapillyar viskozimetrlar *** | 12 oy |
| 97. | Namunaviy kapillyar viskozimetrlar *** | 60 oy |
| 98. | Zichlik o‘lchash vositalari (areometrlar, piknometrlar, neftedensimetrlar, densimetrlar va spirt o‘lchagichlar) *** | 12 oy |
| 99. | Namunaviy areometrlar, piknometrlar, neftedensimetrlar, densimetrlar, spirt o‘lchagichlar, sut o‘lchagichlar va shakar o‘lchagichlar *** | 60 oy |
| 100. | Mass-spektrometrlar, spektrometrlar, spektrofotometrlar va xromatograflar *** | 12 oy |
| 101. | Gaz namligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 102. | Namunaviy gigrometrlar (namlikni aniqlash uchun) | 24 oy |
| 103. | Qattiq va sochiluvchan material va moddalar namligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 104. | Gaz analizatorlari va tutun o‘lchagichlar *** | 12 oy |
| 105. | Portlash xavfi bo‘lgan konsentratsiya signalizatorlari *** | 12 oy |
| 106. | Gazoanalitik uskunalar | 12 oy |
| 107. | Haydovchi nafasida spirt bug‘lari konsentratsiyasini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 108. | Neft va neft mahsulotlari tarkibi, xossalari va sifat ko‘rsatkichlari analizatorlari *** | 12 oy |
| 109. | Tarkibida suv bo‘lmagan suyuqliklarning namligini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 110. | Neft va neft mahsulotlarining chaqnash harorati, past haroratli xossalari, anilin nuqtasi analizatorlari *** | 12 oy |
| 111. | pH-metrlar va ion o‘lchagichlar *** | 12 oy |
| 112. | Elektrodli tizim imitatorlari | 12 oy |
| 113. | Konduktometrlar, tuz o‘lchagichlar *** | 12 oy |
| 114. | Polyarograflar | 12 oy |
| 115. | Titratorlar *** | 12 oy |
| 116. | Atmosfera holati parametrlarini tadqiq qilish (sinash) va o‘lchash uchun qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 117. | Nitrat o‘lchagichlar *** | 12 oy |
| 118. | Moydorlikni aniqlash uchun yadroviy magnitli rezonans analizatorlari *** | 12 oy |
| 119. | Suyuqlik va qattiq moddalarning har xil analizatorlari | 12 oy |
| 120. | Ichimlik, tabiiy va oqova suvlardagi ifloslantiruvchi moddalar tarkibini tadqiq qilish (sinash) va o‘lchash uchun qo‘llanadigan o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| Issiqlik fizik va harorat o‘lchov vositalari | ||
| 121. | Kontaktli harorat o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 122. | Nurlanish pirometrlari va harorat lampalari | 12 oy |
| 123. | Yorug‘lik harorat lampalari, yorug‘lik harorat o‘lchashlari | 12 oy |
| 124. | Rangli harorat lampalari | 12 oy |
| 125. | Issiqlik miqdorini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 126. | Qattiq jismlarning issiqlik o‘tkazuvchanligini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 127. | Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 128. | Termometrlar | 12 oy |
| 129. | Pirometrlar | 12 oy |
| 130. | Termojuftliklar va qarshilik termometrlari *** | 12 oy |
| 131. | Millivoltmetrlar va avtomatik potensiometrlar | 12 oy |
| 132. | Logometrlar, harorat rostlagichlari | 12 oy |
| 133. | Harorat datchiklari | 12 oy |
| 134. | Shishali namunaviy termometrlar *** | 12 oy |
| 135. | Termostatlar, quritish shkaflari, mufel pechlar | 12 oy |
| 136. | Kolorimetrik uskunalar | 24 oy |
| 137. | Iqlimiy kameralar, issiqlik va sovuq kameralari | 24 oy |
| 138. | Bug‘lash kamerasi, qattiqlashish kamerasi | 24 oy |
| 139. | Harorat kalibratorlari | 24 oy |
| 140. | “Qora jism” ko‘rinishidagi harorat tarqatuvchilari | 24 oy |
| 141. | Psixrometrik gigrometrlar | 12 oy |
| 142. | Nam havo generatori | 36 oy |
| 143. | Infraqizil pirometrlar va termometrlar *** | 24 oy |
| 144. | Elektron va raqamli termogigrometrlar | 12 oy |
| 145. | Teplovizorlar *** | 12 oy |
| 146. | Elektr ko‘priklar *** | 12 oy |
| 147. | Harorat lampalari *** | 60 oy |
| 148. | Platinorodiy-platinali namunaviy termoelektr termoo‘zgartirgichlar *** | 12 oy |
Vaqt va chastota o‘lchash vositalari | ||
| 149. | Vaqt va chastota o‘lchash vositalari (qum soatlardan tashqari) *** | 12 oy |
| 150. | Ulanish davomiyligini o‘lchash tizimlari va vositalari *** | 24 oy |
| 151. | Ma’lumotlar uzatish tezligi va hajmini o‘lchash tizimlari va vositalari *** | 24 oy |
| 152. | Chastotali tezlik parametrlarini o‘lchash vositalari va uskunalari *** | 12 oy |
Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash vositalari | ||
