Noto‘g‘ri parta bolaning qaddi-qomatiga zarar yetkazishi mumkin!
Maktab o‘quvchilari kunning katta qismini sinfxonada, parta ortida o‘tkazadi. Shu sababli parta va stullar gigiyenik talablarga mos bo‘lishi juda muhim.Asosiy gigiyenik talablar:
⌛ O‘quvchi bo‘yiga moslik: parta va stullar o‘quvchilarning bo‘yiga mos o‘lcham guruhlariga ega bo‘lishi hamda raqamli va rangli belgilar bilan markalanishi kerak.
✏️ Yuzaning qiyaligi: parta yuzasi 7–15 daraja qiyalikda bo‘lishi lozim.
🎨 Xavfsiz qoplama: parta va stullar xavfsiz rang hamda silliq, tozalashga qulay qoplama bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
🪵 Ekologik xavfsizlik: mebellar formaldegid kabi zararli kimyoviy moddalarni ajratmaydigan, sertifikatlangan xavfsiz materiallardan tayyorlanishi lozim.
🚨 Unutmang: o‘quvchining bo‘yiga mos va to‘g‘ri tanlangan parta — sog‘lom qaddi-qomat hamda darsda diqqatni yaxshi jamlash garovidir!
⚡️ Sanepidqo'mita Xiva shahar Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Qanday holatlarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?22-07-2024, 11:42
Bolalar bog‘chasiga nima olib bo‘lmaydi.2-06-2025, 14:29
Maktab o'quvchilarining ovqatlanishiga qo'yiladigan gigiyenik talablar8-09-2026, 10:26
Yoz faslida salomatligingizni asrang!13-07-2026, 14:15
Kuz-qish mavsumida salomatligimizga e’tibor beraylik8-09-2026, 10:01











