OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIGA, ULARNI ISHLAB CHIQARISH VOSITALARIGA VA XALQ ISTE’MOLI MOLLARIGA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK XULOSA BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGINING
Qarori
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIGA, ULARNI ISHLAB CHIQARISH VOSITALARIGA VA XALQ ISTE’MOLI MOLLARIGA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK XULOSA BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-noyabrda 1525-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi va “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:O‘ZBEKISTON DAVLAT STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGINING
Qarori
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIGA, ULARNI ISHLAB CHIQARISH VOSITALARIGA VA XALQ ISTE’MOLI MOLLARIGA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK XULOSA BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-noyabrda 1525-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
1. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste’moli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
01-1/54-son
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori R. BO‘RIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
1-son
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
“O‘zstandart” agentligining
2005-yil 30-sentabrdagi
01-1/54, 1-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2005-yil 30-sentabr,
01-1/54-son
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori R. BO‘RIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
1-son
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
“O‘zstandart” agentligining
2005-yil 30-sentabrdagi
01-1/54, 1-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste’moli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi to‘g‘risida
YO‘RIQNOMA
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste’moli mollariga (bundan buyon matnda mahsulotlar deb yuritiladi) sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qism
1. Sanitariya-epidemiologik xulosa — oziq-ovqat mahsulotining va uni tayyorlash hamda undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalarning sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.
2. Sanitariya-epidemiologik xulosa texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda gigiyenik normalar va talablar mavjud bo‘lgan mahsulotlarga beriladi.
3. Sanitariya-epidemiologik xulosa berish uchun mahsulot ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilanganidan oshmagan miqdorlarda ariza beruvchi mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
4. Mahsulotlar ekspertizasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarida gigiyenik normalar va talablar mavjud bo‘lgan:
yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganda;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi o‘zgarganda;
mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining konstruksiyalari, komplektatsiyalari o‘zgarganda;
tajriba uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga;
respublika hududiga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari va xalq iste’moli mollariga;
mahsulot ishlab chiqarish uchun berilgan sanitariya-epidemiologik xulosaning yaroqlilik muddati tugaganda o‘tkaziladi.
5. Mahsulotlarni gigiyenik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun tahlillar O‘zbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy organlari (bundan buyon matnda Sanepidqo‘mning hududiy organlari deb yuritiladi) laboratoriyalarida (bundan buyon matnda laboratoriya deb yuritiladi) akkreditatsiya sohasiga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Bir-birini takrorlovchi tahlillar o‘tkazilishining oldini olish maqsadida akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar boshqa akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning tahlil natijalarini tan olishlari lozim.
II. Sanitariya-epidemiologiya ekspertizasini o‘tkazish
7. Mahsulotni sanitariya-epidemiologik ekspertizasini o‘tkazish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
arizani qabul qilish;
arizaga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganish;
mahsulot ekspertizasi rejasini tuzish;
sanitariya-epidemiologiya ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzish;
ishlab chiqarish obyektini sanitariya tekshiruvidan o‘tkazish va laboratoriya tahlillarini o‘tkazish uchun mahsulotlardan namunalar olish;
laboratoriya tahlillarini o‘tkazish;
sanitariya-epidemiologik xulosani berish. 1. Arizani qabul qilish, hujjatlarni o‘rganish va mahsulot ekspertizasi rejasini tuzish
8. Sanitariya-epidemiologik xulosa olish uchun ariza beruvchi Sanepidqo‘mning hududiy organlari Bosh vrachi nomiga mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
9. Arizaga ishlab chiqariladigan mahsulotga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning nusxasi (Davlatlararo standart — GOST, O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti — O'zDSt, Tashkilotning standarti — Ts) va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda — texnologik yo‘riqnoma va retseptura ilova qilinadi.
Chetdan olib kelinadigan mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa olish uchun qo‘shimcha ravishda:
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga kelganlik to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan holda tovarga ilova qilinadigan hujjatlarning (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxalari;
ishlab chiqaruvchining kelib chiqish mamlakati sertifikati (tovarning kelib chiqishi to‘g‘risida ishonchli ma’lumot mavjud bo‘lmagan taqdirda) nusxalari;
aynan bir xil mahsulot bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan olib kelinayotgan hollarda ushbu tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) nusxasi taqdim etiladi.
10. Sanitariya-epidemiologik xulosa olish uchun ariza kelib tushgan kuni ijro uchun Sanepidqo‘mning hududiy organlari bosh vrachi imzosi bilan sanitariya-epidemiologik xulosa berish bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim (bo‘linma) mudiriga beriladi.
