Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Tadbirkorlar bilan uchrashuv

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Tadbirkorlar bilan uchrashuv

18-08-2023, 15:26
56

O’tgan yilgi takliflar asosida biznes subyektlari mikro, kichik, o’rta va yirik toifalarga bo’lindi va ularning har biri bilan alohida yondashuvlar asosida ishlash tizimi yo’lga qo’yildi.
Tuman va shaharlar ham 5 ta toifaga ajratildi, 60 ta tumanga alohida soliq, kredit va moliyaviy yordam rejimlari joriy qilindi.
Natijada bu tumanlardagi tadbirkorlar o’tgan olti oyda qariyb 1 trillion so’mlik imtiyozlardan foydalandi.
Buning hisobiga, 20 ta tumandagi tadbirkorlarning daromadi o’tgan yilga nisbatan 1,5-2 baravargacha oshdi.
Qo’shilgan qiymat solig’ini qaytarish muddati qisqartirilib, o’tgan bir yil ichida 6 mingta korxonaga 20 trillion so’m qaytarib berildi.
Ayniqsa, eksportdan valyuta tushumini kutmasdan, qo’shilgan qiymat solig’ini intizomli eksportchi korxonalarga qaytarib berish tartibi joriy qilingani natijasida, 2 mingdan ziyod tadbirkorlar hisob-raqamiga 7 trillion so’m kelib tushdi.
Samarasiz soliq mexanizmlarini qo’llash oqibatida vujudga kelgan soliq qarzdorligidan voz kechilgani hisobiga, biznes ixtiyorida 2 trillion so’m qoldi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.