Chet eldan olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa olish tartibi qanday?
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-noyabrdagi 720-son qarori bilan “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan bo‘lib, mazkur hujjatda sanitariya-epidemiologik xulosa olish tartibi to‘liq ko‘rsatib o‘tilgan.✔️Chetdan olib kelinayotgan mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa mahsulotning yaroqlilik davriga,
✔️ yaroqlilik muddatiga ega boʻlmagan mahsulotga esa — muddati koʻrsatilmasdan beriladi.
Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida sanitariya-epidemiologik xulosa bir kalendar yildan oshmagan muddatga bir marotaba beriladi.
🔔Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarida qayd etilgan mahsulotning yaroqlilik muddatlari Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi sohaga oid normativ hujjatlarda qayd etilgan yaroqlilik muddatlaridan farq qilgan taqdirda, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya tomonidan ularning qayd etilgan yaroqlilik muddatiga muvofiqligi va xavfsizlik koʻrsatkichlariga sinovlar oʻtkazilib, ijobiy baholanganidan soʻng respublika hududiga olib kirishga ruxsat etiladi.
📌Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarning xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun sinov bayonnomalari boʻlmasa sanitariya-epidemiologik xulosa berish rad etiladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIGA, ULARNI ISHLAB CHIQARISH VOSITALARIGA VA XALQ ISTE’MOLI MOLLARIGA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK XULOSA BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA25-09-2025, 10:29
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari haqida:5-06-2026, 15:56
"Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligining umumiy sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0079-24-son SanQvaN) boʻyicha targʻibot tadbiri olib borildi.1-02-2025, 09:42
Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida2-10-2025, 11:12
Yoz mavsumida ovqatdan zaharlanib qolmang!13-07-2026, 14:14











