Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » ❇️Bolalar uchun yeguliklar laboratoriyada qanday tekshiruvdan o‘tkaziladi?

❇️Bolalar uchun yeguliklar laboratoriyada qanday tekshiruvdan o‘tkaziladi?

10-09-2026, 15:00
19

Bolalar salomatligi — doimo e’tibor va nazorat talab qiladigan muhim masala. Ayniqsa, maktab, bog‘cha va boshqa ta’lim muassasalarida bolalarga beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi muntazam tekshirib boriladi.
🧪 Laboratoriya tekshiruvlarida oziq-ovqat mahsulotlarining:
sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi;
mikrobiologik xavfsizligi;
mahsulotning organoleptik ko‘rsatkichlari;
yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari;
ayrim hollarda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari baholanadi.
Ushbu tekshiruvlardan asosiy maqsad — bolalar iste’mol qiladigan mahsulotlarda inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi mikroorganizmlar yoki boshqa nomuvofiqliklar mavjudligini aniqlash va oziq-ovqatdan zaharlanishlarning oldini olishdir.
👩‍🔬 Sanepidqo‘mita laboratoriya mutaxassislari tomonidan olib boriladigan nazorat ishlari bolalarning sifatli, xavfsiz va foydali oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.