| 153. | O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok kuchini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 154. | Elektr yurituvchi kuchni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 155. | O‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 156. | Elektr quvvat va quvvat koeffitsiyentini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 157. | Kuchlanish va tok o‘lchash transformatorlari *** | 48 oy |
| 158. | Namunaviy o‘lchash transformatorlari *** | 12 oy |
| 159. | Faza siljishini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 160. | Fazalar siljish burchagini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 161. | O‘lchash kontrollerlari | 24 oy |
| 162. | Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi o‘lchash kanallari *** | 24 oy |
O‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklar elektr energiyasini o‘lchash vositalari | ||
| 163. | Yuridik shaxslarning elektr energiyasini hisobga olish hisoblagichlari *** | 48 oy |
| 164. | Jismoniy shaxslarning elektr energiyasini hisobga olish hisoblagichlari *** | 96 oy |
| 165. | Elektr energiyasini tijoratga oid hisobga olish tizimlari *** | 48 oy |
| 166. | Namunaviy elektr energiyasi hisoblagichlari | 12 oy |
| 167. | Sinusoidal tokning masshtab o‘zgarish koeffitsiyenti va burchagini o‘lchash vositalari | 48 oy |
| 168. | Elektr yo‘qotishlar burchagining tangensini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 169. | Elektr qarshilikni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 170. | Elektr qarshilik o‘lchovlari, katushkalar | 12 oy |
| 171. | Induktivlikni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 172. | Elektr sig‘imni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 173. | Ta’minot manbalari, stabilizatorlar *** | 12 oy |
| 174. | Elektr signal o‘zgartirgichlari *** | 12 oy |
| 175. | Elektr signal registratorlari *** | 12 oy |
| 176. | Elektr signal manbalari (kalibratorlar va komparatorlar) *** | 12 oy |
| 177. | Elektr namlik o‘lchagichlar *** | 12 oy |
| 178. | Kalibrlash shuntlari *** | 12 oy |
| 179. | Normal to‘yingan elementlar | 12 oy |
| 180. | O‘lchash imitatorlari | 12 oy |
| 181. | Multimetr va testerlar | 12 oy |
Radiotexnik va radioelektron o‘lchash vositalari | ||
| 182. | Impulsli generatorlar *** | 12 oy |
| 183. | Ossillograflar *** | 12 oy |
| 184. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali o‘lchash generatorlari *** | 12 oy |
| 185. | Tovushli generatorlar *** | 12 oy |
| 186. | Signal generatorlari va uskunalar *** | 12 oy |
| 187. | Voltmetr qiyoslash uskunalari | 12 oy |
| 188. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali vattmetrlar va quvvat o‘lchagichlari | 12 oy |
| 189. | Trassa va kabel qidiruv uskunalari (lokatorlar) *** | 12 oy |
| 190. | Reflektometrlar *** | 12 oy |
| 191. | Kabel va antenna parametrlarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 192. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali attenyuatorlar *** | 12 oy |
| 193. | Signal so‘nishini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 194. | Yuqori va o‘ta yuqori chastotali chiziqli o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 195. | Chastota va kuchlanish o‘zgartirgichlari *** | 12 oy |
| 196. | Signal formalari va parametrlarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 197. | Simli aloqa tizimlarida foydalaniladigan o‘lchash vositalari va tizimlari *** | 12 oy |
| 198. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali selektiv voltmetrlar hamda ularni qiyoslash uskunalari | 12 oy |
| 199. | Impuls hisoblagichlar *** | 12 oy |
| 200. | Taxograf programmatorlari (dasturlovchi tizimlar) *** | 12 oy |
