Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Me'yoriy-huquqiy hujjatlar / Idoraviy va ichki huquqiy hujjatlar » Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlash haqida

Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlash haqida

25-09-2025, 11:01
23
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i

Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2863]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandiga muvofiq buyuraman:
1. Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi (A. Ochilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi (Sh. Saidov) tegishli davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bir oylik muddatda Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirsin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
41-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 41-mh-son buyrug‘iga
 ILOVA
Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablar
Mazkur Minimal talablar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandiga muvofiq davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati deb yuritiladi) xodimlarining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni belgilaydi.
1. Yuridik departament va yuridik boshqarma shaklidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati uchun quyidagi zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim:
2 yoki 3 ta alohida xizmat xonasi;
har bir xodim uchun alohida mebel jihozlari (stol, stullar va shkaf);
1 ta seyf yoki metall shkaf;
har bir xodim uchun alohida zamonaviy kompyuter texnikasi;
1 ta skaner, 1 ta nusxa ko‘chiruvchi apparat, 2 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 2 ta ko‘p funksiyali printer;
har bir kompyuter uchun alohida UPS qurilmasi;
telefon aloqasi va har bir xodim uchun alohida telefon apparati;
internet tarmog‘i;
kanselyariya anjomlari (soni va miqdori zaruriyatga ko‘ra).
2. Yuridik bo‘lim shaklidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati uchun quyidagi zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim:
1 yoki 2 ta alohida xizmat xonasi;
har bir xodim uchun alohida mebel jihozlari (stol, stullar va shkaf);
1 ta seyf yoki metall shkaf;
har bir xodim uchun alohida zamonaviy kompyuter texnikasi;
1 ta skaner, 1 ta nusxa ko‘chiruvchi apparat, 1 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 1 ta ko‘p funksiyali printer;
har bir kompyuter uchun alohida UPS qurilmasi;
telefon aloqasi va har bir xodim uchun alohida telefon apparati;
internet tarmog‘i;
kanselyariya anjomlari (soni va miqdori zaruriyatga ko‘ra).
3. Yuridik byuro shaklidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati uchun quyidagi zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim:
1 ta alohida xizmat xonasi;
har bir xodim uchun alohida mebel jihozlari (stol, stullar va shkaf);
1 ta seyf yoki metall shkaf;
har bir xodim uchun alohida zamonaviy kompyuter texnikasi;
1 ta skaner, 1 ta nusxa ko‘chiruvchi apparat, 1 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 1 ta ko‘p funksiyali printer;
har bir kompyuter uchun alohida UPS qurilmasi;
telefon aloqasi va har bir xodim uchun alohida telefon apparati;
internet tarmog‘i;
kanselyariya anjomlari (soni va miqdori zaruriyatga ko‘ra).
4. Bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsult shaklidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati uchun quyidagi zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim:
1 ta alohida xizmat xonasi;
mebel jihozlari (stol, stullar va shkaf);
1 ta seyf yoki metall shkaf;
zamonaviy kompyuter texnikasi;
1 ta skaner, 1 ta nusxa ko‘chiruvchi apparat, 1 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 1 ta ko‘p funksiyali printer;
UPS qurilmasi;
telefon aloqasi va telefon apparati;
internet tarmog‘i;
kanselyariya anjomlari (soni va miqdori zaruriyatga ko‘ra).
5. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati uchun quyidagilarni o‘zida mujassam etgan qonunchilik hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar fondi yaratilishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi tizimidan uzluksiz foydalanish imkoniyati;
huquqiy nashrlar va boshqa yuridik adabiyotlar (soni va miqdori zaruriyatga ko‘ra).
6. Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining rahbarlari yuridik xizmat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
7. Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlar o‘z mablag‘lari hisobidan yuridik xizmat xodimlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha mazkur Minimal talablarda nazarda tutilmagan boshqa shart-sharoitlarni ham yaratishi mumkin.
8. Mazkur Minimal talablar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
2017-yil 28-fevral
 
   (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 139-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2021-y., 10/21/2863-1/0221-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.