Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi va uning tizimi korrupsiyadan xoli tashkilot" to'g'risida

"Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi va uning tizimi korrupsiyadan xoli tashkilot" to'g'risida

15-05-2025, 15:16
33
     Sanitariya-epidemiologik osoyishtalig va jamoat salomatligi Xorazm viloyati boshqarmasi Xiva shahar bo'limi majlislar zalida bo'lim boshlig'i U.Olimov va Xiva shahar adliya bo’limi xodimlari U.Babayev,   F.Ismoilovlar ishtirokida "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi va uning tizimi korrupsiyadan xoli tashkilot" to'g'risida davra suhbati  bolib o`tdi.
       Xiva shahar SEO va JS Bo'limi boshlig'i U.X.Olimov: yig'ilishni ochiq deb e'lon qildi va kun tartibidagi masala yuzasidan so'zga chiqdi. Ilk so'zini SEO va JS bo'limida ijro intizomini mustahkam olib borilishidan boshladi. Barcha bo'lim mudirlariga, bo'limda yuritilayotgan xat-hujjatlar Edo.ijro.uz (ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi)da yuritilishi qattiq nazoratga olinganligi xodimlar o'z ishlariga ma'suliyat bilan qarashlari, kiyinish madaniyatiga rioya qilishlari, boʻlim xodimlari ob'yektlarga borganda tamagirchilikka yo'l qo'ymasliklari va karrupsiya oqibatlari qanday xolatga olib kelishi to'g'risida takidladi va xodimlarni qattiq ogoxlantirib o'tdi. So'z navbatini Xiva shahar adliya bo’limi xodimlari U.Babayevga berdi.
        Yurist U.Babayev so'zga chiqib korrupsiyaga oid bir qancha Qonun va Qarorolarni ishchi xodimlarga tushuntirib o'tdi xususan; O'zbekiston Respublikasi Prezidentinng 2021 yil 6-iyuldagi Karrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi PQ-5177-sonli qaroriga asosan, "Biz barchamiz karrupsiyaga qarshimiz" mavzusida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinng 2021 yil 6 iyuldagi "Karrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida karrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6257-son Farmoniga muvofiq hamda karrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlarining amalga oshirilishini samarali tashkil etish masadida: 2021 yil 1 sentabrdan boshlab davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari davlat unitar korxonalari va muassasalari davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarda ishga qabul sinov tadbirlarini internet tarmog'i orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilganligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar bilan ishlash, xo'jalik ishlari, moliya-iqtisod boʻlinmalari va nazorat funksiyasiga ega tuzilmalar raxbarlarini muayyan muddatda rotatsiya qilish hamda suistemolchilarning oldini olish bo'yicha boshqa mexanizmlarni joriy etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Maxkamasiga kiritilishi, Adliya vazirligi Bosh prokratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 oktyabrga qadar karrupsiyaga, shu jumladan manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan xolda tuzilgan shartnomalarni xaqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etganligining xaqiqiy oqibatlarini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyixasini Vazirlar maxkamasiga kiritilishi, Karrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyati to'g'risidagi nizom, karrupsiyaga qarshi kurash tuzimining xolati to'g'risida xisobotlarni shakllantirish va taqdim etish bo'yicha nizom, manfaatlar to'qnashuvi boshqarish bo'yicha nizom, davlat xaridlarini o'tkazish to'g'risida nizom, xodimlarning karrupsiyaga qarshi kurashish soxasida o'qitilishini tashkil qilish bo'yicha yo'riqnoma, kontragentlarni tekshirishga oid yo'riqnoma, karrupsiyaviy xatti-xarakatlar sodir etilganda xizmat tekshiruvlari o'tkazish bo'yicha, karrupsiyaviy xatti-xarakatlar to'g'risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish xamda ko'rib chiqish reglamenti, karrupsiyaviy xavf-xatarlarni baxolash uslubiyati, karrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha siyosat ilovalarga muvofiq tasdiqlanganligi to'g'risida o'qib eshittirdi tumanda karrupsiya xolati ko'payotganligi bu illat oqibati yomonligi to'g'risaida tushintirish berdi. "Biz barchamiz karrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida karrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari ishlab chiqilganligi, Korrupsiya bu jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to'sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradigan illatligi to'g'risida xodimlarga tushuntirdi. So'zining yakunida Korrupsiyaviy xolatlar kelganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo muqarrarligi xaqida qattiq takidlab o'tdi.
Raislik qiluvchi :          U.X.Olimov - Xiva shahar Sanitariya-epidemiologogik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi boshlig'i 
 
Qatnashdilar:                                  -Xiva shahar adliya bo’limi xodimlari U.Babayev va F.Ismoilovlar, Xiva shahar Sanitariya-epidemiologogik
 osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'lim mudirlari, 
vrachlar, kasaba uyushma ko'mita raisi va bosqa xodimlar
-  Korrupsiya   bo‘yicha mas’ul xodim J.Babajonov
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.