| 201. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali tebranishlarning amplituda modulyatsiyasi koeffitsiyentlarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 202. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali nochiziqli buzilishlar koeffitsiyentini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 203. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali deviatsiya (og‘ish) o‘lchash vositalari, shuningdek chastotali tezlik parametrlarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 204. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali elektr kuchlanishni o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 205. | Amplituda va chastota tavsifini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 206. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali magnit maydon kuchlanishini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 207. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali elektr maydonining kuchlanganligini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 208. | Koaksial (bir o‘qda yotuvchi) to‘lqin uzatgichda chetki elementlarining to‘liq qarshiligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 209. | Bikompleks o‘tkazuvchanlik va qaytarish koeffitsiyentining modulini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 210. | Qattiq va suyuq dielektriklarning nisbiy dielektrik o‘tkazuvchanligini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 211. | Koaksial (bir o‘qda yotuvchi) va to‘lqin uzatish traktlarida o‘zgaruvchan tok quvvatini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 212. | To‘lqin uzatish traktlarida elektromagnit tebranishlar quvvatini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 213. | Plezioxron va sinxron aloqa tizimlaridagi o‘lchash vositalari, shuningdek, ulanish davomiyligini o‘lchash tizimlari va vositalari *** | 12 oy |
| 214. | Elektr magnit maydoni quvvatining zichligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 215. | Shovqinli radionurlanish quvvatining spektral zichligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 216. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali spektr analizatorlari *** | 12 oy |
| 217. | Optik tolali aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari, shuningdek ma’lumotlar uzatish tezligi va hajmini o‘lchash tizimlari va vositalari *** | 12 oy |
| 218. | Past, yuqori va o‘ta yuqori chastotali maxsus qabul qiluvchi, uzatuvchi o‘lchash antennalari *** | 12 oy |
| 219. | Fider va antenna analizatorlari, televizion va radiosignallar analizatorlari, sun’iy yo‘ldosh va radiosignallar analizatorlari, chastota modulyatsiyasi va stereosignallar o‘lchagichlari (analizatorlar) *** | 12 oy |
Vibroakustik o‘lchash vositalari | ||
| 220. | Havo va suvli muhitida tovushli bosimni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 221. | Tovush darajasini emission to‘g‘ri birlashtirilgan pezoelektrik o‘zgartirgichlarning ikki karra o‘zgarish koeffitsiyentini va akustik maydon yo‘nalganlik diagrammasining kengligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 222. | Qattiq muhitlarda bo‘ylama ultratovushli tebranishlarning so‘nish koeffitsiyentini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 223. | Qattiq muhitlarda bo‘ylama ultratovushli to‘lqinlar tarqalish tezligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 224. | Seysmosiljishlar, seysmotezlik va seysmotezlanishni o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 225. | Vibrosiljishlarni o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 226. | Zarbli harakatda tezlanishni o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 227. | Qattiq muhitda bo‘ylama tovush darajasi tebranishlarining so‘nish koeffitsiyentini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 228. | Vibrotezlik va siljish o‘ramatokli o‘lchash vositalari (datchiklari) | 12 oy |
| 229. | Val va o‘q siljish o‘ramatokli o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 230. | Akustika emission defekt o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 231. | Ultratovushli qalinlik o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 232. | Defektoskoplar | 12 oy |
| 233. | Shovqin va tebranishni o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
Optik va optika-fizikaviy o‘lchash vositalari | ||
| 234. | Uzluksiz va impulsli nurlanish yorug‘lik kattaliklarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 235. | Rang koordinatalari va rangdorlik koordinatalarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 236. | To‘lqin uzunligi yo‘nalgan o‘tkazishning diffuziya va teskari tasvirlarning spektral, integral va reduksiya koeffitsiyentlarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 237. | Materiallarning optik zichligi, yorug‘lik, o‘tkazish (oq rangda) va sinish koeffitsiyentlarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 238. | Biologik namunalarning optik zichligini o‘lchash vositalari, biokimyo, immunoferment, peshob va gematologik analizatorlar, shuningdek, spektrofotometrlar, fotometrlar, spektrometrlar, fotokolorimetrlar *** | 12 oy |
