Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » "Binokor" mahallasida sanitariya targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

"Binokor" mahallasida sanitariya targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

16-08-2025, 09:55
52
"Binokor" mahallasida sanitariya targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔬 Sanepidqo‘mita Xorazm viloyat boshqarmasi Xiva bo‘limi xodimlari tomonidan “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholining yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni oldini olish maqsadida sanitariya targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Aholi orasida sog‘lom turmush tarziga rioya qilish,  xonadonlarda tozalik va orastalikni ta’minlash, uy hayvonlarini boqish va saqlashda sanitariya gigiyena normalariga amal qilish, mahallani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga e’tiborni yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
📌  Jumladan, shaxsiy  gigiyena qoidalariga amal qilish, xonadonlarni vaqti bilan shamollatib turish, yuqumli va mavsumiy kasalliklar profilaktikasini tizimli ravishda olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Sanepidqo‘mita Xorazim viloyat boshqarmasi Xiva shahar boʻlimi  Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.