Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Sartaroshxonalarni qurish, jihozlash va saqlashga qo‘yiladigan gigienik talablar bo‘yicha ESLATMA

Sartaroshxonalarni qurish, jihozlash va saqlashga qo‘yiladigan gigienik talablar bo‘yicha ESLATMA

10-06-2025, 15:46
18
O‘zbekiston Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasinining 2012 yildagi  № 0306-12-sonli Sartaroshxonalarni qurish, jihozlash va saqlashga qo‘yiladigan gigienik talablar bo‘yicha
3 bo‘lim 3.2 bandi.Sartaroshxonalar binolarning yerto‘la qismida joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
Sartaroshxona xonalariga qo‘yiladigan gigienik talablar.
4.4 Kosmetolog,manikyur va pedikyur xonalari alohida xonalarda joylashtiriladi.
3 tagacha ish  o‘rniga ega sartaroshxona zalida  qo‘shimcha 4 m2 ga   1 ta manikyur ish o‘rni joylashtirishga ruxsat etiladi.
Kosmetolog xonasida 3 tagacha ish o‘rni tashkil etishga ruxsat etiladi faqatgina balandligi 1,8-2 metrli to‘siq o‘rnatish kerak.
Pedikyur xonasida oyoq uchun issiq va sovuq suv tizimiga ulangan 2 tadan kam bo‘lmagan vanna o‘rnatiladi.
4.5 Ish o‘rinlariga o‘tnatiladigan jihozlar oson tozalanadigan, yuviladigan  va dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli bo‘lishi va yig‘ishtirishga qulay joylashtirilishi kerak.
4.7.Ish o‘rinlarining masofasi (kreslo, pardoz stoli) 1,8 m masofada, oxirgi kreslodan devorgacha 0,7 m masofa saqlanishi kerak.
8.Sartaroshxona ish o‘rinlarida kreslolar, pardoz stoli, sochlarni yuvish uchun rakovinasi bilan jihozlanishi kerak.
Agarda sochlarni yuvish uchun alohida xona ajratilgan bo‘lsa pardoz stolida rakovina o‘rnatish talab etilmaydi.
Erkaklar va ayollar sartaroshxonalarida sartaroshlarni qo‘lini yuvishi uchun qo‘l yuvish moslamalari o‘rnatilgan bo‘lish kerak.
Agarda sartaroshxonalarda 3 tadan ortiq ish o‘rni tashkil etilgan bo‘lsa, zalda                 1 rakovina va elektr soch quritgich o‘rnatilishi kerak.
4.9.Sartaroshxonalarda omborxona,qo‘shimcha va mashiy xonalar (kiyinish, dam olish va ovqatlanish,hojatxona,jihozlarni saqlash, chiqindi, qirqilgan sochlarni saqlash) xonalari bo‘lishi kerak.
4.10.Sartaroshxonalarda 5 tagacha ish o‘rni bo‘lsa ovqatlanish va garderob xonalarini qo‘shib joylashtirishga ruxsat etiladi.
4.11.Ishchi xodimlarning ish va uy kiyimlari shaxsiy shkaflarda saqlanishi kerak.
4.12.Kirlangan va toza choyshablarni, parfyumeriya-kosmetik shuningdek dezinfeksiyalovchi va bitga qarshi vositalarni saqlash uchun aloxida xonalar ajratilgan bo‘lishi kerak. 
4.13.Ishlatilgan choyshablar va ish kiyimlari kirxonalarda yuvilishi kerak.
4.15.Qirqilgan sochlarni saqlash uchun alohida joy va sochlarni saqlash uchun zichyopiladigan qopqoqli idish ajratilgan bo‘lishi kerak.
 4.16.Saratoshxona zalida shuningdek manikyur,pedikyur va xususan kosmetolog kabineti havosini va yuzasini zararsizlantirish uchun ultrabinafsha nur tarqatuvchi bakteriotsid lampa o‘tnatilgan bo‘lishi kerak.
4.17.Bakteriotsid lampa ishlatilgandan keyin maxsus jurnalda belgilab borilishi kerak. 
4.18.Bakteriotsid lampa maxsus o‘qitilgan xodim tomonidan ishlatilishi kerak.
9.Xonalarni saqlashga,profilaktik va dezinfeksiya chora tadbirlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar.
