Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Xiva shahar SEO va JS bo`limida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida brifing bo`lib o`tdi.

Xiva shahar SEO va JS bo`limida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida brifing bo`lib o`tdi.

4-11-2024, 15:48
79
               Assalomu aleykum aziz yurtdoshlar bugun sizga yetkazmoqchi bo`lganimiz quydagilar.
     Korrupsiya (lotinchacorrumpō – aynish, poraga sotilish) – mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot.
    Xiva shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  bo‘limi tomonidan 2022 yil 16 aprel kuni “Xiva shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida, “Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari to‘g‘risida” 203-i-sonli buyrug‘i chiqarildi va unga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish ishchi guruhi tuzilib, vazifalari taqsimoti tuzildi. 
      Bundan tashqari, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, o‘z vakolatiga kirmaydigan ishlar, ya’ni sanitariya-gigiyenik va epidemiologik xulosalar, sertifikatlar va boshqa turdagi ruxsat beruvchi hujjatlarni fuqarolar bilan noo‘rin munosabatga kirishgan holatda, ta’magirlik va haq evaziga o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlangan holda bu kabi hujjatlarni rasmiylashtirib berish holatlarining oldini olish maqsadida bu kabi masalalar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini boshqarmada tashkil qilingan yagona murojaatlarni kirim qilish kitobiga asosan ro‘yhatdan o‘tkazilgan holda berilishi hamda bu kabi masalalar bilan bevosita boshqarmaning Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi shug‘ullanishi yo‘lga qo‘yildi.
     Xiva shahar SEO va JS Bo‘limi boshlig‘i huzurida o‘tkazib kelinadigan barcha idoraviy yig‘ilishlar va seminarlar  davomida, xodimlarga “Davlat xizmatchilarining odob axlok qoidalari korrupsiyaga karshi kurashishning muxim omillari” “Odob axloq siyosati, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosat,nizomi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom, xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma, korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida   xabar berish reglamenti bilan tanishtirilishi” mavzularida,  korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bu kabi masalalarga aralashib qolmaslik hamda o‘z shaxsiy xavfsizligini ta’minlash yuzasidan muntazam ravishda tushuntirishlar berib kelinmoqda.
     Bo‘lim tomonidan amalga oshiriladigan xizmat turlari uchun boshqa tashkilot va korxonalar bilan tuzadigan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi shartlashuv bandi kirgizilib, quyidagicha bayon qilingan: “Ushbu shartnomaning har bir tomoni o‘ziga nisbatan qo‘llaniladigan barcha, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlaridagi Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlar va talablarni tushunishi haqida bir-birini ishontiradi va ularga amal qilishini kafolatlaydi. Iste’molchi ushbu shartnoma amalda bo‘lgan butun davr mobaynida u (shuningdek uning mansabdor shaxslari, direktori, xodimlari, agentlari va boshqa vakillari) Ta’minotchi korxonaning manfaatlarida uning agenti yoki vakili sifatida harakat qilib, Ta’minotchi korxonaning hamda O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlarining Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlari va talablariga qat’iy rioya etish majburiyatini oladi”
      Xiva shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining “Xiva shahar SEO va JSB” https. //t.me/xivaseojsxb telegram kanali 55-602-34-23 raqamli “Ishonch telefoni” faoliyatlari yo‘lga qo‘yilib, umumiy masalalar bilan bir qatorda korrupsiya faktlariga oid xabarlarni ham qabul qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 
      Bizlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo`lishimiz shart!
                                     “ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT”
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.