| 239. | Qattiq va suyuq shaffof moddalarning sinish ko‘rsatkichini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 240. | Qutblanish tekisligining aylanish burchagi, chiziqli ikki nur sinishida fazalar farqini, chiziqli va aylana dixroik yutilish koeffitsiyentlarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 241. | 0,2 dan 25 µm gacha to‘lqin uzunligi diapazonida yaxlit spektr uzluksiz optik nurlanishining nurlanish kuchi va energetik yoritilganligini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 242. | 00,25 dan 25 µm gacha to‘lqin uzunligi diapazonida energetik yorqinlikning spektral zichligi, nurlanish kuchining spektral zichligi, energetik yorug‘likning spektral zichligini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 243. | 0, 0,01 dan 0,25 µm gacha to‘lqin uzunligi diapazonida optik nurlanish energetik yorqinlikning spektral zichligini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 244. | 0,3 dan 10 µm gacha to‘lqin uzunligi diapazonida quyosh nurlanishi bilan energetik yoritilganligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 245. | 0,4 dan 10,6 µm gacha to‘lqin uzunligi diapazonida impulsli lazer nurlanish qabul qilgichlarning quvvati va dinamik parametrlarini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 246. | 0,4 dan 1,4 µm gacha to‘lqin uzunligi diapazonida 10-6 dan 10-2 W gacha nurlanish oqimini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 247. | 0,3 dan 12 µm gacha to‘lqin uzunligi diapazonida lazer nurlanishning o‘rtacha quvvatini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 248. | 0,3 dan 12 µm gacha to‘lqin uzunligi diapazonida impulsli lazer nurlanish energiyasini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 249. | 0,5 dan 1,6 µm gacha to‘lqin uzunligi diapazonida impulsli optik nurlanish oqimini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 250. | Tolali-optik uzatish tizimlarining komponentlaridagi optik olib kiriladigan yo‘qotishlarni o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 251. | Optik tola sonli aperturasini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 252. | Yorug‘lik o‘tkazgichning o‘tish tavsifi va o‘tkazish polosasining o‘sib borish vaqtini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 253. | Optik tola sinish ko‘rsatkichining profilini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 254. | Refraktometrlar, refraktometrik plastinalar (prizmalar) *** | 12 oy |
| 255. | Yorug‘lik o‘tkazgichda uzilish joyigacha masofani o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 256. | Sensitometriyada yoritilganlik, nur tushirish vaqtining samaraliligi va rangga oid haroratni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 257. | 0,2 dan 1,4 µm gacha to‘lqin uzunligi diapazonida spektrosensito-metriyada energetik yoritilganlikni o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 258. | Fotomateriallarning ruxsat berish qobiliyatini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 259. | Elektron-optik o‘zgartirgichlar asosidagi fotoxronografik apparatura | 12 oy |
| 260. | Qutblik o‘lchagichlar, qand o‘lchagichlar, polyariskoplar | 12 oy |
| 261. | Yaltiroq o‘lchagichlar (bleskomer), oqlik o‘lchagichlar | 12 oy |
| 262. | Yorug‘lik o‘tkazish o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 263. | Rang o‘lchagichlar, rang komparatorlari, densitometrlar *** | 12 oy |
| 264. | Lyuksmetrlar | 12 oy |
| 265. | Namunaviy svetofiltrlar *** | 12 oy |
| 266. | Namunaviy polyarimetrik plastinalar (PPO-1 va TK) *** | 12 oy |
| 267. | Rang va rangdorlik koordinatalar birligi hamda aks ettirish spektral koeffitsiyent o‘lchagichlari *** | 12 oy |
Yadroviy konstantalarning ionlovchi nurlanish tavsiflarini o‘lchash vositalari | ||
| 268. | Ekspozitsion doza, ekspozitsion dozaning quvvati hamda rentgen va gamma-nurlanish energiyasining oqimini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 269. | Rentgen nurli nazorat uskunalari *** | 12 oy |
