Qo‘llarni doim yuvish gigiyenaning oddiy qoidasi hisoblanadi. Aynan qo‘llarni doim yuvish turli kasalliklar profilaktikasida muhim ahamiyatga ega.
“Bolajon” telekanalining “Bolalar vaqti” ko‘rsatuvida bu mavzuga yana bir bor qaytib, qo‘llarni to‘g‘ri yuvishga doir qiziqarli va sog‘lig‘ingiz uchun muhim bo‘lgan faktlar keltirib o‘tildi.
‼️Bolajonlar “Tozalik – sog‘lik garovi!” ekanligini unutmang! Qo‘llaringizni tez-tez yuvish sog‘lig‘ingiz uchun muhim.
