O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyati qonun bilan tartibga solindi (14.08.2026 yildagi O‘RQ-1166-sonli Qonun). Administratsiyaning maqomi va rahbariyati



Maqomi: Davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini ta’minlash, Prezident vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi.
Shakllantirilishi: Prezident tomonidan shakllantiriladi.
Rahbarlik: Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan Administratsiya Rahbari boshchilik qiladi.
Asosiy vakolatlari va hujjatlari
Faroyishlar va topshiriqlar: Administratsiya Rahbari tomonidan chiqarilgan farmoyish va topshiriqlar butun respublika hududida barcha davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Kuchga kirishi: Farmoyishlar imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi (agar boshqa muddat ko‘rsatilmasa). Ularni Prezident to‘xtatib turishi yoki bekor qilishi mumkin.
Tashabbus va nazorat: Qonunchilik hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini mustaqil ravishda va yakuniy ishlab chiqishni tashkil etadi; davlat organlari rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi.
Mansabdor shaxslar tarkibi
Administratsiya Rahbari va uning o‘rinbosarlari;
Prezident yordamchisi va maslahatchilari (ularning o‘rinbosarlari);
Prezident vakillari hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari;
Administratsiya Rahbari kotibiyati mudiri hamda shartnoma bo‘yicha jalb qilingan maslahatchilar.
Tarkibiy bo‘linmalar
Administratsiya Rahbari kotibiyati va uning o‘rinbosarlari bo‘linmalari;
Prezident qabulxonasi, protokoli hamda Xavfsizlik kengashi kotibiyati;
Maslahatchilar va vakillar bo‘linmalari, departamentlar;
Komplaens xizmati va Ishlar boshqarmasi.











