Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim faoliyati / Korrupsiyaga qarshi kurashish / Bo'lim yangiliklari » Bugun bo‘limimizda "Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Bugun bo‘limimizda "Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.

21-04-2026, 17:23
31
📢 Xiva shahar SEO va JS bo‘limida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Bugun bo‘limimizda "Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.

📌 Yig‘ilishning asosiy nuqtalari:

Manfaatlar to‘qnashuvi nima? Shaxsiy manfaatdorlikning xizmat vazifalariga ta'sir ko‘rsatishi va buning oldini olish choralari tushuntirildi.

Yangi qonun targ‘iboti: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ-931-sonli "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati tahlil qilindi.

Asosiy talablar: Davlat xizmatchilari qaror qabul qilishda qarindoshlik va shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasliklari, shubhali holatlar haqida vaqtida xabar berishlari shartligi ta'kidlandi.

✅ Qaror qilindi: Bo‘lim xodimlari o‘rtasida qonun ustuvorligini ta'minlash va halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlari davom ettiriladi.

⚖️ Bizning shior: Halollik va shaffoflik — xalq salomatligi garovidir!

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.