11. Bo‘lim (bo‘linma) mudiri soha mutaxassislari – ovqatlanish gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, kommunal gigiyena, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limlari va boshqa bo‘lim vrach-mutaxassislari bilan birgalikda ariza hamda unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.
Agarda hujjatlar to‘liq holda taqdim qilingan bo‘lsa, mahsulot turiga qarab ekspertiza (namunalar olish, ishlab chiqarish obyektida sanitariya tekshiruvini o‘tkazish), laboratoriya (sanitariya-kimyoviy, bakteriologik, radiologik, toksikologik, parazitologik) tahlillari o‘tkazish rejasi tuziladi xamda sanitariya-epidemiologik xulosa berish uchun mas’ul sanitariya vrachi tayinlanadi.
Mahsulot ekspertizasi rejasi tuzilganidan keyin Sanepidqo‘mning hududiy organlari va ariza beruvchi o‘rtasida sanitariya-epidemiologiya ekspertizasi o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
12. Hujjatlar to‘liq holda taqdim qilinmagan taqdirda Sanepidqo‘mning hududiy organlari tomonidan bir kunlik muddat ichida ariza beruvchiga qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda sanitariya-epidemiologik xulosa berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma shaklda ma’lum qilinadi.
14. Mahsulot kelib chiqishiga ko‘ra, hayvonot yoki o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan taqdirda, mas’ul sanitariya vrachi hujjatlar olingan sanadan keyingi kundan kechikmay, veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi berish bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qiladi.
15. Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari (bundan buyon matnda Veterinariya xizmatining hududiy bo‘linmalari deb yuritiladi) yoki O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy bo‘linmalari (bundan buyon matnda O‘simliklar karantini agentligining hududiy bo‘linmalari deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
16. Veterinariya xizmatining hududiy bo‘linmalari yigirma kungacha bo‘lgan muddat bilan belgilangan tartibda ajratib qo‘yish-cheklash tadbirlarini (karantin) belgilashi mumkin. Bunda veterinariya xulosasi berish tartiboti karantin muddati tamom bo‘lgunga qadar to‘xtatib turiladi. Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasini tayyorlash va berish muddati uch ish kunidan oshmasligi kerak.
17. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tegishli xulosalar olish uchun Veterinariya xizmatining hududiy bo‘linmalari va O‘simliklar karantini agentligining hududiy bo‘linmalariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqlidir.
§ 2. Ishlab chiqarish obyektini sanitariya tekshiruvidan o‘tkazish va mahsulotlardan namunalar olish
18. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan keyin mas’ul sanitariya vrachi tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqarish obyektini tekshirish va/yoki laboratoriya tahlillari uchun namunalar olish maqsadida joyning o‘ziga boriladi.
19. Mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa berish ularni ishlab chiqarish texnik uskunalariga sanitariya-epidemiologik xulosa olishni talab qilgan hollarda avval texnik uskunalarga sanitariya-epidemiologik xulosa olinishi lozim.
Buning uchun mas’ul sanitariya vrachi tomonidan laboratoriya mutaxassisi bilan birgalikda ishlab chiqarish korxonasidagi texnik uskunalardan surtmalar olinadi hamda ikki nusxada mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklda sanitariya tekshiruvi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma mas’ul sanitariya vrachi, laboratoriya mutaxassisi va mahsulot egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanib, uning bir nusxasi mahsulot egasi yoki uning vakiliga beriladi.
Surtmalar texnik uskunaning bevosita mahsulotga tegib turadigan joyidan olinadi.
Texnologik uskunadan olingan surtmalar laboratoriyaga topshiriladi.
20. Respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa olish uchun mahsulotlarning namunaviy partiyasi ishlab chiqariladi.
21. Mahsulot ekspertizasi o‘tkazilishida mahsulot bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarning mahsulotlarga muvofiqligi taqqoslanadi.
Shuningdek, mahsulotlarni tashishda qo‘llaniladigan transport vositasining sanitariya holati, mahsulotlarni saqlash sharoitlariga baho beriladi.
22. Mahsulot idishlari, o‘rov materiallarining holati bo‘yicha quyidagilar o‘rganiladi:
nomi, shifri, navi, TIF TN kodi;
mahsulot ishlab chiqaruvchining nomi;
iste’molga yaroqlilik va ishlab chiqarilgan muddati (yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlar ekspertizadan o‘tkazilmaydi);
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ro‘yxat raqamlari;
mahsulotlarni saqlash sharoiti, buzilish alomatlari, ifloslanganligi, begona hidlarning bor yoki yo‘qligi;
mahsulot shisha idishlarda bo‘lsa, ularning berkligi;
oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, qadoqlash materiallari, yordamchi materiallar xavfsizlik ko‘rsatkichlarining sanitariya qoida va me’yorlari talablariga javob berishi.