9.1Barcha xonalar va jihozlar toza saqlanishi kerak.
9.2.Har kuni kamida 2 marotaba yuvuvchi vositalarni hamda ish yakunida dezinfeksiyalovchi moddalarni qo‘llangan holda nam tozalash ishlari o‘tkazilishi kerak.
9.3. Haftada bir marotaba ma’muriyat tomonidan tasdiqlangan jadval asosida sartaroshxonalarda bosh yig‘ishtirish ishlari o‘tkazilishi lozim.Bosh yig‘ishtirish o‘tkazish jarayonida sartaroshxona devorlari ,poli, plintuslari, eshiklar,mebellar va jihozlar yuvuvchi vositalardan obdon yuvilishi va dezinfeksiyalovchi vositalarni qo‘llangan holda dezinfeksiya qilinishi kerak.
9.4. Asosiy va yordamchi xonalar hamda xojatxona uchun alohida yig‘ishtirish jixozlari bo‘lishi va ular bir biridan aloxida saqlanishi kerak. Yig‘ishtirish 
yakunida yig‘ishtirish jihozlari yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalarda zararsizlantirilishi va quritilishi kerak.
9.5. Har bir mijoz uchun aloxida toza choyshab ishlatilishi lozim. 
Toza choyshablar (sochiq,salfetka,choyshab) yetrali miqdorda bo‘lishi talab etiladi.
Bir marta ishlatiladigan shapochka,choyshab, salfetkadan foydalanish tavsiya etiladi.
9.6.Har bir ishlatilgan choyshablar yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
9.7.Bo‘yin va yuz qismiga tushgan sochlar toza salfetka yoki paxta bilan tozalanishi lozim.  
9.8.Olingan sochlar qopqog‘i mahkam yopiladigan idishga yig‘ilishi va bir martalik polietilen paketga yoki kraft-qog‘ozga solinib, yordamchi xonada saqlanishi lozim.
9.9.Olingan sochda bit aniqlansa emallangan chelakka solinib yoqiladi.
9.10.Chiqindi uchun ishlatilgan bir martalik polietilen paket yoki kraft-qog‘ozlarni qayta ishlatishga ruxsat etilmaydi.
9.11.Sochni jingalak qilish uchun ishlatilgan eritma xar bir mijozdan keyin yangilanishi talab etiladi.
9.12.Pedikyur jarayonida oyoq ostiga qo‘yiladigan yostiq jildi klenkali bo‘lishi va bir muolajadan keyin dezinfeksiyalovchi vositada artilishi talab etiladi.
9.13.Oyoq yuvish vannasi har bir mijozdan keyin dezinfeksiyalovchi vositada artilishi talab etiladi.
9.14.Har bir mijoz   uchun bir martalik salfetka yordamida manikyur ishlari o‘tkazilishi lozim.
9.15.Sartaroshxona zali, manikyur,pedikyur va kosmetolog kabinetlarining har bir ish o‘rnida mijozga xizmat ko‘rsatish uchun kamida 3 to‘plam asbob uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
9.16.Toza kosmetika asboblari va uskunalari yopiladigan idishda, sterillangan asboblari va uskunalari (dokali salfetka,paxtali sharchalar) sterilizatsiyadan keyin qadoqlangan holda saqlanishi lozim.
Manikyur, pedikyurlarning sterillangan asboblari metal tog‘orachada saqlanishi kerak.
9.17. Virusli gepatit “V”, “S”,OITS,sil va boshqa yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishini oldini olish uchun ishchi asboblar qisqich, bigudi (sochni jingalak qiladigan naycha), qalpoq va sochni kimyoviy jingalak qiladigan setkalar, bo‘yoqlash  shapkachalari yuvuvchi vositalar yordamida oqar suvda yuvilishi shart.
Taroq, shetka, qaychilar oqar suvda yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Elektr soqqol olish uskunasining yechib olinadigan pichog‘i 70 %li etil spirtda  ikki marotaba 15 minutdan ivitilib,tamponda artilishi lozim.
