Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3416]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-son “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3416]
1. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/436-son, 5083-son va 107-son “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1537, 2006-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 3-son, 15-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 25-oktabrdagi 17, 31-k/k, 147-son “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1537-1, 2017-yil 10-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 10/17/1537-1/0240-son).
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Sog‘liqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-dekabr,
30-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-dekabr,
35-2022/qq-son
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-dekabr,
71-son
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 30-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 35-2022/qq-son va Moliya vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 71-son qaroriga
ILOVA
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.1-bob. Umumiy qoidalar
1. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish va ta’mirlash tegishli ravishda ushbu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mavjud mablag‘lar qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi.2. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini tasarruf etish uchun tibbiyot muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar to‘g‘risidagi nizom(ro‘yxat raqami 1536, 2007-yil 14-yanvar) asosida tashkil etilgan Tibbiy tashkilotlarning moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiyaning (keyingi o‘rinlarda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-son “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining umumiy hajmiga nisbatan Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning quyidagi miqdoridan:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar tibbiyot muassasalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida — umumiy xarajatlarning 10 foizi;
respublika va viloyat darajasidagi boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida — umumiy xarajatlarning 5 foizi;
b) faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
d) hisobot choragining oxirgi ish kunida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno;
e) tibbiyot tashkilotiga balansida bo‘lib, ijaraga berilgan mol-mulklar uchun ijara haqlarining bir qismi;
j) belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar;
z) homiylik xayriyalaridan tushgan mablag‘lar.
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha sarflanadi va ularning hisobi alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarda yuritiladi:
75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga (ishga vijdonan munosabati va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun bazaviy tarif stavkasiga (oylik lavozim maoshi) oylik ustamalar belgilash, moddiy yordam va mukofotlar to‘lash shaklida, ish haqidan ajratmalar bilan birgalikda);
25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda ta’mirlashga.
5. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tibbiyot muassasasiga ko‘rsatilgan homiylik xayriyalarining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.
6. Tibbiyot muassasasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar va muddati o‘tgan kreditorlik qarz mavjud bo‘lgan taqdirda, Jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda ushbu qarzlarni to‘lash uchun sarflanadi.
7. Moliya yili yakuni bo‘yicha tibbiyot muassasalarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi foydalanilmay qolgan Jamg‘arma mablag‘lari kelgusi moliya yiliga o‘tkaziladi hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanadi.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi
8. Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llaniladi:tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar (keyingi o‘rinlarda oylik foizli ustamalar deb ataladi);
yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar;
tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek, moddiy yordam pullari.
9. Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasida Jamg‘arma uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan xarajatlar hamda quyidagi to‘lovlar chegirilgan qismi hisobidan amalga oshiriladi:
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar;
yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan, tibbiyot muassasalarining barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari va moddiy yordam pullari.
10. Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
Maxsus komissiya har bir xodimning mehnat faoliyati bilan bog‘liq ish yuklamasi, bajaradigan vazifasining murakkabligi, ish samaradorligi, sohaga qo‘shgan hissasi hamda boshqa sanash va hujjat bilan tasdiqlash mumkin bo‘lgan 5 ta muhim ko‘rsatkichlarni baholash uchun asos sifatida belgilaydi hamda baholashda mazkur ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
Bunda, xodimlarning mehnatga vijdonan munosabati, mehnat faoliyatida ko‘rsatayotgan yuqori natijalari hamda kasb etikasiga rioya etishi inobatga olinadi.
Maxsus komissiya tomonidan har bir ko‘rsatkich 20 balgacha bo‘lgan reyting tizimida baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning umumiy yig‘indisi eng yuqori ballarda baholangan taqdirda 100 balni tashkil etishi lozim.
11. Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar haqiqatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lim (bo‘linma) boshlig‘i har bir xodimning ko‘rsatkichlarini belgilab, tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga Maxsus komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Maxsus komissiya har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasidan boshlab 5 ish kuni ichida xodimlarga berilgan yakuniy bahoni tasdiqlaydi.
Baholash natijalari yoki Maxsus komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Chorak yakuni bo‘yicha yuqori natijaga erishgan xodimlar uchun keyingi chorak davomida har oylik foizli ustamalar Maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq belgilanadi. Bunda, joriy yilning birinchi choragi uchun oylik foizli ustamalar o‘tgan yil to‘rtinchi chorakda erishilgan natijalar bo‘yicha tayinlanadi.
12. Umumiy 100 ballik reyting tizimi asosida 75 baldan 100 balgacha natijaga erishgan tibbiyot muassasasi xodimlari oylik maoshiga quyidagi tartibda qo‘shimcha oylik foizli ustamalar belgilanadi:
a) tibbiyot xodimlariga:
75 baldan 84 balgacha oylik maoshining 50 foizgacha miqdorida;
85 baldan 94 balgacha oylik maoshining 75 foizgacha miqdorida;
95 baldan 100 balgacha oylik maoshining 100 foizgacha miqdorida.
b) tibbiyot xodimlaridan tashqari boshqa xodimlar uchun:
75 baldan 84 balgacha oylik maoshining 25 foizgacha miqdorida;
85 baldan 94 balgacha oylik maoshining 50 foizgacha miqdorida;
95 baldan 100 balgacha oylik maoshining 75 foizgacha miqdorida.