23. Mahsulotlarning sifatiga shubha tug‘ilmagan taqdirdagina ularning mazasi totib ko‘rilishi mumkin.
24. Ishlab chiqarish korxonasini yoki respublika hududiga olib kirilayotgan mahsulotlarning sanitariya tekshiruvi natijalari bo‘yicha ikki nusxada mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklda korxona sanitariya tekshiruvi dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma mas’ul sanitariya vrachi va mahsulot egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanib, uning bir nusxasi mahsulot egasi yoki uning vakiliga beriladi.
25. Mas’ul sanitariya vrachi mahsulot namunasini bakteriologik, toksikologik, sanitariya-kimyoviy, radiologik, parazitologik, virusologik tahlillar uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan miqdorda oladi va ikki nusxada mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklda namuna olish dalolatnomasi tuzadi. Dalolatnoma sanitariya vrachi va mahsulot egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Uning bir nusxasi mahsulot egasi yoki uning vakiliga beriladi.
26. Namunalar toza idishga joylanadi, markalanadi, surg‘uchlanadi va mas’ul sanitariya vrachi tomonidan namuna olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi bilan akkreditatsiyadan o‘tgan Sanepidqo‘mning hududiy organlari laboratoriyasiga taqdim qilinadi. Bakteriologik sinovlar uchun olingan namunalar sterillangan idishda yoki original o‘ramda jo‘natiladi.
27. Olingan namunalar mahsulot partiyasini to‘liq ravishda aks ettirishi lozim.
28. Turi bir xil, navi va nomlanishi bir xil, bir smenada ishlab chiqarilgan va texnologik jihatdan bir xil ishlovdan o‘tgan mahsulot bir xil partiya hisoblanadi.
Bitta ishlab chiqarish obyektida tayyorlangan, ma’lum hajm va og‘irlikdagi, bir xil yuk xati va sifat sertifikatiga ega bo‘lgan mahsulot bir xil yuk partiyasi hisoblanadi.
281. Bir necha turdagi mahsulotlarga xulosa berish davrida sanitariya vrachi taqdim etilgan hujjatlar va mahsulotlarni o‘rganib chiqib, turi, navi, tarkibi va nomlanishi bir xil, bir smenada ishlab chiqarilgan, texnologik jihatdan bir xil ishlovdan o‘tgan, bitta yuk xatiga ega bo‘lgan mahsulotlardan umumlashtirish yo‘li bilan laboratoriya tahlillari o‘tkazish uchun namunalar olishi mumkin. Mazkur talab go‘shtli, sutli, konserva mahsulotlari, konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar uchun tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari, ozuqaviy qo‘shimchalar, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
§ 3. Laboratoriya tahlillarini o‘tkazish
29. Laboratoriyaga taqdim etilgan namunalar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar mazkur Yo‘riqnomaning 3a-ilovasiga muvofiq shakldagi jurnalga kiritib boriladi. Bunda, ma’lumotlar kiritilgandan keyin xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlillar to‘liq o‘tkaziladi.
30. Mahsulotlar turi bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha laboratoriya mutaxassislari (bakteriolog, toksikolog, virusolog, sanitariya-gigiyenik, parazitolog, kimyo, radiolog) tomonidan tahlillar o‘tkaziladi.
31. Mahsulotlarning xavfsizlik ko‘rsatkichlari sanitariya norma va qoidalarida hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan usullar bo‘yicha aniqlanadi.
32. Tez buziluvchi mahsulotlardan olingan namuna bo‘yicha 2 soatlik muddat ichida tahlil boshlanishi lozim.
33. Mahsulotlar tahlilining aniq muddati tahlillarning tegishli usullari uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan muddatlarga qarab belgilanadi.
34. Laboratoriya tahlillari o‘tkazilgandan so‘ng qolgan mahsulotlar 10 kun muddatgacha laboratoriyada saqlanadi, tez buziluvchi mahsulotlar esa, yaroqlilik muddati tugaganda yo‘q qilinadi.
35. Namuna qoldiqlari tahlil natijalari berilgungacha saqlanib, so‘ng laboratoriya mudiri ruxsati bilan belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Texnologik asbob-uskuna, xalq iste’moli buyumlari, xususiyatini yo‘qotmagan qimmatbaho buyumlar mahsulot egasiga hujjat asosida qaytariladi. Tekshirilgan oziq-ovqat namunalarining qoldig‘i mahsulot egasiga qaytarilmaydi.
Namunani topshirish yoki yo‘q qilish to‘g‘risida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
36. Mahsulot namunalarining laboratoriyadagi tahlil natijalari asosida mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq bayonnoma tuziladi xamda mas’ul sanitariya vrachi va ariza beruvchiga taqdim qilinadi.