10. Ishchilarning ish sharoiti va shaxsiy gigienasiga qo‘yiladigan talabalar
10.1.Ishchi xodimlar O‘zbekiston Respublikasi SSV-ning 2012 yil 10 iyuldagi 200-sonli buyrug‘iga asosan ishga kirishdan oldin terapevt, dermatovenerolog, ginekolog ko‘rigidan  va ichak infeksiyasini aniqlash uchun najas, RV ga va gonokokklarga qon tekshiriladi, keyinchalik 1 yilda 2 marotaba, 1 yilda bir marotaba flyurografiya,OITSga qoni tekshiriladi.
10.3.Sartaroshxona ma’muriyati ishchi xodimlarning o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishini nazorat qilishi kerak.
10.5 Agarda ishchi xodimlar teri kasalligi bo‘yicha mutaxassisdan o‘tish jarayonida unda kosmetik vositalar bilan bog‘liq teri kasalligi aniqlansa, dispanser nazoratiga olinishi kerak va allergolog kuzatuvida bo‘lishi kerak. 
10.6.8. Ishchilarda kasbga aloqador teri,ko‘z va yuqori nafas yo‘li kasalliklarni kelib chiqishi va olinishi olish maqsadida quyidagilar taviya etiladi:
-dezinfeksiyalovchi vositalarini markazlashgan holda aloxida havo kiruvchi va so‘ruvchi ventilatsiya tizimi o‘rnatilgan xonada tayyorlash;
-quruq dezinfeksiyalovchi vositalarni sekinlik bilan maxsus idishga solish va suv qo‘shish;
- tayyor dezinfeksiya vositalarni maksimal ishlatish;
- tayyorlangan va quruq dezinfeksiya vositalari solingan idishlarni qopqog‘ini mahkam yopgan holda   saqlash va barcha ishlarni rezina qo‘lqop kiygan holda bajarish.
10.7. Qon orqali yuqadigan gepatit va OIV-infeksiyalarini oldini olish uchun barcha muolajalar rezinali qo‘lqoplarda bajarilishi hamda ish jarayonida jarohatlangan teri qoplamlari barmoq kiygich va bakteritsid yopishtiruvchi bilan ajratilishi kerak.
Shaxsiy profilaktika maqsadida sartaroshxona xodimlari birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish to‘plami bilan ta’minlanishi lozim, unda quyidagilar bo‘lishi kerak: 70% spirt, yodning 5% li spirtli eritmasi, leykoplastir, bog‘lov materiali. Kesish yoki ishqalanishdan qon ketishini to‘xtatish uchun vodorod peroksid eritmasidan, kesilgan joylarni antiseptik ishlov berish uchun yodning 5% spirtli eritmasidan foydalanish kerak.
OIV infeksiyasini oldini olish uchun, agar qon jaroxatlanmagan teriga tushsa, u sovun va oqar suv bilan yaxshilab yuvilishi, kam foizli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi (masalan, 2-4% xlorgeksidin glyukonat eritmasi); agar teriga zarar yetkazilgan bo‘lsa (kesilgan, sanchilgan) – yuzalar darhol zararlangan joyni sovun bilan yuvish, yara yuzasini oqar suv ostida saqlash suv bir necha daqiqa davomida yoki qon to‘xtaguncha, qon jarohatdan sekin oqishi kerak. Agar OIV bilan kasallangan mijoz qoni shikastlangan yoki shikastlanmagan yuzalarga tushsa uni yuvish uchun suv bo‘lmasa, uni dezinfeksiyalovchi gel yoki qo‘l yuvish eritmasi bilan ishlov berish kerak; 
ishlov berish uchun spirtli vositalar, yod yoki vodorod perekis eritmasidan foydalanmaslik kerak.
Sartaroshxona ishchi xodimlari shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishlari uchun quyidagi talablarga amal qilishlari kerak:
- kiyinish xonasida tashqi kiyim, poyabzal, shapka, shaxsiy buyumlarni qoldirish;
- ish uchun toza ish kiyimidan foydalanish;
- mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan oldin va keyin qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvish;
- tibbiy va kosmetologiya korxonalarida qo‘llarga ishlov berish uchun teri antiseptiklaridan foydalanish;
- himoya va yumshatuvchi kremlar, losonlar yordamida qo‘l terisini parvarish qilish;
- rezina qo‘lqop kiygan holda sochlarni bo‘yashni amalga oshirish;
- ish joyida chekmaslik yoki ovqat iste’mol qilmaslik.
 
 
 

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.