Oylik foizli ustamalarni to‘lash Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq yangi ish boshlagan tibbiy oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga (keyingi o‘rinlarda salohiyatli yosh shifokorlar deb yuritiladi) ishga qabul qilingan kundan boshlab, oylik ish haqi to‘lovlariga maxsus oylik ustamalar qo‘shimcha tarzda belgilanadi.
14. Salohiyatli yosh shifokorlar uchun 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar ularning birinchi uch yillik mehnat faoliyati uchun belgilanadi.
Bunda yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar uchun har oyda:
birinchi yil uchun — 1 million so‘mdan;
ikkinchi yil uchun — 750 ming so‘mdan;
uchinchi yil uchun — 500 ming so‘mdan maxsus oylik ustamalar belgilanadi.
15. Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.
Mazkur oylik qo‘shimcha ustamalar tibbiyot xodimlarining lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 5 tagachani tashkil qilganda — 10 foiz;
tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 5 tadan 10 tagachani tashkil qilganda — 20 foiz;
tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 10 dan yuqorini tashkil qilganda — 30 foiz.
16. Tibbiyot muassasasi rahbari tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya qilgan holda har oyning 25-sanasidan kechiktirmay kelgusi oy uchun bir shtat birligida shifokor hamda bir shtat birligida hamshira lavozimlarida tibbiyot xodimlari kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirgan holda faoliyat yuritishi uchun moslashuvchan ish vaqti rejimi bo‘yicha jadval tasdiqlanadi.
Bunda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda uzaytirilgan kunduzgi statsionarga jalb etilgan shifokor hamda hamshiralarga haqiqatda ishlagan soatiga har bir soati uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan oylik qo‘shimcha ustamalarning foiziga nisbatan to‘lovlar amalga oshiriladi.
17. Tibbiyot muassasalari xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlarda beriladigan mukofot miqdori bir kalendar yil mobaynida har bir xodimga ikki lavozim maoshidan oshmagan holda belgilanadi.
18. Tibbiyot muassasalari xodimlariga ularning murojaatiga ko‘ra yoki tegishli tibbiyot muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan (yaqin qarindoshlarning vafot etishi, og‘ir jarohatlar olish, kasal bo‘lish, tabiiy ofatlar oqibatlarida) moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Bunda yuqoridagi moddiy yordam miqdori har bir tayinlangan holat uchun xodimning bir lavozim maoshidan oshmasligi lozim.
19. Jamg‘arma hisobidan ustamalar, bayramlarda mukofot pullari va moddiy yordam pullarini to‘lash bo‘yicha qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘ida har bir xodim bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning aniq miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari ko‘rsatilishi lozim.
Bunda ustamalar bo‘yicha tibbiyot muassasasi rahbari buyrug‘ining belgilangan muddatdan kech qabul qilinishi xodim olishi lozim bo‘lgan ustamaning ushbu Nizomda belgilangan muddatdan boshlab to‘lanishini istisno etmaydi.
20. Tibbiyot muassasasi rahbariga ustamalarni belgilash, mukofot pullari hamda moddiy yordam pullari berish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki uni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish vakolatiga ega bo‘lgan yuqori turuvchi tashkilot rahbarining rasmiy roziligi bilan amalga oshiriladi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tartibi
21. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash Maxsus komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.22. Maxsus komissiyaning qarori asosida tibbiyot muassasasi rahbari mablag‘larni sarflashning aniq maqsadlari, yo‘nalishlarini va uning miqdorini ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi.
5-bob. Jamg‘arma mablag‘lari sarflanishi yuzasidan javobgarlik va nazorat qilish tartibi
23. Tibbiyot muassasasi rahbarlari va Maxsus komissiya a’zolari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi uchun javobgardirlar.24. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ichki audit departamenti, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Yakuniy qoida
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Tibbiyot muassasalarining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot, farmatsevtika hamda boshqa xodimlariga oylik foizli ustamalar belgilash jadvali
| T/r | F.I.O. | Lavozim nomi | Lavozim maoshi (muassasa turiga berilgan tuzatish koeffitsiyentlarini hisobga olgan xolda), so‘mda | To‘plangan ball | Belgilanadigan ustama foizi | Belgilanadigan ustama miqdori (so‘mda) |
| 1. | A | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 = 2 x 4 |
| 2. | ||||||
| 3. | ||||||
| 4. | ||||||
| 5. | ||||||
| 6. | ||||||
| 7. | ||||||
| 8. | ||||||
| 9. | ||||||
| 10. | ||||||
| Jami | x | x | x | x | ||
TK = Σ / Q
Bunda:
Tuzatish koeffitsiyenti — TK;
Shaxsiy g‘azna hisob varag‘ida faqat ustama to‘lash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar qoldig‘i — Q;
Belgilangan ustama umumiy miqdori — Σ;
Har bir xodim uchun belgilanadigan ustama miqdori (5-ustun) TK ga ko‘paytiriladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 10/23/3416/0032-son; 17.04.2025-y., 10/25/3416-1/0353-son)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida26-09-2025, 09:27
O'zbekiston Respublikasi Sog'likni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida30-07-2024, 16:57
Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida2-10-2025, 11:12
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida25-09-2025, 14:38
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida2-10-2025, 11:10