| 270. | Beta-nurlanish yutilgan dozasini va nurlanish yutilgan dozasining quvvatini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 271. | Fotonli ionlovchi-nurlanish yutilgan dozasining quvvatini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 272. | Maksimal fotonlar energiyasi bilan tormozli nurlanish energiyasining oqimini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 273. | 0,8 dan 8 pJ gacha (5 dan 50 MeV gacha) energiyali elektronlar oqimini va elektronlar energiyasining oqimini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 274. | 3 dan 9 fJ gacha (20 dan 60 keV gacha) maksimal fotonlar energiyali rentgen nurlanishining yutilgan dozasini o‘lchash vositalari | 12 oy |
| 275. | Neytron-nurlanishning yutilgan va ekvivalent dozasi quvvatini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 276. | Ekspozitsion (yutiladigan) doza, ekspozitsion (yutiladigan) dozaning o‘rtacha quvvati, impulsli rentgen-nurlanish energiyasining o‘rtacha oqimi va oqimning o‘rtacha zichligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 277. | Radionuklidlarning faolligi va solishtirma faolligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 278. | Alfa-aktiv va beta-aktiv gazlarda nuklidlar faolligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 279. | Radioaktiv aerozol hajmiy faolligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 280. | Yuzaning radioaktiv moddalar bilan ifloslanganligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 281. | Radiy massasini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 282. | Neytronlar oqimi va uning zichligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 283. | Radiatsiyaviy nazorat tizimlarining o‘lchash kanallari *** | 12 oy |
| 284. | Ionlovchi-nurlanish parametrlarini o‘lchash uchun funksional uzellar, bloklar va qurilmalar *** | 12 oy |
| 285. | Gamma, beta va alfa-spektrometrlar, detektorlar, hisoblagichlar *** | 12 oy |
| 286. | Xodimlarning ish joylarida radiatsion nazorat uchun qo‘llanadigan yutilgan dozani, foton-nurlanish dozasining quvvatini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
| 287. | Tibbiy biologik tadqiqotlar, kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashda qo‘llaniladigan radionuklidlar faolligini o‘lchash vositalari *** | 12 oy |
O‘lchash tizimlarining elementlari | ||
| 288. | Unifikatsiyalangan (birxillashtirilgan) signallarning elementlarini o‘lchash tizimi*** | 12 oy |
| 289. | Ma’lumotlar miqdori, uzatish tezligini o‘lchash tizimi | 24 oy |
* Birlamchi qiyoslashdan o‘tkazilgan shishali kichik sig‘imdagi suyuqlik o‘lchagichlari hamda qum soatlar qiyoslashdan arizachining murojaatiga asosan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi.
** kommunal-maishiy sohada qo‘llaniladigan hisoblagichlarning o‘lchash chegarasi 10÷40 m3/h.
*** Ushbu o‘lchash vositalarini qiyoslash akkreditatsiya qilingan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘lchash natijalari davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatiga kiritilmagan o‘lchash vositalarini qiyoslash yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 78-son buyrug‘iga
2-ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2019-yil 12-iyuldagi 91-son “Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3174, 2019-yil 30-iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 10/19/3174/3491-son).2. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2019-yil 16-oktabrdagi 137-son “Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3174-1, 2019-yil 7-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2019-y., 10/19/3174-1/4002-son).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2025-y., 10/25/3606/0126-son)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida26-09-2025, 09:27
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida25-09-2025, 14:38
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIGA, ULARNI ISHLAB CHIQARISH VOSITALARIGA VA XALQ ISTE’MOLI MOLLARIGA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK XULOSA BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA25-09-2025, 10:29
O'zbekiston Respublikasi Sog'likni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida30-07-2024, 16:57
Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlash haqida25-09-2025, 11:01











