SUV TA’MINOTI UCHUN ESLATMA!

ESLATMA!
Suvning sifati va xavfsizligi siri: ularni ishlatish jarayonida suvni tozalash texnologiyasi va sanitariya-gigiena talablariga qat’iy rioya qilish.
Suv ta’minoti inshootlari - bu uzluksiz tartibda ishlaydigan texnologik tuzilmalar, uskunalar va kommunal xizmatlarni o‘z ichiga olgan murakkab ishlab chiqarish majmualari. 1. Binolar (inshootlar) va ularning hududi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga muvofiq joylashtirilganligi: “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” 41 va 74-modalari, 0256-08-sonli SanQvaN talablariga asosan;
2. Ishlab chiqarish, yordamchi xonalari, mijozlar uchun xonalar va sanitariya-maishiy xonalarning tarkibi va foydalanilishiga qo‘yiladigan talablar “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” 41 va 74-modalari, 0256-08-sonli SanQvaN. QMQ 2.04.02-19 “Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” qurilish me’yorlari va qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi talablariga asosan;
3. Suv ta’minoti va oqova suviga qo‘yiladigan talablar: “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” 41, 74 va 100-modalari, 0256-08-sonli SanQvaN, O‘zMSt 133:2024, O‘zMSt 134:2024, QMQ 2.04.02-19 “Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” qurilish me’yorlari va qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi talablariga asosan talablariga asosan;
4. Texnologik jarayonda belgilangan SanQvaN talablariga mos keladigan xonalar bilan ta’minlangan va texnologik jarayon ketma-ketligiga to‘liq rioya etish talablari: “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” 41, 74 va 100-modalari, 0256-08-sonli va SanQvaN 0084-24. QMQ 2.04.02-19 “Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” qurilish me’yorlari va qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi talablariga asosan talablariga asosan;
5. Foydalaniladigan jihozlarga qo‘yiladigan talablar: “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasi, 0256-08-sonli SanQvaN talablariga asosan
6. Mahsulotlarni tashish, qabul qilish, tayyorlash, saqlash va realizatsiyasiga qo‘yiladigan talablar: “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasi, 0256-08-sonli SanQvaN va O‘zMSt 133:2024 talablariga asosan
7. Xodimlarning shaxsiy gigienasiga qo‘yiladigan talablar: Mexnat Kodeks 352-bandi talablariga asosan
8. Xodimlarning maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalariga qo‘yiladigan talablar:153-bandi Mexnat Kodeksi talablariga asosan
9. Xodimlarning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga qo‘yiladigan talablar: “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 26 va 28-moddalari, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi 200-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2 va 3 ilova bandlari talablariga asosan
10. Profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar: “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 26, 34-moddalari, 0256-08-sonli SanQvaN talablariga asosan
11. Faoliyati davomida hosil bo‘layotgan chiqindilarni vaqtincha saqlash va utilizatsiyaga qo‘yiladigan talablar: 0082-24-sonli SanQvaN talablariga asosan
12. Faoliyatga bog‘liq kasalliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan tadbirlar va ushbu kasalliklarning qayd etilishi holati: Mexnat Kodeksi 20-bob, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi 200-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga asosan
13. Umumiy foydalaniladigan sanitariya-gigiena shoxobchasiga qo‘yiladigan talablar: 0368-19-sonli SanQvaN talablariga asosan
14. Jihozlarni yuvishga va saqlashga qo‘yiladigan talablar hamda yuvuvchi va zararsizlantiruvchi vositalar bilan ta’minlanganligi: 0256-08-sonli SanQvaN talablariga asosan
15. Mahsulotlarning sanitariya-epidemiologik xulosalari mavjudligi: O‘zMSt 133:2024, SanQvaN 0202-06 talablariga asosan
16. Yoritilganlik va mikroiqlim miqdorlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalari: 0324-16 va 0325-16-sonli SanQvaN talablariga asosan
17. Ichimlik suvidan bakteriologik va kimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha olingan namunalarning tahlillari natijalari: O‘zMSt 133:2024 1-jadvaldagi talablariga asosan
18. Mahsulotlardan bakteriologik va kimyoviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalari: O‘zMSt 133:2024 talablariga asosan

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
"Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligining umumiy sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0079-24-son SanQvaN) boʻyicha targʻibot tadbiri olib borildi.1-02-2025, 09:42
Xiva shahar SEO va JS bo`limi xodimlari tomonidan Xiva shahar xududida joylash umumiy ovqatlanish shaxobchalariga tavsiyalar berildi.1-11-2024, 15:49
Dorixonalarning joylashuvi va jihozlanishiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigienik normativlari7-05-2024, 10:27
"Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi va uning tizimi korrupsiyadan xoli tashkilot" to'g'risida15-05-2025, 15:16
Xiva shahar SEO va JS bo`limida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida brifing bo`lib o`tdi.4-11-2024, 15:48