Maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?

Xususan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga ko‘ra, maktab oshxonalarida quyidagi mahsulotlar tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:
- go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va hotdoglar);
- sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari;
- sun’iy konservantlari bo‘lgan «kirieshki», «xrustyashki» va chipslar, qurut, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;
- rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;
- veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;
- tashqi qavati toza bo‘lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;
- bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o‘zgargan, yorlig‘i bo‘lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har xil turdagi konservalar;
- turli aralashmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar;
- kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);
- xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyog‘idan tayyorlangan hamda kalla go‘shti ruletlari, o‘pka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;
- pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qo‘lbola qatiq, epizootik noxush xo‘jaliklardan olingan, shuningdek, dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bo‘lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar;
- qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
- kvas;
- xom dudlangan go‘shtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, qaynatilgan kolbasa;
- sirka, xantal, xren (erqalampir), o‘tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o‘tkir ziravorlar;
- o‘tkir ta’mli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar;
- tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik va alkogol ichimliklar;
- pazandalik moylari, cho‘chqa yog‘i, margarin va boshqa gidrogen yog‘lar;
- danakli mevalarning mag‘zi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz);
- okroshka va sovuq sho‘rvalar, yog‘da qovurilgan tuxum, pashtet, go‘sht va tvorogli quymoqlar;
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
"Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligining umumiy sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0079-24-son SanQvaN) boʻyicha targʻibot tadbiri olib borildi.1-02-2025, 09:42
Iste`molga yaroqsiz mahsulotlarni iste`molda olish bo`yicha reyd tadbirlari26-07-2024, 11:55
Xiva shahridagi Toʻyxonalarda ovqatdan zaharlanish xolatlarini oldini olish yuzasidan qilingan targʻibot tadbirlari.22-02-2025, 11:42
Salmonelyoz28-06-2024, 16:38
«Me'mor//2023» arxitektura ko‘rik-tanloviga loyiha taqdim etishning 5 sababi31-07-2023, 11:49