37. O‘tkazilgan tahlillarning, laboratoriya tekshiruvlarining haqqoniyligi va sifatliligiga laboratoriya javobgar hisoblanadi
38. O‘tkazilgan laboratoriya tahlili bayonnomasi tahlil o‘tkazilgan mahsulotning partiyasiga taalluqli.
39. Mas’ul sanitariya vrachi taqdim qilingan laboratoriya tahlili natijalariga asosan laboratoriya tahlili bayonnomasiga o‘z xulosasini yozadi. Xulosa mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoki olib kirilayotgan mahsulotlarning partiyasiga beriladi.
40. Laboratoriya tahlili bayonnomasi, sanitariya tekshiruvi dalolatnomalari mahsulotning inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlik ko‘rsatkichlari talablariga muvofiq yoki xavfsizlik ko‘rsatkichlari talablariga nomuvofiqligi to‘g‘risida sanitariya-epidemiologik xulosa berish uchun asos bo‘ladi.
41. Laboratoriya tahlillarining salbiy natijalari sanitariya-epidemiologik xulosa berishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bu haqda qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda ma’lum qilinadi.
411. Xavfsizlik ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lmagan mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumot har oyda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ma’lumot beriladi, zarur xollarda ommaviy-axborot vositalarida ma’lum qilinadi.
§ 5. Sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish va berish
49. Sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish uchun mas’ul bo‘lgan sanitariya vrachi tomonidan xat (ariza, murojaatnoma), shartnoma, sanitariya tekshiruvi dalolatnomasi, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, laboratoriya tahlili bayonnomasi hamda namuna olish dalolatnomasi bilan birgalikda sanitariya-epidemiologiya xulosasini berish bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim (bo‘linma) mudiriga taqdim etiladi.
Taqdim qilingan hujjatlarning ekspertizasi va laboratoriya tahlillari natijalariga ko‘ra (mahsulot bakteriologik, toksikologik, virusologik, sanitariya-gigiyenik, parazitologik, kimyoviy va radiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha inson sog‘lig‘i uchun xavfsizlik me’yorlariga muvofiq yoki nomuvofiqligini asoslagan holda) sanitariya-epidemiologik xulosa bir ish kunida mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Sanitariya-epidemiologik xulosa Sanepidqo‘mning hududiy organlari bosh vrachining imzosi va ushbu Sanepidqo‘mning hududiy organlarining muhri bilan tasdiqlangan holda beriladi, unga laboratoriya tahlili bayonnomasi nusxalari ilova qilinadi.
50. Veterinariya va fitosanitariya xulosalari olinishi hisobga olingan holda sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish va berish muddati tegishli tahlillar usullari uchun normativ hujjatlarda nazarda tutilgan muddatlarga qarab, biroq 10 kundan oshmagan holda belgilanadi.
51. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa — 3 yil muddatga, chetdan olib kelinayotgan mahsulotga — mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddatiga ega bo‘lmagan mahsulotga esa — muddati ko‘rsatilmasdan beriladi.
Bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan olib kelinayotgan aynan bir xil mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa — bir kalendar yilidan oshmagan muddatga beriladi.
52. Sanitariya-epidemiologik xulosa nusxasi, ariza, shartnoma, birlamchi hujjatlar, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, laboratoriya tahlili bayonnomalari, namuna olish dalolatnomasi, sanitariya tekshiruvi dalolatnomasi, normativ hujjatlar nusxasi, kuzatuv xati bilan birgalikda sanitariya-epidemiologiya xulosasining yaroqlilik muddati tugagunga qadar arxivda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati bo‘lmagan mahsulotlarga berilgan sanitariya-epidemiologiya xulosalariga tegishli bo‘lgan hujjatlar 4 yilgacha, chetdan olib kelinayotgan mahsulotga esa berilgan sanitariya-epidemiologiya xulosaning yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng bir yil o‘tguncha arxivda saqlanadi.
III. Yakunlovchi qoidalar
53. Ariza beruvchi sanitariya-epidemiologiya xulosa berishning rad etilganligi yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
54. Mazkur yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Davlat veterinariya Bosh boshqarmasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi o‘simliklar karantini Bosh Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-sentabr
Davlat mulki qo‘mitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-sentabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-sentabr
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
O'zbekiston Respublikasi Sog'likni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida30-07-2024, 16:57
Sanitariya-epidemioloigk osoyishtalik soxasidagi ma’muriy xuquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi10-06-2025, 16:14
SUV TA’MINOTI UCHUN ESLATMA!2-06-2025, 14:35
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"13-12-2023, 15:39
Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi mavzusida targ`ibot va tushuntirish ishlari27-08-2025, 14:59











